Urganch davlat pedagogika instituti “ maktabgacha ta’limda ta’lim va tarbiya texnologiyalari” fanidan o’quv-uslubiy majmua
Download 2.14 Mb.
|
M.t.t et.Majmua-2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chalg‘ituvchi savollar.
Tasdiqlovchi tomonspikerlari xakamlarni o‘z nuktai — nazarlarining to‘g‘riligiga ishontirishga xarakat qiladilar.
Inkor etuvchi tomonspikerlari tasdiqlovchi tomon nuktai nazarining noto‘g‘ri ekanligiga xakamlarni ishontirishga xarakat qilishlari kerak. Asoslash. Asoslash orqali xar ikkala tomon xakamlarii o‘z nuktai nazari to‘g‘ri ekanligiga ishontirishi kerak. Dalillar sust yoki kuchli, ishonarli bo‘lishi mumkin. Shuningdek, debat ishtirokchilari o‘z nuktai - nazarlarini mustahkamlovchi dalillarni (sitatalar, faktlar, statistik ma’lumotlarni) takdim qilishlari lozim. Chalg‘ituvchi savollar.Ko‘pchilik debatlarda xar bir ishtirokchiga opponent jamoa spikerining savollariga javob berish imkoniyati beriladi. Bir jamoa spikerining savoli va boshqa jamoa spikerining javobi «chalg‘ituvchi savolga tutish» deyiladi. «Insert» usulida o‘qish Amerikalik pedagoglar tomonidan takdim etilgan «Notanish matnni insert usuli yordamida o‘qish» metodi psixologiya darslarida qo‘llanilsa juda samarali bo‘lishi mumkin. Chunki xar bir psixologiya darsida o‘quvchilar yangi ma’lumotlar, manbalar va yangi shaxslar hayoti bilan tanishishlari kerak buladi. O‘quvchi matnni oxirigacha ukib chiqib, xozir ukiganlaridan xech narsani mutlako eslab qolmasligi ko‘p o‘quvchilar uchun oddiy xol hisoblanadi. Insert usuli orqali o‘qish esa tushunib o‘qish, o‘qish jarayonida faol bilim olish imkonini beradi. Insert (belgi quyib o‘qish)— o‘qish va yozishni samarali amalga oshirishda, o‘quvchilarda darslik bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda ayniksa qulay usuldir. Ya’ni bu usul konspekt yozishning interaktiv usulidir. Unda belgilar quyidagicha bo‘lishi kerak: «V » - bilaman « — » - uylaganimga zid, notanish « K » - yangilik « ? » — tushunmadim, ya’ni qo‘shimcha ma’lumot kerak « ! » — xayratlandim Belgilangan matnni o‘qish jarayonida o‘quvchi o‘z bilimi va tushunchalariga 5 turdagi belgilarni quyib boradi. Xar bir satr yoki bandni belgilash shart emas. O‘quvchi xat boshiga bitta yoki ikkita belgi quyishi mumkin. Xamma o‘quvchi matnni ukib tugatgach, o‘qituvchi quyidagi savollar bilan o‘quvchilarga murojaat qiladi: Endi nima o’qiganingiz xakida uylang va partadoshingiz bilan muhokama qiling. Muhokama qilish uchun savollar quyidagicha: 1. Qanday bilimlar tasdiqlandi? 2. Qanday yangi axborot uchratdingiz? 3. Sizda qanday savollar tug‘ildi? 4. O’qilgan matndan nimani tushunmadingiz? 5. O’qilgan matndagi vokea, fakt yoki jarayonga o‘z munosabatingizni bildiring Bu ishga matnning katta kichikligiga qarab vaqt ajratiladi. Shundan sung xar bir o‘quvchi o‘zining individual jadvalini quyidagicha tuzib chikadi.
Insert usulidan foydalanish o‘quvchiga matnni ongli ravishda tushunib o‘qishda yordam beradi. Foydalaniladigan belgilar miqdori esa o‘quvchilarning yoshi va bilim darajasiga qarab kamaytirilishi mumkin. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling