Urganch davlat universiteti talabalarining amaliyot o‘tashlari to‘g‘risida shartnom a


Download 16.12 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi16.12 Kb.
#1639407
Bog'liq
UrDU talabalar amaliyoti to\'g\'risida 3 tom shartnoma individual




Urganch davlat universiteti talabalarining
amaliyot o‘tashlari to‘g‘risida
SH A R T N O M A
“____” ____________ 2023-y. Urganch shahri


Mazkur shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli qarorlarida belgilangan iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish, talabalarning malakaviy amaliyotlari tizimli ravishda o‘tkazilishini, shuningdek ularning amaliy mashg‘ulotlarini bevosita ishlab chiqarishda tashkillashtirish vazifalarini ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, talabalarning olgan nazariy bilimlarini amaliyotda sinab, mustahkamlash maqsadida, bir tomondan ___________________________ __________________________________________________________________________ nomidan rahbar


(ta’lim muassasi, korxona yoki tashkilot nomi)
__________________________ va ikkinchi tomondan Urganch davlat universiteti rektori B. Abdullayev
(rahbarning F.I.Sh.) hamda uchinchi tomondan talaba _______________________________
________________________________________________ ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:
(talabaning F.I.Sh.)
1. Shartnoma predmeti:

2022/2023 o‘quv yili davomida Urganch davlat universiteti _________________________________


(fakultet/bo‘lim nomi)
fakulteti/bo‘limi bilan _____________________________________________________________________
(ta’lim muassasi, korxona yoki tashkilot nomi)
o‘rtasida hamkorlik asosida sifatli kadrlar tayyorlashni amalga oshirish.
2. Tomonlarning huquq va majburiyatlari:


I. Urganch davlat universiteti majburiyatlari
1.1. Amaliyot boshlanishidan avval amaliyotga boradigan talaba yo‘nalishi (mutaxassisligi), amaliyot o‘tkazish muddati va amaliyot dasturi haqida kelishilgan tashkilot rahbariga ma’lumot berish;
1.2. Amaliyot obyektidagi amaliyotni tashkil etish tartibi va o‘tkazilish muddati hamda mazmunini nazorat qilish;
1.3. Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligidan o‘tkazilgan instruktaj sifatini nazorat qilish va o‘tkazishda uslubiy yordam ko‘rsatish.
1.4. Amaliyot boshqaruvchisi sifatida yuqori malakali o‘qituvchilar, dotsentlar va professorlarni ajratish;
1.5. Korxona, muassasa tashkilot ishchilariga, amaliyot rahbarlariga, amaliyotni tashkil qilish va o‘tkazishida uslubiy yordam ko‘rsatish.
II. Amaliyot o‘tkaziladigan tashkilotning majburiyatlari:
2.1. Amaliyotchi talabaga amaliyotning samarali o‘tkazilishiga imkoniyat yaratish;
2.2. Amaliyotchi talabani ta’lim yo‘nalishi/mutaxassisligi bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari mavjud bo‘lganida tegishli ish haqi bilan lavozimga qabul qilish;
2.3. Amaliyotchi talabalarga korxona hujjatlaridan amaliyot dasturidagi topshiriqlarni mufaqqiyatli o‘zlashtirish va hisobotlarni tayyorlashlari uchun foydalanishga ruxsat berish;
2.4. Amaliyotni o‘tashda universitet bilan kelishilgan oy-kunlik ish jadvaliga amal qilish;
2.5. Amaliyotchi talabaga malakali mutaxassislarni biriktirish;
2.6. Hayot faoliyati havfsizligi bo‘yicha ko‘rsatmalar berish.
2.7. Amaliyotchi talabaning mazkur amaliyot obyektida joriy qilingan ichki mehnat tartib – qoidalariga rioya qilishlarini ta’minlash va nazorat qilish;
2.8. Amaliyotchi talaba amaliyot obyektiga kelishilgan oy-kunlik ish jadvaliga muvofiq bormasa yoki ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilmasa zudlik bilan universitet rahbariyatiga xabar berish;
2.9. Amaliyotni yakunlash bilan amaliyotchi talabaning amaliyotini baholash (ilovaga asosan) va amaliyotchi talabaga tavsifnoma berish hamda amaliyot o‘tagan talaba bilan “Yosh mutaxassisni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish to‘g‘risida” shartnoma tuzish;
3. Shartnomaning yakuniy qoidalari:

3.1. Shartnoma uch nusxada tuzilib, imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.


3.2. Shartnoma uch tomonning roziligi bilan yoki bir tomon shartnoma shartlarini bajarmagan holda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
3.3. Shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar uchala tomonning yozma shakldagi kelishuviga asosan kiritiladi.






4. Tomonlarning manzillari va rekvizitlari:



Oliy ta’lim muassasasi nomi:
Urganch davlat universiteti
Manzili: Urganch shahar
H. Olimjon ko‘chasi, 14-uy.
Tel: +998-62-224-67-00;
Imzo: _____________________
Sana: _____________________
M. O‘.




Ta’lim muassasasi, korxona yoki tashkilot nomi: __________________________ __________________________
Manzili:_____________________________________________
Tel:______________________
Imzo: ____________________
Sana: ____________________

M. O‘.





Amaliyotchi talaba F.I.Sh:
__________________________
__________________________
Manzili:_____________________________________________
Tel: ______________________
Imzo: _____________________
Sana: _____________________

Download 16.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling