Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti n


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana11.11.2017
Hajmi0.7 Mb.
#19896
1   2   3   4   5   6   7   8   9

     Ikkinchi  yo’nalish  –  KBXT  sub’yektlarining  huquq  va  manfaatlarini  himoya 

qilishni 

kuchaytirishga 

yo’naltirilgan 

me’yoriy-huquqiy 

bazani 

yanada 

takomillashtirish. Bu borada  ham bir qator ishlar amalga oshirildi  va bugungi kunda 

ham islohotlarni chuqurlashtirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqilmoqda. 

Jumladan, bevosita  KBXT sohasiga taalluqli bo’lgan 400ga  yaqin  me’yoriy-huquqiy 

hujjatlar  qabul  qilindi.  Xususan,  ,,Tadbirkorlik  faoliyati  erkinligining  kafolatlari 

to’g’risida“gi  Qonunning  yangi  tahririni  tayyorlash,  KBXT  sub’yektlari  huquq  va 

manfaatlarini  himoya  qilishni  kuchaytirishga  yo’naltirilgan  yangi  qonun  hujjatlarini 

qabul qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining ,,Tadbirkorlik  faoliyati sohasida 

                                                

7

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning  mamlakatimizni  2013-yilda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish 



yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar 

Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi Xalq so’zi 18.01.2014 y. (13) 

 


26 

 

ruxsat  berish  tartib  qoidalari  to’g’risida“gi,  ,,Xususiy  mulkni  himoya  qilish  va 



mulkdorlar  huquqlarining  kafolatlari  to’g’risida“gi  Qonunlarni  ishlab  chiqish  va 

qabul qilish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 



    Uchinchi yo’nalish – KBXT sub’yektlarining moliya-xo’jalik faoliyatiga davlat va 

nazorat tuzilmalarining aralashuvini keskin kamaytirish hisoblanadi. 

    To’rtinchi yo’nalish  – KBXT sub’yektlarini tashkil etish tartibini soddalashtirish 

va  faoliyat  yuritishning  moddiy-texnik  sharoitlarini  ta’minlashdir.  Bu  yo’nalish 

bo’yicha  hukumatimiz  tomonidan  KBXT  sub’yektlariga  ko’pgina  imtiyoz  va 

qulayliklar  yaratilib  berildi.  Xususan,  mahsulotlarni  gigiyenik  sertifikatining  amal 

qilishi  cheklanmagan    muddatga  o’tkazildi,  fitosanitariya  xulosalarini  berish 

muddatlari qisqartirildi, elektr va issiqlik tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni 

bajarish  muddatlari  1  oydan  3  kungacha  qisqartirildi,  binolarni  turar  joydan  noturar 

joy  toifasiga  o’tkazish  jarayoni  soddalashtirildi,  davlat  mulkidagi  bo’sh  binolarning 

ijara  haqlari  pasaytirilishi  natijasida  81  foizi  tadbirkorlik  sub’yektlariga  ijaraga 

berildi,  tashqi  reklamani  joylashtirish  qiymati  ayrim  viloyatlarning  qishloq  joylari 

uchun 50 foizgacha pasaytirildi va h.k. 



    Beshinchi  yo’nalish  –  KBXT  sub’yektlariga  soliq  va  boshqa  to’lovlar  borasida 

yengilliklar  yaratish,  hisobot  topshirish  tizimini  takomillashtirish  sanaladi.  Unga 

muvofiq,  1996-2013  yillar  mobaynida  KBXT  sub’yektlariga  belgilangan  soliq 

stavkalari  mos ravishda 38  foizdan 5  foizgacha  yoki 7,6  martagacha qisqardi, 2014-

yilda  ham  soliq  yukini  kamaytirish  siyosati  davom  ettirilmoqda.  Kichik  korxona  va 

mikrofirmalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkalari 2013yilda 5 foizga tushirilgan va 

2014 yilda o`zgarmasdan saqlangan , yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan 

soliq  stavkasi  esa  sezilarli  tarzda,  ya’ni  o‘rtacha  ikki  barobar  kamaytirilgani  buni 

yaqqol tasdiqlaydi

8



    Shuningdek, kelgusi hisobotlar topshirish jarayonlaridagi qog’ozbozlikni va har xil 



ovoragarchilikni,  to’rachilik  kabi  salbiy  illatlarni  oldini  olish,  vaqtni  tejash  va  ish 

samaradorligini  oshirish  maqsadida  tadbirkorlik  sub’yektlarining  elektron  hisobot 

                                                

8

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 



yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar 

Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi Xalq so’zi 18.01.2014 y. (13) 



27 

 

topshirish  tizimini  joriy  qilindi.  Bundan  tashqari,  tarmoq  yo’nalishida  ham  KBXT 



sub’yektlariga bir qator imtiyozlar berilgan bo’lib, ular quyidagilar: 

- 2015-yil 

1-yanvarigacha 

yangidan 

tashkil 

etilgan 


ta’mirlash-qurilish 

tashkilotlari soliqlarning barcha turlaridan va ayrim majburiy ajratmalarni to’lashdan 

ozod qilingan; 

- 15  xildagi  nooziq-ovqat  iste’mol  tovarlari  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashgan 

mikrofirmalar  va  kichik  korxonalar  foyda  solig’i,  mulk  solig’i  va  yagona  soliq 

to’lovlaridan,  respublika  yo’l  jamg’armasiga  majburiy  ajratmalar  to’lashdan,  ishlab 

chiqarishda foydalaniladigan asbob-uskunalarni import qilishda bojxona to’lovlaridan 

ozod qilingan.  



Oltinchi  yo’nalish  –  KBXT  sub’yektlarini  kreditlash  mexanizmlarini  yanada 

takomillashtirish  hisoblanadi.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2008-yil  10-

noyabrdagi  PQ-4051-sonli  Farmoniga  muvofiq,  tadbirkorlik  faoliyatini  boshlash 

uchun  imtiyozli kreditlar bo’yicha  foiz stavkalari  maksimal stavkani  yillik 5  foizdan 

3  foizga,  KBXT  sub’yektlari  faoliyatini  kengaytirish  va  aylanma  mablag’larni 

to’ldirish  uchun  mikrokreditlar  bo’yicha  qayta  moliyalash  stavkasining  100  foizidan 

50  foizigacha,  KBXT  sub’yektlari  uchun  imtiyozli  mikrolizing  xizmalari  bo’yicha 

maksimal stavkani yillik 7 foizdan 5 foizgacha pasaytirilishiga erishildi. Shuningdek, 

KBXT  sub’yektlarini  qo’llab-quvvatlash  uchun  ajratilgan  kreditlar  miqdori,  2001-

yilda  171,5  mlrd.  so’mdan  2011-yilga  kelib  4,04  trln.  so’mga  yoki  qariyb  24 

barobargacha  oshdi.  2012-yilda  esa  iqtisodiyotning  real  sektoriga  yo‘naltirilgan 

kreditlar  hajmi    2010-yilga  nisbatan  1,6  barobar  oshdi,  2013-yilda  iqtisodiyotning 

real  sektoriga  ajratilgan  kreditlarning  yalpi  hajmi  30  foizga  oshdi  Ajratilgan 

kreditlarning  76  foizdan  ziyodi  uch  yildan  ortiq  muddatga  berilgan  uzoq  muddatli 

kreditlar ekani, ayniqsa, e’tiborga molik

9



                                                



9

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning  mamlakatimizni  2013-yilda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish 

yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar 

Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi Xalq so’zi 18.01.2014 y. (13) 

 


28 

 

Yettinchi yo’nalish – KBXTni rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb 



etish sanaladi. Jumladan, 2008-yilda Osiyo taraqqiyot banki (ADB), Islom taraqqiyot 

banki  (IDB),  Germaniya  taraqqiyot  banki  (KfW),  Xitoy  xalq  respublikasi 

hukumatining va boshqa xorijiy investitsiyalarning moliyalashtirilishi asosida KBXT 

sektoriga 80,0 mln. AQSh dollari miqdorida bevosita investitsiyalar kiritilgan bo’lsa, 

2009-yilda  bu  ko’rsatkich  121,8  mln.  AQSh  dollarni  tashkil  etdi  va  2008-yilga 

nisbatan  o’sish  152,2  foizni  tashkil  etdi.  2013-yilda  mamlakatimizning  yuqori 

sur’atlar  bilan  barqaror  o‘sishini  tahlil  qilar  ekanmiz,  buning  asosiy  omillaridan  biri 

iqtisodiyotimizga  yo‘naltirilgan  kapital  mablag‘lar,  investitsiyalarning  tobora  o‘sib 

borayotganligiga amin bo’lamiz va bu ko‘rsatkich joriy yilda yalpi ichki  mahsulotga 

nisbatan  23  foizni  tashkil  etgani  fikrimiz  dalilidir.  2013-yilda  Investitsiya  dasturini 

amalga  oshirish  doirasida  mamlakatimizda  13  milliard  dollar  qiymatidagi  kapital 

qo‘yilmalar o‘zlashtirildi, bu 2012-yilga nisbatan 11,3 foizga ko‘pdir. O‘zlashtirilgan 

kapital  qo‘yilmalar  umumiy  hajmining  deyarli  yarmini,  ya’ni  47  foizini  xususiy 

investitsiyalar  –  korxonalar  va  aholining  shaxsiy  mablag‘lari  tashkil  etgani  alohida 

e’tiborga  loyiqdir.  Jalb  etilayotgan  investitsiyalarning  asosiy  qismi  –  70  foizdan 

ortig‘i,  birinchi  navbatda,  ishlab  chiqarish  ob’ektlarini  qurishga  yo‘naltirildi,  eng 

yangi zamonaviy uskunalar xarid qilishga sarflangan investitsiyalar ulushi esa qariyb 

40 foizni tashkil etdi. 

  O‘zlashtirilgan umumiy kapital qo‘yilmalar hajmining 3 milliard dollardan ortig‘ini 

xorijiy  investitsiyalar  tashkil  etdi.  Shuning  72  foizdan  ziyodi  yoki  2  milliard  200 

million dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir.

10

 



    Respublikamizda  KBXTni  rivojlantirish  va  qo’llab-quvvatlashning  sakkizinchi 

yo’nalishi  –  KBXT  sub’yektlarining  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  sohasidagi  ishtirokini 

kengaytirishdir. Bu borada KBXT sub’yektlarining ulushi unchalik salmoqli darajada 

emas. 

                                                

 

10



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 

yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar 

Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi Xalq so’zi 18.01.2014 y. (8) 


29 

 

    Navbatdagi  to’qqizinchi  yo’nalish  esa  ilg’or  ilm  va  fan  yutuqlariga  asoslangan 



venchur  tadbirkorligini  va  xususiy  biznesini  rivojlantirishga  keng  yo’l  ochib  berish 

sanaladi. Shu o’rinda venchur tadbirkorligi to’g’risida qisqacha ta’rif berib o’tsak. 



Venchur tadbirkorligi (венчурнoe предпринимательство, venchure enterprise) – 

bu  hozirgi  zamon  tadbirkorlik  turlaridan  biri  bo’lib,  ilmiy  tadqiqotlar,  yangi 

ixtirolarni  tadbiq  etish  hamda  yirik  firmalar  buyurtmalari,  davlat  shartnomalarini 

bajarish bilan shug’ullanuvchi faoliyatdir. 

    Tadbirkorlik  faoliyati  va  kichik  biznesni  rivojlantirish  va  qo’llab-quvvatlashning 

keyingi  o’ninchi  yo’nalishi  esa,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  PQ-1271-

sonli  Qaroriga

11

  muvofiq,  aholi  va  o’rta  sinf  mulkdorlari  daromadlarini 



shakllantirish  asosi  bo’lgan  KBXTni  rivojlantirishni  yanada  rag’batlantirish,  bu 

sohadagi mavjud muammolarni hal etish, yoshlar, avvalambor, kasb-hunar kollejlari 

va  oliy  ta’lim  muassasalari  bitiruvchilarini,  ayniqsa,  qishloq  joylarida  ularni 

tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish uchun zarur sharoitlar yaratish hisoblanadi.  

    Respublikada  KBXTni  rivojlantirish  va  qo’llab-quvvatlashning  o’n  birinchi 



yo’nalishi  KBXT  sub’yektlariga  taqdim  etilyotgan  imtiyozlar  va  qulay  sharoitlar 

tizimini  yanada  rivojlantirish  hisoblanadi.  Jumladan,  KBXT  sub’yektlariga  taqdim 

etilayotgan  imtiyozlar,  preferensiyalar  va  xo’jalik  yuritishning  qulay  sharoitlarini 

yaratish,  resurslar  bilan  ta’minlanish  mexanizmlarini  takomillashtirish,  kadrlar 

tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish to’g’risidagi axborot ta’minoti va 

maslahat  berishning  yaxlit  integratsiyalashgan  tizimini  yanada  rivojlantirish  kabilar 

mazkur yo’nalishdagi eng muhim vazifalardan sanaladi.     

Oxirgi  yillarda  kichik  biznes  sub’yektlari  uchun  yagona  soliq  to’lovi  stavkasi  yil 

sayin kamayib borishi kuzatilmoqda.2014-yil uchun belgilangan soliq stavkasi 1996-

yilga  nisbatan  7,  6  marta,    2000-yilga  nisbatan  6  marta,  2005-yilga  nisbatan  esa  3 

martaga qisqartirilgan (1.1.1-rasm).   

                                                

11

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.01.2010-yildagi PQ-1271- sonli ,,Barkamol avlod yili Davlat dasturi    



to’g’risida”gi Qarori. 

 

 



30 

 

 



1.1.1-rasm.  Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sub’yektlari  uchun  yagona  soliq 

to’lovi stavkasi (foizda)

12



2012-yildan  boshlab  ishlab  chiqilgan  soliq  siyosatida  kichik  biznes  sub’yektlariga 



nisbatan  soliq  imtiyozlari  kengaytirildi,  ayrimlarining  muddati  uzaytirildi.  Xususan, 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  ,,O’zbekiston  Respublikasida  2006-2010 

yillarda  xizmat  ko’rsatish  va  servis  sohasini  rivojlantirishni  jadallashtirish  chora-

tadbirlari  to’g’risida  gi  2006-yil  17-apreldagi  PQ-325-sonli  Qarori  bilan  mikrofirma 

va  kichik  korxonalarga  berilgan  soliq  imtiyozlari  hamda  O’zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  ,,Mahalliy  nooziq-ovqat  iste’mol  tovarlari  ishlab  chiqarish 

kengaytirilishini rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida“gi 

2009-yil  25-oktabrdagi  PQ-1050-sonli  Qarori  bilan  belgilangan  soliq  va  bojxona 

imtiyozlari 2014-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirildi.         

     O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2013-yil  25-dekabrdagi  ,,O’zbekiston 

Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat 

budjeti parametrlari to’g’risida“gi  2099-sonli  qarori bilan 2014-yilning 1-yanvaridan 

boshlab  Soliq  kodeksida  soliq  va  boshqa  majburiy  to’lovlarni  to’lash  majburiyati 

yuklatilgan  yuridik  shaxslar  uchun  soliq  qarzlari  EKIHning  20  barobarigacha 

(1922100  so’mgacha),  jismoniy  shaxslarning  soliq  qarzlari  EKIHning  5 

                                                

12

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 



yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar 

Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi Xalq so’zi 18.01.2014 y. (13) 



31 

 

barobarigacha (480525 so’mgacha) bo’lgan hollarda ushbu soliq qarzlarini mol-mulk 



hisobidan undirish uchun murojaat qilinmasligi belginlandi. 

Kichik 

biznes 

sub’yektlari 

faoliyatiga 

yo’naltirilgan 

kredit 

berish 

mexanizmi.So’nggi  yillarda  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  moliyaviy 

qo’llab-quvvatlashning  asosiy  tizimlaridan  biri  bo’lgan  kredit  berish  mexanizmini 

takomillashtirishga alohida e’tibor berilmoqda. Xususan, 2010-yilda kichik biznes va 

xususiy tadbirkorlikni  rivojlantirish  uchun  2690,2  mlrd.so’m kredit ajratilgan bo’lsa, 

2011-yilda  esa  bu  ko’ratkich  4041  mlrd.  so’mni  tashkil  etdi,  2012-2013  yillarda  esa 

bu ko’rsatkich yanada o’sishi ta’minlandi. 

(1.1.2-rasm). 

0

1000



2000

3000


4000

5000


6000

2001 2002 2003 2004 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013

171,5 265

282,3 353,7 464

607,2


744

1251


1851,7

2690,2


4041

4377


5346

 

1.1.2-rasm.Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirish  uchun  ajratilgan 

kredit miqdori (mlrd.so’m)

13

 



Rasmdagi  ma’lumotlardan  ko’rinib  turibdiki  2001-2013  yillar  mobaynida  kichik 

biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sohasiga  yo’naltirilgan  kreditlar  miqdori  qariyb  31 

martagacha ko’paygan.  

  Hozirgi  kunda  tadbirkorlik  faoliyatini  mikromoliyalash  tizimi  ham  keng  yo’lga 

qo’yilmoqda.  Bu  borada  respublikamizda  mikromoliyalashtirishni  rivojlantirish 

uchun 


zarur 

me’yoriy-huquqiy 

baza 

yaratilgan. 



 

Jumladan, 

                                                

13

I.Karimovning 2011-yil yakunlari va 2012-yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor 



yo’nalishlariga bag’ishlangan2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ldi“ mavzusidagi 

ma’ruzasini o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma. – T.:O’qituvchi“ NMIU, 2012. – 212-b. 



2.

www.referat.uz

 rasmiy veb-sayti. 



32 

 

,,Mikromoliyalashtirishto’g’risida“,    ,,Mikrokreditlash  tashkilotlari  to’g’risida“gi 



O’zbekiston  Respublikasi  qonunlari,  Vazirlar  Mahkamasining  ,,Mikromoliyaviy 

xizmatlar  bozorini  yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to’g’risida“  2007-yil  19-

fevraldagi  37-sonli  qarorlari  qabul  qilindi

14

.Bu  qarorlar  asosida  kichik  tadbirkorlik 



sub’yektlariga tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratilishi yo’lga qo’yilgan. 

(1.1.3-rasm). 

 

1.1.3-rasm.Tijorat banklari tomonidan barcha manbalar hisobidan kichik tadbirkorlik 

sub’yektlariga  1-yanvar  holatiga  ko’ra  ajratilayotgan  mikrokreditlarning  miqdori 

(mlrd.so’m)

15



    Moliya-bank  tizimini  izchil  isloh  qilish  sharoitida  moliyalashtirishning  tijorat 

manbalari,  xususan  xalqaro  moliya  institutlari,  tijorat  banklari  va  davlat  maqsadli 

jamg’armalarining kredit liniyalari hisobiga tijorat banklarining kredit resurs bazasini 

shakllantirishga ko’maklashish ishlari yo’lga qo’yilmoqda. 

 

    O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2010  yil  26-noyabrdagi  PQ-1438-sonli 



,,2011-2015  yillarda  respublika  moliya-bank  tizimini  yanada  isloh  qilish  va 

barqarorligini  oshirish  hamda  yuqori  xalqaro  reyting  ko’rsatkichlariga  erishishning 

ustuvor  yo’nalishlari  to’g’risida“gi  Qaroriga  muvofiq,  mamlakatimiz  tijorat 

                                                

14

,,O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami”, №23, 2007. 



15

,,Kichik  biznesni  kreditlash  va  moliyalashtirish“.  ,,  Biznes  konsultant“iqtisodiy,  amaliy-ommabop  oylik 

jurnali,№3,2012. –19-b. 2. ,,2012-yilda pul-kredit sohasidagi vaziyat va monetar siyosatning 2013-yilga mo’ljallangan 

asosiy yo’nalishlari“. ,,Bozor, Pul va Kredit“ ilmiy-amaliy oylik jurnali, №1, 2013. – 18-b. 

 


33 

 

banklarining  kredit  mexanizmini  samarali  amalga  oshirishining  asosiy  manbai 



hisoblanmish kredit resurslari taklifinining hajmini oshirish, kreditga bo’lgan talabni 

to’laqonli  qondirish  maqsadida  xalqaro  moliya  institutlari  va  xorijiy  mamlakatlar 

hukumatlari  tomonidan  ajratiladigan  grantlar  va  kredit  liniyalari  miqdori  2011-yilda 

75  mln.  AQSh  dollarni  tashkil  etgan  bo’lsa,  2015-yilga  borib  esa,  155  mln.AQSh 

dollarni tashkil etishi mo’ljallangan (1.1.4-rasm). 

 

1.1.4-rasm.2011-2015  yillarda  xalqaro  moliya  institutlari  va  xorijiy  mamlakatlar 

hukumatlari tomonidan ajratiladigan grantlar va kreditlar miqdori 

 (mln. AQSh dollar)

16



  Albatta,  mamlakatimizda  iqtisodiyotni  erkinlashtirish  va  modernizatsiyalash,  yangi 



ish o’rinlarini yaratish maqsadida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga 

yanadayangi zamonaviy bank xizmatlari ko’rsatish takomillashtirilib borilishini talab 

etadi.  Hozirda  mamlakatimiz  moliya-bank  tizimi  barqaror  va  ishonchli  faoliyat 

yuritib, yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etib kelmoqda.  2013-yilda bank tizimining 

jami  kapitali  25  foizga,  2000-yilga  nisbatan  esa  46  barobardan  ziyod  ko‘paydi. 

Natijada bugungi kunda banklarimiz kapitaliningyetarlilik darajasi 24,3 foizni tashkil 

                                                

16

1. Islom Karimovning 2011-yil yakunlari va 2012-yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor 

yo’nalishlariga bag’ishlangan ,,2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ldi“ mavzusidagi 

ma’ruzasini o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma. – T.: ,,O’qituvchi“ NMIU, 2012. – 214-b. 



34 

 

etmoqda,  bu  esa  bank  nazorati  bo‘yicha  Bazel  qo‘mitasi  tomonidan  8  foiz  etib 



belgilangan talabdan uch barobar ko‘pdir

17



    Davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning moliyaviy-iqtisodiy mexanizmi –KBXT 

sohasida qo’yilgan maqsadlarga erishishni, iqtisodiyotdagi turli bo’g’inlar faoliyatini 

bir-biriga mos holda rivojlanishini va to’g’ri foydalanish natijasida korxona ravnaqini 

ta’minlovchi  moddiy-texnik,  moliyaviy,  ijtimoiy  va  institutsional  resurslarni 

qo’llashning  texnologiyasi,  vositalari,  dastaklaridan  iborat  bir  butun  tizimdir.  Bu 

tizimning mustahkam bo’lishi va izchil ravishda faoliyat olib borishi muhim iqtisodiy 

tarmoqlarning  progressiv  rivojlanishiga,  makroiqtisodiy  ko’rsatkichlarning  intensiv 

bo’lishiga zamin yaratadi. 

Shu 

jumladan 



yaqindatadbirkorlik 

faoliyatiniamalga 

oshirish 

va 


davlat 

xizmatlariniko’rsatish  bilan  bog’liq  tartibotlarni  yanadatakomillashtirish  chora-

tadbirlariO’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  "O’zbekiston  Respublikasida 

investitsiya  iqlimi  va  ishbilarmonlik  muhitini  yanada  takomillashtirishga  doir 

qo’shimcha  chora-tadbirlar  to’g’risida"gi  2014  yil  7  apreldagi  PF-4609-sonli 

Farmoniga muvofiq hamda litsenziyalashni va ruxsat etish xarakteriga ega hujjatlarni 

berish  mexanizmlarini  yanada  soddalashtirish  va  arzonlashtirish,  shuningdek 

tadbirkorlikka  ko’proq  erkinlik  berish 

maqsadidaO’zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining 

PQ-2164

sonli Qarorni qabul qildi.



18

 

 



1.2. Respublikada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni  rivojlanish 

bosqichlari 

Tadbirkorlik  o'tgan  ikki  asr  davomida  rivojlanib,  turli  davrlar  va  bosqichlami 

bosib o'tdi. Har bir davr va bosqichda tadbirkorlik oldida o'ziga xos vazifalar turadi. 

                                                

17

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 



yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar 

Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi Xalq so’zi 18.01.2014 y. (13)

 

18

 O’zbekiston respublikasi prezidentining qarori 15.04.2014 y.n pq-2164 



 

 


35 

 

              O'zbekistonda  tadbirkorlikning  rivojlanishida  xo'jalik  erkinligining  oshishi 



va  ma'muriy-qonunchilik  cheklovlarining  qisqarishi,  tadbirkorlik  (avvalo,  kichik, 

xususiy,  qo'shma  tadbirkorlik)ning  davlat  tomonidan  qo’llab-quvvatlanishi, 

tadbirkorlik tashabbusining yangi imkoniyatlari va sohalarining ochib borilishi, soliq 

islohotlari  va  ma'muriy  islohotlar  ham  katta  yordam  berdi.  Mamlakatda  sarmoya 

bozori  va  biznesni  mablag'  bilan  ta'minlash  imkoniyatlari  kengaydi,  yangi  moliya 

muassasalari va axborot ta'minoti rivojlandi, patent-litsenziya tizimi mustahkamlandi, 

xo'jalik faoliyatining yangi turlari paydo bo'ldi va kengayib bormoqda. Respublikada 

tadbirkorlikni  tezroq  oyoqqa  turg'azish,  rivojlantirish,  jamiyatda  o'zigamunosib 

o'rinni egallab olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi va ularniyaxshilash davom 

etmoqda. Ulardan eng muhimi va boshqa shart-sharoitlar uchun asos hisoblanadigani 

me'yoriy-huquqiy  bazadir.  Bu  baza  yildan-yilga  kengayib,  mustahkamlanib, 

takomillashib, 

rivojlanib 

bormoqda. 

           O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  1994-  yil  21-  yanvardagi  "Iqtisodiy 

islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish,  xususiy  mulk  muhofazasini  ta'minlash  va 

tadbirkorlikni  rivojlantirish  to'g'risida"gi  Farmoni  bilan  xususiy  mulkka  asoslangan 

tadbirkorlikning  shakllanishi  iqtisodiy  islohotlarning  eng  asosiy  vazifalaridan  biri 

sifatida  e'tirof  etildi.  Bu  vazifani  bajarish  uchun  tadbirkorlikni  rivojlantirish  siyosati 

va  qo'llab-quvvatlash  tizimi  yaratildi.  U  O'zbekiston  Respublikasi  qonunlari, 

Prezident  farmonlari  va  qarorlari,  Vazirlar  Mahkamasi  qarorlariga  asoslanadi. 

        1994-yili  O'zbekistonning  barcha  viloyatlari  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  va 

Toshkent  shahri  bo'yicha  tadbirkorlikni  rivojlantirish  mintaqaviy  dasturlari  ishlab 

chiqildi.  1995-  yil  28-  avgustda  "O'zbekistonda  kichik  biznes  va  xususiy 

tadbirkorlikni  rivojlantirishni  qo'llab-quvvatlash"  "Davlat  dasturi"  qabul  qilindi.  Bu 

dasturlarga  har  yili  tegishli  aniqliklar  kiritilib,  ular  uzluksiz  amalga  oshirilmoqda. 

Bundan  tashqari,  tadbirkorlikni  rivojlantirish  va  qo'llab-quvvatlash  siyosatini 

samarali  amalga  oshirishni  ta'minlashga  yo'naltirilgan  qator  qonunlar,  farmonlar, 

qarorlar  qabul  qilinib  kelmoqda.  Ularni  ro'yobga  chiqarishni  tashkil  etish  va 

ta'minlash  uchun  maxsus  davlat  organlari  va  nodavlat  tashkilotlari  tuzildi: 

O'zbekiston  Respublikasi  davlat  mulkini  boshqarish  va  tadbirkorlikni  qo'llab-


36 

 

quvvatlash  davlat  qo'mitasi,  Monopoliyadan  chiqarish,  raqobat  va  tadbirkorlikni 



qo'llab-quvvatlash  davlat  qo'mitasi  (u  2005-yilda  qayta  tashkil  etilib,  tadbirkorlikni 

rivojlantirish  va  qo'llab-quvvatlash  vazifalari  Davlat  mulk  qo'mitasidan  unga 

o'tkazildi),  tovar  ishlab  chiqaruvchilar  va  tadbirkorlar  palatasi  (2004  yilda  uning 

negizida  O'zbekiston  savdo-sanoat  palatasi  tuzildi),  kichik  va  xususiy  tadbirkorlikni 

rivolantiirishni rag'batlantirish Respublika muvofiqiashtirish kengashi, tadbirkorlarga 

xizmat  qiluvchi  Tadbirkorbanku  2006  yilda  Mikrokreditbankka  aylantirildi, 

tadbirkorlik  subyektlarini  davlat  ro'yxatidan  o'tkazuvchi  organlar,  prokuratura  va 

Adliya vazirligi tizimlarida tashkil etilgan fermer va dehqon xo'jaliklari, tadbirkorlik 

subyektlari  huquqlarini  himoya  qilish  boshqarmasi  va  bo'limlari  faoliyat  yuritib 

kelmoqda. 

 O’zbekiston    hududida    kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni    rivojlanish 

bosqichlari quyidagicha 



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling