Urganch davlat universiteti kimyo texnika fakulteti


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana03.09.2017
Hajmi0.58 Mb.
#14896
1   2   3   4   5
ashyolar va olingan namunalarni kimyoviy, fizik- kimyoviy analiz 

qilish uslublari 

Tanlangan  xomashyo  materiallar  va  mahsulotlarning  kimyoviy  tahlillarida 

analitik  kimyoning  sifat  va  miqdoriy  analiz  usullaridan  keng  foydalanildi.  Moddalarning 

element analizlari adabiyotlarda keltirilgan uslublar bo’yicha aniqlandi  

  Moddalar differentsial-termik analizi Paulik-Erdey sistemasidagi derivatografda 10-

12  gra/min qizdirish  tezligida, 150-200  mg  modda olingan  holda o’tkazildi.  Galvanometr 

sezgirligi  DTA-1/10,  DTG-1/15,  TP-200  bo’lib,  20-70 

o

C  harorat  intervalida  o’rganildi. 



Bunda  platina-rodiyli  termopara  ishlatildi.  Analizlar  platina  tigellarda  olib  borildi,  etalon 

sifatida kuydirilgan  Al

2

O



 ishlatildi  

Solishtirma  og’irlik  piknometrik  usulda  topildi.  Bunda  5  sm

3

  hajmli  kapillyar 



piknometr ishlatildi. Hajmni aniqlash uchun piknometr  distillangan suv bilan termostatda 

25 


o

C  haroratda  to’ldirildi  va  o’lchandi.  Quruq  piknometr  massasi  va  25 

o

C  haroratdagi 



suvning  zichligini  bilgan  holda  hamda  to’ldirilgan  suvning  massasini  tortib,  uning  hajmi 

aniqlandi. O’lchovlar  0,00005 aniqlikda olib borildi.  

Uchmaydigan moddalar massa ulushini aniqlash GOST 17537-76 ga muvofiq olib 

borildi.  Namunadan  1,52  g  tortib  olinib,  kosachaga  bir  xil  tekislikda  yoyildi  va  quritish 

shkafiga  qo’yildi.  Doimiy  og’irlikka  etguncha  140-200

o

C  haroratda  ushlandi.  Doimiy 



og’irlikka etganini aniqlash uchun har 30-minut oralig’ida namuna tortib borildi. 

 

3.2. TAJRIBA TAVSIFI 



TAJRIBA - 1. Aktivlashtirilgan adsorbent olish bo’yicha tajribalar 

Dastlabki  tajribalarimizni  bentonitli  gil  tuproqning  kimyoviy  tarkibini  o’rganishdan 

boshladik. Navbahor bentonitli gil koni Respublikamizni Navoiy viloyatida joylashgan va 

to’liq  o’rganilgan  bo’lib,  hozirgi  kunda  mazkur  kondan  uch  xil  turdagi  tabiiy 

alyumosilikatlar  ya’ni  ishqoriy  va  ishqoriy-yer  bentoniti  hamda  karbonatli  paligorskit 


 

 

qazib  olinmoqda.  Bugungi  kunda  “Bentonit”  MChJ  korxonasi  tomonidan  ushbu  kondagi 



ishqoriy  bentonit  kukun  holiga  keltirilib,  neft  va  gaz  sanoati  uchun  burg’ulash  eritmasi 

tayyorlashda ishlatilish maqsadida ishlab chiqarilmoqda. 

   Biz  ushbu  ishqoriy  va  ishqoriy-yer  bentonitli  gil  turlarini  fizik-kimyoviy 

xususiyatlarini, ulardan yog’-moy sanoatida ishlatiladigan adsorbent olish imkoniyatlarini 

o’rganish maqsadida tekshirdik [27]. 

  Buning  uchun  Navbahor  ishqoriy  va  ishqoriy-yer  bentonitlaridan  miqdor  bo’yicha 

bir  xil  namunalar  olindi.  Olingan  barcha  namunalar  o’rtacha  namuna  olish  uchun 

yaxshilab aralashtirildi. 

  Navbahor  ishqoriy  va  ishqoriy-yer  bentonit  turlari  mikroskopik  jihatdan  deyarli  bir 

jinsli,  yashilsimon  rangli  (qo’ng’ir-sarg’ish  dog’  va  linzali)  gilsimon  tarkibga  ega  qattiq 

jinsdir. Ayniqsa, Navbahor ishqoriy bentonitini yog’liligi va sovunsimon konsistenstiyaga 

egaligi  ishqoriy-yer bentonitinikidan yuqori turadi. 

  Quyidagi 1-jadvalda Navbahor koni  ishqoriy  va  ishqoriy-yer bentonitlarini o’rtacha 

kimyoviy  tahlili  MDH  hududidagi  va  xorijiy  mashhur  bentonitlarni  o’rtacha  kimyoviy 

tarkibi bilan solishtirib keltirilgan                                                                                                           

                                                                                                                           Jadval 1 

Navbahor koni ishqoriy va ishqoriy-yer bentonitlarini o’rtacha kimyoviy tahlili 

(MDH hududidagi va xorijiy mashhur bentonitlarni o’rtacha kimyoviy tarkibi bilan 

solishtirilgan holda) 

 

 



Xom-ashyo konlari 

SiO


2

 

Al



2

O



(TiO



 

Fe

2



O

3

  CaO  MgO  K



2

O  Na


2

K.K.M. 



Navbahor ishqoriy    58.61 

13.71 


(0.31) 

4.98 


0.51  1.76 

1.71 


1.58 

16.43 


Navbahor,  

ishqoriy-yer 

61.54 

12.60 


(0.56) 

6.23 


0.75  3.98 

2.11 


0.82 

13.50 


 

 

Askan: 



Askangel 

Askangil 

 

Azkamar: 



oq 

yashil 


Shorsu 

Oglanli 


Krim 

Nalchik 


Vayoming (AQSH) 

Montmorillonit 

(Fransiya) 

 

62.58 



59.76 

 

 



52.40 

50.68 


52.06 

57.68 


46.70 

76.81 


60.18 

 

48.60 



 

20.29 


21.61 

 

 



18.06 

18.08 


17.58 

19.14 


20.65 

12.94 


26.58 

 

20.08 



 

2.73 


3.72 

 

 



3.04 

3.08 


5.7 

1.48 


0.66 



 

6.25 


 

1.00 


3.87 

 

 



0.91 

1.84 


1.00 

4.00 


6.47 

1.39 


0.23 

 

1.75 



 

2.69 


3.40 

 

 



3.2 

3.30 


3.51 

2.75 


1.01 

1.36 


1.01 

 

5.24 



 

1.02 


1.22 

 

 



1.05 

0.80 


0.37 


1.29 



 

 



2.32 

0.26 


 

 

5.83 



2.40 


1.55 



 



 

5.9 


5.85 

 

 





14.74 

6.02 



 



 

Yuqoridagi  1-jadvaldan  ko’rinib  turibdiki,  Askangel,  Azkamar,  Shorsu,  Oglanli  va 

Navbahor  ishqoriy  bentonitlari    tarkibida  boshqa  bentonitlardan  natriyni  miqdori 

yuqoriligi bilan ajralib turadi va shunga muvofiq ravishda bu bentonitlarning kolloidligi va 

bo’kuvchanligi  boshqa  bentonitlarga  nisbatan  yuqoridir.  Kimyoviy  tahlilga  ko’ra 

Navbahor  ishqoriy  bentoniti  tarkibida  ishqoriy-yer  bentonitiga  nisbatan  natriy,  alyuminiy 

va K.K.M.ni miqdori bir muncha yuqoridir. Kalsiy, magniy va kremniyni  miqdori esa bir 

muncha pastroqdir. 

 

Quyidagi 



2-jadvalda 

Navbahor 

ishqoriy 

va 


ishqoriy-yer 

bentonitlarini 

almashinuvchi kompleks tarkibi va kolloidligi MDH davlatlaridagi asosiy bentonit konlari 

bilan solishtirib keltirilgan. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

                                                                                                                              Jadval 2 



Navbahor ishqoriy va ishqoriy-yer bentonitlarini almashinuvchi kationlar tarkibi  va 

koloidligi (MDH davlatlaridagi asosiy bentonit konlari bilan solishtirilgan holda) 

 

Yuqoridagi  2-jadvaldan  ko’rinib  turibdiki,  Navbaqor  ishqoriy  va  ishqoriy-yer 



bentonitlari  almashinuvchi  kationlari  yuqori  bo’lgan  gillar  jumlasiga  kiradi.  Ammo, 

Navbahor  ishqoriy bentonitini  kolloidligi juda  yuqori kolloidlikka ega bo’lgan Oglanli  va 

Askangel bentonitlaridan bir muncha kam bo’lsa ham, ishqoriy-yer bentoniti kolloidligiga 

nisbatan  ancha  yuqoridir.  Bundan  tashqari  Navbahor  ishqoriy  bentonitini  bo’kuvchanligi 

ham ishqoriy-yer bentoniti bo’kuvchanligidan keskin farq qiladi. 

 Navbahor  ishqoriy  bentoniti  suv  bilan  aralashtirilganda  bo’kib,  qovushqoq 

harakatlanuvchi quyqa hosil qildi. Qattiq aralashtirilganda esa u oquvchan xususiyatga ega 

bo’ldi  (tiksotropiya).  Ishqoriy-yer  bentoniti  suv  bilan  aralashtirilganda  tiksotroplik 

xossasini  namoyon  qilmadi,  balki  uning  dag’al  dispers  suspenziyasi  tez  vaqt  ichida 

qavatlarga ajralib cho’kdi. 

almashinuvchi kationlar miqdori mg.ekv/100 gr. 

Bentonit  nomi  

Na

+

 



K

+

 



Ca

+2

 



Mg

+2

 



Summa 

 

Kolloidligi 



Navbahor: 

Ishqoriy 

60,73 

1,05 


5,38 

10,60 


77,93 

85-90 


Navbahor: 

Ishqoriy-yer 

45,81 

1,92 


7,64 

18,45 


73,80 

50-60 


Biklyan 

3,8 


34,6 

10,0 


48,4 

56 


Gumbrin 

14,5 


57,6 

10,2 


82,3 

32 


Oglanli 

78,4 


7,6 


86 

100 


Cherkas 

2,6 


53,5 

23,9 


80,0 

33 


 Askangel 

52,2 


48,0 

7,5 


107,7 

100 


Askanglina 

2,4-16,2 

54,1-88,1 

8,0-17,0 

64,5-

119 


72 

 

 

Navbahor koni ishqoriy va ishqoriy-yer bentonitlarini mineralogik tarkibini aniqlash 



maqsadida  rentgenografik  tahlillar  o’tkazildi  (2-rasm).  Bunga  ko’ra  ishqoriy  va  ishqoriy-

yer  bentonitlari  montmorillonit,  kvarst,  kalsit,  dolomit,  limonit,  mullit  va  kaolinit  kabi 

minerallardan  tarkib  topgandir.  Ishqoriy  bentonit  tarkibida  montmorillionit  mineralining 

miqdori  70%  gacha  etadi.  Ishqoriy-yer  bentonit  namunasida  esa  montmorillonit  minerali 

miqdori  nisbatan  kam  bo’lib,  qolgan  kvarst,  kalsit  va  dolomit  hamda  mullit  va  kaolinitni 

miqdori esa bir muncha yuqoridir. 

 

 


 

 

 



2-rasm.  Navbahor  koni  ishqoriy  (a)  va  ishqoriy-yer  (b)  bentonitlari 

difraktogrammasi. 

Navbahor  koni  ishqoriy    va  ishqoriy-yer    bentonitlarini  temperatura  ta’sirida 

qanday  o’zgarishlarga  uchrashini  aniqlash  masadida  ularni  namunalarini  differenstial 

termik  tahlili  o’tkazildi  (3-rasm).  Unga  ko’ra  Navbahor  ishqoriy  bentonitida  ishqoriy-

yer  bentonitiga  nisbatan  ko’p  miqdorda  adsorbsion  bog’langan  suv  mavjudligi, 

ishqoriy-yer  bentonitida  esa  birinchi  endoeffekt  nisbatan  past  haroratda  hosil  bo’lishi 

uning  almashinuvchi  kompleksi  tarkibida  kalsiy  va  magniy  kationlarini  ko’pligiga 

bog’liqligi aniqlandi. 

 

 



 

 

 



3-rasm. Navbahor koni ishqoriy (a) va ishqoriy-yer (b) bentonitlari differenstial termik 

tahlili. 

 

Yuqoridagi  kompleks  fizik-kimyoviy  tahlil  natijalari  asosida  xulosa  qilib  aytish 



mumkinki,  Navbahor  koni  ishqoriy  bentoniti  o’zini  tarkibida  ko’p  miqdorda  natriy 

ushlashi  va  shunga  bog’liq  ravishda    tarkibidagi  adsorbsion  bog’langan  suv  miqdori 

ko’pligi  hamda  uning  dispersligi  va  kolloidligi  yuqoriligi,  uni  adsorbsion  xususiyatlarini 

termik  aktivlashtirish  natijasida  oshirish  mumkinligini,  ishqoriy-yer  bentonitini  esa  bu 

usulda  aktivlashtirish  qiyinligini  bildiradi.  Navbaor    ishqoriy-yer  bentoniti  adsorbsion 

xususiyatlarini keskin oshirish uchun uni kislotali aktivlashtirish lozim bo’ladi.  

Yuqoridagilardan  kelib  chiqib,  Navbahor  ishqoriy  va  ishqoriy-yer  bentonitlaridan 

adsorbent  olish  maqsadida  ularga  asosiy  texnologik  faktorlarni,  yani  termik  ishlov  berish 

temperaturasi va vaqti, disperlik darajasi, shuningdek, kislotali ishlov berishda esa kislota 

konstentrastiyasi  va  sarfi  hamda  ishlov  berish  davomiyligi  dastlabki  tekshirishlar 

natijasida o’rganildi. 


 

 

 Bunga  ko’ra  kutilganidek  Navbahor  ishqoriy  bentonitiga  termik  ishlov  berish 



natijasida  uni  adsorbstion  qobiliyati  sezilarli  darajada  oshganligi,  ishqoriy-yer  bentonitini 

aktivligi  esa  termik  ishlov  berish  natijasida  juda  kam  darajada  oshganligi  kuzatildi. 

Disperslik darajasini oshishi esa ikkala tur bentonit uchun ham ijobiy tasir qilishi kuzatildi. 

Navbahor  ishqoriy-yer  bentonitini  arzon  va  ishqoriy  bentonitga  nisbatan  past 

sifatga  ega  ekanligi,  ishlatilish  sferasi  kamligi  hamda  termik  aktivlashtirish  unga 

kuchsiz  ta’sir  ko’rsatganligini  hamda  unga  kislotali  ishlov  berishda  yuqori  sifatli  va 

nisbatan arzon sorbent olish mumkinligini inobatga olib, bu tur bentonit uchun kislotali 

aktivlashtirish usulini qo’llash kerakligini adabiyotlarni tahlil qilishda o`rganib chiqdik. 

Yuqoridagilardan  qisqacha  xulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki,  o’tkazilgan  ilmiy  va 

amaliy  tadqiqotlar  natijasida  har  bir  tur  Navbahor  bentoniti  uchun  iqtisodiy  va 

texnologik jihatdan qulay dastlabki texnologik sxema belgilandi. Navbahor ishqoriy va 

ishqoriy-yer  bentonit  turlariga  belgilangan  texnologik  sxema  bo’yicha  ishlov  berishni 

maqbul parametrlarini aniqlash keyingi qismda batafsil ko’rib chiqilgan. 

 

TAJRIBA - 2. Bentonitli gil tuproqning aktivligini termik ishlov berish 



haroratiga bog’liqligini o’rganish 

Yuqoridagilardan  kelib  chiqib,  Navbahor  ishqoriy    va  ishqoriy  er  bentonitlaridan 

adsorbent  olish  maqsadida  ularga  asosiy  texnologik  faktorlarni,  yani  termik

  ishlov berish 

temperaturasi va vaqti, disperlik darajasi o’rganildi.  

Tajrba  o`tkazish  uchun  Navbahor  ishqoriy  va  ishqoriy-yer  bentonitlarini  termik 

aktivlashtirishni maqbul parametrlarini aniqlash maqsadida texnik tarozida 100 grammdan 

o’lchab  oldik,    o’lchamlari  ko’pi  bilan  2-3  sm  bo’lgan  namunalar  laboratoriya  quritish 

shkafida  har  xil  temperatura  (oraliq  40 

o

C)  va  har  xil  vaqt  davomiyligida  (oraliq  1  soat) 



quritdik.  So’ngra  tajriba  adsorbent  namunalarini  disperlik  darajasini  sorbentlik 

xususiyatiga ta’siri № 0056 (10000 tesh/sm

2

) elakdagi qoldiq 0,5-50% bo’lguncha elangan 



namunalarda o’rgandik.  

Termik  aktivlashtirishni  olinadigan  adsorbentni  adsorbstion  xossalariga  ta’sirini 

o’rganib,    bevosita  o’simlik  moylaridan  paxta  yog’larini  oqlashda  “Urganch  yog’-moy” 

OAJ markaziy laboratoriyasida amalga oshirdik.  



 

 

Paxta  yog’ini oqlash ananaviy  qabul  qilingan  uslub  [28] bo’yicha suv  hammomida 



100

 o

C temperaturada va 30 minut davomida aralashtirish bilan olib bordik. Ishlov berilgan 



sorbentlarni  adsorbstiya  qobiliyatini  aniqlash  bo’yicha  o’tkazilgan  quyida  keltiriladigan 

barcha  tajriba  sinovlari  “Urganch  yog’-moy”  OAJ  rafinastiya  tsexida  ishqor  yordamida 

neytralizastiya qilinib, suv bilan yuvilgan va so’ngra quritish bosqichidan o’tgan (dastlabki 

rangliligi har xil) paxta yog’idan olingan 5 litr miqdordagi namunalarda olib bordik. 

Ilmiy  tadqiqot  natijalari    3-jadvalda  keltirilgan.  Jadvalda  termik  aktivlashtirishni 

Navbahor  ishqoriy  va  ishqoriy-yer  bentonitlariga  ta’sirini  dastlabki  rangliligi  10  qizil 

birlikka teng bo’lgan paxta yog’idan olingan namunada tekshirish natijalari keltirilgan. 

 

Jadval 3 



Termik aktivlashtirishni Navbahor ishqoriy va ishqoriy-yer bentonitlarini 

adsorbstion xususiyatiga ta’siri 

Aktivlashtirish temperaturasi, 

0

 C 



Termik 

aktivlashtirish 

vaqti, (soat) 

110 


150 

190 


230 

270 


310 

 

1%  ishqoriy Navbahor bentonitida oqlangan paxta yog’i 



rangliligi, qizil birlik 

9,8 



9,5 

9,0 


9,1 

9,4 


9,5 

9,5 



9,2 

8,5 


9,3 

9,6 


9,7 

9,6 



9,1 

8,5 


9,4 

9,7 


9,8 

9,5 



9,0 

8,5 


9,5 

9,9 


9,9 

 

1%  ishqoriy-yer Navbahor bentonitida oqlangan paxta yog’i 



rangliligi, qizil birlik 

9,9 



9,8 

9,7 


9,6 

9,7 


9,8 

9,8 



9,7 

9,5 


9,7 

9,8 


9,8 

9,8 



9,6 

9,5 


9,8 

9,8 


9,9 

9,7 



9,5 

9,5 


9,8 

9,9 


10,0 

 


 

 

 



Rasm -4 Bentonit adsorbsion xususiyatining termik ishlov berish vaqtiga bog’qligi ( 190

 0 


C)    

             a) ishqoriy    b) ishqoriy-yer bentonitlari 

Yuqoridagi 3-jadvaldan Navbahor ishqoriy bentonitini adsorbstion qobiliyati termik 

ishlov  berish  natijasida  sezilarli  darajada  oshganligi  va  bunda  maqbul  parametr  sifatida 

quritish temperaturasi – 190

 o

C, quritish davomiyligi esa - 2 soatni tashkil qilishi kuzatildi. 



Shuningdek  mazkur  jadvaldan  Navbahor  ishqoriy-yer  bentonitini  adsorbstion  qobiliyati 

termik ishlov berish natijasida sezilarsiz darajada oshganligini ko’rish mumkin.  

Keyingi  izlanishlar  Navbahor  ishqoriy  bentonitini  aktivlashtirish  usulini  yaratish 

uchun, oqlash darajasi eng yuqori, quritish vaqti – 2 soat va quritish temperaturasi –190 

0



bo’lgan,  faqat  maqbul  sharoitda  termik  aktivlashtirilgan  Navbahor  ishqoriy  bentoniti 



namunasida davom qildirildi. 

Ushbu namunani disperslik darajasi har xil - 3600 tesh/sm

2

, 6000 tesh/sm



2  

va 10000 

tesh/sm

2  


elaklarda qoladigan qoldiq 0,5% gacha qilib tuyib, yuqoridagi dastlabki rangliligi 

10  qizil  birlikka  teng  bo’lgan  paxta  yog’i  namunasini  oqlash  darajasi  solishtirish  uchun 

sinab  ko’rildi.  Bunda  3600  tesh/sm

2

  elakda  elangan  namunada  (miqdori  1%)  oqlangan 



paxta  yog’ini  rangliligi  9,5  qizil  birlikka,  6000  tesh/sm

2

  elakda  elangan  namunada 



(miqdori 1%) oqlangan paxta yog’ini rangliligi 9,0 qizil birlikgacha tushganligi kuzatildi.  

0,001  mm  dan  kichik  fraksiya  yuqori  adsorbstion  qobiliyatga  egaligi  [17]  va  shu 

bilan  birga  mazkur  fraksiya  filtrastiya  vaqtini  1,5  barobarga  oshirishi  mumkinligini 

e’tiborga  olib,  namunalarni  disperslik  darajasini  10000  tesh/  sm

elakda  qoladigan  qoldiq 



0,5-25 % gacha tuyish maqbul ko’rsatkich qilib qabul qilindi. 

 

 

Shuningdek, 



Navbahor 

ishqoriy 

bentonitini 

maqbul 


sharoitlarda 

termik 


aktivlashtirilgan namunasida adsorbent va paxta yog’ini o’zgarmas temperaturada (100

0

C) 



aralashtirish vaqtini dastlabki rangliligi 10 qizil birlikka teng bo’lgan paxta yog’ini oqlash 

darajasiga ta’siri o’rganildi. Olingan natijalar quyidagi 4 – jadvalda ketirilgan.                                                          

                                                                                                                        Jadval 4 

Termik aktivlashtirilgan Navbahor ishqoriy bentonitini paxta yog’ini  oqlash 

darajasiga aralashtirish vaqtini ta’siri

 

Aralashtirish 



vaqti, minut 

15 


30 

45 


60 

90 


Rangliligi, 

qizil birlikda 

8,9 

8,5 


8,6 

8,9 


9,1 

 

Yuqoridagi  4  –  jadvalda  maqbul  aralashtirish  vaqti  30  minutga  teng  ekanligini 



ko’rish  mumkin.  Shular  asosida  yuqoridagi  usulda  olingan  adsorbentni    dastlabki               

rangliligi  nisbatan  yuqori bo’lgan  yog’larni oqlashda, 1%  dan ko’p bo’lmagan  miqdorda 

ishlatish  yaxshi  samara  berishini  aytib  o’tish  kerak.  Bunda  rafinastiyalash  maqsadida 

ishlatiladigan  ishqorni  miqdorini  kamaytirish  xisobiga  ranglilik  darajasini  yuqoriroq 

qoldirish  (12-15  qizil  birlik  oralig’ida)  hamda  mazkur  arzon  adsorbentni  yuqori  sifatli 

qimmatbaho  adsorbentlar  bilan  aralashtirib  ishlatish  xisobiga  o’simlik  moylarini  oqlash 

xarajatlari kamayishiga erishiladi. 

Bundan  tashqari  mazkur  Navbahor  ishqoriy  bentonitini  termik  aktivlashtirish 

natijasida  olingan  adsorbent  namunasi  uzoq  muddat  saqlangan  chigitlardan  olingan  paxta 

yog’ini (namlik va issiqlik xisobiga kislotaliligi oshishi, chigit tarkibida bo’ladigan zararli 

qo’shimchalarni  yangi  hosilalari  hosil  bo’lishi  tufayli)  qiyin  oqlaydi.  Yuqoridagilardan 

xulosa sifatida shularni aytish mumkinki, Navbahor ishqoriy bentonitini  maqbul sharoitda 

termik  aktivlashtirish  yordamida  yetarli  adsorbstion  xususiyatlarga  ega  bo’lgan  sorbent 

olish  mumkin.  Ammo  bu  sorbentni  o’simlik  moylarini  oqlash  darajasi  kislota  yordamida 

ishlov  berilgan  an’anaviy  sorbentlarnikidan  bir  muncha  pastdir.  Lekin  faqatgina  termik 

aktivlashtirish  yo’li  bilan  olinadigan  ushbu  juda  arzon  adsorbentni  o’simlik  moylarini 

oqlash  darajasini  dastlab  zavod  laboratoriyasi  sharoitida  tekshirib  ko’rib,  uni  yaxshi 

samara beruvchi holat va miqdorlarda, hamda uni yuqori sifatli adsorbentlar bilan kerakli 

miqdorda  aralashtirib  ishlatish  yuqori  iqtisodiy  samara  beradi.  Shular  asosida  biz 


 

 

Navbahor  ishqoriy  bentonitiga  kislota  yordamida  ishlov  berish  shart  emas  deb  topdik. 


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling