Urganch davlat universiteti oilaviy hayot adaptatsiyasi potensiali ijtimoiy-psixologik tadqiqot predmeti
Download 346.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Uslubiy qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- R.S.Razakova ,2023. ISBN: 978-9943-9163-8- 8 © “Khwarezm travel” nashriyoti, 2023.
Mas’ul muharrir: B.Nurullaeva ps.f.n.dotsent.,
Taqrizchilar: D.A.Urazbaeva – UrDU, ps.f.d.dotsent., N.SH.Umarova – TDPU, Amaliy psixologiya kafedrasi mudiri, ps.f.d.(DSc), dotsent Ushbu uslubiy qo`llanma Urganch davlat universiteti ilmiy-uslubiy kengashning 2023 yil 16-fevral 3-sonli yig`ilish qaroriga binoan nashr etishga tavsiya etilgan. © R.S.Razakova,2023. ISBN: 978-9943-9163-8- 8 © “Khwarezm travel” nashriyoti, 2023. 3 K I R I S H Jahonning rivojlangan mamlakatlarida oilaviy hayot psixologiyasini nikohgacha bo‘lgan munosabatlar doirasida o‘rganish, psixologik maslahatlar berish hamda oilaviy psixoterapiya sohasini rivojlantirishga xizmat qiladigan tadqiqotlarga bo‘lgan muayyan ehtiyoj tobora ko‘proq sezilmoqda. Hozirgi davrda butun dunyoda oila instituti, oilaviy munosabatlar, oila qurish va ajrimlar masalasi turli mamlakatlarda turlicha manzarada namoyon bo‘lmoqda. Shu nuqtai nazardan bugungi kunda oilaviy munosabatlar va nikohdan qoniqqanlik sifatining yomonlashuvi natijasida erkak va ayollarning adaptatsiya imkoniyatlarining pasayishi muhim ahamiyat kasb etadi. Dunyo miqyosidagi psixologik tadqiqotlar tahliliga ko‘ra, oilaviy munosabatlar va nikohdan qoniqish sifatining yomonlashuvi, erkaklar va ayollarning bir-birlariga adaptatsiya imkoniyatlarining pasayishi qayd qilinmoqda. Bundan tashqari, hayotiy tajriba va xalqaro ilmiy tadqiqotlar isbotlaganidek, ko‘pgina hollarda oilaviy faoliyatning buzilishi, ajrashish, hammadan oldin qizlarda hissiy soha buzilishlarini, davomli ruhiy zo‘riqishni kuchaytiruvchi turli aksentuatsiyalar rivojlanishining kuchli va ruhiy jihatdan tuzatish qiyin bo‘lgan omiliga aylanmoqda. Shu bois oilaviy hayot uchun nomuvofiq individual-ruhiy xarakteristikalar, ularning lozim bo‘lgan o‘zaro munosabatlarga tayyorligi darajasi o‘rganilishiga qaramasdan, bevosita qizlarning oilaviy hayotga adaptatsiyasi xususiyatlari hamda oilaviy hayot adaptatsiyasi potensialini ijtimoiy-psixologik tadqiqot predmeti sifatida o‘rganish ushbu tadqiqotlarning muhim dolzarb yo‘nalishi hisoblanadi. Mamlakatimizda bugungi kunda nikoh profilaktikasi, uning lozim darajada faoliyat ko‘rsatishi, shuningdek, qizlarning ruhiy jihatdan salomatligini ta’minlashning ham dolzarb yo‘nalishlaridan biri ularning oilaviy hayotga adaptatsiyasining samarali xususiyatlarini ishlab chiqishdan iboratdir. Respublikamizda oilaga va birinchi navbatda, onalikka psixologik tayyorlashning zarurligiga davlat ahamiyati darajasida e’tibor qaratilib, zamonaviy oilani mustahkamlash va rivojlantirish masalalari bo‘yicha 4 fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish, oilaning tarbiyaviy- ta’lim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda an’anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash, qizlar oilaviy hayotga adaptatsiyasining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini hamda oilaviy hayot adaptatsiyasi potensialini ijtimoiy-psixologik tadqiqot predmeti sifatida o‘rganish dolzarb muammo sifatida ko‘riladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF- 4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi, 2018 yil 2 fevraldagi PF-5325-son “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari, 2018 yil 27 iyundagi PF-3808-son “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, 2020 yil 18 fevraldagi PQ-4602-son “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1 gi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarga oid beshta tashabbusi” 2 dasturlari doirasida belgilangan keng ko‘lamli strategik chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan vazifalarni hal etishga, mamlakatda oila institutini mustahkamlash bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirishda ushbu uslubiy qo‘llanma muayyan darajada xizmat qiladi. Download 346.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling