Urganch davlat Pedagogika instituti sirtqi 221-guruh talabasi Sultonnazirova Zahroning “Pedagogika fan sifatida “mavzusida tayyorlagan


Download 277.97 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi277.97 Kb.
#1378552
Bog'liq
ped zahro

Urganch davlat Pedagogika instituti sirtqi 221-guruh talabasi Sultonnazirova Zahroning “Pedagogika fan sifatida “mavzusida tayyorlagan

TAQDIMOTI

Pedagogika (yun. paidagogike) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Ped. institutlari va ayrim boshqa oʻquv yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham Pedagogika deb yuritiladi. Pedagogika fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shugʻullangan. Zamonaviy Pedagogika bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyasi bilan shug’ullanishni koʻzda tutadi. Oʻzbekiston Respublikasida Pedagogikaga barkamol shaxs maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy vositasi sifatida yondashiladi.

  • Pedagogika (yun. paidagogike) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Ped. institutlari va ayrim boshqa oʻquv yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham Pedagogika deb yuritiladi. Pedagogika fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shugʻullangan. Zamonaviy Pedagogika bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyasi bilan shug’ullanishni koʻzda tutadi. Oʻzbekiston Respublikasida Pedagogikaga barkamol shaxs maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy vositasi sifatida yondashiladi.
  • Pedagogika fanining predmeti, oʻqitishning taʼlim-tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalari bilan kishilarni, yoshlarni, mutaxassislarni qurollantiruvchi fan boʻlganligi uchun uning metodologik asoslari maqsad va vazifalari dunyoning moddiy-maʼnaviy rivojida shaxs kamoloti uygʻunligi qonuniyatlari va davlatning zamonaviy siyosatidan kelib chiqadi. Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim qonunida -taʼlim davlat ijtimoiy taraqqiyotida ustuvor deb belgilab qoʻyilgan.
  • Pedagogika haqida ilk fikrlar falsafa, diniy ilmlar tizimida, siyosatshunoslikdahuquqshunoslikda adabiyotda rivojlandi. F.Bekon va Ya.Komenskiylarning kitoblarida pedagogikaning rivojlanishiga katta hissa qoʻshilgan. Ularning izidan D.LokkJan Jak RussoI.PestalotssiI.GerbardA.Disterverglar oʻz hissalarini qoʻshihadi. Oʻrta asrlarda yoshlarga bilim berish va tarbiyalash diniy markazlarning qoʻlida boʻldi. Keyinchalik gildiyalik maktablar ochila boshlandi.

Taniqli pedagoglar (dunyo miqyosidagi)

Konfutsiy (551 d.n.e — 479 d.n.e)

Kvintilian (35 n.e.- 96 n.e.)

Erazm Rotterdamskiy (1465 — 1536)

Yan Amos Komenskiy (1592 — 1670)

Djon Lokk (1632 — 1704)

Mixail VasilevichLomonosov (1711-1765)

Iogann Genrix Pestalotssi (1746-1827)

Fridrix Fryobel (1782 — 1852)

Adolf Disterveg (1790 — 1866)

Nikolay Ivanovich Pirogov (1810 — 1881)

Gerbert Spenser (1820 — 1903)

Konstantin Dmitrievich Ushinskiy (1824-1871)

Yan Amos Komenskiy (1592.28.3, Janubiy Moraviya, Nivnitse — 1670.15.11, Amsterdam) — chex gumanist-pedagogi, zamonaviy oʻqitish jarayoni asoschisi.

  • Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi Y.A.Komenskiyning nomi bilan bog’liq.Komenskiy tomonidan taklif etilgan tamoyillar ta’lim jarayonining shakl va uslublari “Pedagogika”ning oltin fondiga kirgan.Uning eng buyuk asarlaridan biri “Buyuk didaktika “asari pedagogika nazariyasi va amaliyoti sohasida birinchi muhim ilmiy asar hisoblanadi.

Har bir hunarmand buyumni yasashga yaroqli materialning xossalarini o’rgangani singari ,o’z oldiga insonni barkamol qilib tarbiyalash vazifasi turgan pedagog ham shogirdining qanday hislatlarga ega ekanligini bilishi kerak.

Har bir hunarmand buyumni yasashga yaroqli materialning xossalarini o’rgangani singari ,o’z oldiga insonni barkamol qilib tarbiyalash vazifasi turgan pedagog ham shogirdining qanday hislatlarga ega ekanligini bilishi kerak.

Yan Amos Komenskiy


Surdopedagogika –kar va gung tarbiyalanuvchilar ta’lim –tarbiyasi masalalari bilan
Tiflopedagogika-ko’zi ojiz tarbiyalanuvchilar ta’lim-tarbiyasi bilan
Oligofrenopedagogika-aqli ojizlar ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanadi.
E’tiboringiz uchun rahmat
Download 277.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling