Urganch davlat univеrsitеti pеdagоgika fakultеti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI PЕDAGОGIKA FAKULTЕTI «BОSHLANG`ICH VA MAKTABGACHA TA’LIM MЕTОDIKASI» KAFЕDRASI «ОNA TILI VA ADABIYOTI» FANIDAN O`QUV - USLUBIY MAJMUA (2- kurs) Bakalavriat yo`nalishi: 5111700- Boshlang`ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish Urganch – 2015 2 Mazkur o`quv-uslubiy majmua “BT va STI” yo`nalishi talabalari uchun bakalavrlar tayyorlash o`quv dasturiga asosan yozilgan. Unda ona tili kursi bo`yicha namunaviy dastur, ishchi dastur, taqvim-mavzuli reja, mustaqil ta’lim mavzulari, o`quv kursining texnologik xaritasi, ma’ruza va amaliy mashg`ulotlar ishlanmalari berildi. Majmuada kurs bo`yicha umumiy nazorat savollari va testlar to`plami ham aks ettirilgan. Tuzuvchi: f.fn., dots.Jumaniyozova M. Taqrizchilar: f.f.n, dots. Аtаjanоva A. kat. o’qit. M. Tilavova O`quv-uslubiy majmuani Universitetning _______ yil __________ dagi (bayonnoma №__) ilmiy metodik kengashi chop qilishga tavsiya etgan. 3 M U N D A R I J A 1. O`quv dasturi……………………………………………………………. 4 2. Ishchi dastur……………………………………………………………. 27 3.Taqvim-mavzuli reja…………………………………………………… 35 4.Ta`lim texnologiyasi…………………………………………….............. 44 5. Mashqlar to`plami………………………………….............................. 154 6. Testlar……………………………………………………..…………… 158 7. Nazorat uchun savollar……..………………………………………….. 170 8. Umumiy savollar....................................................................................... 175 9.Tarqatma materiallar................................................................................177 10.Glossariy....................................................................................................180 11.Referatlar avzulari................................................................................ 181 12.Adabiyotlar ro`yxati.................................................................................181 13.Tayanch konspekt.................................................................................... 183 14.Xorijiy manbalar......................................................................................228 15.Annotatsiyalar..........................................................................................229 16.Mualliflar haqida ma`lumot....................................................................230 17.Foydali maslahatlar..................................................................................232 18.Normativ hujjatlar...................................................................................234 19. Baholash mezonlari ........................................................................... ...236 20. Kurs ishi................................................................................................... - 4 O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI «Ro‘yxatga olindi» №____________________ 2014-yil «____»_________ Vazirlikning 2014-yil «___»________dagi «______» - sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan ONA TILI VA ADABIYOT FAN DASTURI Bilim sohasi: Ta’lim sohasi: Ta’lim yo‘nalishi: 100000 – 110000 – 5111700 – Gumanitar Pеdagogika Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish Toshkent - 2014 5 Fаn dasturi Oliy vа o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv-uslubiy birlashmalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2014-yil «____»____________ dagi ____-sоn majlis bayoni bilan ma’qullangan. Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkеnt Davlat pеdagogika univеrsitеtida ishlab chiqildi va turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan kelishildi. Tuzuvchilar: Hamrayev M.A. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Shodmonqulova D. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi professori, filologiya fanlari nomzodi Abdullayeva N.M. Namangan Davlat universiteti “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi Pardayev B.O‘. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti ”Boshlang‘ich ta`lim metodikasi” kafеdrasi katta o‘qituvchisi Taqrizchilar: Chinniqulov N. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus va kasb hunar ta’limi markazi DTS takomillashtirish va ta’lim yo‘nalishlarini bir xillashtirish boshqarmasi mutaxassisi Inoyatova M. T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti loyiha rahbari, pedagogika fanlari nomzodi Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti Ilmiy-uslubiy kengashida foydalanishga tavsiya qilingan (2014-yil «___» _________dagi ___ -sonli majlis bayoni). 6 KIRISH Mazkur fan dasturi umumiy tilshunoslik fani haqida qisqacha ma’lumot, o‘zbek tili leksikologiyasi, frazeologiyasi, leksikografiyasi, hozirgi o‘zbek adabiy tilining lug‘at tarkibi, fonetik tizimi, grafikasi, orfografiyasi, orfoepiyasi, grammatik qurilishi, morfologiyasi, sintaksisi, punktuatsiyasi, o‘zbek tili uslublari, bolalar adbiyoti va bolalar folklori, maktabgacha, maktab va katta yoshdagi bolalar kitobxonligining o‘ziga xos xususiyatlari, o‘zbek va jahon bolalar adabiyoti haqidagi ma’lumotlarni qamrab olgan. Fanning maqsad va vazifalari Fanning asosiy maqsadi - bo‘lajak o‘qituvchilariga ona tilining fonetik xususiyatlari, talaffuz me’yorlari, lug‘at (leksik) boyligi, imlo qoidalari va grammatik qurilishi yuzasidan nazariy bilim berish, bolalar adabiyoti va bolalar folklori, o‘zbek va jahon bolalar adabiyoti haqida ma’lumot berish, talabalarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish va savodxonligini oshirish, takomillashtirish yuzasidan amaliy malaka hosil qilishdir. Fanning vazifasi – ona tilining barcha bo‘limlari yuzsasidan talabalarga nazariy bilimlar berish va amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish, ona tilining davlat tili maqomini olishi hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun materiallariga tayanish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgartishlarni yetkazish, o‘zbek va jahon bolalar adabiyotining rivojlanish davrlarini tahlil qilish, jahon va o‘zbek bolalar adabiyoti namoyandalarining ijodini o‘rganish, o‘zbek va jahon bolalar folklori namunalarini o‘rganish, maktabgacha, maktab va katta maktab yoshidagi bolalar kitobxonligining o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish. Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar Ona tili va adabiyoti fanini o‘zlashtirish jarayonida Bakalavr: - onа tili vа uning jаmiyatdа tutgаn o‘rni; - onа tilining o‘rgаnilish dаrаjаsi; - tilshunoslik fаnining boshqа fаnlаr tizimidаgi o‘rni; - tilning pаydo bo‘lishi vа rivojlаnishi; - dunyo tillаri tаsnifi vа undа onа tilining o‘rni; - onа tilining tovush tizimi, lug‘аt boyligi vа grаmmаtikаsi; - onа tili funksionаl uslublаri; - onа tili ishorаt vа imlo qoidаlаri; - jаhon bolаlаr аdаbiyotidа o‘zbek bolаlаr аdаbiyotining o‘rni; - o‘zbek folklorining o‘zigа xos xususiyatlаri; - o‘zbek vа jаhon bolаlаr yozuvchilаri ijodi; - bolаlаr аdаbiyotining o‘zigа xos xususiyatlаri hаqidа tаsаvvurgа egа bo‘lishi; - onа tilining strukturаsi vа sistemаsi; - onа tili fonetik tizimi vа grаfikаsi; - onа tili lug‘аt tаrkibi; - onа tili frаzeologiyasi vа leksikogrаfiyasi; - onа tili morfemik tizimi; - onа tili so‘z yasаlish tizimi; - onа tili so‘z turkumlаri tizimi; - onа tili sintаktik qurilishi; - onа tili tаlаffuz, imlo vа ishorаt qoidаlаri; - bolаlаr аdаbiyoti fаnining mаqsаd vа vаzifаlаri; - mаktаbgаchа, mаktаb, o‘rtа vа kаttа yoshdаgi bolаlаr kitobxonligining o‘zigа xos xususiyatlаri; - bolаlаr folklori; 7 - o‘zbek vа jаhon bolаlаr аdаbiyoti durdonаlаrini bilishi vа ulаrdаn foydаlаnа olishi; - onа tilining jаmiyatdаgi rolini tushuntirа bilish; - onа tilining o‘rgаnilish dаrаjаsini bаyon qilа olish; - tilning ijtimoiy mohiyatini tushuntirа bilish; - tilning pаydo bo‘lishi hаqidаgi nаzаriyalаrni bаyon qila bilish; - onа tilining tovush tizimini tаhlil qilа olish; - onа tili imlo vа ishorаt qoidаlаrini bаyon qilа bilish; - onа tili lug‘аt boyligining o‘zigа xos tomonlаrini bаyon qilа olish; - onа tili frаzeologiyasi vа leksikogrаfiyasi haqida mа’lumot berа olish; - onа tili morfem vа so‘z yasаlish tizimi hаqidа mа’lumot berа olish; - onа tili grаmmаtik qurilishini tаhlil qilа bilish; - bolаlаr аdаbiyoti fаnining mаqsаd hаmdа vаzifаlаrini bаyon qilа olish; - turli yoshdаgi bolаlаr kitobxonligi hаqidа mа’lumot berа olish; - bolаlаr folklori nаmunаlаri hаqidа mа’lumot berа olish; - jаhon vа o‘zbek bolаlаr аdаbiyoti nаmunаlаrining o‘zigа xos tomonlаrini tushuntirа bilish ko‘nikmаlаrigа egа bo‘lishi kerаk. Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bo g‘liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi Ona tili va adabiyot fanini chuqur o‘rganish uchun falsafa, tarix, etnografiya, adabiyotshunoslik fanlaridan xabardor bo‘lish talab etiladi. Tilning rivojlanish tarixi millat tarixi bilan chambarchas bo g‘liqdir. Jamiyat, xalq tarixida yuz bergan o‘zgarishlar tilning lug‘at boyligida aks etadi, badiiy adabiyotda o‘z ifodasini topadi. Badiiy adabiyot adabiy tilni yangiliklar bilan boyitish uchun juda katta ahamiyatga egadir, shuning uchun talabalarni til muammolarini hal qilishda badiiy adabiyotga tayanishga o‘rgatish lozim. Fanning ta`limdagi o‘rni Ona tili va adabiyot fanining amaliy ahamiyati quyidagilar bilan xarakterlanadi: - har bir inson, ayniqsa, ziyoli inson o‘z ona tilisining imkoniyatlaridan mumkin qadar unumli foydalana bilishi kerak; - ona tili har bir millatni millat sifatida farqlantiradigan, shakllantiradigan buyuk ne’mat ekanligini tushunishimiz kerak; - ona tili fani milliy til va uning tarkibiga kiruvchi adabiy tilning an’anaviy vazifalaridan tashqari, komputer lingvistikasining keng imkoniyatlarini hayotga tatbiq etishda katta rol o‘ynaydi; - bolalar adabiyoti ming yillar davomida dunyo xalqlari tomonidan yaratilagan so‘z san’ati durdonalari bilan o‘quvchilarni tanishtiradi; - o‘zbek milliy bolalar yozuvchilarining ijod namunalaridan bahramand qilish uchun xizmat qiladi. Fanni o‘qitishda qo‘llanadigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Ona tili va adabiyoti fanini puxta o‘rgatish maqsadida o‘qituvchning dars jarayonida slaydlar, proyektor kabi zamonavaiy texnologik vositalardan mohirona foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Texnik vositalar talabalarga o‘qitilayotgan fanning mohiyatini chuqur anglashga imkon beradi, mashg‘ulotning qiziqarliroq bo‘lishiga, o‘tilgan mavzuni eslab qolishga, vaqtni tejab qolishga yordam beradi. 8 ASOSIY QISM “Ona tili va adabiyot” fanining “Ona tili” qismi nazariy mashg‘ulotlari mazmuni 1.1. 1-bob. Kirish. Umumiy tilshunoslikdan ma’lumot Til ijtimoiy, doim o‘zgarib, rivojlanib turuvchi hodisadir. Ona tilimiz - O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili ekanligi. Hozirgi ona tilining tuzilish uzvlari (elementlari): tovushlar tizimi, leksikasi (yoki lug‘at tarkibi), grammatik qurilishi. Milliy va adabiy til. Ona tili va uning tayanch dialekti (lahjasi). Adabiy tilning o g‘zaki va yozma shakllari. 1.2. Tilning paydo bo‘lishi, tillarning taraqqiyoti, tillarning tasnifi. 2.1. 2-bob. Fonetika Fonetika haqida umumiy ma’lumot, uning nutq tovushlarini o‘rganadigan soha ekanligi. Hozirgi zamon ona tilining fonetik va fonologik tizimi (sistemasi) haqida ma’lumot. Ona tilining fonetik vositalari: nutq tovushlari, urg‘u, ohang (intonatsiya). Fonema, uning so‘z ma’nosini farqlashdagi roli. Hozirgi ona tilining fonemalari. Nutq a’zolari va ularning vazifasi. Nutq apparati. Artikulyatsiya. Artikulyatsiya o‘rni va artikulyatsiya usuli. Fonetik akustika, tovush balandligi, kuchi, tembri, tempi va cho‘ziqligi. 2.2. Ona tilining vokalizmi va konsonatizmi. Unli tovushlar, tilning gorizontal, vertikal harakatiga ko‘ra hamda lablarning ishtirokiga ko‘ra tasnifi. Undosh tovushlar, ularning artikulyatsiya (hosil bo‘lish) o‘rniga, usuliga hamda ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra tasnifi. 2.3. Nutqning asosiy fonetik birliklari: fraza (jumla), takt (sintagma), fonetik so‘z, bo‘g‘in, tovush. Urg‘u va uning turlari: so‘z urg‘usi (leksik urg‘u), gap urg‘usi (mantiqiy urg‘u); bog‘liq va erkin urg‘u. Urg‘u olmaydigan birliklar. Urg‘uning so‘z ma’nosini farqlashdagi roli. 2.4. Nutq jarayonida tovushlarning o‘zgarish xususiyatlari: kombinator o‘zgarishlar (assimilyatsiya, dissimilyatsiya, metateza), pozitsion o‘zgarishlar. 3.1. 3-bob. Orfoepiya. Orfoepiya haqida umumiy ma’lumot. Hozirgi ona tilining orfoepik me’yorlari, unlilar orfoepiyasi, ayrim undoshlar orfoepiyasi, ayrim grammatik shakllar orfoepiyasi. Ayrim orfoepik me’yorlarning imlo qoidalariga (orfografik me’yorlarga) mos kelmaslik hollari. 4.1. 4-bob. Grafika va orfografiya. Ona tili grafikasi (yozuv tizimi) haqida ma’lumot. Harf tilning asosiy grafik vositasi ekanligi. Tovush va harf. Alifbo (alfavit). 4.2. Ona tili imlosi va uning asosiy tamoyil(prinsip)lari; morfologik, fonetik, an’anaviy-etimologik, differensiyalash, grafik tamoyillar. Morfologik tamoyilning asosiy va yetakchi tamoyil ekanligi. 4.3. Ona tili imlosining asosiy qoidalari: ayrim harflar, o‘zak-negiz va qo‘shimchalar, qo‘shma so‘zlar imlosi; bo‘g‘in ko‘chirish, bosh harflarning yozilish qoidalari. 5.1. 5-bob. Leksikologiya. Leksika (lug‘at tarkibi) va leksikologiya haqida umumii ma’lumot. Leksema va so‘z, ularning o‘zaro farqlari. So‘zning leksik va grammatik ma’nosi. Semema, sema. Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar. So‘zning o‘z va ko‘chma ma’nosi. Ma’no ko‘chirishning asosiy turlari; metafora, metonimiya, sinekdoxa, funksiyadoshlik (ma’noning vazifaga ko‘ra ko‘chishi); ma’noning torayishi va kengayishi. 5.2. Ona tilida so‘zlarning shakl va ma’no munosabatlariga ko‘ra turlari haqida 9 ma’lumot. Omonimlar, ularning ko‘p ma’noli so‘zlardan (polisemantizmlardan) farqi. Sinonimlar (ma’nodosh so‘zlar) va sinonimiya qatori. Antonimlar. Paronimlar. Omonim, sinonim, antonim va paronimlarning asosiy turlari va nutqda qo‘llanish xususiyatlari. 5.3. Tarixiy shakllanish jihatdan hozirgi ona tili leksikasi: Hozirgi ona tili leksikasining ijtimoiy-dialektal tarkibi: umumxalq leksikasi; dialektal leksika- dialektizmlar; kasb-hunar leksikasi; termin va terminologik leksikasi (atamalar leksikasi); jargon va argolar. 5.4. Ona tilining nofaol leksikasi, neologizmlar (yangi paydo bo‘lgan so‘zlar). Hissiy-ta’siriy jihatdan ona tili lesikasi; umumiste’moldagi hissiy-ta’siriy bo‘yoqsiz va bo‘yoqdor so‘zlar. 6.1. 6-bob. Frazeologiya. Frazeologiya haqida ma’lumot. Frazema til va nutq birligi sifatida. Frazemalarning ma’no xususiyatlariga ko‘ra asosiy belgilari va turlari. 7.1. 7-bob. Leksikografiya. Leksikografiya haqida umumiy ma’lumot. Lug‘atlar va ularning tiplari: ensiklopedik (qomusiy) va lingvistik (yoki filologik) lug‘atlar. Bir tilli va ko‘p tilli lingvistik lug‘atlar. Bir tilli lingvistik lug‘atlarning tiplari. 8.1. 8-bob. Morfemika. Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. Morfema va uning turlari: o‘zak morfema va affiksial (qo‘shimcha) morfema. Affiksial morfemalarning turlari: so‘z yasovchi, lug‘aviy shakl yasovchi, sintaktik shakl yasovchi affikslar. Affiksial morfemalaring tuzilishiga ko‘ra turlari: sodda affikslar va murakkab affikslar. 9.1. 9-bob. So‘z yasalishi (derivatsiya). Tub va yasama so‘zlar. So‘z yasalishi (derivatsiya) haqida ma’lumot. Ona tilida so‘z yasash usullari: affiksatsiya, kompozitsiya, semantik, fonetik, abbreviatsiya. Affiksatsiya va kompozitsiya usullari - o‘zbek tilida so‘z yasashning eng asosiy usullari ekanligi. 10.1. 10-bob. Grammatika. Grammatika haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik ma’nosi va grammatik shakli. So‘zlarning sintetik, analitik, juft va takroriy, aralash hamda nol ko‘rsatkichli shakllari. Grammatik kategoriya haqida umumiy ma’lumot. Grammatik kategoriya, grammatik ma’no va ularni ifoda qiluvchi vositalar tizimi ekanligi. Morfologiya va sintaksis grammatikaning qismlari ekanligi. 11.1. 11-bob. Morfologiya. Morfologiya haqida umumiy ma’lumot. Morfologiya grammatikaning so‘z turkumlari va shu turkumlarga xos kategaroial, nokategorial shakllar tizimini, so‘zning birikish vaqtidagi o‘zgarishini tekshiradigan bo‘limi ekanligi. So‘zning morfologik tuzilishi so‘z shaklining qismlaridan (shakl yasash uchun asos bo‘luvchi hamda shakl hosil qiluvchi va so‘z o‘zgartuvchi affikslardan) iborat ekanligi. 11.2. Ona tilida so‘z turkumlari va ularni ajratish tamoyillari haqida umumiy ma’lumot. Hozirgi ona tilida so‘zlarning ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish, ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, modal so‘z, undov so‘z, taqlid so‘z turkumlariga ajratilishi. 11.3.1. Ot. Otning leksik-grammatik xususiyatlari. Otning ma’no turlari: atoqli va turdosh ot, aniq va mavhum, yakka va jamlovchi otlar. 11.3.2. Otlarda kelishik kategoriyasi. Otlarning yasalishi: affiksatsiya, kompozitsiya, abbreviatsiya usullari bilan ot yasash. Otlarda modal forma yasalishi. Otlarning tuzilish jihatdan turlari: sodda, qo‘shma, qisqartma, juft, takroriy otlar. 11.4.1. Sifat. Sifatning leksik-grammatik xususiyatlari. Belgini darajalab ko‘rsata olishi 10 - sifat darajalari: oddiy, qiyosiy va orttirma daraja. Sifatlarning otlashishi. 11.4.2. Sifatlarning yasalishi: affiksatsiya va kompozitsiya usullari bilan sifat yasash. Sifatlarda modal forma yasalishi. Sifatlarning tuzilish jihatdan turlari: sodda, qo‘shma, birikmali, taroriy va juft sifatlar. 11.5.1. Son. Sonning leksik-grammatik xususiyatlari, morfologik belgilari, sintaktik vazifasi. Sonlarning numerativ (sanoq) so‘zlar bilan qo‘llanishi. Sonlarning otlashish xususiyatlari. 11.5.2. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling