Urganch Davlat pedagogika Instituti 221- guruh talabasi Abdullayeva Diloromning
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
221-guruh talabasi Abdullayeva. D. mutaxasislikka kirish
Urganch Davlat pedagogika Instituti 221- guruh talabasi Abdullayeva Diloromning MUTAXASISLIKKA KIRISH fanidan MUSTAQIL ISHI Mavzu:KURS ISHINI YOZISH TARTIBI Reja: 1. Kurs ishini mavzusini tanlash. 2. Tayyorlashga qòyiladigan talablar. 3. Kurs ishini bajarish ketma ketligi Kurs ishini mavzusini tanlash Bugungi globallashuv sharoitida ta'lim jarayonida ilg'or pedagogik texnologiyalar va faol usullardan foydalanish, yangi ishlab chiqarilayotgan texnik vositalarni tadbiq qilish, ko'proq talabalarni mustaqil ishlashga undash, ilg'or tajribalardan saboq berishning turli yo'llaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Yana bir jihati muhimki, oliy ta'lim tizimida ta'lim olayotgan talabalarning tanlagan kasbiga moyilligi, layoqatlari, bilim va ko'nikmalarini rivojlantirish, ularning tanlagan yo'nalishlari bo'yicha mutaxassis sifatida shakllanishlari uchun maxsus fanlarni o'qitishni samarali tashkil qilishni ta'minlash lozim. Tayyorlashga qòyiladigan talablar Zamonaviy sharoitda ta'lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko'ra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yo'naltirilishi talab qilinmoqda. Yuksak malakali mutaxassislarni iste'molchilar talablariga qarab tayyorlanishi, talabalarni tanlagan ixtisosliklari bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirilishi mustaqil ravishda bilim olishga va amaliy faoliyatga o'rgatilishi ta'minlanishi kerak. oliy ta'lim tizimida mustaqil ta'lim soatlari ulushini kamligi, talabalarda mustaqil ta'lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllanmaganligi, o'quv jarayonidatalabalarda tashkilotchilik qobiliyati, kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish zamon talabiga mos kelmasligi asosiy muammolar qatoriga kiradi. Kurs ishini tayyorlash ketma ketligi Mustaqil ishni bajarish tartibiMustaqil ishni bajarishdan asosiy maqsad – professor o‘qituvchilarning bevosita rahbarligi va nazorati ostida talabalarni semestr davomida fanlarni uzluksiz o‘rganishini tashkil etish, olgan bilim, ko‘nikmalarini chuqur o‘rganib mustahkamlash, kelgusidagi darslarga tayyorgarlik ko‘rish, aqliy mehnat madaniyatini, yangi bilimlarni mustaqil ravishda izlab topish va qabul qilishni shakllantirishdan iborat. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling