Urganch davlat universiteti servis faoliyati asoslari


-MAVZU. XIZMAT ISHLAB CHIQISH TAMOYILLARI. ISHLAB CHIQISH JARAYONI


Download 0.51 Mb.
bet118/130
Sana22.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1647425
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   130
Bog'liq
SFA Maruzalar matni

18-MAVZU. XIZMAT ISHLAB CHIQISH TAMOYILLARI. ISHLAB CHIQISH JARAYONI
Reja:
1.O‘z iste’molchingizni biling, xizmat strategiyasi va etkazib berish tizimini ishlab chiqish.
2.Xizmat ko‘rsatish jarayonlarini ishlab chiqish, xatolarni minimallashtirish va yopiq jarayonlarni ishlab chiqish.
3.Tizimda egiluvchanlik va ishonchlilikni yaratish, xodimlar va iste’molchilarni xizmat ko‘rsatish tizimiga sodiqligi, xizmat ko‘rsatish tizimini uzluksiz yaxshilash.
4.Yo‘nalish. Ishlab chiqish. Sinash. Bozorni o‘zlashtirish.


1.O‘z iste’molchingizni biling, xizmat strategiyasi va etkazib berish tizimini ishlab chiqish
Servis tizimi faoliyatida bir biriga qarama qarshi bo‘lgan (odatda bir-birini to‘ldiruvchi) ikki strategiyadan foydalanish mumkin: xizmatlarga bo‘lgan mavjud talabga moslashish va yangi talab, yangi ehtiyojlarni shakllantirish.
Mavjud talablarga moslashish zaruriyati bozor iqtisodiyotining barcha ishtirokchilari uchun odatiydir. Buning asosiy sababi shundaki, insonlarda juda katta ehtiyojlar uzoq tarixiy davr davomida saqlanib qoladi, garchi ushbu ehtiyojlarni qondirishning konkret uslublari doimo o‘zgarib boradi. Bular jumlasiga oziq- ovqat, kiyim - kechak, turar joy kabi barcha bazali (dastlabki, kundalik) ehtiyojlar kiradi. Oziq- ovqat, turar joy, ko‘chmas mulk bozorlari va kapital qurilish bilan bog‘liq servis tizimi doimo talab qilingan bo‘ladi. Shu vaqtning o‘zida servisning qolgan turlariga ham ehtiyojlar mavjud.
Davlat ham o‘zining siyosiy ehtiyojlaridan kelib chiqib, ikki har xil strategiyalardan foydalanadi. Birinchidan, u fuqarolarning ananaviy ehtiyojlarini (masalan xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyojlar, iqtisodiyotning ayrim sektorlarini qo‘llab turish) qondiradi, ikkinchidan, davlatning siyosiy va mavkuraviy manfaatlariga javob beradigan inson ehtiyojlarini shakllantiradi va o‘zgartirishlar kiritadi. Buning uchun ta’lim tizimi, ommaviy axborot vositalari va mavkuraviy muassasalar xizmat qiladi.
Sotishlar strategiyasidagi o‘zgarishlar. Kompaniya-gigantlar (monopoliyalar), muvoffaqiyatida marketing katta rol o‘ynagan va o‘ynaydi. Lekin uning vositalari yordamida sotishlarni rag‘batlantirish sohasidagi muommolar amaliy jihatdan hal etilmaydigan bo‘lib bormoqda. Vujudga kelgan holatdan chiqishning yo‘li bo‘lib, ixtisoslashtirilgan korxonalar distribyuterlar va dillerlarni yaratishni o‘z ichiga oladigan mahsulotlarni tarqatishning qiyin tizimlarini tuzish hisoblanadi. Ammo ushbu korxonalar hamma vaqt ham asosiy firma balansida bo‘lishlari va bozorga faqat uning mahsulotlarini siljitishlarining imkoni bo‘lmaydi. Undan tashqari distribyuterlar va dillerlar tanlash «kengligi» nuqtai nazaridan mijozlarning xohishlarini maksimal darajada qondirish maqsadida raqobatchi gigant kompaniyalar mahsulotlarini bir joyga to‘plashadilar. Shuning uchun mahsulotlarni bozorga siljitish uchun harakat qilinayotganda, kompaniya juda ko‘p sonli bug‘inlarga suyanishga majbur bo‘ladi. Ushbu bug‘inlar ichida asosiy o‘rinni tadbirkor-sotuvchi (qayta sotuvchi tadbirkor) egallay boshladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling