Urganch Davlat universiteti Tarix fakulteti
Download 1.03 Mb.
|
O’zbekiston Respublikasi arxiv ishi tog’risdagi qonuni
Urganch Davlat universiteti Tarix fakultetiMavzu: 1945 - 2017 yillarda Hindiston Reja: 1. Mustaqillikning e'lon qilinishi 2. Rojaliklarning bo’linishi 3. 1948 – yil ingliz qo'shinlarining Hindistondan chiqib ketishi 4. O'zbekiston Hindiston munasabati Ikkinchi jahon urushi tugashi bilan Hindistondagi hind va musulmon diniy jamoalari o'rtasida kelishmovchiliklar yanada keskinlashdi. Buning ustiga urushdan keyingi oziq-ovqat inqirozi Hindistonni deyarli ocharchilik holatiga olib kelib, ahvolni juda murakkablashtirdi.
1946 – yil 9 dekabrda Ta'sis majlisi ochildi. Ammo mamlakatda ahvol og'ir, diniy moja- rolar davom etayotgan edi. 1947 yili vise-qirol Archibald Ueyvell Hindistonda yagona hokimiyatni shakllantirish mumkin emas, degan xulosaga keldi. Uning o'rniga yangi tayinlangan vise-qirol Luis Mauntbetten inglizlar Hindistonni uzog'i bilan 1948 yili tark etishini e'lon qildi. U Hindistonni ikkita davlatga - Hindiston va Pokistonga bo'lish rejasini ishlab chikdi. Bo'linishga asos kilib aholining diniy mansubligi olindi. Hindistonning bo'- linishiga ashaddiy qarshilardan biri bo'lgan Mahatma Gandi ham mamlakatni yagona davlat tarzida saqlab qolish mumkin emasligiga ishonch hosil qildi. Mustaqillikning e'lon qilinishi Bo'linish ancha bahsli bo'lib, Hindistonda 45 mln musulmonlar qoldi, bu mamlakat aholisining 12% ini tashkil qilar edi. Pokistonda ham 30 mln hinduizm dini vakillari qoldi. Qazilma boyliklar va sanoat imkoniyatlarining 90% i Hindiston hududida, oziq-ovqat va qishloq xo'jalik xomashyosi Pokiston hududida joylashgan edi. Bo'linish payti Hindiston aholisi 320 mln, Pokistonniki esa 71 mln kishini tashkil kildi.
Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling