Urganch davlat universiteti servis faoliyati asoslari


Download 0.51 Mb.
bet113/130
Sana22.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1647425
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   130
Bog'liq
SFA Maruzalar matni

Internetda tadbirkorlik va biznes. Umumiy holda tadbirkorlik va biznes uchun zamonaviy amaliy informatika ta’minlaydigan uchta muhim imkoniyatlarni ta’kidlash mumkin:
- taqsimlangan shaxsiy ixtisoslanishlarning amalga oshirilishi (har bir ish joyida uning vujudga kelish joyida axborotni qayta ishlash uchun resurslarning yetarliligi, masalan texnologik liniyada, o‘lchov uchastkasida, omborda, buxgalteriyada, moliyaviy bo‘limda va hokazolarda);
- rivojlangan kommunikatsiya vositalarini tashkil etish. Bunda barcha ish joylari elektron vositalari orqali bir birlari bilan bog‘lanishgan va xoxlagan paytda o‘zaro xabarlarni jo‘natishga imkoniyat yaratiladi va korxona ma’lumotlar bazasi shaklidagi markazlashtirilgan axborotga kirish mumkin;
- egiluvchan global kommunikatsiyaga o‘tish. Unda har qanday korxona dunyo axborot oqimiga qo‘shiladi va dunyo tarmog‘i «internet» dan axborot olishi va unga axborot berishi mumkin.
Internet tadbirkorlik va biznes uchun yangi va juda katta imkoniyatlarni taqdim etilmoqda.
A. Korxona internetga uzatilgan o‘z axborot massivlari orqali «barchaga» ma’lum bo‘ladi yoki global axborot tizimiga qo‘shilish orqali dunyo bozori uchun ochiq bo‘ladi. U o‘z «axborot darvozasini» ochib qo‘yadi, va o‘z firmasi, mahsulotlari (xizmatlari) «axborot obrazini ko‘rsatish orqali hamkorlikka chaqirish imkoniga ega bo‘ladi. Korxona reklama kompaniyasini amalga oshirish va internetning barcha ish muxitida «R.V faoliyatini» amalga oshiradi.
B. Mumkin bo‘lgan mijozlar yoki hamkorlar «axborotni ol» tamoyili bo‘yicha korxona mahsulotini topishi mumkin va hamkorlikni taklif etishi yoki mahsulotni (xizmatni) harid qilishlari mumkin. Harid qilish (sotib olish) shuningdek internet orqali ham amalga oshiriladi: buyurtmaning elektron blanka «mahsulotning axborot obrazi» bilan birgalikda joylashtiriladi (yoziladi). Foydalanuvchiga o‘z xohishini belgilash kifoya xolos va buyurtma uchun talabnoma uni bajarish bosqichlari bo‘yicha «harakatni boshlaydi». Shunday qilib, internetda axborot bozori vujudga kelishi ushbu bozor har qanday vositalardan ozod bo‘ladi va yiliga 365\366 kun va sutkasida 24 soat harakat qiladi. Uning asosiy resursi-axborot va vaqt.
V. Korxona dunyo axborot resurslariga operativ kirish xuquqiga ega bo‘lganidan so‘ng, qolgan bozor mahsulotlarini (tavarlar va xizmatlar) o‘rganish asosida, o‘z tovarini shunday ko‘rsatishi mumkinki, ya’ni uni farqlash, ajratish va farqlanuvchi xususiyatlarni ajratgan holda iste’molchiga jozibador qilib ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ladi.
G. Bozor talablarini qondirish uchun korxona o‘zining operatsion sistemasini doimiy ravishda modernizatsiya qilishni amalga oshirish lozim. Shu maqsadda korxona axborot va energiyaning qayta shakllantirishni yangi progressiv texnologiyalarini qo‘llashi lozim va zamonaviy axborot vositalari orqali operatsion sistemani boshqarishning takomillashgan avtomatlashtirilgan usullarni joriy etishlari lozim. Shu narsa aniq bo‘lib bormoqdaki, manipulyatorlar va robotlar, egiluvchan operatsion tizimlar, zamonaviy «ishchi stansiyalar» insonga ishlab chiqarishda faqat ijobiy nazorat funksiyasini qoldirishmoqdalar.
D. Shubhasiz yangi axborotlar texnologiyasi ma’lum bo‘lgan bilimlarga kirish xuquqini ta’minlaydi, lekin axborotni tarqatish (uni markazlashtirish) qonunlari qandaydir bir ma’lum qirra bo‘yicha barcha axborotni to‘plashga imkon bermaydi.
Axborot bepul ne’mat emas. Juda ham to‘liq axboroti to‘plashga harakat qila turib, vaqtni qo‘lday boy berish va harajatlarni ko‘paytirish mumkin. Qachonki bir korxona uzoq vaqt mobaynida axborotni to‘plash bilan shug‘ullansa, raqobatchi korxona ma’lum noaniqlik sharoitlarida, ish muammosini hal etishning samarali yo‘lini topishi va shu tariqa bozorda ushbu korxonadan o‘zib ketishi mumkin.
Axborot texnologiyasi tarmoqning holati va ilmiy muvoffaqiyatlarini tez tushinish, mavjud bo‘lmagan samarali tarkibiy qismlarni aniqlash, o‘zgarishlar tendensiyalari va ish sohasiga innovatsiyalarning imkoniyatlarini aniqlash imkoni beradi. Lekin buni avtomatik ravishda bajarish mumkin emas, chunki bunga faqat inson qodirdir. Axborot «kognetiv ekran» orqali shular uchun o‘tishi lozimki, qachonki ular qandaydir qimmatga ega bo‘lsa.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling