Urganch davlat universiteti kimyoviy texnologiyalar fakulteti


Rasm –3. Sovituvchi aralashma


Download 0.55 Mb.
bet5/10
Sana11.11.2020
Hajmi0.55 Mb.
#143711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Durdona BMI TOZa


Rasm –3. Sovituvchi aralashma
Sinovni o‘tkazishga tayyorlanish tartibi

1. O‘lchamlari |( 150 x 20) ± 1| mm bo‘lgan ko‘ndalang kesilgan uchta namunada sinovlar olib boriladi.

2. Namunalar va sinov brusi muzlatish kamerasi, sovitgich yoki sovituvchi aralashmaga joylanadi va talab qilingan haroratda (20.0 ± 0,5) min ushlab turiladi.

Sovituvchi aralashma tarkibi va sinov harorati ma’lum turdagi mahsulot uchun ND da ko‘rsatiladi. 0oC haroratda sinovlar o‘tkazishda sovituvchi aralashma sifatida muzli suv ishlatiladi, uning harorati ma’lum turdagi mahsulot ND sida ko‘rsatilganga mos kelishi kerak.



3. Sinovni o‘tkazish tartibi

3.1. Belgilangan vaqt o‘tgach namuna va sinov brusi sinov muhitidan olinadi va brusning tekis sirtini pastki qismiga namuna shunday joylanadi, bunda unga namuna uzunligini 0.25 qismi tegib turishi kerak bo‘ladi. Namunaning erkin uchi (5 ± 1) s davomida ikkinchi tekis sirtga borguncha brusning yumaloq qismidan buraladi (Namuna U-simon shaklga kiradi).

3.2. Namunani tashqi ko‘rinishi nazorat qilinadi. Namunani sinov muhitiga kiritishdan muxitdan chiqarishgacha bo‘lgan vaqt 15 s dan oshmasligi kerak.

3.4. Sinov natijalarni qayta ishlash qoidalari

Namunaning yuz sirtida (folgoizol uchun – bog‘lovchi qatlamida) darz ketishlar (bog‘lovchi qatlami buzilishi) va bog‘lovchi yoki qoplovchining qatlamlanishi kuzatilmasa u sinovdan o‘tgan hisoblanadi [32].

Suv yutishini aniqlash

Sinov vositalari va yordamchi qurilmalar

1. Hatoligi 0,02 g bo‘lgan laboratoriya tarozilari.

2. Yopiq spiralli elektroplita.

3. SHT tipidagi tigel qisqichlar yoki pinset.

4.CHo‘tka (1.0 ± 0.1) kg massali yuk.

5.Sekundomer.

6. Bo‘laklari 1 mm bo‘lgan metall lineyka.

7. Yumshash harorati 70oS dan past bo‘lmagan bitum.

8. Suv uchun idish.

9.O‘lchamlari 120x250 mm bo‘lgan metall sig‘im.

10 Paxta matosi yoki filtrlash qog‘ozi.

Sinovni o‘tkazishga tayyorlash tartibi

1. O‘lchamlari |( 100 x 100) ± 1| mm bo‘lgan uchta namunada sinovlar o‘tkaziladi.

2. Namunadagi changsimon sepilma paxta mato yoki cho‘tka bilan tozalanadi, taglik material (plenka, qog‘oz va h.k.) sinovdan oldin namunadan ajratiladi.

3. Yirik donali yoki tangachasimon sepiluvchili materiallar uchun sinovlar |(100 x 100) ± 1| mm li qo‘sh namunali olti namunada olib borilishiga ruxsat beriladi.

Buning uchun ikkita namuna pinset yoki qisqich bilan yuz tomoni (yirik donali yoki tangachasimon sepiluvchili) pastga qilib olinadi va elektroplitka ustida shunday qizdiriladiki, bunda namunaning plitkaga qaragan sirtida pufakchalar hosil bo‘lmasligi kerak. Keyin ikkala namuna ham bir biriga suyuqlangan sirtlari bilan chetlari mos keltirib joylanadi, va ularga (30 ± 1) min davomida yuk o‘rnatiladi.

4. Kapillyar so‘rilishni oldini olish maqsadida material karbon va asbest asosli namunasi torslari 160-180oS gacha qizdirilgan, keyin esa kamida 1 soat sovitilgan bitumga 3-5 mm tushiriladi.



Sinovni olib borish tartibi

Tayyorlangan namuna tortiladi (m1), keyin esa (60 ± 5) s ga suvli idishga tushiriladi, shundan keyin suvdan olinadi, paxta mato yoki filtr qog‘oz bilan 30-60 s davomida artiladi va o‘lchanadi (t2). Keyin namuna yana suvga shunday tushiriladi, bunda uning ustidagi suv satxi kamida 50 mm bo‘lishi kerak bo‘ladi va ma’lum tur mahsulot uchun ND da ko‘rsatilgan vaqt davomida ushlab turiladi. SHundan keyin namuna suvdan chiqariladi, quritiladi va o‘lchanadi (m3).Namunani suvdan olgandan o‘lchashgacha bo‘lgan vaqt 60 s dan oshmasligi kerak.

Sinov natijalarini qayta ishlash qoidalari

Suv yutishi (W) massa bo‘yicha foizda formuladan hisoblanadi:



W=(m3-m2/m1).100

Bu erda m1 — quruq namuna massasi, g;



t2 — suvda bir minut ushlangandan keyin namuna massasi, g;

m3 — suvda talab qilingan vaqt ushlangandan keyin namuna massasi, g.

natija 0,1% gacha yaxlitlanadi.

Sinov vositalari va yordamchi qurilmalar

1.200oC gacha haroratni ushlab turish uchun elektr quritish shkafi.

Bo‘linishi 1 mm bo‘lgan metall lineyka.

2. Sinov o‘tkazishga tayyorlash tartibi

Ko‘ndalang kesilgan |< 100 x 50) ± 11 mm o‘lchamli uchta namunada sinovlar o‘tkaziladi. Quritish shkafi ma’lum tur mahsulot uchun ND da ko‘rsatilgan haroratgacha qizdiriladi. Material namunasi vertikal xolatda shkaf devorlaridan kamida 50 mm masofada osiladi. Asossiz material namunasi butun eni bo‘yicha yag‘och qisqichda mahkamlanishi kerak bo‘ladi.

Sinovni o‘tkazish tartibi

Namunalar quritish shkafida ma’lum tur mahsulot uchun ND da ko‘rsatilgan vaqt davomida ushlab turiladi. Keyin namunalar shkafdan olinadi, sovitiladi va ko‘z bilan kuzatiladi.



Sinov natijalarini qayta ishlash qoidalari

Agarda namuna sirtida pufaklar va qoplovchi tarkib yoki bog‘lovchining siljishi va sepiluvchini siljishi kuzatilmasa namuna sinovdan o‘tgan hisoblanadi.



Sinov vositalari va yordamchi qurilmalar

200oC gacha haroratni ushlab turish uchun elektr quritish shkafi.

Ruxsat etilgan hatolik 0,05 g bo‘lgan laboratoriya tarozilari.

Eksikator.

Bo‘linishi 1 mm bo‘lgan metall lineyka.

Sinovni o‘tkazishga tayyorlash tartibi

Quritish shkafi ma’lum tur mahsulot uchun ND da ko‘rsatilgan haroratgacha qizdiriladi. Material namunasi o‘lchanadi (t4) shkaf devorlaridan kamida 50 mm masofada vertikal xolatda osib qo‘yiladi (asossiz material namunasi butun eni bo‘yicha yag‘och qisqichda mahkamlanishi kerak bo‘ladi.).



Sinovni o‘tkazish tartibi

Namunalar quritish shkafida ma’lum tur mahsulot uchun ND da ko‘rsatilgan vaqt davomida ushlab turiladi. Keyin namunalar shkafdan olinadi, eksikatorda sovitiladi va o‘lchanadi (m5).Sinov natijalarini qayta ishlash tartibi

Qizdirishda massa yo‘qotilishi (Q) formuladan hisoblanadi:

Q=(m4-m5m4).100

Bu erda t4 — namunani sinovgacha massasi; m5 namunani sinovdan keyingi massasi, g.Natija 0,1% aniqlikkacha yaxlitlanadi.

Sinov vositalari va yordamchi qurilmalar

Ruxsat etilgan hatoligi 0,02 g bo‘lgan laboratoriya tarozilari.

NET tipidagi ekstratsiyalash uchun shishadan bo‘lgan laboratoriya nasadkasi 500 yoki 1000 sm3 li kolba va sovitgich bilan yoki namunani to‘liq ekstraksiyalashni amalga oshiruvchi va belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan boshqa qurilma.

Kamerali elektropech.

Yopiq spiralli elektroplitka.

200oC haroratni ushlab turishni ta’minlovchi elektr quritish shkafi.

Bo‘linishi 1 mm bo‘lgan metall lineyka.

Eksikator.

GOST 6613 bo‘yicha metall to‘rli elaklar to‘plami [33].

SHT tipidagi tigel qisqichlar yoki tibbiyot pinseti.

Tigel.

Suv hammomi.



Pichoq.

Paxta matosi yoki filtrlash qog‘ozi.

Soch uchun cho‘tka.

GOST 9572 bo‘yicha benzol [34].

GOST 5789 yoki GOST 9880 bo‘yicha toluol [35].

GOST 4 bo‘yicha texnik uglerod tetraxlorid [36].



Sinovni o‘tkazishga tayyorlash tartibi

Ko‘ndalang yo‘nalishda kesilgan |(100 x 50) ± I] mm o‘lchamli uchta namunada sinovlar olib boriladi.

Material namunasining changsimon sepiluvchisi paxta mato yoki cho‘tka bilan tozalanadi, keyin esa namuna o‘lchanadi (m6).

Sinovni o‘tkazish tartibi

CHangsimon sepuvchili materiallar

Material namunasi qisqich yoki pinset bilan yuz qismini pastka qilib ushlanadi va plitkaga qaratilgan sirtida pufakchalar paydo qildirmay elektroplitkada qizdiriladi. Keyin issiq pichoq bilan material tarkibidagi qoplovchi qatlam asosgacha tozalanadi, bunda uning butunligi buzilmasligi kerak.

Pastki yoki suyuqlantirilgan qismidan qoplovchi tarkibdan tozalangan namuna tortiladi (t7). Keyin aynan shu usulda namunaning yuz qismidan ham qoplovchi tarkib tozalanadi.

Ikkala tomonidan qoplovchi qatlami tozalangan namuna tortiladi (m8).

Uchala namunadan olingan qoplovchi qatlam (kamida 1 g), oldindan qizdirilgan va tortilgan (m9) tigelga joylanadi va tortiladi (m10). Tortmali tigel elektropechga joylanadi, (600 ± 10)oC haroratgacha qizdiriladi va qoldiq to‘liq kulga aylanguncha tortma yondiriladi.

Yondirilgandan keyin tortmali tigel eksikatorda kamida 30 minut sovitiladi va tortiladi (t11).Ikkita ketma-ket o‘lchashlar orasidagi farq 0,04 g bo‘lguncha sovitish va tortish takrorlanadi. Qoplovchi tarkibda to‘ldiruvchilar miqdorini aniqlashda parallel ravishda to‘ldiruvchida namunani kuydirish harorati (600 ± 10)oC da GOST 19728.17 bo‘yicha yonadigan moddalar A miqdori ham aniqlanadi [36].

Yirik donali va tangachasimon sepiluvchili materiallar (ekstratsiyalash usuli)

Namunaning pastki yoki suyuqlangan qismidan qoplovchi tarkib qatlami yuqoridagi usulda tozalanadi, shundan keyin namuna tortiladi (t7). Keyin namunaning yuz qismidan sepiluvchili qoplovchi qatlam ajratiladi va doimiy massagacha quritilgan filtr qog‘ozdan tayyorlangan, oldingan o‘lchangan (m12) eksraksion gilzaga joylanadi, va tortiladi (m13).

Qoplovchi qatlam va sepiluvchili gilza ekstraktorga joylanadi, yuqori keltirilgan erituvchilardan biri bilan bir yarim yoki ikki marta ko‘p miqdorda ekstraktorning ishchi hajmigacha suyultiriladi va ekstraksiya boshlanadi. Ekstraksiya rangsiz eritma hosil bo‘lguncha olib boriladi, va ushbu rangsiz eritmada xam yana (30 ± 1) min ekstraksiyalanadi.

Ekstraksiya tugagach gilza olinadi va mo‘rili shkafda erituvchi uchib ketishi uchun 20-30 minut ushlanadi, keyin doimiy massagacha quritiladi.

Ekstraksiyadan keyin gilzadan olingan mineral material №2 elakda elanadi. Keyin elakdan o‘tgan (m14) va elakda qolgan (m15) material o‘lchanadi.

Yirik donali sepiluvchili materiallar (yoqish usuli)

Namunaning pastki yoki suyuqlanayotgan tomonidan qoplovchi qatlamdagi kabi olinadi va namuna o‘lchanadi (m7). Keyin namunaning yuza qismidan sepiluvchi bilan birga qoplovchi qatlam ajratiladi va oldindan kuydirilgan hamda o‘lchangan tigel (m9) ga joylanadi va tortiladi (m10). Tortmali tigel elektropechga joylanadi, (600 ± 10)oC gacha qizdiriladi va tortma to‘liq kulga aylanguncha yondiriladi.

Yonish tugagach tortmali tigel eksikatorda 30-40 minut sovitiladi.

Yonishdan olingan mineral qoldiq № 02 to‘rli elakdan elanadi, elakdan o‘tgan (m14), va elakda qolgan (m15) material tortiladi.

Parallel ravishda sepiluvchi A va to‘ldiruvchi A dagi yonuvchi moddalar miqdori GOST 19728.17 bo‘yicha aniqlanadi; kuydirish harorati (600 ± 10)oC [37]



Sinov natijalarini qayta ishlash qoidalari

Materialni pastki yoki suyuqlangan qismidagi qoplovchi tarkib massasi (M1) kvadrat metrga grammlarda formuladan hisoblanadi

M1=(m6-m7).200

Bu erda t6 – qoplovchi takrili namuna massasi, g;



t7 — pastki yoki suyuqlangan tomonidan qoplovchi tarkibni ajratgandan keyin namuna massasi, g;

200 — namuna sirtini 1 m2 ga keltirish koeffitsienti.

Natija 1 g gacha yaxlitlanadi.

Materialni yuza qismidagi qoplovchi tarkib massasi (M2) kvadrat metrga grammlarda formuladan hisoblanadi:

1) chansimon sepiluvchili materiallar uchun

M2=(m7-m8).200

Bu erda m8 — qoplovchi qatlamni pastki yoki suyuqlangan va yuza qismidan ajratgandan keyin namuna massasi, g;

2) yirik donali yoki tangachasimon sepiluvchili materiallar uchun (ekstraksiyalash usuli)

M2=(m13-m12-m15).200

Bu erda m12 — gilga massasi, g,

m13 — ekstraksiyalashgacha qoplovchi tarkib va sepiluvchi bilan gilza massasi

m15 — elashdan keyin elakda qolgan material massas;

3) yirik donali sepiluvchili materiallar uchun (yondirish metodi)

M2=((m10-m9-(m15.100/100-A)).200

Bu erda m10 — kuydirishdan oldin tortmali tigel massasi, g,

m9 — bo‘sh kuydirilgan tigel massasi, g,

m15 — elakda elashdan keyin qolgan material massasi, g;

A1 — sepiluvchida yonuvchi moddalar miqdori, %.

Natijalar 1 g gacha yaxlitlanadi.

(O‘zgartirilgan taxrir, O‘zg. № 1).

Materialni qoplovchi tarkib massasi (M3) kvadrat metrda grammlarda formuladan hisoblanadi:

M3=M1+M2

Qoplovchi tarkib massasidan foizlarda to‘ldiruvchini miqdori (N) formuladan hisoblanadi:

N=(m14.200/M2 ) .100

Bu erda m14 — to‘ldiruvchi massasi, g,



M2 yuza tomondan qoplovchi tarkib massasi, g,

200 — namuna sirtini 1 m2 ga keltirish uchun koeffitsient.

Natijalar 1% gacha yaxlitlanadi.

.Texnologik nazoratni amalga oshirishda aniqlanishiga ruxsat etiladi:

- G ilovada keltirilgan ekspress usulda qoplovchi tarkib massasini aniqlash;

- Qoplovchi qatlam tarkibidagi to‘ldiruvchini aniqlashda qoplovchi vannadan olingan namunalar asosida G ilovada keltirilgan yondirish usulidan foydalanish.



Sinov vositalari va yordamchi qurilmalar

Ruxsat etilgan xatoligi 0,02 g bo‘lgan laboratoriya tarozilari.

NET tipidagi ekstratsiyalash uchun shishadan bo‘lgan laboratoriya nasadkasi 500 yoki 1000 sm3 li kolba va sovitgich bilan yoki namunani to‘liq ekstraksiyalashni amalga oshiruvchi va belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan boshqa qurilma.

200oC haroratni ushlab turishni ta’minlovchi elektr quritgich shkafi.

Eksikator.

Suv hammomi.

Benzol GOST 9572 bo‘yicha.

Toluol GOST 5789 yoki GOST 9880 bo‘yicha.

Uglerod tetraxlorid texnik GOST 4 bo‘yicha.

Filtrlash qog‘ozi.

Sinovni o‘tkazishga tayyorlash tartibi va sinovni o‘tkazish

Qoplovchi qatlami ajratilgan uchta namunada sinovlar olib boriladi.

Ekstraksiyalash 3.2 bo‘yicha olib boriladi. Ekstraksiyadan keyin namuna eksikatordan olinadi, erituvchilar yo‘qotilishi uchun 20-30 minut mo‘rili shkafda tutiladi, keyin doimiy massagacha quritiladi (m16).

Sinov natijalarini qayta ishlash qoidalari

Absolyut quruq asos massasi (M4) grammalarda formuladan hisoblanadi

M4=m16-(m8-m16) K1

Bu erda m8 — 3.15.3.1. dan aniqlangan namunani ekstraksiyagacha massasi, g;

m16 — ekstraksiyadan keyin namuna massasi, g;

K1 — ekstraksiyada ajralmaydigan va karton g‘ovaklaridan ushlanib qoladigan erimaydigan moddalarni inobatga oluvchi koeffitsient, formuladan hisoblanadi

K1 =100-D/D

K1 GOST 20739 bo‘yicha bitumni eruvchanligi D ga bog‘liq bo‘ladi, va D = = 99 % . . .da 0.0101, D = 98 % . . .da 0,0204 tashkil qiladi.

Natijalar 1 g gacha yaxlitlanadi.

Texnologik nazoratni amalga oshirishda absolyut quruq asos massasini va uning shimiluvchi bitum massasiga nisbatini G ilovada keltirilgan ekspress-usulda aniqlashga ruxsat etiladi [37].
Bir m2 material massasini aniqlash

Sinov vositalari va yordamchi materiallar

Ruxsat etilgan xatoligi 0,02 g bo‘lgan laboratoriya tarozilari.

Bo‘linishi 1 mm bo‘lgan metall lineyka.

- sinovni o‘tkazishga tayyorlash, sinovni o‘tkazish tartibi va sinov natijalarini qayta ishlash qoidalari

- [(100 x 100)±1] mm o‘lchamli uchta namunada sinovlar o‘tkaziladi.

-1 m2 material massasi (M12) grammlarda namunalarni tortish asosida formuladan topiladi:

M12=m25.100

Bu erda t25 namuna massasi, g;

100 — namuna sirtini 1 m2 ga keltirish koeffitsienti.

Natijalar 1 g gacha yaxlitlanadi.
Sepiluvchi yo‘qotishini aniqlash

Sinov vositalari va yordamchi qurilmalar

Rasm 7 da sxemasi keltirilgan qurilma yoki ishchi organi cho‘tka shaklida bo‘lgan o‘xshash qurilma, namunalarni (120 ± 2) mm ga siljishini ta’minlaydi. CHo‘tka |(60 x 40) g 2| mm o‘lchamli metall blok shaklida bo‘ladi va ikki variantda tayyorlanishi mumkin:


  • CHo‘tka uzunligi bo‘ylab bir-biridan (1,65 ± 0.05) mm masofada joylashgan 880 teshikli, ularning xar biriga (16.0 ± 0,5) mm chiqib turadigan tola joylanadi:

  • 22 teshikli, ular bir-birisidan (10.0 ± 0.5) mm masofada joylashib (16.0 ± 0,5) mm chuqurlikka ega bo‘ladi, xar biriga 40 tola joylanib, ular (16,0 ± 0,5) mm balandlikka ega.

Tolalar 2 sinf diametri 0,2 mm bo‘lgan po‘lat prujina simdan tayyorlangan, normal aniqligi GOST 9389 bo‘yicha.

YOg‘ochdan yoki boshqa materialdan bo‘lgan |(60 x 40) x 2| mm o‘lchamli blok shaklidagi cho‘tka ishlatishga ruxsat beriladi, bunda unga jun tarash mashinalari uchun 14 nomerli 1,2,3 ignali tasma ildirilishi mumkin.

Ruxsat etilgan xatoligi 0,02 g bo‘lgan laboratoriya tarozilari.

Sekundomer.



Bo‘linishi 1 mm bo‘lgan metall lineyka.



Rasm – 4. Sinov uskunasi rasmi

Sinovni olib borishga tayyorlash tartibi

Ko‘ndalang yo‘nalishda kesilgan |( 170 x 50) ± 1| mm o‘lchamli uchta namunada sinovlar olib boriladi.

Namuna tortiladi (m26) va siquvchi vintlar bilan harakatchan karetkaga sepiluvchini yuqoriga qaratib mahkamlanadi. Massasi (2,0 ± 0,1) kg yuk o‘rnatiladi va ushlagichni aylantirish yo‘li bilan namunali plastina yukli cho‘tka ostida bir vaqtda qarama-qarshi yo‘nalishlarga xarakatlantiriladi. Qarama-qarshi yo‘nalishda bir siljish vaqti — (30 ± 1) s. Sinovdan keyin namuna qolgan sepiluvchidan tozalash uchun silkitiladi va tortiladi (t27).

Sinov natijalarini qayta ishlash qoidalari

Namunaga sepuvchini yo‘qotishni grammlarda (P) formuladan hisoblaymiz

П = m26 –m27

Bu erda t26 — namunani sinovgacha massasi, g,



t27 — namunani sinovdan keyingi massasi, g.

natijalar 0,1 g gacha yaxlitlanadi.

3.28. Rulonli ma’lumotli massasini aniqlash

Rulonli ma’lumotli massasini tarozida 0,5 kg aniqlikda tortadilar.

3.30. YOng‘in xavfli ko‘rsatkichlarini aniqlash

YOnuvchanligi va yonuvchanlik guruhlari GOST 30244 bo‘yicha aniqlanadi, alangani tarqalish guruhi —GOST 30444, alangalanish guruhi —GOST 30402 bo‘yicha[37].



Sinovlarni rasmiylashtirish qoidalari

Ma’lum tur mahsulot uchun ND da ko‘rsatilgan talablarga mos ravishda sinov bayonnomasida ushbu standartga ilova qilgan xolda quyidagilar ko‘rsatiladi:

1) ND bo‘yicha sinalgan material nomi;

2) tashqi ko‘rinishi – qadoqlanishi va markasi, yon tomonlari tekisligi, sepiluvchini tekis taqsimlanganligi, yopishishni, teshiklarni, zar ketish, yirtilish va burmalar bor yoki yo‘qligi, rulondagi polotnolar soni, yirtilish uzunligi;

3) chiziqli o‘lchami va yuzasi – uzunligi metrda, eni va qalinligi millimetrda, yuzasi kvadrat metrda:

4) cho‘zishda uzilish kuchi nyutonda (kilogramm-kuchda), shartli mustahkamligi megapaskalda (kilogramm-kuch kvadrat santimetrga), shartli kuchlanish megapaskalda (kilogramm-kuch kvadrat santimetrda), nisbiy va nisbiy qoldiq cho‘zilish foizda;

5) statik bosishga qarshiligi — bosim kamida 0,001 MPa (0,01 kgs/sm2) bo‘lganda 24 soat sinashda namuna sirtida suv borligi (yoki yo‘qligi);

6) dinamik bosishga qarshiligi — bosim kamida 0,001 MPa (0,01 kgs/sm2) bo‘lganda 24 soat sinashda namuna sirtida suv borligi (yoki yo‘qligi);

7) polimer materiallarni yirtishga qarshiligi;

8) Shor A bo‘yicha qattiqligi shartli birliklarda;

9) Egiluvchanligi — namuna sirtida darz ketishlar borligi (yoki yo‘qligi);

10) massa bo‘yicha foizda suv yutishi;

11) suv o‘tkazmasligi — namuna sirtida suv borligi (yoki yo‘qligi);

12) issiqlikka chidamliligi — qoplovchi tarkibda pufaklar va siljishlar borligi (yoki yo‘qligi);

13) qizdirishda chiziqli o‘lchamlarni o‘zgarishi foizda;

14) qizdirishda massa yo‘qotishi foizda;

15) kvadrat metrga grammda qoplovchi tarkib massasi va to‘ldiruvchini miqdori foizda;

16) absolyut quruq asosning kvadrat metrga massasi va shimdirilgan bitum massasini absolyut quruq asos massasiga nisbati;

17) standart namlikda kvadrat metrga grammlarda asos massasi;

18) bog‘lovchini massasi grammda kvadrat metrga, asosning massasi kvadrat metrga grammda va shishatolali asosda bog‘lovchi materialda to‘ldiruvchi miqdori foizda;

19) suyuqlanuvchi tomonda bog‘lovchining massasi kvadrat metrga grammda;

20) bog‘lovchining massasi kvadrat metrga grammda va folgoizol tipidagi materiallarda bog‘lovchini yumshash harorati gradus Selsiyda;

21) bitum tarkibni eruvchan qismini kvadrat metrga grammdagi massasi;

22) 1 m2 materialni grammdagi massasi;

23) qoplovchi tarkibni va bog‘lovchini gradus Selsiydagi mo‘rtlik harorati;

24) qoplovchi tarkibni yumshash harorati gradus Selsiyda;

25) namunaga sepuvchini yo‘qotilishi grammda;

26) suvga to‘yingan materialni uzilish kuchini pasayishi foizda;

27) sepuvchining yorug‘likka chidamliligi — rang o‘zgarishini borligi (yoki yo‘qligi):

28) shimilish to‘laligi — shimdirilmagan asosni ochiq qatlamlari va begona qo‘shimchalar borligi (yoki yo‘qligi);

29) yonuvchanligi;

30) sinov o‘tkazilgan sana va joyi.

31) Sinovni ruxsat etilgan xatoligi

Sinov usullarini ruxsat etilgan xatoligi – 10% [38]



IV. GOSSIPOL SMOLASI, TALK, KAOLIN TIZIMIDA GIDROIZOLYATSION BITIM OLISHNING LABARATORIYA REGLAMENTINI YARATISH BORASIDA TADQIQOTLAR
Menga berilgan ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishdan oldin laboratoriya uskunasini va xom asholarni yig’dim.Bunda menga kerakli bo’lgan asboblar quyidagicha: Tajriba ishim uchun lozim bo’lgan ashyolar: Gossipol smolasini suvsizlan-tirishimiz uchun idish, tarozi, termometr, elektroplitka, aralashtirgich, qumli hammom xom ashyo o’lchash uchun idishlar. Tajriba ishim uchun zaruriy xom ashyolar: Gossipol smolasi, kalsiy oksid, dalomit, talk, kaolin. Men uchun zarur bo’lgan reaktivlarni “Xorazm antikorr invest” korxonasining ilmiy ishlab chiqarish laboratoriyasida topishga muvaffaq bo’ldim. Zaruriy xom ashyolar xammasi maxalliy xom ashyo xisoblanganligi sababli topib keltirishda qiyinchilikka duch kelmadik. Jumladan talk va kaolinni, Gossipol smolasi Urganch yog’-moy AJ ti chiqindisi xisoblanadi.
Tajriba 1. Gossipol smolasini suvsizlantirish bo’yicha tadqiqotlar

Tajriba uchun Urganch yog’-moy kombinatidan keltirilgan gossypol smolasini suvsizlantirish jarayonini o’rgandim. Urganch yog’-moy korxonasi tarkibida hosil bo’ladigan gossipol smolasida 10-15% ba’zan 20% gacha namlik bo’ladi. GOST 18-114 tarmoq standartiga asosan gossypol smolasida namlik 4% dan oshmasligi kerak. Gossypol smolasini quvurlar orqali tashilishini osonlashtirish maqsadida o’tkir bug’ ishlatiladi. Ushbu bug’ni kondensatsiyalashishi hisobiga gossipol smolasi tarkibidagi namlik oshib ketadi. Shuning uchun gossypol smolasidan foydalanishda uni suvsizlantirish talab qilinadi, aks holda uni tarkibidagi suv miqdori reaksiyaning borish mexanizmini va tayyor mahsulot sifatini buzadi. Bu jarayon ko’p vaqt talab qiladi. Suvsizlantirish jarayoni spesifik holatlarni o’rganish maqsadida biz uni suvsizlantirishni ilmiy tadqiqotimizda ko’rib chiqdik. Adabiyotlar tahlilidan kelib chiqib gossypol smolasini tarkibini yetarlicha o’rgandim. Bunga ko’ra gossypol smolasida 12% azot saqlovchi moddalar, 36% gossypol smolasi o’zgarish mahsulotlari va qolgan qismi yog’ va oksi yog’ kislotalaridan iborat ekanligini bildim. Gossipol smolasini suvsizlantirish jarayoni 500 gr miqdorda namuna olinib qum hammomida o’tkaziladi.Tadqiqotlarda har 10 daqiqadan haroratni o’zgarishi qayd qilib boriladi. Bunda tarkibni harorati 30 daqiqa o’tgandan keyin 55°C ni tashkil qiladi. Urganch yog’-moykombinat gossipol smolasini suvsizlantirishni o`rganish natijalarimni quydagi jadvalda keltirdim.



Jadval 2

Urganch yog’-moy kombinat gossipol smolasini suvsizlantirishni

o’rganish natijalari




Xarorat (oC)

Yo’qotishlar (%)

Kuzatishlar natijasi

1

50

0,9

Suv bug’larini kuchsiz chiqishi

2

60

1,3

Suv bug’larini boshlang’ich chiqishi

3

70

2,3

Suv bug’larini chiqishi

4

80

3,7

Suv bug’larini chiqishi

5

90

9,6

Suv bug’larini chiqishi

6

100

13,5

Past qaynash

7

110

15,4

Qaynash

8

120

16,3

Bir maromda qaynash

9

130

17

Kuchli qaynash

1

140

17

Kuchli qaynash

Yuqoridagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida tubandagi grafikni chizdim




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling