Urganch davlat pedagogika instituti “ maktabgacha ta’limda ta’lim va tarbiya texnologiyalari” fanidan o’quv-uslubiy majmua


Individuallashtirilgan o‘qitish texnologiyasi


Download 0.94 Mb.
bet109/141
Sana23.04.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1384196
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   141
Bog'liq
M.t.t et.Majmua-2022 (2)

Individuallashtirilgan o‘qitish texnologiyasi – bunda o‘quv jarayonini tashkil etishda individual yondashish va o‘qitishning individual shakli ustuvor hisoblanadi.
Innovatsion kompetentlik – pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi g‘oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etish
Interfaol - ingliz tilidagi «interact»(rus tilida «interaktiv») so‘zidan olingan bo‘lib, lug‘aviy nuqtai nazardan «inter» – o‘zaro, «act» – harakat qilmoq degan ma’nolarni anglatadi.
Interfaol ta’lim – bilim, ko‘nikma, malaka va muayyan ahloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lidagi o‘zaro harakatlarini tashkil etishga asoslanuvchi ta’lim
Interfaollik – ta’lim jarayoni ishtirokchilarining bilim, ko‘nikma, malaka hamda muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda, o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklari
Informatsion kompetentlik – axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali ma’lumotlarni izlash, yig‘ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o‘rinli, samarali foydalanish; Ishlab chiqarish amaliyoti – kasbiy tayyorgarlikning yakuniy bosqichini tasvirlaydi va o‘qitishninng so‘nggi oylarida o‘tkaziladi.
Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishi
Kasbiy-pedagogik burch – mutaxassis sifatida pedagog tomonidan kasbiy faoliyatda ado etilishi majburiy bo‘lgan vazifa Kommunikativ kompetentlik – ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bo‘lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta’sir ko‘rsata olish.
Kommunikativ kompetentlik – ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, ta’lim oluvchilar bilan samimiy muloqotda bo‘lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta’sir ko‘rsata olish
Kompetentlik (ingl. “competence” – “qobiliyat”) – faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish Kommunikativ qobiliyat - muomala va muloqot o‘rnata olish, bolalarga kirishib ketish qobiliyati.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling