Urganch davlat universiteti mustaqil ish
Download 213.58 Kb.
|
Mustaqillik yillari o‘zbekistonda sug‘urtani rivojlanish bosqich
1992-1994-yillarda iqtisodiyotning barcha bo‘g‘inlarida monopoliyaga barham berilish va xususiylashtirish jarayoni kuchayishiga qaramasdan, O‘zbekiston sug‘urta bozorida davlat sug‘urta muassasalarining ustunligi saqlanib qoldi. Mamlakatning shahar va qishloq joylaridagi asosiy sug‘urta operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi davlat sug‘urta Bosh boshqarmasi va uning joylardagi bo‘linmalari tomonidan amalga oshirildi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 1992-yilda davlat sug‘urta tashkilotlari tomonidan jami 2415,1 mln. rubl miqdorida sug‘urta badallari yig‘ib olingan. Bu ko‘rsatkich 1991-yilda yig‘ib olingan sug‘urta badallaridan uch marta ko‘pdir. Agar, ushbu davrda sug‘urta badallari tarkibini chuqurroq tahlil qiladigan bo‘lsak, umumiy hajmda shaxsiy sug‘urtaning ulushi kam ekanligini ko‘ramiz. Xususan, 1991-yilda sug‘urta badallarining umumiy hajmida shaxsiy sug‘urtaning ulushi 38,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1992-yilda bu ko‘rsatkich – 16,2 foizni tashkil etdi. Buning asosiy sababi, pulning qadrsizlanishi va o‘sha paytda ijtimoiy- iqtisodiy hayotda ro‘y bergan tangliklar bilan bog‘liqdir. Shaxsiy sug‘urta turi bo‘yicha 1990-yilda 6915,9 ming shartnomalar tuzilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1992-yilda 2624,0 mingni tashkil etdi yoki shartnomalar soni 2,6 martaga kamaydi.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, yuridik shaxslarning mol-mulkini ixtiyoriy sug‘urta qilish iqtisodiy nuqtai-nazardan samarali hisoblanadi. Chunki, iqtisodiy islohotlarning mohiyati ham ko‘proq korxonalarni moliyaviy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan o‘zaro bog‘langan chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirish bilan chambarchas bog‘liq. Bunday chora-tadbirlardan biri korxonalarni mol-mulkini ixtiyoriy sug‘urta qilishdir. 1992-yil statistik ma’lumotlariga ko‘ra, davlat sug‘urta organlari tomonidan yig‘ib olingan jami sug‘urta badallari hajmida mol-mulk sug‘urtasining ulushi keskin kamayib ketdi. Download 213.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling