Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti maxsus sirtqi: mehnat ta


Download 1.14 Mb.
bet10/12
Sana12.11.2020
Hajmi1.14 Mb.
#144670
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
7.Marhabo 251020122718

Mashina baxya choki kostyumda keng qo`llaniladi. Ular bir necha qator, yirik yoki mayda, asosiy matoni rangida yoki boshqa rangda, to`g`ri yoki figurali bo`lishi mumkin. Bezak choklar chiziqlarni, choklarni, rel’yeflarni, detallarni ko`rinadigan qiladi.

Zamonaviy buyumlarda bezak choklar, ayniqsa, djinsi buyumlarda keng qo`llaniladi – baravariga texnologik (chokni maxkamlaydi) va estetik (edagogi rangli iplardan qilingani bois) funktsiyalarni bajaradi.

XX asrdan boshlab liboslarda trikotaj bezak sifatida keng qo`llana boshladi.

Tabiiy va sun`iy mo`yna, charm va zamsha ustki kiyimda bezak sifatida azaldan qo`llanib keladi.

Tasmalar («v’yunchik», sutaj, lenta, tasma, shnur, kant, shokila, popuk va boshqalar) kompozitsiyaning asosiy g`oyasini ifodalash vositasi bo`libgina emas, balki ular kompozitsion yechimini boyitadi. Masalan, kant kiyim detalini ifodali va ko`rinarli qiladi.

To`rlar libosda faqat bezak funktsiyasini bajaradi. To`r XIV asrda Evropada kashf etilib, deyarli modadan chiqmaydi. To`rlar libosga mayinlik, noziklik va yengillikni baxsh etadi.

To`rlar qo`lda va mashinada to`qiladi. Qo`lda to`qish usullari har xil: ilgak, koklyushka, spitsa va igna bilan. Ular tasviriy mavzulari, eni va chetini ishlanishi bilan farqlanadi. To`r ishlab chiqarish markazlari Frantsiya, Ispaniya, Belgiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarda bo`lgan. Osiyo xalqlar tarixiy kostyumida to`r bo`lmagan.



Applikatsiya matoga har xil rang-barang gazlama bo`laklardan ma`lum bir qomatda qirqib, yopishtirib tikiladi. Applikatsiyalar asosan 6 yoshgacha bo`lgan bolalar kiyimlarida turli mazmun va ko`rinishlarda ifodalanadi. Applikatsiyani turli usullarda yaratish mumkin. Masalan, eng ko`p va keng tarqalgan applikatsiya turi, u qirqilgan pedagoglariga qo`shimcha joylashdan oldin uning ostidan, qirqilgan paket qismini qo`yib joylashtiramiz. So`ngra uning ustiga qog`oz yopib qog`ozning ustidan issiqlik vositasi dazmol yordamida orasiga qo`yilgan yupqa paket erib matolarni bir-biriga yopishtiradi. Qog`ozni olgach applikatsiya sirtini qo`l choki yoki mashinada yo`rmalab chiqiladi. Mashinadagi turli xil ziy choklar, zigzak va har xil naqshinkor choklar applikatsiyaga o`zgacha tarovat bag`ishlaydi. Applikatsiya yopishtiradigan boshqa detallarga ulamasdan bu ish amalga oshiriladi.




Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling