Urganch davlat universiteti kimyo texnika fakulteti


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana16.08.2017
Hajmi0.89 Mb.
#13588
1   2   3   4   5   6   7   8   9

II.    Tanlangan mavzuni texnik – iqtisodiy asoslash………………. 



III.   Texnologik qism………………………………………………… 

10 

3.1. Texnologik sxema tanlash, asoslash va uning tavsifi……………. 



10 

3.2. Xom ashyo haqida to`la ma`lumot……………………………… 

14 

3.3. Bazalt, uning kimyoviy – minerologik tarkibi ……………….... 



19 

3.4  Bazalt mineralining fizik-kimyoviy xossalari.………………….. 

21 

3.5 Texnologik xisob kitoblar. Material balansi. Asosiy uskuna va 



uning xisobi, tavsifi…………………………………………………… 

24 


3.6. Tayyor maxsulotning analitik nazorati……………………………. 

41 


IV. Ekologik masalalar echimi. ……………………………………... 

50 


4.1. CHanglarning asosiy xossalari va ularni tozalash 

effekti.………………………………………………………………….. 

50 

4.2  CHanglarni quruq mexanik gaz ushlagichlarda tozalash. Uyurmali 



va inertsion chang tutgichlar…………………………………………... 

 

     52 



V.  Ishlab chiqarishni  avtomatlashtirish va nazorat qilish 

57 


VI.  Inson faoliyati xavfsizligi……………………………………….. 

60 


6.1 Mehnatni muhofaza qilish qonun asoslari. Mehnat qilish 

qonunlari.…………………………………………………………….. 

60 

6.2. Mehnatni muhofaza qilishning davlat nazorat 



tashkilotlari va jamoat nazorati………………………………………... 

64 


VII. Iqtisod qismi…………………………………………………….. 

71 


VIII. Xulosa…………………………………………………………… 

84 


IX. Foydalanilgan adabiyotlar:……………………………………… 

86 


 

 

 



 

16 


                                                         I. KIRISH 

Respublikamizda  sanoat  korxonalarini  rivojlantirish  ishlab  chiqarish 

jarayonlarini  rivojlantirish  borasida  ilg’or  ishlar  amalga  oshirilmoqda.  Ishlab 

chiqarishni  modernizatsiya  qilish  va  texnologik  qayta  jihozlash  xalqaro  sifat 

andozalariga  o’tish  bo’yicha  qabul  qilingan  tarmoq  dasturlarini  amalga  oshirish, 

tezlashtirish  vazifasi  qo’yilmoqda.  Belgilangan  vazifalar  orasida  respublikamizda 

hayot  sifatini  tubdan  yuksaltirish  bo’yicha  kompleks  chora-tadbirlarni  amalga 

oshirish  prinsiplar  muhim  va  hal  qiluvchi  ahamiyat  kasb  etadi.  Buning  uchun 

ishlab chiqarish faoliyatini korxonalarni modernizatsiya qilish texnik va texnologik 

qayta 


jihozlashni 

yanada 


jadallashtirish, 

zamonaviy, 

moslashuvchan 

texnologiyalarni  keng  joriy  etish.  Bu  vazifa  avvalambor  iqtisodiyotning  asosiy 

tarmoqlari,  eksportga  yo’naltirilgan  va  mahalliylashtirilgan  ishlab  chiqarish 

quvvatlariga tegishli [1]. 

Bizning  keyingi    yillarda  eksport    sohasida  qo’lga  kiritilgan  yutuqlarimiz, 

avvalo,  mamlakatimiz  iqtisodini  tubdan  tarkibiy  o’zgartirish  va  diversifikatsiya 

qilish,  qisqa  muddatda  biz  uchun  mutlaqo  yangi,  lokomotiv  ro’lini  bajaradigan 

tarmoqlarni  barpo  etish,  ishlab  chiqishni  modernizatsiya  qilish,  texnik  va 

texnologik 

yangilash 

dasturlarini 

amalga 


oshirish, 

zamonaviy 

bozor 

infratuzulmasini shakllantirish  borasida o’z vaqtida boshlangan, chuqur o’ylangan 



va uzoq istiqbolga mo’ljallangan ishlarimizning natijasidir. 

Ma’lumki,  hozirgi  kunda  Respublikamizda  Prezidentimiz  tashabbusi  bilan 

katta  hajmlardagi  keng  ko’lamda  xalq  ho’jaligining  barcha  tarmoqlarini  islohat 

qilgan holda katta bunyodkorlik ishlari amalgam oshirilmoqda. 

Buni  misol  qilib,  Ustyurtdagi  3  mlrd  900000  mln.  mablag’ga  teng  bo’lgan 

gaz kompleksini qurilish misol qilib aytsak bo’ladi. O`zbekistonda keyingi yillarda 

ro`y  berayotgan  chuqur  iqtisodiy  va  ijtimoiy-siyosiy  o`zgarishlarning  nazariy 

asoslari  hamda  amaliy  dasturi  muallifning  "O`zbekiston:    milliy  istiqlol,  iqtisod, 

siyosat,  mafkura",  "Bizdan  ozod  va  obod  Vatan  qolsin"  to`plamlarida, 

"O`zbekistonning  o`z  istiqlol  va  taraqqiyot  yo`li",  "O`zbekiston  —  bozor 



 

17 


munosabatlariga  o`tishning o`ziga  xos  yo`li","O`zbekistonning siyosiy-ijtimoiy  va 

iqtisodiy  Mustaqillik  yillarida  mamlakatimizda  bir  qator  kimyoviy  korxonalar 

qurib ishga tushirildi. Bular qatoriga Qo`ng’irot soda zavodi, Sho`rtang gaz kimyo 

majmuasi,    Muborak  va  Qaraulbozor  neftni  qayta  ishlash  zavodlari  kabi  yirik 

majmualarni  keltirish  mumkin.  Shu  bilan  birga  mamlakatimizda  oltin  ishlab 

chiqarish,  uran  ishlab  chiqarish,  paxta  xosilini  qayta  ishlovchi,  avtomobilsozlik, 

lak bo’yoqlari, qurilish materiallari, qishloq xo’jaligi xom ashyolarini qayta ishlash 

soxalari keskin rivojlanib bormoqda. 

Kimyo  va  mashinasozlik,  oziq-ovqat  va  to’qimachilik  xamda  engil  sanoat 

soxalarida asosiy maxsulot ishlab chiqarilishi bilan birga bir qator ishlab chiqarish 

chiqindilari ajralib chiqadi. Mamlakatimizda 1992 yili qabul qilingan “Chiqindilar 

to’g’risida”  qonun  doirasida  bir  qator  chora  va  tadbirlar  ishlab  chiqilganki,  ular 

asosan  ishlab  chiqarishni  chiqindisiz  texnologiyalar  asosida  tashkil  qilish,  ishlab 

chiqarish  chiqindilarini  kompleks  qayta  ishlash  xisobiga  xalq  iste’moli  mollarini 

ishlab  chiqarish,  chiqindilarni  zararsizlantirishning  energiya  va  resurs  tejamkor 

texnologiyalarini  ishlab  chiqish,  chiqindilarni  zararsizlantirishda  maxalliy  xom 

ashyo resurslaridan foydalanish kabi konstepstiyalarni o’z ichiga oladi. 

O’zbekiston  Respublikasi  xalq  xo’jaligini  maxalliy  xom  ashyodan 

tayyorlangan  materiallarga  talabi  shishasimon,  uglerodli  va  keramik  moddalar, 

shuningdek  olovbardosh  materiallarni  keng  qo’llash  bilan  belgilanadi.  Shunga 

bog`liq  ravishda  XX  asr  olimlari  tomonidan  ekologik  sof  va  inson  organizmi 

uchun  zararli  bo’lmagan  material,  tog`  jinslaridan  olinadigan  –  bazalt  taklif 

qilingan.  Bazaltlardan  foydalanish  bo’yicha  mutaxassislar  va  olimlar  tomonidan 

olingan  natijalar  xozirda  amaliyotda  foydalanilmoqda.  Xozirgi  kunda  insoniyat 

uchun katta axamiyatga ega bo’lgan ko’pgina ko’pikli materiallar olingan[3]. 

Ushbu  bitiruv  loyiha  ishimni  bajarishda  bazalt  minerali  asosida  olinadigan 

mahsulotlarning  tayyorlash  jarayonini  asosini  tashkil  qiluvchi  fizik  va  fizik-

kimyoviy  o‘zgarishlarni  tushuntirib  o‘tish,  bunday  mahsulot  ishlab  chiqarishda 

ishlatiladigan izolyatsion materiallar haqida qisqacha ma’lumot keltirishdan iborat, 


 

18 


chunki  men  izolyatsiyalovchi  materiallar  tayyorlash  jarayoniga  bag‘ishlangan 

maxsus  bitiruv  malakaviy  loyiha  ishini  bajarayapman.  Bunda  bazalt  minerali 

asosida  izolyatsion  materiallar  hosil  bo‘lishidagi  o‘zgarishlar  va  hom  ashyo 

mahsulotlarining  fizik-kimyoviy  hamda  reologik  xossalari  haqida  ham  ma’lumot 

berdim. 

           Mavzuning  dolzarbligi  shundan  iboratki,  rivojlanib  kelayotgan  mustaqil 

O`zbekistonda  bunyodkorlik  ishlari  rivojlanib,  xom  ashyo  materiallaridan 

foydalangan xolda issiqlik izolyatsiyalovchi qoplama ishlab chiqarishdir. 

           Bitiruv  malakaviy  ishimdan  maqsad Xiva  tumanida bazalt  minerali asosida 

izolyatsion  materiallar  ishlab  chiqarish.  Bu  maqsadni  amalaga  oshirish  uchun 

quyidagilarni  vazifa  qilib  oldim:  Tanlangan  mavzuni  iqtisodiy  asoslash,    bazalt 

minerali asosida  izolyatsion  materiallar  ishlab chiqarishning texnologik sxemasini 

tanlash, asoslash  va  uning  tavsifi, Xom ashyo  xaqida  ma’lumotlar  to`plash,  uning 

kimyoviy  tarkiblari,  Texnologik  xisob  kitoblar.  Material  balans,  Tayyor 

maxsulotni  analitik  nazorati,  Ekologik  masalalar  echimi,  ishlab  chiqarishni 

avtomatlashtirish  va  nazorat  qilish  va  texnik  iqtisodiy  xisoblashni  vazifa  qilib 

oldim.    

           Xulosa  qilib  aytganimizda  hozirgi  bunyonkorlik  zamonida  yangi  turdagi 

qurilish  materiallariga extiyojni  va  ishsizlikni  oldini  olish  uchun  yangi korxonalar 

qurishda asosiy mezon hisoblanadi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

19 


              II. TANLANGAN MAVZUNI TEXNIK – IQTISODIY ASOSLASH 

 

Men  bitiruv  malakaviy  ishimni  loyihalashda  Xiva  tumani  Irdimzon 



qishlog`ida  loyihalashga  harakat  qildim  va  dastlabki  ishlarni  hududning  iqlim  va 

tuproq sharoitlarini   o’rganishdan boshladim.  

Bunda  tuproqning  konstruksiyasi  va  tashqi  muhit  temperaturasi  bilan 

loyihalanayotgan  korxonaning  devor  qalinligi  va  isitish  sistemalarini  tanlashda 

muhim  ahamiyatga  ega  bo’ladi.  Qishda  o’rtacha  sovuq  harorat  -16

0

  C    -18



0

  C 


bo’ladi. Yoz kunlari o’rtacha harorat  30-36

0

 C bo’lishini  o’rgandim.



  

Men  bitiruv  malakaviy  ishimni  loyihalashda    korxonaning  bosh  rejasini 

tuzishda    shamol  yo’nalishini  ham  inobatga  oldim.  Chunki  korxonadan  

chiqayotgan  turli  xil  gazlar,  har  xil  hidlar  aholi  yashash  punktiga  teskari  holatda 

yo’naltirlishiga  harakat  qildim.  Ushbu  ko’rsatkichlarini  kamida  5-10  yillik 

natijalarga asosan o’rtacha oldim.  

Korxonani  loyihalashda transport  xarajatlarini  kamaytirish  va  xom-ashyoni 

yo’qotishlarsiz  korxonaga olib keltirish maqsadida bazalt mineralini Sulton Uvays 

tog`idan MAN avtomobilida olib kelishni rejalashtirdim.  

Menga  bitiruv  malakaviy  ishimga  bazalt  minerali  asosida  issiqlik 

izolyatsiyalovchi  materiallar  olish  topshiriq  qilib  berilgan.  Berilgan  topshiriqni 

ko`plab  adabiyotlardan  foydlangan  xolda  uni  xom-ashyolarni  fizik-kimyoviy 

tarkiblarni  unga  bo`lgan  talablarni  o`rganib  chiqishga  xarakat  qildim. 

Ma`lumotlarni o`rganish jarayonida shunga amin bo`ldimki O`zbekiston xududida 

birorta  issiqlik  izolyasiyalovchi  maxsulotlar  ishlab  chiqaradigan  korxonaning  o`zi 

yo`q.  Biroq  xozirgi  kunda  qurilish  soxasida  yangi  turdagi  qurilish  materiallariga 

bo`lgan  talabdan  kelib  chiqqan  xolda  O`zbekistonning  shu  maxsulotlarga  bo`lgan 

talab  qoniqtirmayotganligi  bilan  ajralib  turibdi.  Shu  sababdan  menga  bergan 

topshiriqni amalga oshirish uchun yaqin atrofdagi xom-ashyo zahiralarini o`rganib 

chiqib korxonani taxminan 50-60 yil ta`minlashni hisobga olib men o`z loyihamda 



 

20 


ko`rsatilgan  ya`ni  kuniga  4800  tonna  bazalt  asosida  ishlab  chiqarilgan  issiqlik 

izolyasiyalovchi qoplamalarni ishlab chiqarishni rejalashtirishga harakat qildim. 

Korxonaning elekitr ta’minoti. 

Korxonani  elektr energiyani  yuqori kuchlanish tarmogi   6 kvt  va  undanam 

yuqori.  Yuqoriroq  kuchlanish  bilan  uzaytirilishi  nazarda  tutildi.  Korxonada  elektr 

energiyasini  taminlash  uchun  dastlab  Xorazm  elektr  uzatish  korxonasi  bilan 

shartnoma tuzib Xiva-Irdimzon fideridan elektr tarmog`iga ulashga ruxsat berishni 

so`rayman.  Shundan  keyin  korxona  xududida  qulay  joyni  tanlab  yuqori 

kuchlanishli  elektr  energiyadan  pasaytiruvchi  transfarmator  yordamida  past 

kuchlanuvchi  elektr  tizimiga  o`tishni  va  korxonani  elektr  energiyasi  bilan 

taminlashga xarakat qilaman.  

Suv ta’minoti. 

Korxona,  zavodlarda  suvni  ma’lum  bir  qismi  ishlab  chiqarishga  ishlatiladi. 

Mening    korxonamda  maxsulot  ishlab  chiqarish  jarayonida  suv  ko`p  miqdorda 

sarflanmaydi  ammo  korxona  ichimlik  suvi  Xorazm  Tuyamuyun  korxonasi  bilan 

shartnoma tuzib suv bilan taminlashni  rejalashtirmoqchiman. Bundan tashqari suv 

bilan ta`minlashni to`xtatmaslik uchun korxona xududiga 10 m

3

 suv sig`adigan suv 



minorasini  joylashtirishni  rejalashtirmoqchiman.  Shundan  keyin  korxonaning 

suvga bo`lgan extiyojini to`laligicha ta`minlashga erishaman. 

Gaz ta’minoti. 

Men  o`z  loyixamda  maxsulotni  tabiiy  gaz    yordamida  pishirishga  xarakat 

qilaman. Tabiiy gazni Xorazm gaz taminoti Unitar korxonasi bilan shartnoma tuzib 

gazdan foydalanishni rejalashtirmoqchiman. 

Korxona yong’in xavfsizligi. 

Sanoat  korxonalari  va  omborlari  yonish  va  portlash  xavfi  bo’yicha    5-ta 

toifalarga bo’linadi, jumladan A, B, V, G va D. Bularning A va B toifalari yonish 

va portlashga moyil. V va G toifalari bo’lsa faqat yonishga xavfli deb hisoblanadi. 

D toifasida esa  na  yonish va na portlash xavfi mavjud emas. 


 

21 


Bino  va  inshootlarni  bunday  guruhlanishi,  ularda  ishlatiladigan  yoki 

saqlanadigan engil yonuvchi gazsimon va suyuq moddalarning bug’lari havo bilan 

aralashganda,  portlovchi  gazli  muxitni  hosil  qiluvchi  agregat  holati  va  ularning  

alangalanish harorati (Ta)- ga binoan amalga oshirilgan. 

A–toifaga yonish va portlash xavfi mavjud bo’lgan, chaqnab yonish harorati 

28oS  dan  past  bo’lgan,  yonuvchi  gaz  va  engil  alangalanuvchi  suyuqlik  bug’lari 

havodagi kislorod bilan yoki suv bilan birikishi natijasida, portlashga moyil xavfli 

bosimi  5  kPa  dan  oshiq  bo’lgan,  gazsimon  aralashmalar  hosil  bo’ladigan, 

korxonalar  kiradi.  Bu  guruhga  kiruvchi  kimyo  sanoatining  atseton,  oltingugurt, 

karbon,  efir,  superfosfat  va  boshqa  moddalarni  ishlab  chiqaruvchi  korxonalarni 

misol qilib ko’rsatish mumkin.  

B-toifaga  ham  yonish  va  portlash  xavfi  bo’lgan,  chaqnab  yonish  harorati 

28oS dan yuqori bo’lgan , engil alangalanuvchi suyuqlik bug’lari, yonuvchi chang 

va  gazlar  havodagi  kislorod  bilan  suv  bilan  qo’shilganda  xavfli,  portlovchi 

aralashma  hosil qiluvchi  miqdorda bo’lib,  ular  yonganda  xonadagi  xavfli bosim  5 

kPa  dan  yuqori  bo’ladi.  Bunga  ammiak  ishlab  chiqorish  sanoatini  misol  qilib 

ko’rsatish mumkin.  

V-toifaga  faqat  yonuvchi,  ya’ni  A  va  B  toifalarga  kirmaydigan  sanoat 

korxonalari,  jumladan  chaqnab  yonish  harorati  120oS  dan  yuqori  bo’lgan, 

yonuvchi  qattiq  jismlarni  ishlab  chiqarish  va  qayta  ishlov  berish  hamda  harxil 

yoqilg’i  moddalarni  ishlatiladigan  sanoat  korxonalari  kiradi.  Bunga  misol  qilib, 

yog’ochni qayta ishlovchi mebelsozlik sanoati, qozg’oz, karton, to’l qog’oz ishlab 

chiqaruvchi korxonalarni ko’rsatish mumkin. 

G-toifaga, yonmaydigan modda va ashyolarning qaynoq, cho’g’langan yoki 

eritilgan  holatida  ishlatiladigan  korxonalar  kiradi.  Bunga  metallurgiya  sanoati 

korxonalari,  issqlik  ishlab  chiqaruvchi  markazlar  va  bug’xonalar  misol 

bo’laoladilar.  


 

22 


D–toifaga,  yonmaydigan  modda  va  ashyolarni  sovuq  holatda  ishlatiladigan 

va  saqlanadigan  sanoat  va  qishloq  xo’jaligi  korxonalari  kiradi.  Masalan,  toshni 

maydalash, keramika va stement zavodlari shular jumlasidandir.  

Bino  va  inshootlarni  yong’in  va  portlash  xavfi  bo’yicha  guruhlanishi, 

ulardagi  barcha  xonalarning  yonish  va  portlashga  moyillik  toifasi  aniqlangandan 

so’ng belgilanadi. Agar binoda A  toifaga  taalluqli  xona  bo’lsayu,  uning  maydoni 

binodagi  barcha  xonalarning  umumiy  maydonidan  5%  dan  kam  bo’lmasa  yoki 

sathi 200 m2 dan ko’p bo’lsa, bu holda bino A toifaga kiradi. Binoda harxil toifaga 

taalluqli xonalar mavjud bo’lsayu,  A va B toifadgi xonalarning yig’indi maydoni, 

qolgan barcha xonalar umumiy maydonining 5% dan kam bo’lmasa yoki sathi 200 

m2 dan ziyod bo’lsa, bu bino B  toifaga mansub bo’ladi. 

Yuvinish xonasi. 

Ishchilar  ishlashi  grafik  bo`yicha  olib  boriladi.  SHuning  uchun  dushevoy 

kun  smenada  ishlovchi  ishchilarni  60%dan  xisoblanadi:  ishlab  chiqarish  sexlarida 

ishlayotgan ishchilar uchun.1ta dush kabinasi razmeri 0,9x0,9 m; kabinani oralig`i 

2m, kabinadan  devorgacha-1,2m, kabinani balandligi  1,6m bo`lgan petregorodka 

bilan bo`linib, polga etmasdan 0,2 metr yuqorida bo`ladi.  

Omborxonalar. 

Bu  omborxona  maydoni  75%  maxsulot  saqlashga  mo`ljallangan  bo`ladi. 

Tayyor  maxsulotlar  saqlash  omborxonasini  ishlab  chiqarish  korpusi  bilan  bir 

blokda  quriladi.  Bu  omborxonani  1  etajli  podvalsiz  quriladi.  Bir  tomondan  

transport  xarakatiga  o`tish  joyi  0,8m  uchrashish  xarakatida  1,5m  ko`zda  tutiladi. 

(kaytishda 2-transport bilan) eshiklarni eni 2 metr balandligi 2,4 m bo`ladi.

    


Ishchi kuchi bilan ta’minlash.  

Korxonani  ishchi  kuchi  bilan  ta’minlashni  rejalashtirar  ekanman 

Prezidentimizni  yoshlarni  o’qitib,  tarbiyalash  jarayonidan  kelib  chiqqan  xolda 

kollej  va  akademik  litsey  bitiruvchilarni  ishga  jalb  qilishni  rejalashtirmoqdaman. 

Malakali  mutaxassislar,  injener  texnik  xodimlar  bilan  esa  Toshkent  Kimyo 

texnologiya,  Urganch  Davlat  Universiteti  kimyoviy  texnologiyalari  bitiruvchilari 



 

23 


bilan korxonani ishchi kuchiga bo’lgan talabini qondirishni maqsad qilib qo’ydim.  

Kuniga 4800 tonna izolyatsion materiallar ishlab chiqarishni loyixalashtirish 

jarayonida  transport  vositalarni,  suv  ta’minoti,  ishlab  chiqarishda  qatnashadigan 

ishchilar elektr ta’minoti, gaz va yo’lni korxonaga yaqin masofada joylashtirdim.  

Misol  tariqasida  Xiva-Irdimzon  fideridan  o’tgan  yuqori  kuchlanishli  elektr 

liniyasidan patstansiyalar qurib korxona hududida tranfarmator qurdim.  

Xorazm  elektr  tarmoqlari  bilan  shartnoma  tuzishni  rejalashtirdim. 

Vodoprovod o’tkazish  uchun Tuyamo’yin  Urganch suv ta’minoti bilan shartnoma 

tuzdim. Ishchi kuchi bilan esa Xiva tumanida  istiqomat qilayotgan odamlari bilan 

kollejni bitkazgan yosh kadrlar bilan ishlashni niyat qilib qo’ydim.  

Malakali  injiner  texnik  xodimlar  bilan  esa  Toshkent  Kimyo-texnologiya  va 

Urganch  Davlat  universiteti  Kimyo  –  texnologiya  fakulteti  bitkazuvchilari  bilan 

kelajakda ishlashni rejalashtirib qo’ydim.  

 

 



 

                                            

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

24 


III. TEXNOLOGIK QISM: 

3.1. Texnologik sxema tanlash, asoslash va uning tasnifi. 

      Mineral  tolalar  ishlab  chiqarish  jarayonida  ikki  turdagi  texnologik  sxema 

mavjud: 


1. Vagranka yordamida 

2. Vannali pech yordamida maxsulotlarni eritib mineral tola olish mumkin.  

Vagranka  yordamida eritma olish jarayonida suv bug`i qizdirilishi  va ayrim 

xolatlarda  sovutish  jarayonida  bug`latish  ham  birgalikda  olib  boriladi.  Suv  bilan 

sovutish  pechning  eritish  zonalarning  olovbardosh  material  bilan  qoplanmaydi. 

Suvli  ko`ylakka  8-20  m

3   

suv  1  soat  davomida  uzatiladi.  Vagranka  o`zi  shaxtali 



pech  ko`rinishiga  ega  bo`lib  shamotli  olovbardosh  g`isht  bilan  futerovkalangan 

bo`ladi.  Bundan  tashqari  olovbardosh  cho`yan  plitalar  bilan  ham  va  olovbardosh 

boshqa buyumlar ham ishlatiladi[3]. 

Mineral  xom  ashyoning  vagrankada  mineral  tolaga  aylanishi  quyidagicha 

bo`ladi: 

Ochiq  furmada  70  m

3   

o`tinni  yoqish  kerak.  O`tin  alangalangandan  keyin 



taxminan  10-20  minut  davomida  furemning  tirqishini  berkitib  havo  tortish 

moslamasini ishlatib dastlabki koksdan 500 kg gacha o`lchab vagrankaga solinadi. 

 

Koks bir tekis yongandan keyin ichidagi o`tin 30-40 minut davomida yonib 



kul  bo`ladi.  Shundan  keyin  250  kg  koks  solish  kerak.  Chunki  furemdagi  koks 

kalishining  balandligi  500-700  mm  ni  tashkil  qilish  kerak.  Bu  xolat  yuk  orqali 

shtanga tashash bilan o`lchanadi. 

 

20-30  minut  koks  yuklangandan  keyin  dastlabki  xom  ashyo  ishchi  kalishga 



yuklanadi  va  tola  ishlab  chiqarish  boshlanadi.  Vagranka  ishga  tushgach  bosh 

qismi, kislorodli qismi, yonish fakelli qismi va qizdirish qismi ishlaydi.  

 


 

25 


 

 

 



 

          1-rasm. Vagranka pechi. 

         1-furma,  2-qopqoq,  3-furmasimon  halqa,  4-gazning  dastlabki  yonish 

kamerasi, 5-o`rta bosimli ijektorli gorelka, 6-suv keltirish kollektori, 7-havo kirish 

kollektori,  8-suv  chiqarish  kollektori,  9-manometr,  10-gaz  kiruvchi  kollektor,  11-

sovutuvchi  polukonus,  12-polukonus,  13-  tushirish  tirqish,  14-quvur,  15-yuqorgi 

qo`ng`roq,  16-sirg`a,  17-ostki  qo`ng`roq,  18-montaj  qismi,  19-qopqoq,  20-letka, 

21-lotok, 22-osti. 

 


 

26 


Ikkinchi usuliga misol qilib vannali pech yordamida bazalt mineraliga ishlov 

berish  qismini  olamiz.  U  qismda  vannali  pech  xuddi  shisha  ishlab  chiqarish 

jarayonidek  ishlaydi,  yani  uzluksiz  to`xtovsiz  ravishda  bazalt  mineral  tolasining 

ishlab chiqarish yimi, so`lga qo`yiladi. Men o`z loyixamda bazalt minerali asosida 

tola  ishlab  chiqarish  uchun  vannali  pechli  texnologik  liniyadan  foydalanishni 

maqsad qilib qo`ydim. Chunki  men tanlagan  usulda  yoqilg` sifatida tabiiy  gazdan 

foydalanib  mineral  tola  ishlab  chiqarishni  rejalashtirdim.  Chunki  tabiiy  gazdan 

foydalanish  natijasida  men  o`tinga  bo`lgan  ehtiyojni  yo`qotaman  va  ishlab 

chiqarishni avtomatlashtirish va modernizatsiya qilish menga oson bo`ladi[3]. 

 

 



 

27 


 

2-rasm.  Vannali  pech  yordamida  bazalt  minerali  tolasini  ishlab  chiqaruvchi 

liniyasi. 

 

1-rekuperator,  2-vannali  pech,  3-bog`lovchini  jo`natuvchi  forsunka,  4-fider,  5-



purkovchi  kallak,  6-tola  cho`ktirish  kamerasi,  7-zichlashtiruvchi  baraban,  8-qabul 

qilib  qoliplash  konveyeri,  9-bazalt  tolasi  qatlami,  10-ventilyator,  11-konveyerli 


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling