Urganch davlat universiteti analizning zamonaviy fizik-kimyoviy metodlari
Download 286.5 Kb.
|
Analizning zamonaviy fizik kimyoviy metodlari ishchi dastur (sillabusi)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy mashg‘ulotlar 5-semestr Dars soatlari hajmi
- Laboratoriya mashg‘ulotlari 5- semester Dars soatlari hajmi
- Mustaqil ta’lim mavzulari Hajmi
- Ta’lim texnologiyalari va metodlari
Ma’ruza mashg‘ulotlari modul tizimida va multimediya qurilmalari bilan jixozlangan auditoriyalarda o‘tkaziladi.
Amaliy mashg’ulotlar modul tizimida va multimediya qurilmalari bilan jixozlangan auditoriyalarda o‘tkaziladi.
Laboratoriya mashg’ulotlar modul tizimida va multimediya qurilmalari bilan jixozlangan laboratoriyalarda o‘tkaziladi. Mustaqil ish mavzulari 5-semestr
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetentsiyalar) Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba: Mahsulotlarning sifati va xavfsizligini nazorat qilishda, organoleptik, fizik-kimyoviy va mikrobiologik usullaridan foydalanish; mahsulotlarni xossalarini va tarkibini analizning zamonaviy fizik-kimyoviy metodlar yordamida o‘rganish; optik usullar yordamida mahsulot xavfsizligi va sifatini ta’minlash; spektroskopiya (UB-ultrabinafsha, IQ-infraqizil, lyuminessensiya) usullaridan foydalanib mahsulotlar xavfsizligi va sifatini aniqlash, xromotografiya usullari yordamida mahsulotlarning sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini aniqlash usuli haqida tasavvurga ega bo‘lishi; Namuna olish, uni sinovga tayyorlash, sinovlar o‘tkazishni; zamonaviy sinov qurilmalarini qo‘llay olishni, mahsulotlarning sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini aniqlashni, o‘lchash vositalarini qo‘llay olishni; me’yoriy hujjatlardan foydalanib sinovlarni o‘tkazishni, mahsulot sifati va xavfsizligini tahlil qilishni; xomashyo va tayyor mahsulotlar sifati va xavfsizligini tadqiq etishda sinov qurilmalarini bilishi va ulardan foydalana olishi; mahsulotlarning sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini aniqlashda hisoblash va ekspert usuli; sifatni boshqarishda analizning zamonaviy fizik-kimyoviy metodlaridan foydalanish, sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarining analog signallarni raqamli ko‘rsatkichlar orqali aniqlash, sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini to‘liq tahlil etish va optimal qiymatlarini aniqlash haqida ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. Polyarizatsion optik usullar yordamida oziq-ovqat mahsulotlarini sifatini o‘rganish bo‘yicha ko‘nikmaga ega bo‘lish; mikroskopiya yordamida oziq-ovqat mahsulotlarini mikrobiologiyasini o‘rganish, elektron mikroskopiya yordamida mahsulotlarni mikrostrukturasini tadqiq etish, atom-absorbsion spektroskopiya va polyarimetriya usullari yordamida xavfsizlik ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari haqida malakalarga ega bo‘lishi kerak. fanni o‘zlashtirishdan olingan bilimlarni sanoat texnologiyalarida qo‘llay olish; fan bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlari va ma’lumot-nomalardan foydalana olish; Ta’lim texnologiyalari va metodlari: ma’ruzalar; laboratoriya mashg’ulotlari; interfoal keys-stadilar; kichik guruhlarda ishlash; taqdimotlar qilish; jamoa bo‘lib ishlash; video materiallar tayyorlash; individual ishlash Download 286.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling