Urganch Davlat Universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti 196- guruh talabasi Gʻaypov Sarvarbekning Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi ­­­­­­­­­­fanidan tayyorlagan


Download 45.67 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi45.67 Kb.
#1561002
1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi 5

Jismoniy tarbiya — pedagogik jarayon bo‘lib, inson organizmini morfologik va funksional jihatdan takomillashtirishga, uning hayoti uchun muhim bo‘lgan asosiy harakat malakasini, mahoratini, ular bilan bog‘lik bo‘lgan bilimlarni shakllantirish va yaxshilashga karatilgan Manashu ta’rifda jismoniy tarbiyaning insonni tarbiyalashning mustaqil turi sifatidagi o‘ziga xosligi ta’kidlab o‘tilgan.
Jismoniy tarbiyaga oid bo‘lgan bu o‘ziga xoslikning tarkibida ikkita alohida ma’noga ega bo‘lgan «jismoniy bilim» va «jismoniy sifatlarni rivojlantirish» deb atalgan tushuncha yotadi.
«Jismoniy bilim» termini yangi davrdagi jismoniy tarbiyaning eng avvalgi tizimlarida uchraydi. Masalan, germaniyalik olim Fit «o‘z vujudini tarbiya» qilish maqsadida jismoniy mashqlar zarurligi haqida gapirgan edi.
Jismoniy bilim jismoniy mashqlarni bajarishga oid maxsus nazariy tushunchalar va ularni lozim bo‘lganda turmushda qo‘llash mahorati va kunikmalarini o‘z ichiga oladi.
Jismoniy tarbiyaning ijtimoiy xrdisa sifatida o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu asosan jamiyatda inson jismoniy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi vosita sifatida xizmat kila olishligi va ayni paytda uning ma’naviy kamolotiga xam kuchli ta’sir ko‘rsata olishligidadir. Mazkur xususiyat jismoniy tarbiyaning barchaga barobar umumiy qo‘llaydigan xususiy belgisidir. Lekin jamiyatning real hayotida konkret tarixiy sharoitlardan tashqarida bo‘lgan jismoniy tarbiya umuman yo‘q.
Har bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyada jismoniy tarbiyani amalga oshirishning konkret tarixiy tipi rivoj topadi.
Jismoniy tayyorgarlik. Jismoniy tarbiyada uchta asosiy yo‘nalish mavjud bo‘lib, inson jismoniy tarbiyasi ana o‘sha ramkalar asosida amalga oshiriladi. Ular umumiy jismoniy tayyorgarlik, kasb-hunar jismoniy tayyorgarligi, sport tayyorgarligidir.

2. Jismoniy tarbiyada sport fаoliyati psixologiyasi
Ma’lumki, XIX asrning oxirida Amerikada trenerlar tayyorlash maktablari ochilib, jismoniy madaniyat darslari fakultativ tarzda tashkil etilib, ularda biomexanika va harakat fiziologiyasi fanlari bo‘yicha maxsus kurslar o‘qitilgan. XIX asr 50-yillarining oxirlariga kelib, sport psixologiyasi sport amaliyotida qo‘llanila boshlangan hamda jismoniy madaniyat rejasi va dasturlariga kiritilgan. XIX asr 60-yillarining boshlariga kelib esa sport psixologiyasi faniga bo‘lgan qiziqishlar nihoyatda ortib bordi. Jahon miqyosida sport bo‘yicha yangi axborotlarning paydo bo‘lishi natijasida sport Oybek Hayitov SPORT FАOLIYATI PSIXOLOGIYASI 7 psixologiyasi fani tez rivojlandi hamda darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy kitoblaringliz va rus tillarida nashr etildi. Sport sohasida ilmiy tadqiqot ishlari jadal suratlarda olib borildi. AQShda sport psixologiyasi mutaxassislaridan Frenklin Xenri va Artur Sleyter Xemellar fan bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildilar. Ular ilmiy tajribalar olib borib, maxsus dasturlar ishlab chiqdilar. Angliya, Italiya, Yaponiya mutaxassislari bilan yaqindan aloqalar o‘rnatildi. Ammo bu davrda hali sport psixologiyasi fani bo‘yicha olimlar yеtarli bo‘lmaganligi sababli, nazariy bilimlar yеtishmasdi. Shuning uchun ham ilmiy izlanishlarning aksariyati sport harakati malakalarini takomillashtirishga qaratilgan edi. Asta-sekin mutaxassis olimlar sportchilarga musobaqadan oldin va musobaqa jarayonida paydo bo‘ladigan emotsional holatlar bilan bog‘liq izlanishlarni tadqiq etishga kirishdilar. Keyinchalik esa sport psixologiyasi mutaxassislari sportning barcha turlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bordilar. Sport mashg‘uloti va musobaqasidan tashqari sport musobaqalari davrida tomoshabinlar, sportchilar qarindosh-urug‘lari va do‘stlarining sportchi ruhiyatiga ta’siri o‘rganila boshlandi. Bugungi psixologik adabiyotlar sport psixologiyasi rivojlanishining tarixiy jarayonlarini hanuzgacha to‘la-to‘kis qamrab olmagan. Umuman olganda, sport psixologiyasi fanining paydo bo‘lishiga Germaniya, AQSh, Italiya, Kanada, Rossiya va boshqa davlatlar olimlarining ilmiy ishlari sabab bo‘lgan. Ayniqsa bu XIX asr oxiri va XX asr boshlarida, ya’ni psixologiya falsafadan ajralib chiqib, mustaqil eksperimental fan maqomini olgandan so‘ng yanada yaqqol sezila boshladi. Ayni shu davrlarda inson xulq-atvori va harakatlariga oid bir qator ilmiy ishlar paydo bo‘ldi (Vundt, Torndayk, Uotson, Byuxner va boshqalar). Keng qamrovli adabiyotlar tahlili, ilmiy tadqiqotlar mazmuni asosida hozirgi psixologiya fani sohalarining sport faoliyati bilan aloqadorligini 1.1-rasmda keltirilgan chizma orqali yaxlitlashtirilgan holda ifodalash mumkin. Ushbu rasmda psixologiyaning sport tibbiyoti, adaptiv jismoniy tarbiya, paralimpiya, sport analitikasi, sport menejmenti, sport gigiyenasi, sport sotsiologiyasi, sport pedagogikasi bilan uzviyligini tushuntiruvchi ilmiy tadqiqotlar judayam ko‘p. Oybek Hayitov SPORT FАOLIYATI PSIXOLOGIYASI 8 1.1-rasm. Psixologiya fani sohalarining sport faoliyati bilan aloqadorligi. Shuningdek, so‘nggi yillarda psixologiyaning sport psixologiyasi sohasi kontekstida sport jamoasi va sportchi shaxsi masalalariga qaratilgan ilmiy izlanishlar ham alohida ahamiyat kasb etib bormoqda. (Sport faoliyati to‘g‘risida umumiy tushuncha Sport (inglizcha “sport”, bu eski fransuz tilidan qisqartirilgan “desport” so‘zidan olingan bo‘lib – “o‘yin”, “ko‘ngil yozish” degan ma’nolarni anglatadi) – bu ma’lum bir qoidalar asosida insonlarning jismoniy yoki aqliy imkoniyatlari bo‘yicha vujudga keladigan jarayonda bahslashish yoki bellashish deganidir. Sportga o‘zida vujudga keladigan jismoniy va aqliy imkoniyatlarni, maqsadga yonaltirilgan tayyorgarlikni mashg‘ulotlar yordamida doimiy ravishda oshirib borish orqali musobaqada ishtirokini ta’minlashga qaratilgan mujassamlashgan jarayon sifatida ham qaraladi.

Download 45.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling