Urganch Davlat Universiteti tabiiy fanlar fakulteti Biologiya sirtqi bulim 211-guruh 3-kurs talabasi Karimova Gulzodaning Biotexnologiya fanidan mustqil ishi


Download 1.43 Mb.
bet2/3
Sana25.10.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1722636
1   2   3
Bog'liq
Gulzoda biotexnologiya

Mana shunday genetik o’zgartirilgan kulturalardan olingan ozuqa mahsulotlari boshqacha maza berish xususiyatiga ega bo’lishi mumkin, yaxshi ko’rinishga ega bo’lishi mumkin va uzoq saqlanishi mumkin. Bundan tashqari bunday o’simliklar ularning tabiiy holdagilariga nisbatan yanada boy va turg’un hosil berishi mumkin.

Bugungi kunda transgen o’simliklar olish biotexnologiyaning agroishlab chiqarish doirasidagi eng rivojlanayotgan va kelajagi bor yo’nalishi hisoblanadi. Transgen o’simliklar olish biotexnologiyasi an’anaviy seleksiya metodlari yordamida yechim topolmagan va buning uchun ko’pgina yillar talab qilingan muammolarni yechmoqda.

Transgen o’simliklar yaratishning yo’nalishi Hozirgi kunda transgen o’simliklar olishda quyidagi maqsadlar qo’yiladi: • Yuqori hosil olish • Vegetatsiya davrini qisqartirish va bir yilda bir necha bor hosil olish (Rossiyada qulupnayning shunday remontant navi yaratildiki, undan 1 yozda 2 marta hosil olinadi).

• Ba’zi bir zararkunandalarga qarshi toksik xususiystga ega bo’lgan o’simliklar olish (Rosiyada shunday kartoshka navi yaratildiki, uning barglari kalarodo qo’ng’izi va uning lichinkalariga qarshi toksin xususiyatga ega). • Noqulay iqlim omillariga qarshi turg’unlikni yaratish ( Masalan, o’simlik geniga chayonning genini o’tkazish orqali qurg’oqchilikka chidamli o’simliklar olinadi). • Hayvon va odam odam organizmida mavjud bo’ldigan ba’zi bir oqsillarni sintez qilish xususiyatiga ega bo’lgan o’simliklar olish (M-n, Xitoyda insondagi laktoferrin oqsilini sintez qiladiga tamaki navi yaratildi). • “Tirik vaksina” xususiyatiga ega bo’lgan o’simliklar olish

Transgen o’simliklar olish jarayoni dastlab bizga kerakli bo’lgan genni topishdan boshlanadi, ya’ni u o’simlikda yoki hayvon organizmida mavjud bo’ladi. Keyingi bosqich- kerakli genni begona DNK dan ajratib olish va uni bizga kerakli bo’lgan o’simlikning DNK molekusiga joylashtirish. Bu qiyin jarayon hisoblanadi va ko’pincha chiqish ehtimoli 5/100% ni tashkil etadi.30 yil oldin maxsus restiriktaza fermentlari ixtiro qilindi, u uzun DNK molekulasini alohida uchastkalarga-genlarga ajratadi(kesadi). Restiriktaza bilan kesilgan DNK fragmentlari (bo’laklari) yopishqoq uchlar hosil qiladi, bu yopishqoq uhlar yordamida ular xuddi shu asnoda kesilgan boshqa DNK molekulasiga joylashadilar, birikadilar.


Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling