Urganch davlat universiteti fizika-matematika fakulteti fizika kafedrasi


Download 94.83 Kb.
bet5/7
Sana03.12.2023
Hajmi94.83 Kb.
#1801304
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
LAZER KURS ISHI AZIZBEK

3- rasm. a) optik damlash usuli
2) yarim o`tkazgichlar elektron oqimi bilan nurlantiriladi; elektronlarni qo`zg’otish usuli bilan, ya’ni tezkor elektron oqimi bilan yarimo`tkazgichni bambardimon qilish;


4 - rasm. b) Elektronlar oqimi bilan damlash usuli
Yarimo‘tkazgichli lazerlar uchun p-n o'tish sohasida elektron va teshiklar bir vaqtda ishtirok etishi katta ahamiyatga ega. Bu shart kuchli legirlangan yarimo'tkazgich donor va akseptorni hosil qiladigan elementlami yarimo‘tkazgichning kristall panjarasiga kiritib konsentratsiyasini bir santimetr kub hajmda - ta atomga yetkazishda bajariladi. Kuchli legirlangan yarimo‘tkazgichlarda Fermi sathi o‘tkazuvchanlik zonasining ichida joylashadi. n-tipdagi yarimo‘tkazgichda donor sathi elektronga to'ladi va qisman o'tkazuvchanlik zonasiga ham o‘tadi. p - tipli yarimo‘tazgichda esa akseptor sathi to'lmaydi va tirqish valent zonasida paydo bo'ladi. Fermi sathi esa valent zonasida joylashadi. Shu ikki xil kuchli legirlangan yarimo‘tkazgichlar tutashtirib qo‘shilsa, energetik sathlar siljiydi va Fermi sathi ikkala tip uchun bir xil qiymatga ega bo‘ladi.
5 (a) - rasmda kuchli legirlanganp-n tipli yarimo4kazgichning energetik sxemasi keltirilgan. Agar elektr manbaning musbat qutbini p - tipiga va manfiysini n - tipiga ulasak, elektronlar musbat elektrodga, teshiklar esa manfiy elektrodga qarab yo‘naladi. Ana shu ikki xil zaryadli zarrachalar ikki tipli yarimo‘tkazgiching qo‘shilgan chegarasida, ya’ni p-n o‘tish chegarasida uchrashadi. Elektronlar teshiklar bilan uchrashib, rekombinatsiyalashadi va kvant nurlanishini hosil qiladi. Kvant nurlanishining energiyasi hv ga teng.

5 – rasm. Kuchli legirlangan p-n o’tishli Yarimo’tkazgichlarning energetik sohalari va kvant nurlanish sxemasi:
a)Elektr maydon ta ’siri bo ‘Imaganda sohalaming siljishi kitzatilmaydi.
b)Elektr maydon ta ’sirida sohalaming p - tip tomonga siljishi.
d)Rekombinatsiya vaqtida yopiladigan qatlamdan kvant nurlanishi.
Elektr maydoni ta’sirida energetik sohalaming siljishi kuzatiladi. 0‘sha siljish 5 (b) - rasmda sxematik keltirilgan.
Siljish qiymati elektr maydon potensiali bilan bog‘langan:

e - elektron zaryadi, V- elektr maydon potensiali.
Yarimo‘tkazgichning ikki tipi tomonga beriladigan tokning elektr maydoni ta’sirida p-n o‘tish chegarasida “yopiladigan qatlam” hosil bo‘ladi. Bu yopiladigan qatlamda inversion ko‘chganlik hosil boMadi. Yarimo‘tkazgichga elektr manbai ulaganda tashqi elektr maydoni ta’sirida yopiladigan qatlamda elektronlami n - tipli yarimo‘tkazgichning o‘tkazish sohasidan va teshiklami esa p - tipning valent sohasidan tortib chiqarib to‘playdi. Shu paytda yopiladigan qatlamda elektron bilan teshik uchrashib rekombinatsiyalashish natijasida yorug‘lik nurini chiqaradi (5 (d) - rasmga qarang). Shuni aytish lozimki, p-n o‘tishli yarimo‘tkazgich yaxlit monokristalldan tayyorlanadi va p- n o'tish shu monokristallning ichida hosil qilinadi. Elektr maydon ta’sirida yopiladigan qatlamda p-n o'tish chegarasida zaryad tashuvchilar elektron va teshiklaming odatdagidan ortiqcha konsentratsiyasini hosil qilish shu yarimo‘tkazgich chegarasida inversion ko'chganlik hosil qilishning aynan o‘zidir. Yopiladigan qatlamni faol qatlam deyiladi. Elektr zaryadini tashuvchi elektron va teshiklar birgalikda faol markazlarni hosil qiladi. Yarimo‘tkazgich lazerlarning faol moddalari: GaAs, InAs, InSb, PbSe .

Download 94.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling