Urganch davlat univеrsitеti «Jismoniy madaniyat» fakultеti 21/05
Download 393.65 Kb.
|
rajabov diyorbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHI Mazu: Ko‘p kurash turlarini texnikasini o‘rgatishni takomillashtirish. Urganch 2023 I.Kirish
- IV.Adabiyotlar ro’yxati KIRISH O‘zbekistonning jismoniy tarbiya tizimida yengil atletikaning o‘rni.
O ’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TALIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI «Jismoniy madaniyat» fakultеti 21/05- guruhi talabasi Rajabov Diyorbekning « Sport mahoratini oshirish” »»fanidan tayyorlagan KURS ISHI Mazu: Ko‘p kurash turlarini texnikasini o‘rgatishni takomillashtirish. Urganch 2023 I.Kirish II.Asosiy qism 2.1 Ko’p kurash musoboqalarini tashkil qilish va o’tkazish 2.2 Kurash haqida 2.3 Ko’p kurash turlari texnikasini o’rgatish III. Xulosa IV.Adabiyotlar ro’yxati KIRISH O‘zbekistonning jismoniy tarbiya tizimida yengil atletikaning o‘rni. Jismoniy tarbiya tizimi barcha davlat va jamoat tashkilotlari hamda muassasalarini jismoniy tarbiya bo‘yicha davlat dasturlari va o‘quv qurollari bilan ta’minlaydi, shu jumladan yengil atletika mashqlari ham dasturda keng o‘rin egallagan. Yengil atletika sport turi bilan respublikamizda maktab o‘quvchilari, akademik litsey va kollej o‘quvchilari, institut va universitetlarning talabalari, harbiy xizmatdagi askarlar va zobitlar, ko‘ngilli sport jamiyatlari a’zolari, ming-minglab kishilar shug‘ullanadi. Bu sport turining bunday ommaviy tus olishi, Respublika Prezidenti va hukumatning O‘zbekistonda jismoniy tarbiya harakati oldiga qo‘ygan vazifalarini amalga oshirish – xalqimizning jismoniy barkamol bo‘lib o‘sishiga, ularning salomatligini mustahkamlashga, o‘spirinlarni Vatan himoyasiga va mehnatga tayyorlashga yordam beradi. Yengil atletika mashg‘ulotlari sportchilarda jismoniy sifatlar: kuch, harakat uyg‘unligi, chidamlilik va egiluvchanlikni rivojlantiradi, harakat ko‘nikmasi va malakalarini tashkil toptiradi, irodaviy sifatlarni tarbiyalaydi. Yengil atletika mashqlarining xilma-xilligi, yurish, yugurish, sakrash va uloqtirishda kuch va tezkorlilik mashqlarida mushakdagi kuchning o‘zgarib turishi har xil yoshdagi va jinsdagi bolalar va kattalarga yengil atletika mashg‘ulotlarida qatnashish imkonini yaratadi. Bu mashqlarning ko‘pchiligini texnik jihatdan bajarish qiyin emas, o‘rgatish uchun oson va ularni oddiy maydonchalar hamda ochiq joylarda bajarish mumkin. Yengil atletika mashqlarining shug‘ullanuvchilar organizmiga ijobiy ta’sir etishi uning ommaviylashishiga sabab bo‘ldi. Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining va yoshlarning jismoniy tarbiya dasturida ham, har xil sport turlaridagi mashg‘ulot rejalarida ham, katta va keksa yoshdagi kishilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida ham yengil atletika mashqlariga keng ravishda o‘rin berilgan. Jismoniy tarbiya tizimida uning dasturiy va me’yoriy negizini tashkil qiluvchi «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlariga ham yengil atletika mashqlari kiritilgan. Yengil atletika bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning tayyorgarlik darajasini baholash, bu sport turi bilan shug‘ullanishni rag‘batlantirish va musobaqalarni yaxshiroq tashkil etish uchun razryadlarga bo‘lish qabul qilingan. Yengil atletika sporti ommaviy tus olayotgani va undagi natijalar doimiy ravishda o‘sib borayot-gani sababli razryad mezonlari har to‘rt yilda o‘zgarib turadi. Download 393.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling