Urganch davlat universiteti Tarix fakulteti 164-guruh talabasi Yuldosheva Gulchehraning taqdimot ishi
Download 91.91 Kb.
|
Muhammad Rahimxon I
Urganch davlat universiteti Tarix fakulteti 164-guruh talabasi Yuldosheva Gulchehraning taqdimot ishi.Muhammad Rahimxon I Muhammad Rahimxon I Xiva xonligini siyosiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘liga solish uchun katta ishlarni amalga oshirishga kirishadi. U dastlab mamlakatdagi turli millat xalqlarini birlashtirish zarur ekanligini anglaydi. Uning farmoni bilan Oliy kengash tuziladi. Kengashda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim masalalar ko‘rib chiqilgan. Uning davrida mamlakatda siyosiy boshboshdoqlik eng yuqori darajasiga chiqqan edi. Shu bilan birga tashqi tarafdan ham muammolar yetarli edi.
Muhammad Rahimxon I o’z hokimiyatini mustahkamlash uchun avvalgi inoq va otaliqlarning boshliq bo’lgan urug’ oqsaqollarining kengashi o’rniga Oliy kengashni tuzgan. Bu Kengashning vakolatlari chegaralangan bo’lib xuddi maslahat beruvchi kengashga o’xshab ketardi. Uning a’zolari eng yuqori mansab va unvondagi amaldorlar bo’lgan.Kengash xonlikning ichki ishlariga doir hamma masalalar bo’yicha qaror qabul qilar va xonlikning boshqa davlatlar bilan bo’ladigan tashqi munosabatlariniga doir muammolarni hal qilar edi. Garchi Kengash davlatning turli-tuman ichki va tashqi ishlarini muhokama qila olsa-da muhokama qilgan masalalar bo’yicha qaror chiqarisj avvalo xonning xohish irodasiga bog’liq bo’lgan.Download 91.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling