Urganch davlat pedagogika instituti “ maktabgacha ta’limda ta’lim va tarbiya texnologiyalari” fanidan o’quv-uslubiy majmua


Ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanishning istiqbollari


Download 2.14 Mb.
bet52/138
Sana17.06.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1551527
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   138
Bog'liq
M.t.t et.Majmua-2022

Ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanishning istiqbollari.


bo‘yicha o‘qituvchining maqsadi: yangi pedagogik texnologiyalarning maksad va vazifalarini tushuntirish, pedagogik texnologiyalardan ta’lim tizimida foydalanishning ahamiyatini yoritish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarning istiqbollari haqida tushuncha berish, talabalarni fanga bo‘lgan kizikishini oshirish.
savol bo‘yicha identiv o‘quv maksadlar:

  1. Yangi pedagogik texnologiyalarning istiqbollarini o‘rganadi.

  2. Ta’lim tizimida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning natijalarini takkoslaydi.

  3. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalarning isloh kilinishi izohlaydi.

savolning bayoni:
Ko‘pgina mamlakatlar o‘qtishda texnologik yondashuvdan foydalanib, o‘kuvchilar o‘zlashtirishini oshirishda sezilarli muvaffakiyatlarga erishdilar. Masalan, Janubiy Koreyada pedagogik texnologiya bo‘yicha sinov-tajriba tarzida o‘kiyotgan 50 ming boladan 75% da an’anaviy o‘qtishda faqat eng yaxshi o‘kuvchilar erishadigan natijalar ko‘lga kiritilgan. Bir kator boshka mamlakatlarda o‘tkazilgan tajribalar o‘kitishning bu tizimini ko‘llash o‘rtacha o‘kuvchiga odatiy o‘qtishda 80-85 % o‘kuvchilar erishadigan natijadan yukorirok natijaga erishish imkonini berishini ko‘rsatdi.
Pedagogik texnologiyani o‘zlashtirish Singapur, Koreya va Yaponiyaga 9,13 yoshlik va oxirgi o‘kitish yilidagi bolalar o‘rtasida matematika bo‘yicha dastlabki uchta o‘rinni egallash imkonini berdi (TIMSS uchinchi xalkaro matematika va ilmiy tadkikotlar ma’lumotiga ko‘ra). Bu dalil-isbotlar ta’lim va kadrlar tayyorlash sifatini oshirish uchun maktab o‘kituvchilari va o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda oliy ta’lim o‘quv yurtlarining professor-o‘kituvchilari pedagogik texnologiya metodlarini o‘zlashtirib olishlari va amaliyotga joriy kilishlari lozimligidan dalolat beradi. Bu kadrlar tayyorlash milliy dasturining "yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib talabalarni o‘qitishni jadallashtirish..." talabiga munosib javob bo‘ladi.
1992 yil martida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov farmoni bilan oliy o‘quv yurtlariga kabulni test asosida o‘tkazish joriy kilindi. Bu ilgarilari foydalanish takiklangan yoki cheklangan pedagogik test sinovlarining ta’lim tizimiga keng joriy kilinishiga asos soldi. Hozirgi kunda oliy va o‘rta maxsus maktab muammolari institutida oliy o‘quv yurtlari o‘kituvchilariga pedagogik texnologiyani o‘zlashtirishlarida yordam berishga da’vat etilgan o‘quv sifati va pedagogik texnologiyalar bo‘limi ishlab turibdi. Mazkur kitob uning faoliyatining dastlabki natijalaridan biridir.
Hozirgi kunda pedagogika muxitida pedagogik texnologiyaga kizikish kuchayganligi kuzatilmokda. Biz pedagogik texnologiyaning yaxlit tizimi nazariyasini bayon kilishni maksad kilib ko‘ymaganmiz. Vazifa maktablar, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy o‘quv yurtlari o‘kituvchilariga ta’limga texnologik yondashuv (mazkur nashrning cheklangan hajmi doirasida) to‘g‘risida minimal zarur axborotni berishdan iborat. Bunda pedagogik texnologiyaning mushtariyga texnologik yondashuv elementlarini o‘zi maksadga muvofik, deb hisoblaydigan holatlarda o‘z ish amaliyotiga joriy kilish imkoniyatini beradigan keng tarkalgan variantlarini bayon kilishga ko‘prok e’tibor beriladi.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling