IV. Astarga ishlov berish
4.1. Astarni bichishi.
|
Bo`r, sm. lenta, qaychi.
|
|
Astarlikni o`ngini ichiga qaratib bo`ylama bo`yicha stolga yoki polga buklovi yuqoriga qaratib joylashtiriladi. Astar avraga mos qilib bichib olinadi.
|
4.2. Shim oldi astarini tekshirish.
|
|
|
Agar shim kostyum bilan bo`lsa, astarli mato asos gazlama rangidan bichib olinadi. Shim old yarim bo`lak 2 ta bo`lakl astar asosdan 10-12 sm kalta bichiladi.
Keyin uloqlarni shim bo`laklariga o`ng tomonlarini ichkariga qaratib qo`yiladi, qirqimlari tekislanadi va 10 mm kenglikda chok solib, ulab tikiladi.
|
4.3. Shim old yarim bo`laklarini va astarni ishlash.
|
|
|
Shim astari maxsus kirishmaydigan yuqori sifatli shoyi matodan bo`lib, asosan shim avrasini cho`zilib ketishdan, tizzalarini chiqib cho`zilishdan saqlaydi.
|
4.4. Astar bo`laklarining pastki qirqimini ishlash.
|
Maxsus, universal mashina.
|
|
Astar avra bo`lakning pastki qirqimiga 10-13 sm yetkazmaydi, qirqim pastki qirqimini yo`rmab, bukib, arra qilib qirqib, bukib yoki ichiga bukib ishlanadi.
|
4.5. Astarni ko`klash.
|
Nina, ip angishovna.
|
|
Astar avrani bo`lakka bir tekisda tenglashtirib, joylashtirib 3,0-3,5 sm qaviq chok bilan ko`klanadi. Shim old bo`lagining yon odim qirqimlari astar bilan birga maxsus mashinda yo`rmalanadi. Ort bo`lakning yon, odim va o`rta qirqimlari ham yo`rmalanadi. Yo`rmash ishlari shimning o`ngi tomonidan bajariladi.
|
4.6. Shim old bo`lagi va astarini yo`rmash.
|
Maxsus mashina.
|
|
Shim old bo`lagining yon odim qirqimlari astar bilan birga maxsus mashinada yo`rmalanadi. Ort bo`lakning yon odim va o`rta qirqimlari ham yo`rmalayfdi. Yo`rmash ishlari shimning o`ngi tomonidan bajariladi.
|
|