Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti n


I bosqich (1989-1991 yy.)


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana11.11.2017
Hajmi0.7 Mb.
#19896
1   2   3   4   5   6   7   8   9

I bosqich (1989-1991 yy.):   ilmiy-texnik  ijodiyot  markazlari, kooperativlar shaklida 

dastlabki  tadbirkorlik  tuzilmalarining  paydo  bo’lishi,  tadbirkorlikning  tajribaviy 

tavsifi  va  kam  sondagi  jarayon  ishtirokchilari,  respublikamizning  mustaqillik 

erishishi,  Qomusimizda  xususiy  mulkning  e’tirof  qilinishi,  bozor  iqtisodiyotining 

negizini  tashkil  etuvchi  bir  qator  Qonunlarning  qabul  qilinishi  munosabati  bilan 

xususiy  mulk  negizida  tadbirkorlikning  shakllana  boshlashi.  Bu  davr  kichik  biznes 

infratuzilmasi  va  institutsional qo’llab-quvvatlash-ning,  uning YaIM dagi  ulushining 

deyarli yo’qligi bilan tavsiflanadi. 



II  bosqich  (1992-1997  yy.):  bozor  munosabatlarining  poydevori  qo’yilishi,  

iqtisodiy  islohotlar  va  xususiylashtirishning  amalga  oshirilishi,  kichik  biznesni 

qo’llab-quvvatlovchi  ilk  infratuzilmalar  “Biznes-fond”,  “Madad”  sug’urta  agentligi, 

“Tadbirkorbank”, “Biznes  maktab”  va “Biznes-inkubator”lar tarmog’i  va  h.k.larning 

tashkil  etilishi  evaziga  kichik  korxona  va  kooperativlar  sonining  tez  o’sishi  bilan 

tavsiflanadi.  Ushbu  davrda  faoliyat  yuritayotgan  sub’ektlarning  aksariyati  savdo 

sohasiga to’g’ri kelar edi. 


37 

 

III bosqich (1998-2001 yy.): ushbu davr respublikamizda makroiqtisodiy barqarorlikka 

erishib,  iqtisodiy o’sishning  boshlanishi, davlat  va  mintaqa darajalarida kichik  biznesni 

qo’llab-quvvatlovchi  turli  muassasalarning  tashkil etilishi, tadbirkorlik  tasniflanishining 

o’zgarishi,    sinayotgan  va  faoliyat  yuritmayotgan  sub’ektlar  sonining  ortishi, 

xususiylashtirish, 

iqtisodiy 

islohotlarning 

chuqurlashuvi, 

iqtisodiyotni 

erkinlashtirishning  boshlanishi,  soliq  yukining  kamaya  boshlashi,  mamlakat  YaIM  da, 

iqtisodiyot  tarmoqlaridagi  faoliyat  yuritayotgan  sub’ektlar  va  iqtisodiyotda  bandlar 

sonida kichik biznes ulushining orta boshlashi bilan tavsiflanadi.  

IV bosqich (2002-2006 yy.): ushbu davr makro va mikrodarajada kichik biznesni 

har  tomonlama  rag’batlantirishning  kuchayishi,  soha  tasnifining  o’zgarishi, 

soddalashtirilgan  «bir  yo’la»  ro’yxatga  olish,  sertifikatlash,  standartlash,  litsenziyalash, 

ruxsat  berishning  joriy  etilishi,  faoliyat  yuritmayotgan  sub’ektlar  ulushi  kattaligi,  soliq 

yukining kamayishi, YaIM da sektor ulushining yanada ortishi, iqtisodiyot tarmoqlarida 

sub’ektlar optimal nisbatining shakllanishi, kasanachilik asosi-dagi kooperatsiya, xizmat 

ko’rsatish va servis sohasining rivojlana boshlashi bilan tavsiflanadi 

 

V  bosqich  (2007  yildan  –  hozirgi  vaqtgacha):  ushbu  davr  biznesni  ixtiyoriy 

tugatish,  turli  resurslarni  erkin  sotib  olishning  soddalashtirilishi,  texnik  va  texnologik 

modernizatsiyalash,  eksportga  mahsulot  ishlab  chiqaruvchilarning  soliq  yuki,  faoliyat 

yuritmayotgan  sub’ektlar  soni  kama-yishi,  ish  o’rinlari  yaratishda  kasanachilik 

ulushining  ortishi,  xizmat  ko’rsatish  va  servis  sohasining  yanada  rivojlanishi,  “2007-

2010  yillarda  aholi  bandligini  ta’minlash,  tadbirkorlikni  qo’llab-quvvatlash  va 

rivojlantirish hududiydasturlari” ishlab chiqilishi bilan tavsiflanadi. 

Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi shart-sharoitlar talab etiladi: Mulk 

munosabatlarining  uyg’unlashuvi,  tadbirkorlarga  o’z  qobiliyatini  to’la  namoyon 

etish  uchun  quyidagi  iqtisodiy  erkinliklarning  berilishi,  bozorning  ochiqligi,  ya’ni 

tovarlar,  sarmoyalar,  ma’lumotlar,  ish  kuchi,  xom  ashyo  harakati  uchun  sun’iy 

to’siqlar  yo’qligi,  bozor  infratuzilmasining  mavjud-ligi,  tadbirkorlik  uchun  huquqiy 

kafolatning  mavjudligi,  ya’ni  tadbirkor-likni  himoyalovchi  qonunchilikning 

mavjudligi,yangi  korxonalarga  kadrlar  tayyorlash,  kredit  olish,  solik  to’lash,  tabiiy 

boyliklardan foydalanish buyicha davlat tomonidan berilgan imtiyozlar va h.k. 


38 

 

Tadbirkorlikni  rivojlantirish  o’z  navbatida  muayyan  ijtimoiy  holatni  - 



tadbirkorlik muhitini bo’lishini taqozo etadi. 

Tadbirkorlik  muhiti  -  bu  hududiy  yaxlitlikni  ifoda  qiladi  va  shu  hudud 

doirasida tadbirkorlikning kasbiy faoliyatiga ma’lum bir omillar ta’sir etadi, tadbirkor 

bu  omillarni  hisobga  olishga  majbur  va  u  o’z  faoliyatini  shular  asosida  quradi. 

Tadbirkorlik  muhitini  huquqiy,  ijtimoiy  va  iqtisodiy  sohalar  kabi  uchta  sohaning 

majmui, yig’indisi sifatida tavsiflash mumkin.  

Xuquqiy  soha  -  bu  tadbirkorning  kasbiy  faoliyat  ko’rsatishi  uchun  jamiyat 

tomonidan  o’rnatilgan  "o’yin  qoidalari"  dir,  ya’ni  bu  qoidalar  va  qonuniy  xujjatlar 

bo’lib,  ular  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  ishbilarmonlik  faolligini  tartibga  solib 

turadi.  Bu  qonunlar  asosida  tadbirkor  samarali  faoliyat  ko’rsatishi,  munosabatlarga 

ishlashini rostlab turiladi.  

Ijtimoiy  soha  -  o’z  tabiatiga  ko’ra  juda  keng  bo’lib,  o’z  ichiga  jamiyatda 

rivojlanishning  yuqori  maqsadlariga erishishning  hukmron tamoyili,  milliy an’analar 

va  urf  –  odatlar,  millatning  savodlilik  darajasi  va  mutaxassislarning  kasbiy 

tayyorgarlik  darajasi,  davlat  va  jamiyatningg  tadbirkorlik  faoliyati  va  tadbirkorlik 

vakillariga  munosabati  (qabul  qilmaslik,  nafrat),  tadbirkorlik  faolligini  samarali 

amalga  oshirish  uchun  zarur  bo’lgan  infratuzilmaning  mavjudligi  kabilarni  qamrab 

oladi. 

Iqtisodiy  soha  -  tanlangan  tadbirkorlik  faoliyati  sohasidagi  raqo-batchilik 

shartlarini  hamda  bahoni  shakllantirish  shartlarini  ifoda  etadi.  Bahoni  shakllantirish 

ishlab  chiqarish  omillari  baholari  darajasi,  ssuda  foizi  va  soliqqa  tortish  stavkalari 

o’lchamlariga asoslanadi.  

O’tish davrining muhim jihatlaridan yana biri maxalliy xom-ashyoda ishlovchi 

tarmoqlarni tashkil etishga, takomillashtirish hisobiga importning o’rnini bosuvchi va 

eksportga  yo’naltirilgan  ishlab  chiqarishni  yo’lga  qo’yishga,  barcha  resurslaridan 

samarali  foydalanishga,  iste’molchilar  ehtiyojlarini  to’laroq  qondirishga  imkon 

beradigan kichik biznes (KB) sub’ektlari tarmog’ini rivojlantirishdir.  

Mustaqillikning  ilk  yillarida  respublikamizda  faoliyat  ko’rsatayotgan  KB 

sub’ektlari  ishi  tajribasi,  ularning  yirik  korxonalarga  nisbatan  bir  qator  afzalliklarga 


39 

 

ega  ekanligini  ko’rsatdi.  Ularda  yirik  korxonalarga  nisbatan  ishlab  chiqarish  va 



bozordagi  o’zgarishlarga  muvofiqholda  ish  olib  borish  imkoniyatlarining  kengligi, 

yangi texnika va texnologiyalarni tezda joriy qilish imkoniyati, yangi ishlab chiqarish 

quvvatlarini  hosil  qilish  va  ulardan  unumli  foydalanish  kabi  qator  yaxshi  mezonlar 

ko’p. Jahon tajribasi shuni tasdiqlaydiki, KB sub’ektlari tarmog’ini rivojlantirish turli 

tovar  bozorlarida  yirik  biznes  bilan  haqiqiy  raqobatni  boshlash,  katta  shaharlarda  va 

ayniqsa  qishloqlarda  mehnat  resurslaridan  unumli  foydalanish,  mahalliy  xom  ashyo 

resurslaridan keng foydalanishga imkon yaratadi.  

Ta’kidlash  joizki,  kundalik  iqtisodiy  hayotimizda  KB  ning  oldingi  safga 

chiqishi  tasodif  emas.  Chunki,  sobiq  buyruqbozlik  tizimida  rivojlangan  davlatlar 

iqtisodiyotida ham yirik ishlab chiqarish hukmronlik qildi. Bu siyosat ishlab chiqarish 

harajatlarini sezilarlicha qisqartirishga, gigantlarga o’z monopol holatidan foydalanib 

bozorni katta seriyadagi “sifatli” tovarlar bilan to’ldirishiga imkon berdi.  

Kichik  biznes  ITT  ni  lokomotivi  sifatida  to’xtovsiz  rivojlanishini  ta’minlash, 

hududiy, tarmoqdagi  va  tarmoqlararo  muammolarni  hal etish, o’tish davri sharoitida 

chuqur  tarkibiy  o’zgarishlar  sababli  xalq  xo’jaligi  tarmoqlarida  bo’sh  qolgan  ishchi 

kuchini  ishlab  chiqarishga  jalb  etish,  yirik  korporatsiyalarga  nisbatan  tasodifiy 

iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy  hodisalarning salbiy ta’sirini kamaytirish, yirik firmalar 

egallamagan  bozorning  taqchil  qismini  to’ldirish,  jamiyatning  faol,  erkin  ishlash 

layoqatli  a’zolariga  o’z  bilim  va  tajribalarini  sinab  ko’rish  imkoniyatlarini  yaratib 

berish kabi muhim vazifalarni ham bajaradi. 

KB  juda  qisqa  muddatlarda  taqchil  mahsulot  turini  ishlab  chiqarishni  tez 

tashkil  etishni  ta’minlaganligi,  hududiy  iste’mol  talablarini  mahalliy  xom-ashyoni, 

ishlab  chiqarish  chiqindilarini  qayta  ishlash  bo’yicha  qondirganligi  uchun  ITT 

rivojlanishiga olib keladi.  

Prezidentimiz  I.A.Karimov  ta’kidlaganidek:  “Kichik  va  o’rta  biznes,  xususiy 

tadbirkorlik  mamlakatning  nafaqat  yalpi  ichki  mahsulotini  shakl-lantirishda  asosiy 

bo’g’in,  balki  aholi  bandligi  va  daromadlari  manbaining,  milliy  farovonlika 

erishishning muhim omili ham bo’lishi darkor.” 

KB sub’ektlarini tashkil etish zarurligi quyidagi holatlar bilan ham ifodalanadi: 


40 

 

a)  birinchidan,  iqtisodiyotning  bozorga  o’tishida  sinayotgan  korxona  va 

tashkilotlar, ishsizlar armiyasi paydo bo’la boshladi. KB sub’ektlarini ta’sis etish esa 

millionlagan kishilarga yangi mulk va ish o’rni berdi.  



b) ikkinchidan, KB sub’ektlarining paydo bo’lishi yirik biznes mono-polizmini 

tugatishga  imkon  beradi,  iste’mol  bozorini  shakllantiradi,  infrastruktura  ob’ektlarini 

rivojlantirishni tezlashtiradi; 

v)  uchinchidan,KB  sub’ektlari  iqtisodiyotning  innovatsion  majmuasi  asosi 

bo’ladi.  Juda  tor  yo’nalishdagi  korxonalar  yangiliklarni  joriy  qilish,  sotish, 

iste’molchilarga etkazish bilan shug’ullanishadi; 

g)  to’rtinchidan,  qo’shma  korxonalar  orqali  jalb  qilinuvchi  ko’pchilik  xorijiy 

investitsiyalar asosan KB ga yo’naltiriladi.

19

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



                                                

19

SALAEV S.K. Kichik biznes rivojlanish tendentsiyalarini modellashtirish va bashoratlash muammolari: nazariya, 



uslubiyot va amaliyot.Monografiya.Toshkent.: «Fan», 2007. 241 bet. 

 

 


41 

 

 



 

 

1.3.  Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni    rivojlantirishda  xorijiy  davlatlar 

tajribalarini qo’llash xususiyatlari 

 

Biz  kichik  biznes  korxonalarini  tashkil  qilishning  xorijiy  tajribalarini  tahlil 



qilgan  holda,  ko’pchilik  xorijiy  davlatlar  uchun  xarakterli  bo’lgan  quyidagi  asosiy 

yo’llarni ajratib ko’rsatamiz: 

1. Yirik korxona, firma yoki kontserndan tarkibiy birlikni ajratish; 

2.  Hissadorlar  qiziqishlari  doirasida  va  moliyaviy  nazorat  ostida  bir  yoki  bir 

qancha korxonalar (firmalar) bilan aniq bir mahsulotni ishlab chiqarish uchun kichik 

va o’rta korxonalar (firmalar) tashkil qilish.  

3.  Bir  yoki  bir  qancha  «jismoniy  shaxslarning»  xususiy  tashabbusi  asosida 

kichik va o’rta korxonalar (firmalar) tashkil qilish.

20

 

Kichik  korxonalarni  tashkil  qilish  yo’llari  va  tashkil  qilish  shakl-larini:  tanlash 



ma’lum  darajada  ta’sischilar  oldida  turgan  maqsadlar,  iqtisodiyotning  rivojlanish 

darajasi va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi.  

Biz  quyida  rivojlangan  mamlakatlarda,  Sharqiy  Evropa  mamlakatla-rida  kichik 

va  o’rta  korxonalar  tashkil  qilishning  va  ular  faoliyatining  xususiyatlari  to’g’risida 

batafsilroq to’xtalamiz.  

AQShda  kichik  va  o’rta  korxonalarning  faoliyat  sohalari  juda  xilma-xildir. 

Kichik  biznesning  an’anaviy  sohasi  bo’lgan-xizmat  ko’rsatish  sohasida  (53,5%) 

keyingi  o’n  yilliklarda  eng  ko’p  ish  o’rinlari  ochilmoqda.  Bu  o’sishning  yarmidan 

ko’pi  bandlar  soni  500  kishigacha  bo’lgan  korxonalar  ulushiga  to’g’ri  keladi.  Bular 

asosan,  sog’liqni  saqlash,  maorif,  huquqiy  masalalar  bo’yicha  maslahat  berish, 

ijtimoiy  xizmatlar  ko’rsatish,  avtomo-billarni  ta’mirlash  korxonalaridir.  Yirik 

korxonalar  yoppasiga,  ommaviy  xizmat  ko’rsatish  kabi  katta  jarayonlar  bilan  ish 

ko’radi (sanoat va xizmat ko’rsatish sohasikorxonalaridagi kiyim-kechaklarning katta 

                                                

20

 Т.Дycтжонов, С.Салаев. Кичик бизнеснинг катта имкониятлари. Урганч.Хоразм , 1997. 33-бет.  



42 

 

partiyalarini yuvish va tozalash, aeroport va mehmonxonalarda ishbilarmonlar uchun 



avtomobillarga xizmat ko’rsatish). Yirik korxonalar xizmatlar sohasidagi kor-xonalar 

bilan tez-tez ishbilarmonlik munosabatlarida bo’lsa, individual ravishda kishilar bilan 

juda  kam  munosabatda  bo’lishadi.  Bandlar  soni  bo’yicha  ikkinchi  o’rinni  chakana 

savdo  egallaydi  (2,5  mln.  qo’shimcha  ishchi  o’rinlari).  Biroq  bu  erda  asosiy  rolni 

yirik  firmalar  o’ynab  kelgan  va  o’ynamoqda  (faoliyat  ko’rsatayotgan  korxonalarni 

kengaytirish  va  yangilarni  tashkil  qilish  bu  tarmoq  uchun  75%  qo’shimcha  ish 

o’rinlarini  berdi).  Amerikalik  mutaxassislarning  fikricha,  «chakana  savdoni  yirik 

biznes nazorat qilib turadi va u iste’molchilarning - yuqorisifat, nisbatan past baholar 

kabi  qiziqishgalariga  to’liq  javob  beradi».  AQSh  da  kichik  va  o’rta  korxonalar  juda 

keskin  raqobat  sharoitlarida  faoliyat  ko’rsatishadi.  1980-1990  yillar  mobaynida  5 

mln.  ga  yaqinfirmalar  ochildi  va  o’z  navbatida  4  mln.  ga  yaqinfirma  yopildi. 

Bankrotlikning  asosiy  sabablaridan  biri  bu  ixtisoslashmagan  rahbarlikda  va  uning 

layoqatsizligidadir.  AQSh  mutaxas-sislari  fikricha,  butun  Amerika  iqtisodiyotining 

rivojlanishi  mayda  biznesning  gullab-yashnashiga  ma’lum  darajada  bog’liq.  Kichik 

biznes davlat tomonidan yaxshi qo’llab-quvvatlanadi va shunga suyanadi. 1953 yilda 

AQSh  Kongressi  tomonidan  Kichik  biznes  ma’muriyati  (KBM)  tashkil  qilindi.  Shu 

bilan bir vaqtda kichik biznes haqida qonun qabul qilindi.

21

 



Rossiyalik  olim  A.V.Belo’x  Rossiya  kichik  va  o’rta  biznesini  to’rt  qavatga 

ajratadi:

22

Birinchi,  eng  yuqori  «yupqa»  qavatda  kam  sondagi,  bandlar  soni  oz 

bo’lgan,  ammo  kapitallar  bilan,  intensiv  ishlovchi  texnologiyalar  bilan  to’la 

qurollangan,  Rossiya  bozorini  o’zlashtirgan  va  xalqaro  bozorda  muvaffaqiyatli 

qadam  tashlayotgan,  katta  salohiyatga  ega  «biznes  elitasi»  joylashgan.  Ular 

bozorning  yangi  o’zlashtirilmagan  «och  segmentlariga  kirib  boradilar.  Ikkinchi 

qavatda,  nisbatan  barqaror  bo’lgan  asta-sekin  rivoj-lanayotgan,  ba’zi  xududlar 

bozorlari o’zlashtirayotgan, o’z mijozlari tarmoq-lariga ega bo’layotgan, xodimlarini 

ko’paytirayotgan,  ishlab  chiqarish  omilla-rini  uyg’unlashtirishni  uddalayotgan 

                                                

21

  В.Абатуров  и  др.  Малый  и  средный  бизнес  в  Узбекистане:  современное  состояние,  проблемы  и 



перспективы.\\Экономическое обозрение.\\2000, №3 (13), стр.5. 

22

  Белых  Н.Ю.  Социально-экономическая  политика  и  эффективное  управление  развитием  малого  и  среднего 



бизнеса. Москва. Юнити., стр.83. 

43 

 

topqirlar joylashgan. Keyingi uchinchi qavatda juda keng ko’lamdagi mayda firmalar 



joylashgan  bo’lib,  ular  tinim-siz  yashash  uchun  kurashadilar.  Bular  qatoriga  kichik 

do’konchalar,  nonvoyxona-lar,  atelelar,  sartaroshxona,  turistik  byurolar,  kichik 

restoranlarni  kiri-tish  mumkin  bo’lib,  ularning  taqdiri  ko’p  omillarga  bog’liq:  yaqin 

atrofda  o’xshash  raqobatchi  firmalarning  mavjudligi  yoki  yo’qligi,  xaridorlar 

didlarining  o’zgaruvchanligi,  maxalliy  rahbarlar  va  tekshiruvchi  organlar-ning 

«munosabati»  va  h.k.  Bunday  kichik  biznes  sub’ektlarining  «ufqda  istiqboli 

ko’rinishi  ancha  murakkab.»  Eng  pastki  qavatda  –  mustaqil  band  bo’lganlar 

joylashadi. Unga kichkina oilaviy  korxonalar (er  va  xotinlar-niki, ota va bolalarniki) 

kiradi.  U  aholini  kamroq  ta’minlangan  qatlam-lariga  uncha  murakkab  bo’lmagan 

ta’mirlash  xizmatlari,  tikish  xizmatlari  ko’rsatadi  hamda  bu  qatlamga  yo’llarda 

sabzavot, mevalar va «go’mma» sotuvchi kishilar ham kiradi. Ular faqat o’z oilasini 

tebratish uchungina ishlashadi.  

Sharqiy Evropa  mamlakatlarida kichik va o’rta korxonalarning  quyi-dagi asosiy 

shakllari keng tarqalgan: 

1.  Yakuniy mahsulot ishlab chiqaruvchi mustaqil kichik va o’rta korxonalar; 

2.  Birlashmalar  yoki  kombinatlar  tarkibidagi  kichik  va  o’rta  korxonalar  (ayrim 

detal va mexanizmlarni ishlab chiqaruvchi).  

3.  Bir qancha yirik korxonalarga xizmat ko’rsatuvchi kichik va o’rta korxonalar.  

4.  Innovatsion turdagi kichik va o’rta korxonalar  

Xitoyda  kichik  va  o’rta  korxonalarning  rivojlanishi  ikki  yo’nalish  bo’yicha 

amalga  oshadi.  Shaharlarda  «shahar  jamoa  mulkchiligi  korxona-lari»,  qishloq 

joylarida  esa  «qishloq  korxonalari»  tuziladi.  Sanoat  ish-lab  chiqarishi  o’sishining 

umumiy  hajmi  davlat  sanoati  hamda  yuqoridagi  korxonalar  o’rtasida  teng 

taqsimlanadi.  «Shahar  jamoa  mulkchiligi»  korxo-nalari  keyingi  o’n  yilliklarda  2 

marta  ko’paydi  va  «yirik  jamoa  korxona-lari»,  «mayda  jamoa  korxonalari»  ga 

bo’lindi.  «Qishloq  korxonalarining»  sanoat  mahsuloti  hajmi  yildan-yilga  o’smoqda. 

1990  yilda  ular  mamlakat  sanoat  mahsulotining  25%  inietkazib  berdilar.  Bu 

korxonalardagi  ishla-yotganlarning  o’rtacha  soni  5,2  kishi,  ishlab  chiqaradigan 

mahsuloti hajmi - 23 ming yuan, foydasi esa 2 ming yuan atrofidadir. Ammo, bunday 


44 

 

korxona-lar  ichida  gigantlari  ham  bor.  1992  yilda  «qishloq  korxonalarining» 



mamlakat  eksportidagi  ulushi  10%  ni  tashkil  qildi.  Boshqacha  aytganda,  Xitoy 

iqtisodiyotida  keyingi  yillarda  ro’y  bergan  muvaffaqiyatlar  kichik  korxonalar 

tarmog’ini rivojlantirish bilan bevosita bog’liqdir.

23

 



Kichik va o’rta korxonalarning istalgan mamlakat iqtisodiyotiga mu-vaffaqiyatli 

kirib  kelishi  uchun,  mayda  biznes  normal  faoliyat  ko’rsati-shini  ta’minlaydigan 

ma’lum  bir  shart-sharoitlar  zarur.  Avvalo,  bu  yirik  va  mayda  korxonalar  o’rtasidagi 

raqobatni  cheklashga  tegishlidir.  Raqobat  korxonalar  o’rtasida  taxminan  bir  xil 

kattalikda bo’lgandagina, u ijobiy rol o’ynaydi. Kichik biznesning rivojlanishi uchun 

qulay  sharoitlar  yaratish  masalalari  bilan  butun  dunyoda,  jumladan  O’zbekistonda 

ham har xil hukumat va hukumatlararo tashkilotlar shug’ullanishmoqda.

24

 



Germaniyada  kichik  biznes  sub’ektlari  tashkil  qilish  va  ular  faoliya-tiga  ta’sir 

qilishning  mukammal turi  ishlangan bo’lib, u o’z  ichiga quyidagi asosiy bo’limlarni 

oladi; 

1. Kapital jamg’arishga ta’sir qilish.  

a)  Bevosita  ta’sir  qilish  firmaning  ta’sis  kapitali  sifatida  foydalanishi  uchun 

subsidiyalar  berish.  Subsidiya  maqsadli  xarakterga  ega  va  qaytarilmaydi.  Uning 

hajmi  jismoniy  shaxs  tomonidan  investitsiyalangan  pul  miqdorining  20  %ini  tashkil 

qiladi, ammo 10000 markadan yuqori emas.  

b) Bilvosita ta’sir qilish muhandislik  maslahat firmalarining xizmatlari bo’yicha 

davlat dotatsiyalari berish. Maslahat beruvchi  firmalarning joriy  harajatlarining 60% 

ini  tashkil  qiladi,  Bundan  tashqari,  firma  tashkil  qilingan  kundan  boshlab  ikki  yil 

                                                

23

 Т.Дyстжонов ,С.Салаев .Кичик бизнеснинг катта имкониятлари.Урганч.Хоразм.1997 й. 



24

  ПРООН-  (БМТ  ривожланиш  лойиxаси)  –турли  мамлакатларда  бизнес-инкубаторлар  тармокни, 

технопаркларни,  халкаро  бизнес-семинарларни  ташкил  этиш  бyйича  БМТ  ривожланиш  лойиxаси; 

ЕТТБ,  ОТТБ,  XМК,  Ислом  Ривожланиш  банки  ва  бошка  халкаро  молия  институтлари;  Kимматли 

ко

г

озлар  бозорини,  масла



чат  хизматларини  ривожлантириш,  бошкарув  усулларини,  хусусий 

тадбиркорлик  ва  оилавий  бизнесни  такомиллаштириш  б

yйича  ТАСИС,  ЮСАИД  дастурлари;  Давлат 

Мулк Kyмитаси (ДМK)Товар ишлаб чикарувчилар ва тадбиркорлар Палатаси (ТТП), Деxкон ва фермер 

хyжаликлари  уюшмаси  (ДФХУ),  Кичик  ва  yрта  бизнесни  ривожланишини  ра

гбатлантириш  бyйича 

республика  мувофиклаштирувчи  Кенгаши,  Адлия  вазирлиги,  Иктисодиёт  вазирлиги,  Давлат 

стандартлаштириш  агентлиги,  Ташки  иктисодий  алокалар  агентлиги,  Давлат  божхона  кyмитаси, 

Марказий  банк,  тижорат  банклари,  Yзинвестлойиxа,Бандликка  ва  бошка  нобюджет  жам

г

армалари, 



бозор инфратузилмасининг бошšа давлат ва нодавлат институтлари

 


45 

 

davomida  firma  egasi  tashkiliy,  texnik  va  moliyaviy  masalalar  bo’yicha  maslahatlar 



olishi uchun 7,5 ming marka miqdorida subsidiya olish huquqiga ega 

2.  Kichik  va  o’rta  firmalarni  moliyalashtirishda  va  ular  faoliyatida 

davlatning ishtiroki 

Firma  ochmoqchi  bo’lgan  tadbirkorlarga  «Kichik  va  o’rta  firmalarda  mulkka 

ta’sir qilish dasturi»ga asosan ta’sir qilinadi.  

a) 300 ming marka miqdorida 20 yilgacha muddatda mablag’lar ajratish (birinchi 

10 yili foizlardan ozod qilinadi. Imtiyozli foiz stavkasi).  

b)  «Kapitalda  ishtirok  etish  bo’yicha  jamiyat»  tashkil  qilish.  Kichik  va  o’rta 

firmalar  haqidagi qonunchilikka asosan, birjada  qatnashish  imkoniga ega bo’lganlar, 

vositachilar xizmatidan foydalanishlari mumkin. Soliqimtiyozlari ko’zda tutilgan.  

v) Yangi kichik va o’rta firmalarni «Evropaning tiklanish dasturi» fondi hisobiga 

mablag’lar bilan ta’minlash.  

Mablag’lar 300 ming marka doirasida bo’lib, yangi sanoat va savdo korxonalari 

uchun 10 yil muddatga, qurilish firmalari uchun esa 15yil muddatga beriladi.  



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling