Urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar Fakulteti Biologiya yo’nalishi 204-guruh talabasi Qlichova Gulasavrning Falsafa fanidan tayorlagan mustaqil ishi


Download 1.09 Mb.
bet3/3
Sana08.03.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1252646
1   2   3
Bog'liq
Korrupsiya Q Gulsavr 204-bio 220422052547

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tuzildi. Qonunchilik asosida “2017-2018 yillarda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Davlat dasturi” tasdiqlandi, unda qo‘yilgan aksariyat vazifalar amalga oshirildi. 2018 yil 9 aprelda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunning 12-moddasi “Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik prinsipi” deb nomlanib, unda “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazishga doir talablar davlat xaridlari sohasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Bunda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ustuvor bo‘ladi”, degan qoida belgilandi. Shuningdek, mazkur qonun kuchi bilan bu sohada davlat xizmati ko‘rsatishning shaffof tizimi shakllantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga 2008 yil 7-iYuldagi O‘RQ 158-sonli Qonuni bilan qo‘shilgan bo‘lib, ushbu Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligi korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq choratadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda boshqa Ishtirokchidavlatlarga yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan organlar sifatida belgilab qo‘yilganю Ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan va korrupsiya sifatida e’tirof etilishi mumkin bo‘lgan qilmishlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining bir qator moddalari bilan jinoiy qilmish sifatida ta’qib qilinadi. Korrupsiyaga qarshi kurashda jahon mamlakatlari tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki faqatgina jinoiy qonunchilikni og‘irlashtirish yo‘li bilan bu salbiy illatga qarshi kurashib bo‘lmaydi. Xitoy Xalq Respublikasida juda ko‘p miqdorda pora olganlik uchun o‘lim jazosi mavjud. Bu illatni engish uchun birinchi navbatda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolik institutlari faoliyatini kuchaytirish lozim bo‘ladi.

E'tiboringiz uchun rahmat


Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling