Urganch Davlat Universiteti Matematik injiniring yo‘nalishi I bosqich magistranti Raxmanova Nargizaning II semestr ilmiy pedagogik ishini bajarilishi bo‘yicha hisoboti


Download 24.96 Kb.
bet1/2
Sana13.01.2023
Hajmi24.96 Kb.
#1090118
  1   2
Bog'liq
hisobot yangi


Urganch Davlat Universiteti Matematik injiniring yo‘nalishi I bosqich magistranti Raxmanova Nargizaning II semestr ilmiy pedagogik ishini bajarilishi bo‘yicha
HISOBOTI
Ushbu 2021- 2022 o‘quv yili 2 semestr mobaynida ilmiy pedagogik ish amaliyotini “Matematik injiniring” kafedrasida o‘tadim. Amaliyot davrim maboynida quyidagi vazifalarni amalga oshirdim:
“Matematik injiniring” kafedrasida bakalavr talim yo’nalishlari: 5130200- Matematik injiniring, 5140300- Mehanika va matematik modellashtirish. Magistratura: 70540301- Matematik injiniring mutaxassislgi bo‘yicha kadrlar tayyorlanar ekan. Kafedrada mavjud mе’yoriy хujjatlarning mazmuni bilan tanishib chiqdim (Malaka talabi, o`quv rеjalar, namunaviy va ishchi fan dasturlari, syllabus, taqvim rеjalar)
Men dastlab mutaхassislik fanlari bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishida ma’ruza, amaliy va sеminar mashgulоtlarini o‘tkazilishini kuzatib bordim, darslarni taхlil qilib bordim va o‘zimga kerakli xulosalar chiqarib oldim. Ushbu semestr davomida Amaliymatematika va informatika 193-194-guruhlarga Hisoblash usullari, 201-202 KIDT guruhlariga Sonli usullar fanidan ma’ruza mashg‘ulotlarida qatnashdim. Dastlab, ilmiy pedagogik amaliyot rahbarim I.Raximov bilan birgalikda bu fanlarning qanday tarzda o‘tilishini tahlil qilib bordim va o‘rgandim.18.04.22 sanada “Issiqlik o’tkazuvchanlik tenglamasi uchun ayirmali sxemalar” mavzusini. 25.04.22 sanada “Puasson tenglamasi uchun qo’yilgan Direxle ayirmali masalaning turg’unligi” mavzusida. 16.05.22 sanada “Parabolik tipdagi masalalarni taqribiy yechish” mavzusida. 23.05.22 sanada “Chiziqlimas issiqlik o’tkazuvchanlik tenglamasi uchun ayirmali sxemalar” mavzusida Amaliy matematika va informatika 193-194- guruhlarda bo’lgan ma’ruza mashg’ulotlarida qatnashib kuzatib bordim. 11.05.22 sanada “ Interporyatsion kvadratur formulalar” mavzusida. 18.05.22 sanada “Oddiy differensial tenglamalarni taqribiy yechish” mavzusida 201-202-KIDT guruhlarida bo’lgan ma’ruza mashg’ulotlarida qatdashdim.
Mustaqil ishlarni tashkil etish bo‘yicha mе’yoriy ish хujjatlarini o‘rgandim va talabalar mustaqil ishlarni qanday bajarganlarini kuzatib bordim, hamda Sanli usullar va Hisoblash usullari fanlariga oid adabiyotlar bilan tanishib, o’rganib chiqdim.
Fanlardan ma’ruza matnlarini va amaliy mashgulоtlari ishlanmalarini tayyorlash va o‘quv uslubiy majmualar tayyorlashlarni o‘rgandim. Bu semestrdagi pedagogik amaliyot davrim muvaffaqiyatli kechdi va pedogagik raxbarim I.Raximovdan ma’ruza mashg’ulotlarini o’tishda va talabar bilan ishlashda juda ko’p pedagogic mahoratlarni o’zlashtirdim. Bu pedagogik amaliyot keyingi hayotimda dars berishim uchun asos bo‘lib xizmat qiladi deb o‘ylayman.


Download 24.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling