II. Vitochkaga ishlov berish
2.1. Vitochka o`rnini belgilab olish.
|
Bo`r, sm.
leneyka.
|
|
Bo`lakning teskarisidan vitochkaning o`rni 3 chiziq orqali belgilanib olinadi.
1-o`rta chiziq;
2-yon chiziq;
3-vitochka tugallangan chiziq.
|
2.2. Vitochkani ko`klash.
|
Ip, igna, angishovna.
|
|
O`rta chiziqdan ikkiga buklab, yon chiziq bo`ylab vitochka tugallangan chiziqqacha to`g`ri sirma qaviq bilan ko`klanadi. Qaviq uzunligi 1,0-1,5 sm.
|
2.3. Vitochkani tikish.
|
Universal mashina.
|
Ko`klangan chok yonidan biriktirma chok bilan biriktiriladi.
|
2.4. Vitochkani dazmollash.
|
Dazmol, dazmol mato.
|
|
Shimning o`rta chizig`iga yotqizib vitochka dazmollanadi. Vitochka ostida hosil bo`lgan taxlamalar yo`qotiladi.
|
III. Shim asosiy bo`laklariga namlab isitib ishlov berish
|
3.1.Old yarim bo`laklariga NII berish.
|
Dazmol, dazmol press.
|
|
Ishlov berish old bo`laklardan boshlanadi. Tizzadan pastda botiq chiziq hosil qilish uchun, ikkala old bo`lak o`ngi tomonlari ichkariga qaratib qo`yiladi, qirqimlari tikiladi, pastki qirqimini chap tomonga, yon qirqimini esa ishlovchiga qaratib qo`yiladi. Yon qirqimi namlanib bo`laklarni pastki qismini chap qo`l bilan asta-sekin odim qirqimi tomonga surib borib, o`ng qo`lda dazmolni yon qirqim bo`ylab yon tomonga pastga borib harakatlantiriladi. 1 tizza chizig`idan pochagacha bo`lgan uchastka o`rtasida hosil bo`lgan soliqi biriktirib dazmollanadi.
|
3.2. Shim odim qirqimiga ishlov berish.
|
|
|
Shim pochasidan boshlab yuqori tomonga tizza chizig`igacha yon va odim qirqimlari to`g`ri keladigan qilib, tizza chizig`idan boshlangan bukiq toyi esa yuqoridagi oldingi taxlamaga to`g`ri keladigan qilib, shim bo`laklari uzunasiga bukiladi.
|
3.3. Shim ort, yon va odim qirqimlariga NII berish.
|
|
|
Shim ort bo`laklari o`ngi tomonlarini bir-biriga qaratib qo`yib, qirqimlari tekislanadi. Bo`laklar yon qirqimini ishlashiga qaratib, pastki qirqimi o`ngga qaratib qo`yiladi. Tizza chizig`idan pochagacha yon qirqim kirishtirib dazmollanadi, keyin ort bo`laklar odim qirqimini ishlovchiga, pachosani esa o`ngga qaratib aylantiriladida, odim qirqimi ham yon qirqimi ham, kiritilib dazmollanadi. Bunday kirishtirib dazmollash bo`lak bukish joyida oyoq boldirlari qabarig`iga mos qabariq shakl hosil qilinadi.
|
3.4. Dumbalar qabarig`ini hosil qilish. .
|
Dazmol.
|
|
Dumbalar qabarig`iga mos kerakli shakl hosil qilish uchun bu qirqimlar cho`zib dazmollanadi. Dazmol 1 tizza chizig`idan boshlab yuqoriga odim qirqim bo`ylab yuritiladi. Shim bo`laklri holatini o`zgartirmay turib, eng botiq joylaridagi 2 o`rta qirqimlari cho`ziladi. Hosil bo`lgan soliqi yoysimon harakatlar qilib, bukilgan joyiga tomon suriladi va aylantirib NII berish boshqa bo`lak tomondan takrorlanadi.
|
3.5. Tizza va dumba atrofini kirishtirib dazmollash.
|
Dazmol.
|
|
Pastki qirqimlar tekislanadi, keyin bukish chizig`ini o`rta qirqim yuqori qismiga tomon yo`naltirib, bel chizig`iga, gazlama xususiyatiga qarab 5-8 sm yetkazilmaydi.
Dumbalar atrofidagi va tizza darajasida hosil bo`lgan soliqi bukilgan joy bo`ylab kirishtirib dazmollanadi. Keyin bo`laklarni bir-biridan ajratib, ustki bo`lak o`ng tomondan dazmollanadi.
|
3.6. Shimning turg`un shaklini ùosil qilish.
|
Dazmol.
|
|
Shim shakl tuzilishi (buyurtmachi) odam gavdasining tuzilishi qanday bo`lsa shunga mos bo`lmog`i shart.
|
|