Urganch davlat universiteti transport tizimlari


Seyalkaning  ish  jarayoni


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/68
Sana09.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#267993
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   68
Bog'liq
uslibiy qo'llanma 2019

Seyalkaning  ish  jarayoni.  Pog‗ona  bo‗lib  (shaxmat  tartibida) 


joylashgan  (356  mm)li  ikki  diskli  yer  keskich-yumshatkich  (5.2-rasm.) 

tor  egatni  ochadi.  Yetaklovchi  disk  begona  o‗tlarni  ustidan  egat  oson 

kesadi.  Diskli  yer  keskich-yumshatkichlar  nam  tuproqni  yuzaga 

tortganligi  bois,  o‗lchov  g‗ildiraklar  ushbu  tuproqni  yig‗adi  va  uni 

egatning  har  bir  tomoni  chetiga  tashlaydi.  Pog‗onali  joylashgan  disklar 

urug‗lar uchun ma‘lum chuqurlikda simon egat ochib beradi, bunday 

turdagi egatlar urug‗ni yaxshi saqlaydi hamda namlik  bilan ta‘minlaydi. 

 

5.2-rasm. CASE-1200 pnevmatik seyalkaning texnologik ish jarayoni sxemasi: 



1-erni kesish va tor egat ochish; 2-egat ochish; 3-egat tubini zichlash; 4-urug‗ o‗tkazish; 5-

urug‗larni ko‗mish; 6-tuproqni zichlash



 

Egat  chuqurligi  o‗lchash  gildiragining  o‗rnatish  richagi  bilan 

o‗zgartiriladi  (5.3-rasm.).  Urug‗  qadaladigan  chuqurlikni  o‗zgartirishda 

qator  bloki  uchun  faqat  bitta  to‗g‗rilash  talab  etiladi.  Urug‗lar  egat 

tubiga urug‗ kolodkasi orqali ekiladi. Ekilgan urug‗lar shaxmat tartibida 

joylashgan diskli sosh-niklar yordamida tuproq bilan ko‗miladi. Mavjud 

konst-ruksiyali  soshnik  ishlov  berilmagan  va  minimal  ishlov  beril-gan 

tuproqlarda  ochadigan  egatning  devorlarini  ag‗darmaslik  uchun  va 

tuproqning  namligini  yo‗qotmaslik  uchun  ham  foydala-niladi.  Disklar 

prujinalar bilan bostirilgan. Namlikni yo‗qolishiga yul kuymaslik uchun 

markaziy  tig‗ga  ega  bo‗lgan  molacha  o‗rnatilgan.  Urug‗lar  egat  tubiga 

maxsus  urug‗  kolodka  yordamida  ekiladi.  Disklar  tuproqqa  kam  ishlov 

berilgan  sharoitlarda,  toshli  va  ishlov  berilmagan  yerlarda  tiqilib 

qolishga yul qo‗ymasligi uchun pog‗ona (shaxmat) tartibida joylashgan. 

Qishloq  xo‗jaligi  ekinining  turiga  qarab  urug‗  saralash  diski 

tanlanadi.  Ekish  diskini  tanlash  uchun  urug‗lar  doza-torini  o‗rnatish 

sxemasi,  urug‗lar  orasidagi  masofa  va  urug‗-larning  parametrlarini 

e‘tiborga olish kerak. Ekish diski-ning belgisi teshiklar sonini va teshik 

diametrini ko‗rsatadi. Masalan, 4855 diskda 48 ta teshik mavjud va har 

bir teshikning diametri 5,5 mm ga teng. 

Ortiqcha  urug‗ning  o‗tib  ketishiga  va  ezilishiga  yo‗l  qo‗ymaslikni 

nazorat  qilish  uchun  maxsus  moslama  (singulyator)  xizmat  qiladi  (5.4-

rasm.) 

 



 

 

5.3-rasm. CASE-1200 pnevmatik seyalkaning Ekish seksiyasining sxemasi: 1-rostlash 

g‗ildiragi; 2-mustaxkamlik nuqtasi; 3-disk; 4–g‗ildirak; 5–chuqurlikni rostlash richagi; 6–urug‗ 

kolodkasi; 7–kimyoviy moddalarni sepish jixozi; 8–kimyoviy moddalarini nazorat kilish asbobi. 

 

Uzatmalar qutisi xarakatni asosiy yetakchi valdan ekish apparatining 



yetaklanuvchi  valiga  o‗tkazadi.  Uzatmalar  qutisi-dagi  yulduzchalarni 

talab  etilgan  ekish  normasi  bo‗yicha  rostlash  uchun  o‗zgartirish 

mumkin.  Barcha  ekish  normalariga  ko‗ra  yulduzchalarning  turli 

kombinatsiyalari  talab  etiladi.  1-raqamli  yulduzchalar  to‗plami  va 

zanjirli  yuritma  harakatni  asosiy  yetakchi  valdan  yetaklanuvchi  disk 

valiga  uzatadi.  Yulduzchalar  (shesternyalar)  transmissiyaning  chap 

tomonida  joylashgan.  2-raqamli  yulduzchalar  yetaklanuvchi  validan 

dozator 


yuritmasining 

valiga 


harakat 

uzatadi. 

Yulduzchalar 

transmissiyaning o‗ng tomonida joylashgan. 

 

 

 



8.4-rasm. Ekish apparatining urug‗ kamerasi sxemasi: 1-to‗zitkich; 2-singulyator; 3-urug‗lar; 4-

apparat vali; 5-o‗rnatma kronshteyn; 6-g‗altak; 7-ajratuvchi to‗siq richagi; 8-shkala; 9-bukilgan 

cho‗tka; 10-to‗g‗ri cho‗tka; 11-korpus; 12-yo‗naltirgich; 13-ajratuvchi to‗siq. 




Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling