Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti n
BMI bajaruvchi talaba: ____________ Nurmanova G.Q
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-BOB. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
- Xulosa va takliflar Foydalanilgan adabiyotlar
- “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”
- Muammoning o`rganilganlik darajasi.
- Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti va predmeti.
- Bitiruv malakaviy ishining nazariy – uslubiy asosi
- Bitiruv malakaviy ishining tarkibi.
- 1-BOB O’zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy va nazariy asoslari.
- Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash yo’nalishlari
- Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini quyidagi iqtisodiy mexanizmlar orqali qo’llab-quvvatlash
BMI bajaruvchi talaba: ____________ Nurmanova G.Q. Kafedra mudiri: ____________I.f.n Ruzmetov Sh. 15
O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari va bunda banklarning o’rni.
1-BOB O’zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy va nazariy asoslari. 1.1. O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy asoslari 1.2. Respublikada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanish bosqichlari 1.3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda xorijiy davlatlar tajribalarini qo’llash xususiyatlari
2.1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda bank kreditlarini ajratish tartibi 2.2. O’zbekistonda kichik biznes sub’ektlarini kreditlash taxlili 2.3. O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda bank kreditlarini ajratishni takomillashtirish yo’llari. Xulosa va takliflar Foydalanilgan adabiyotlar 16
Kirish ,,Bizning doimiy vazifamiz – kichik biznes va tadbirkorlikning o’rni va ro’lini izchil o’sishini ta’minlash“
Islom Karimov Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va amalga oshirilayotgan inqirozga qarshi choralar dasturining eng muhim ustuvor yo’nalishlaridan biri yangi ish o’rinlarini tashkil etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o’rin tutayotgan xizmatlar ko’rsatish va servis sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (KBXT)ni jadal rivojlantirishga qaratilmoqda. Mamlakatimizdagi chuqur iqtisodiy islohotlar, ijtimoiy hayotning turli jabhalarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, xizmat sohasi va KBXTni rivojlantirishga qaratilgan keng tarkibiy o’zgarishlar 2013 yilda ham o’zining salmoqli natijalarini ko’rsatdi. Darhaqiqat, 2013 yil yakunlariga ko’ra KBXTning mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 55.8 foizga, iqtisodiyotda jami bandlar sonida KBXTning hissasi esa 75 foizgacha etdi, respublikamizda jami yangidan yaratilayotgan ish o’rinlarining yarmidan ko’prog’i shu sektor ulushiga to’g’ri kelmoqda 1 .
KBXT muhtaram Prezidentimiz tomonidan bugungi kunda mamlakatimizning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotini yangi, yanada yuksak bosqichga ko’tarishning asosiy vositasi sifatida e’tirof etilib,
1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi Xalq so’zi 18.01.2014 y. (13)
17
2011 yilni mamlakatimizda “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb e’lon qilishni taklif etdi 2 . Fikrimizcha, 2011 yilning “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb nomlanishining asosiy sabablari sifatida KBXT davlat va jamiyatimiz rivojida alohida o’rin egallayotganligini, uni rivojlantirmasdan turib iqtisodiyotimizning kelajagini ta’minlay olmasligimizni, ichki bozorimizni raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar bilan to’ldirishda, aholini ish bilan ta’minlash va shu asnoda ularning munosib daromad topishi hamda turmush farovonligining oshirib borishida eng asosiy omillardan biri ekanligini, jamiyatimiz va mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bo’lgan o’rta sinfning shakllanishi va rivojlanishini ta’minlashini, jamiyatimizdagi ijtimoiy va siyosiy barqarorlikning kafolati va tayanchiga, yurtimizni taraqqiyot yo’lidan faol harakatlantiradigan kuchga aylanib borayotganligini ta’kidlash mumkin. 2014 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganining o‘zi iqtisodiyotimizning tarkibida bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlardan dalolat beradi. Faqatgina o‘tgan yilning o‘zida yurtimizda 26 mingdan ziyod kichik biznes sub’ekti ish boshladi va yil oxirida ushbu sektorda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning umumiy soni yil oxiriga kelib 190 mingtaga yetdi 3
Muammoning o`rganilganlik darajasi. Kichik biznеs va tadbirkorlik sohasi bo’yicha o’zining muhim hissalarini qo’shgan xorijlik g’arb olimlari qatoriga Y. Shumpeter, R. Xizrich, R. Kantilon, J.B. Sey, F. Xayeka va boshqalarni alohida ta'kidlab o’tish lozim. O’zbеkiston Rеspublikasida kichik biznеsni krеditlash va kredit mexanizmlari tahlilidagi mavjud muammolar borasida ilmiy tadqiqotlar olib
2 Prezident I. Karimovning O’z R Konstitutsiyasi qabul qilinganining 18 yilligiga bag’ishlangan tantanal imarosimdagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo’liniiz ichil davom ettirish –taraqqiyotimizning muhim omilidir” mavzusida ma’ruzasi Xalqso’zi, 2010 yil, 7 dekabr, 3 bet. 3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi Xalq so’zi 18.01.2014 y. (13)
18
borgan iqtisodchi olimlar va ushbu sohada xizmat ko’rsatayotgan davlat arboblari sifatida F. Mullajonov, M. Solihov, B. Bеrdiyorov, F. Dodiyev, N. Xolmuratov, Sh. Normo’minov,S.K.Salayev,N.B.Fayzullaev,B.U.Tadjiyev, E. Egamberdiyev, X. Xo’jaqulov, S.
Sattorov, N.
Abdunazarova, N.
O’rmanova,
N. Xusanov,O.Iminovlarni ko’rsatish mumkin. Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti va predmeti. Ushbu bitiruv malakaviy ishida tadqiqot ob’ekti qilib ”Agrobank” OATB Xorazm filialini, predmeti qilib esa bank ko`rsatkichlari olindi.
O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollariva bunda banklarning o’rnini aniqlash maqsadiga erishishuchun quyidagi muhim vazifalar belgilab olindi: - O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy asoslarini ko`rsatib berish; - Respublikada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanish bosqichlari aniqlash; - Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda xorijiy davlatlar tajribalarini qo’llash xususiyatlari ochib berish; - Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda bank kreditlarini ajratish tartibini o’rganish; - O’zbekistonda kichik biznes sub’ektlarini kreditlash taxlili o’tkazish va baholash; - O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda bank kreditlarini ajratishni takomillashtirish yo’llarini ko’rsatib berish. Bitiruv malakaviy ishining nazariy – uslubiy asosi BMIningmavzusiniyoritishdaO’zbekistonRespublikasiPrezidentiI.A.Karimovninghal qaromiqyosdayuqoribaholanayotganvaijobiynatijalarinimamlakatningtaraqqiyotitajrib asi tasdiqlanayotgantanlanganasarlarito’plamigakiritilgankitoblaridan, 19
ko’plabmaqolavachiqishlaridabozoriqtisodiyotigao’tishborasidagivazifalari haqidagi asarlari, shuningdekO’zbekistonRespublikasiOliyMajlisitomonidanqabulqilinganqonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlari, O’zbekistonRespublikasiMoliyaVazirligi, O’zbekiston Respublikasi Markaziybankiva O’zbekiston Respublikasi Davlatsoliqqo’mitasiningme’yoriyhujjatlaridan, ommaviyaxborotvositalarimateriallaridankengfoydalanildi.
xulosavatakliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidaniborat.
20
1-BOB O’zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy va nazariy asoslari. 1.1.O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy asoslari Iqtisodiyotning bugungi kundagi
rivojlanish darajasi, iqtisodiy aloqalarning g’oyat keng miqyosli va murakkab bo’lib borayotgan bir sharoitida bozor kuchlari o’ta mukammal bo’lib ishlaganda ham iqtisodiy munosabatlarni to’la- to’kis tartibga sola olmaydi. Hozirgi kunda ishlab chiqarish chuqur ixtisoslashgan bo’lib, tovar va xizmatlar ko’pchilik mehnatining mahsuliga aylanib, ularning turlari ko’paymoqda, ishlab chiqaruvchilarning tashqi iqtisodiy aloqalardagi ahamiyati oshmoqda va bu munosabatlarni o’rnatish hamda tartibga solishda davlatning ishtiroki zarurdir. Mamlakatimizning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, tadbirkorlik bilan shug’ullanayotgan korxonalarga alohida e’tibor qaratish, iqtisodiy jarayonlarning tarkibiy tuzilishini mutassil takomillashtirib borish zaruratini kuchaytirmoqda. Hozirgi vaqtda iqtisodiy faol aholining 65-75 foizi xususiy sektorda bandligini hisobga oladigan bo’lsak, albatta, bu sektor faoliyat yuritishi uchun barcha sharoitlar mavjud bo’lishini, yanada samarali mexanizmni ishlab chiqishni taqozo etadi. Bu esa tadbirkorlikning davlat tomonidan ham huquqiy-ma’muriy mexanizmlar, ham moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlar orqali qo’llab-quvvatlanishiga ehtiyojmand ekanligini anglatadi. 2013yil yakunlarini sarhisob qiladigan bo’lsak,mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foizga o‘sdi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga,
21
qishloq xo‘jaligi – 6,8 foizga, chakana savdo aylanmasi – 14,8 foizga oshdi. Inflyatsiya darajasi prognoz ko‘rsatkichidan past bo‘ldi va 6,8 foizni tashkil etdi. 4
Albatta, bu ijobiy o’zgarishlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ahamiyati sezilarli darajada oshayotganini ko’rishimiz mumkin.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va mahsulot sifatini diversifikatsiyalashda asosiy ustuvor yo’nalish bo’lgan ushbu sohaning tarkibiy tuzilishi, tabiiy resurslar salohiyati, geografik joylashuvi, mehnat resurslari hamda omillaridan samarali foydalanishga ta’sir ko’rsata oladigan davlatning qo’llab-quvvatlash siyosati juda zarur bo’ladi. Bular quyidagilardan iborat: tashqi bozordagi konyuktura o’zgarishlariga kam ta’sirchan tarmoq va sohalarning YaIM va bandlikdagi ulushi yuqori bo’lishini ta’minlash; kichik biznesda ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlar nomeklaturasini kengaytirish, YaIMda, eksport tarkibda alohida tarmoq mahsulotining ustunlik qilishini bartaraf etish; tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi, shuningdek, eksport qiluvchi korxona va tarmoqlarning xomashyo va butlovchi qismlar bilan ta’minlanishida mahalliy korxonalar ulushi ustunligiga erishish; yuqori texnologiya va zamonaviy texnikalar bilan ta’minlangan, arzon va sifatli, tashqi bozorda raqobatga kirisha oladigan sanoat tarmoqlarining mamlakat sanoat ishlab chiqarishi ko’rsatkichlaridagi ulushini oshirish. Bugungi kunda iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha, birinchi navbatda, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo’lga qo’yish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag’batlantirish masalalariga keng e’tibor berilmoqda. Jumladan, mazkur tadbirlarda quyidagilarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan:
4 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi Xalq so’zi 18.01.2014 y. (13)
22
1. Soliq yukini yengillashtirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va unifikatsiya qilish bo’yicha xo’jalik tuzilmalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida tegishli choralar ko’rish. 2. Davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash maqsadida korxonalarning budjet va budjetdan tashqari jamg’armalariga to’lovlar bo’yicha muddati o’tgan hamda joriy kreditor qarzlarini qayta ko’rib chiqish. 3. Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tashkil etish bilan bog’liq xarajatlarni kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. Iqtisodiyotni tarkibiy o’zgarishining muhim yo’nalishi bo’lgan, aholi va o’rta sinf mulkdorlari daromadlarini shakllantirish asosi bo’lgan kichik biznes hamda xusuiy tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada rag’batlantirish, bu sohadagi muammolarni hal etish, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini, qishloq joylaridagi yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratib berish kerak. O’zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab- quvvatlash umumiy tarzda quyidagi yo’nalishlardan iborat (1.1.1-chizma):
qo’llab-quvvatlash yo’nalishlari Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini tashkil etish yo’llarini soddalashtirish Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini quyidagi iqtisodiy mexanizmlar orqali qo’llab-quvvatlash:
Soliq imtiyozlari berish; Soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimi; Imtiyozli kreditlash; Boj haqi va litsenziya mexanizmini qo’llash; Tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishda subsidiyalar berish; Eksport kvotalarini belgilash; Davlat xaridida imtiyozli sharoitlar yaratish. 23
1.1.1-chizma.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash yo’nalishlari. 5
sharoitida milliy iqtisodiyotning yuqori sur’atlarda o’sishiga erishish va korxonalarning barqaror holatini yaxshilashda qo’llab-quvvatlashning barcha mexanizmlari ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda ma’muriy-huquqiy muhitning ham o’rni, ham roli katta va o’z ta’sir-e’tibori bo’yicha iqtisodiy mexanizmlarni to’ldirib keladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning davlat tomonidan qo’llab- quvvatlanishiga ehtiyojmand ekanligini zamonaviy ishlab chiqarishning quyidagi sabablari doirasida ko’rishimiz mumkin va bu sabablar o’z faoliyatida kuchaytirilgan talablarga mos bo’lishi kerakligini taqozo etadi: – mahsulot (xizmat) hayotiylik (layoqatlilik) davrining qisqarganligi, tovarlarning turi va bir martalik turkum mahsulotlar chiqarish hajmi ko’payganligi sababli tovar (xizmat)lar turlarini tezda o’zgartirish imkonini beruvchi yuqori o’zgaruvchan ishlab chiqarishga bo’lgan ehtiyoj; – mehnatni tashkil etish va taqsimlash nazoratining mutlaqo yangi shakllarini talab qiladigan murakkab texnologiyalar; – sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatish va qo’shimcha xizmat qiladigan, mahsulot sifatiga munosabatni tubdan o’zgartiradigan mahsulot (xizmat ko’rsatish) bozoridagi jiddiy raqobat; – ishlab chiqarish to’lovlari tarkibining birdaniga o’zgarishi; – tashqi muhit noaniqligini hisobga olish ehtiyoji 6 . Shu maqsadda barcha mamlakatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida davlat tomonidan o’ziga xos iqtisodiy, huquqiy-me’yoriy
5 N. Murodov – ,,Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmlari“. T.: ,,Iqtisodiyot“, 2012. – 42-b. 6 G’ulomov S.S. – ,,Tadbirkorlik va kichik biznеs“. – T.: - 2002. 24
usullarda qo’llab-quvvatlash ishlari amalga oshiriladi hamda rag’batlantirib boriladi. Qo’llab-quvvatlashning bunday mexanizmlari kichik tadbirkorlik korxonalarining katta korxonalarga aylanguniga qadar davom etadi. Ishbilarmonlik – biznes yuritish uchun amaliy qulay sharoit tug‘dirib berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish real iqtisodiyotni isloh etishning navbatdagi eng muhim yo‘nalishiga aylanmog‘i zarur.
So‘nggi yillarda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes
yuritish, iqtisodiyotimizga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun zarur sharoit va
qulay muhit
yaratish borasida
ulkan
ishlarni amalga
oshirildi.Tadbirkorliksub’ektlari huquqlarining ustuvorligi haqidagi prinsip joriy etildi. Faqat o‘tgan yilning o‘zida ruxsat berishga oid 80 dan ortiq tartib-taomil, litsenziyalanadigan faoliyat turlarining 15 tasi, 65 turdagi statistik hisobotlar, 23 turdagi hisobotni taqdim etish muddatlari qisqartirildi, 22 turdagi interfaol soliq xizmati joriy etilib, zarur ruxsatnomalar berish muddati 2-marta va mazkur jarayonlar uchun xarajatlar qiymati 5-marta qisqartirildi. Shuni qayd etish joizki, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ruxsatnoma olish jarayonida to‘lanadigan xarajatlar 8 barobar kamaytirildi, banklarda hisobraqami ochish uchun to‘lovlar bekor qilindi va shu borada boshqa zarur tadbirlar amalga oshirildi. O‘zbekiston biznesni ro‘yxatga olish shartlari bo‘yicha jahon miqyosida 66 pozitsiya yuqoriga ko‘tarilib, reyting o‘tkazilgan 189 mamlakat orasida 21-o‘rinni egalladi, kredit ajratish bo‘yicha reytingda esa 24 pozitsiya yuqoriga ko‘tarildi. Ayni paytda shuni e’tirof etish kerakki, mamlakatimizdagi ishbilarmonlik muhiti va biznes yuritish sharoitining bugungi holati erkin bozor iqtisodiyotining talab va prinsiplari, umumiy xalqaro normalarga to‘liq javob beradi, deb ayta olmaymiz. Tadbirkorlarimiz qishloq joylarda energiya ta’minotining beqarorligiga, ishlab chiqarish va yo‘l
infratuzilmasining kerakli
darajada rivojlanmaganiga, 25
tekshiruvlarning ko‘pligiga, shuningdek, joylarda ijro intizomining nisbatan pastligiga haligacha duch kelmoqda. 7
Keyingi yillarda muhtaram yurtboshimizning bevosita tashabbuslari bilan hukumatimiz tomonidan KBXTni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish borasida bir necha yo’nalishlarda tub ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi va bu yo’nalishlarni shartli ravishda o’n bitta qismga ajratib o’rganishni ma’qul deb topdim. Ular quyidagilar:
tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesga ko’proq erkinliklar berish; davlat boshqaruv vazifalari va turli ruhsat berish me’yorlarini qisqartirish, byurokratik to’siqlarni bartaraf etish; moliya-kredit hamda xomashyo resurslari, mahsulotlarga davlat buyurtmasidan foydalanishning bozor dastaklari va mexanizmlarini joriy etish; mol yetkazib beruvchi korxonalar va barcha xo’jalik yurituvchi sub’yektlar, xaridorlar bilan kooperatsion aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash va h.k. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling