Urganch davlat universiteti oilaviy hayot adaptatsiyasi potensiali ijtimoiy-psixologik tadqiqot predmeti
Muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz oilaviy hayotning o‘ziga xos
Download 346.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Uslubiy qo\'llanma
2. Muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz oilaviy hayotning o‘ziga xos
xususiyatlari Tajriba shuni ko‘rsatadiki, oilaviy hayotning muvaffaqiyatliligi oilaviy munosabatlarga quyidagi nuqtai-nazardan berilgan bahoni o‘zi ichiga qamrab oluvchi kompleks integral ko‘rsatkich bo‘ladi: jamiyat va oilaning ijtimoiy tizimgacha tortilganligi; oilaning yuzaga kelish va rivojlanishi jarayonida uning uyg‘un va vazifaviy faoliyat ko‘rsatishi; oila a’zolarining shaxs sifatida o‘zligining yuqori darajada namoyon bo‘lishi, ular o‘rtasida etuk shaxslararo munosabatlarning o‘rnatilishi. 15 Birinchi o‘rindagiga muvofiq oilaviy asosiy ijtimoiy vazifalarning (farzand ko‘rish va tarbiyalash) va nikohning mustahkamlik darajasi tahlil qilinadi. Ikkinchi va uchinchi o‘rindagilarga muvofiq a’zolarning birgalikdagi hayotdan qoniqishi va oilada er-xotinlarning va farzandlarning shaxsan uyg‘un rivojlanishi uchun sharoitning mavjudligi qarab chiqiladi [12]. Xususan, oilaviy-tizimli va ekzistensial-insoniy tarkibiy qismlari, nikoh tizimi faoliyat ko‘rsatishi jarayonining, uning muvaffaqiyatliligi asosida yotuvchi, psixologik tomonlari bo‘ladi. Bundan tashqari, oilaning mustahkamligini o‘rganishga bo‘lgan bir qancha asosiy yondashishlarni ajratish mumkin. Masalan bir qator olimlar oilaning ijtimoiy institut sifatidagi ahamiyatining umumiy pasayishiga ta’sir ko‘rsatuvchi bir qator ijtimoiy-psixologik makrojarayonlarni tahlil qiladilar va ajratib ko‘rsatadilar: shaharlar aholisining qishloqlar aholisi hisobiga ortishi; aholining ko‘chishi; referent guruh tomonidan individning xulqi ustidan nazoratning susaytirilishi; shahar hayot tarzining anonimligi; me’yorlar va an’analar tashqi ta’sirining susayishi. Oila mustahkamligi xususiyatlarini tahlil qiluvchi ba’zi bir nazariyalar uning mustahkamligini er-xotinlarning shaxslararo munosabatlarini baholash orqali aniqlaydilar. Mustahkam oilaviy hayot deganda shunday ittifoq tushuniladiki, bunda xar ikkala sheriklar birgalikdagi hayotdan ko‘ngillari to‘q bo‘lsin. Ya’ni, mustahkamlik sheriklar ehtiyojlarining qoniqish yoki qoniqmaslik mezoni orqali qarab chiqiladi, bunda ayollarda asosan hissiy yaqinlik, qadr-qimmatini va o‘zining shaxs sifatida muhimligini sezish, o‘zaro yordam va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan ehtiyojni ajratadilar [14]. S.M.Sopun, A.G.Liders o‘tkazgan tadqiqot natijalari bo‘yicha, nikohdan qoniqishning yuqori ko‘rsatkichlariga ega oilalarga xos bo‘lgan uchta asosiy xususiyatlarni (ko‘nikkanlik, intimlik, avtonomlik) ajratib ko‘rsatadilar. 16 Nikohdagi sheriklarning qiziqishlari oilaviynikiga qaraganda kengroqligida, ulardan har birining ehtiyojlari va muloqot doirasi esa nikoh chegarasidan tashqariga chiqishida namoyon bo‘ladigan er-xotinlik avtonomiyasi (mustaqilligi) oilaviy munosabatlarning rivojlanish va shakllanish xususiyati bo‘ladi. Bundan tashqari, olimning fikricha, ayol turmushga chiqqan nikohning muvaffaqiyatliligi va yosh o‘rtasidagi bog‘liqlik kuzatiladi, erta yoshda tuzilgan nikohlarningbir qator mustahkam emasligi aytiladi. “Ajrashish arafasida”gi er- xotinlar guruhlardagi 21 yoshgacha turmush qurgan shaxslar soni muvaffaqiyatli oilalar guruhlardagiga qaraganda sezilarli darajada ko‘p. Erta yoshda turmush qurish va nikohdan qoniqmaslik o‘rtasidagi mustahkam bog‘liqlik yosh ayollarda kuzatiladi, chunki ular o‘zlarining oilaviy hayot to‘g‘risidagi romantik tasavvurlari va borliqning bir-biriga mos kelmasliklarini qiyinchilik bilan o‘tkazadilar. Ya’ni, ularning tasavvurida oilaviy hayot ko‘proq darajada, avvalo, ishqiy kechinmalar bilan bog‘lanadi, amaldagi hayotda esa ular muayyan har kungi majburiyatlarni bajarish zarurati bilan to‘qnashadilar [15]. T.R.Kirimov er-xotinlarning millati va diniy qarashlari ham oilaviy hayotning mustahkamligiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblaydi. Masalan, nikoh-oilaviy munosabatlar sohasidagi milliy an’analar va me’yorlar, sheriklarning diniy qarashlari ajralishlar darajasi bilan bog‘liq. SHu vaqtning o‘zida olim tomonidan ko‘rsatilgan mezonlarning ayollar oilaviy hayotdan qoniqishi bilan aloqasi ajratib ko‘rsatiladi, shu ham ta’kidlanadiki, ko‘rinishidan, ijtimoiy madaniy asos va xaqiqiy er-xotinlik munosabatlarining ayolning oiladagi roli to‘g‘risidagi tasavvuriga mos kelishi juda katta ahamiyatga ega. E.M.Mavlonovaning fikricha nikohdagi sheriklarning ma’lumot darajasi bir xil bo‘lgan oilalar eng mustahkam bo‘ladi. Bunda xotinning ma’lumoti erinikidan ustun bo‘lgan oilalar kamroq darajada mustahkam bo‘ladi. Tadqiqotchilar bu faktni oliy ta’lim olgan ayollar erkakka ma’naviy muloqot, mazmunli dam olish, oiladagi munosabatlar xarakteri nuqtai-nazaridan yuqori darajadagi talablarni qo‘yishi bilan izohlaydi. Ular ko‘pgina hollarda oilaviy 17 munosabatlarning shunday modeliga amal qiladilar, bu esa hamma vaqt ham erkakning kutganiga mos tushavermaydi. Olim nikoh tushunchasiga o‘zining munosabatlarini nikoh sifatida qaraydigan, oilalilik uning belgisi bo‘ladi, jinsiy munosabatdagi sheriklar o‘rtasidagi ittifoq, kabi oydinlik kiritadi. Nikoh deviatsiyalarini (lot. deviatio — og‘ish) o‘rganish natijalari fuqarolik nikohining tarqalganini, shuningdek, zamonaviy jamiyatning sezilarli qismi bunday nikohni tabiiy og‘ish deb hisoblashini ko‘rsatadi. Bunda zamonaviy nikohlardagi, ayniqsa fuqarolik nikohlaridagi qarindoshlik hissi jiddiy pasayadi. Biroq, oilaning shakllanish jarayonida shaxsiy o‘zgarish bir nechta davrlar davomida yuz beradi. SHunday qilib, faqat rasmiy, ishq-muhabbatga asoslangan, ya’ni muvaffaqiyatli nikoh me’yor hisoblanadi. Nikohning qolgan barcha shakllari me’yordan og‘ish, ya’ni muvaffaqiyatsiz hisoblanadi. Iqtisodiy omillar oilaning mustahkamligiga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Odatda, er-xotinlarning, shuningdek qarindoshlar va referent guruhlarning oila byudjeti qanday bo‘lishi, byudjetning taqsimlanish jarayoni muhim rol o‘ynaydi. Bo‘lajak nikohdagi sheriklar turlicha mulkka egalar, shu sababli ham nikohning iqtisodiy holati ham o‘zgaradi. Oilaviy hayotning mustahkamligi va davomiyligini saqlash uchun uni borligicha qadrlash lozim. Jumladan, nikohdagi juftliklarni ajralishlardan oldingi so‘rovlar shuni ko‘rsatadiki, ulardan sevib turmush qurganlarining ko‘pchiligida muxabbatning yo‘qolishi ajrashishning sababi deb ko‘rsatadi. Bir qator holatlarda (ayniqsa erta yoshdagi nikohlarda) kognitiv (eksperimentga asoslangan) soddalik, er-xotinlarning nikohga, bir- birlariga nisbatan tasavvurlarining yassilanishi, yuqori darajadagi rolni kutish va boshqalar kuzatiladi. Bundan tashqari, ajrashishga olib kelgan, muvaffaqiyatsiz nikohlar ko‘pincha ilojsiz holatlarda (ijtimoiy me’yorlarning ta’siri ostida) qurilgan yoki nikohdagi sheriklarning shaxsiy etuk emasligining oqibati bo‘ladi. Shunday sabablar orasidan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: homiladorlik; ona uyini tark etishga intilish; 18 o‘zining moddiy ahvolini yaxshilash istagi va b. V.F.Suxov tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda ota-ona oilasining nikoh munosabatlari xarakteriga ta’sir ko‘rsatadigan o‘ziga xos xususiyatlari keltiriladi. Masalan, sheriklar o‘z ota-onalarining shaxslararo munosabatlar namunasini u yoki bu darajada o‘zlashtiradilar va yangi oilada bu modellar to‘liq ishlatilmasada, ularning ta’siri juda katta. Olimning ma’lumotlariga qaraganda, erkak va ayollarning yarimidan qo‘prog‘i ota-onalarining oilaviy hayotini o‘zlari uchun namuna hisoblaydilar. Buzilgan oilalardan chiqqan yoshlar nikohga kirayotib ko‘pgina hollarda oilaviy hayotga tayyor bo‘lmaydilar, chunki ular ijobiy oilaviy o‘zaro munosabatlarning namunasiga ega bo‘lmaydilar va yaxshi holatda, qanday qilmaslik kerakligini tushunadilar. L.P.Bogdanova, ota-ona oilasi ta’sirining boshqa tomoni sifatida shaxsning bolaligi o‘tgan sharoitlarni ajratadi. Masalan, oilada yakka bo‘lgan farzand nikoh munosabatlariga kirishda qiyinchilik sezishi mumkin. Shuningdek, olim tomonidan aniqlanganki, oiladagi yagona bola bo‘lgan xotinlar va singillarsiz tarbiyalangan erkaklar, ajrashishga ko‘proq moyillar. Bundan tashqari, ota-onalarning bolalarning nikohga kirish to‘g‘risidagi qarorlariga munosabati ham oilaviy hayotdagi munosabatlarning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omil hisoblanadi. O‘tkazilgan tadqiqot ko‘rsatadiki, ajrashgan er-xotinlarning sezilarli qismi bu to‘g‘risida ota-onalariga bildirmasdan yoki ularning e’tiroziga qaramasdan nikohga kirganlar. Muvaffaqiyatsiz oilalarda er-xotinlarning ota-onalari muvaffaqiyatli oilalardagiga qaraganda farzandlarining nikohiga bir necha marta ko‘proq qoralab munosabat bildirganlar. Ajrashayotgan juftliklarning har uchinchisi nikoh qurish vaqtida olti oydan kam muddatda tanish bo‘lganlar. Oilaviy hayotdagi o‘zaro munosabatlar er va xotinning mahkamlangan rollariga emas, balki nikohdagi sheriklarning shaxsiy o‘ziga xosliklariga asoslangan sharoitlarda, kelajakdagi sheriklar bir-birlarini o‘rganadigan davrning davomiyligi alohida ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, juda uzok davom etgan tanishishdan keyin qurilgan nikoh ittifoqi ham oila qurish paytida 19 munosabatlarning hissiyotliligining pasayishi sababli ham mustahkamligi bilan ajralmaydi [16]. E.M.Solomatinning fikricha, nikohgacha bo‘lgan jinsiy munosabatlar nikoh ittifoqining mustahkamligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan omil bo‘lmaydi. Shu bilan bir vaqtda kelajakdagi oilaviy hayotning muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun nikohgacha homiladorlik yuqori darajadagi xavfli omil sifatida maydonga chiqadi, chunki u e’tibor qaratish va er-xotin o‘zaro hamkorligining kelajakdagi modellarini kelishib olish davrini qisqartiradi. Bunday nikohlar ko‘pincha sevgisiz va mos kelmaydigan sherik bilan quriladi. Ota-onalar tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yo‘qligida ular iqtisodiy jihatdan mustahkam emas. Bundan tashqari, erkak oilaviy majburiyatlar bosimidan norozi, xotin esa bola tarbiyasi bo‘yicha yukdan azob chekadi va erkak bilan munosabatlarning hissiy tomoniga kamroq e’tibor qaratadi. G.M.Vladov muvaffaqiyatsiz oilaviy hayotning eng keng tarqalgan asosiy o‘ziga xosliklari sifatida quyidagilarni ajratadi: oilaviy munosabatlardagi buzilishlar; oilaviy hayot maqsadlari va qoidalarining kelishilmaganligi; oilaviy rollarning samarali taqsimlanishining buzilishi; er-xotinlik o‘zaro munosabatlardagi raqobatning dolzarblashuvi; oila a’zolari ehtiyojlarining qondirilishidagi susayish; oila rivojlanishiga yo‘nalishning mavjud emaslik va ham har bir alohida oila a’zosining, ham umuman oilaninghayotidagi o‘zgarishlarga tayyor emaslik; muloqotdagi axborot va interfaol elementlarining yopiqligi; oilaviy majburiyatlar bajarilishining past darajasi [17]. S.M.Leonov oilaviy hayotdagi er-xotinlik o‘zaro hamkorligining buzilish sohalarini aniqlash mumkin bo‘lgan bir qator mezonlarni ko‘rsatadi: oiladagi mavqe’da kelishmovchiliklar; oilada axloq qoidalari tizimi; individualizm ko‘rsatkichi; yaqinlik va uzoqlashish tamoyillarining mutanosibligi; 20 mustaqillikning yo‘l qo‘yilgan darajasi; shaxsiy javobgarlik, huquq va majburiyatlarga bo‘lgan munosabat; shaxsiy avtonomlik (hududiy; hissiy; moddiy); oiladagi erlik indeksi (maskulinnost – mujestvennost) (oila a’zolari harakatlarining o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, himoyalash va yordam berish bo‘yicha tarqalganligi, ya’ni oilaviy guruhning jamoaviylik darajasi aniqlanadi, shu bilan bir vaqtda erlik indeksi oila ichidagi muammolarni hal qilishda erkaklar tomonidan kuch ishlatish uslublarining qo‘llanish miqdorini aniqlash imkonini beradi). V.T.Kondrashenko, D.I.Donskoy, S.A.Igumnovlar muvaffaqiyatsiz, qiyinlashgan oilaviy hayot doirasida, birinchi navbatda, nikohdagi juftlikning shaxsiy va ma’naviy o‘sishda bir-biriga bo‘lgan ehtiyojlarni kanoatlantira olishga qodir emasligini ajratadilar. Muammoli munosabatlarning boshqa belgilari orasidan quyidagilarni ajratadilar: oila a’zolarini aniq shaxsiy chegaralarining mavjud emasligi; zo‘ravonlik ko‘plagan tarzda namoyon bo‘lishi; oila a’zolarining bir-birlarini ochiq-oydin va niqoblangan holda asramasliklari; yetarli darajada shakllanmagan empatiyada, refleksiyada, taalluqli qayta aloqa o‘rnatish ko‘nikmalari mavjud emasligida namoyon bo‘ladigan past darajadagi psixologik madaniyat [18]. Shunday qilib, yuqorida keltirilganlardan kelib chiqib, oilaviy hayot sifati ko‘rib chiqilgan zamonaviy nazariyalarning ko‘pchiligi uning muvaffaqiyatliligini nikohdagi sheriklarning, farzandlarning va taalluqli qarindoshlarning shaxslararo munosabatlarini baholash orqali aniqlaydi, deb xulosa chiqarish mumkin. Muvaffaqiyatli, mustahkam oilaviy hayot deganda alohida munosabatlar va aloqalarning shunday tizimi tushuniladiki, ularda uning a’zolari birgalikdagi turmushdan rozilar. Ya’ni, muvaffaqiyatlilik, kattaroq darajada shaxslararo munosabatlar, oila a’zolari, ular orasida, odatda, ayol 21 jinsidagi nikohdagi sherik asosiysi sifatida hissiyisitish, qadr-qimmatini va o‘zining shaxs sifatida muhimligini sezish, o‘zaro yordam va o‘zaro qo‘llab- quvvatlashga bo‘lgan ehtiyojni ajratadi, qanoatlantirilgan yoki qanoatlantirilmaganligi nuqtai-nazaridan qaraladi. Bundan tashqari, oilaviy hayotdagi shaxslararo munosabatlar ham muayyan genderlik belgisiga ega, bu esa erkak va ayol ehtiyojlarining bir-biridan farqi to‘g‘risida guvohlik beradi. Oilaviy hayotning muvaffaqiyatliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi eng yuqori ta’sir sohasi sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: muloqot sohasi, ya’ni, odatda, erkak jinsidagi sheriklar ko‘pincha ayol jinsidagi sherikning ularni eshitish qobiliyatidan norozi, ayol jinsidagi sheriklar esa erkak jinsidagi sheriklarning o‘z fikrini va hissiyotlarini ifodalashga qodir emasliklarini aytadilar; janjallarni hal qilish sohasi, ya’ni, odatda, erkak va ayol jinsidagi sheriklar oilaviy hayotdagi janjallarni samarali hal qilish qobiliyatining mavjud emasligini bildiradilar; shaxsiy sifatlarni baholash sohasi, ya’ni, ayol jinsidagi sheriklar, odatda, erkak jinsidagi sheriklarni, ularda turli odatlarga bog‘lanib qolganlik, hissiy jihatdan sezgir emaslik, rashk mavjudligini, etarli darajada ishonchli emasliklarini ta’kidlab, yuqori baholamaydilar. Download 346.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling