Urganch davlat universiteti transport tizimlari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
uslibiy qo'llanma 2019
K = v
b / v m = w b R/ v m O‘zish koeffitsiyenti amalda K = 1,3…1,6 qabul qilinadi. K ning qiymati kattalashishi bilan g‗o‗za tuplarining old tomonga og‗ishi kamayadi, ayni vaqtda paxtani tuplardan yig‗ish to‗liqligi oshadi. Lekin K=1,6 dan kattalashganda xom ko‗saklarning uzilib yerga to‗kilishi ortadi. Tuplar odatda 35 0 …50
0 ga og‗adi. PTM ikki xil rostlanadi: 1) paxta terishda qatna-shadigan ish
organlarini va mexanizmlarni rostlash va 2) mashinaning ish qobiliyatini ta‘minlaydigan mexanizmlarni rostlash. 1.Yondosh barabanlarning shpindellarini shaxmat tartibida o‗rnatish va ish tirqishining kengligini rostlash. Ish tirqishining kengligi 22…32 mm apparatlarning ham o‗ng, ham chap qismlari uchun tashqariga chiqarilgan rostlash vinti orqali o‗zgartiriladi. Vint barabanlar diskiga ta‘sir etadi. Disk bir marta aylantirilganda tirqishning kengligi 1 mm ga o‗zgaradi. Old barabanlar o‗rtasidagi ish tirqishining kengligi ketingi barabanlar orasidagi tirqishidan 2 mm ga kengroq qilib o‗rnatilgan. Oldingi va ketingi kulachoklarni birlashtiruvchi tortqilarning uzunlini o‗zgartirib, old va ketingi ish tirqishlari o‗rtasidagi farqni o‗zgartirish mumkin. Ish tirqishining kengligi shpindellarning yuqorigi va pastki qismlarida masus shchup bilan o‗lchanadi. Tirqishning pastki qismida 2 mm gacha kengroq bo‗lishiga yo‗l qo‗yiladi. Ish tirqishini o‗lchash vaqtida shpindellar shaxmat tartibida, ya‘ni bir-biridan yarim qadam narida turishi kerak. Shunda faqat bir juft barabanlar o‗rtasidagi ish tirqishining kengligi o‗lchanadi, ikkinchi juft barabanlar o‗rtasidagi tirqish esa avtomatik tarzda o‗rnatiladi. 2.Ajratkichlarning shpindellarga nisbatan holatini rostlash. Cho‗tkaning qillari shpindellarning tishlari ko‗pi bilan 1,5 mm botib turishi lozim, chunki bundan ortiq botib tursa, cho‗tka tezda ishdan chiqadi. Ajratkichlarning xolatini rostlashda ajratkichning yuqorigi korpusini maxsus bolt atrofida aylantirib, cho‗tkalar shpindellarga yaqinlashtiriladi. Cho‗tkaning pastki qismidagi qillari ko‗proq yeyilgan bo‗lsa, cho‗tkani aylantirib qo‗yish kerak; oldingi va ketingi ajratkichlarning to‗g‗ri rostlanganligini tekshirish oson bo‗lishi uchun oldingi barabanda ajratkichlar o‗rtasidagi joylashgan taranglovchi tortqi tez olinadigan qilib o‗rnatilgan. 3.Kamera darchasini holatini rostlash. Shpindelli barabanlardagi paxtani ajratkichlar yordamida qabul kameraga to‗g‗ri, to‗xtovsiz uzatish hamda kameraning ishonchli ishlashi uchun kameraning darchasi bilan oldingi ajratkich o‗rtasidagi tirqish 5…7 mm saqlanadi. Bu tirqish oraliq to‗siqning yuqori qismida joylashgan boltlar yordamida rostlanadi. 4.Apparatlarni mashinaning bo‗ylama o‗qiga nisbatan to‗g‗ri joylashtirish. Buning uchun a) yetakchi g‗ildiraklarning orasi (koleyasi) 2400 mm ekanligi va ularning traktor bo‗ylama o‗qiga nisbatan simmetrik joylashgani tekshiriladi, b) g‗ildiraklarning shinalardagi havo bosimining normaga mos ekanligi tekshiriladi; v) apparatlar ish
tirqishlarining mahsus maydonchadagi reja chiziqlariga nisbatan paralelligi tebratkichlar vallarining podshipniklari bilan ramaning ko‗ndalang brusi orasiga vertikal tekislikda qistirmalar o‗rnatib rostlanadi. 5.Apparatlarning tortqisini rostlash. Apparatlar o‗rnatilgan ramkalarning parallelligi apparat tortqisining vinti va kontrgayka orqali rostlanadi. 6.Shpindelli barabanlarning parallelligini rostlash. Barabanlarning yuqori va pastki qismlarida ish tirqishlarining kengliklaridagi farq 2 mm dan ortiq bo‗lmasligi kerak. Rostlash karkas ramasi brusining ostiga qistirmalar qo‗yib tuzatiladi. 7.Apparatlar reduktorining va tarqatish reduktorining konus shesternyalarini rostlash. Shesternyalar tishlari orasidagi yon zazor 0,15….0,50 mm bo‗lishi lozim. Tishlar bir-biriga uringanda qoldiradigan izi tishning o‗rtasida, konusning cho‗qqisiga yaqinroqda kamida 50…60% joyda bo‗lishi kerak. 8.Apparatlar osmasining muvozanatlovchi prujinalarini rostlash apparatlarni yuqoridagi salt holatga ko‗tarilib qo‗yilgan holda markaziy vintni burab taranglanadi. 9.Ventilyatorlarni, ularning tasmalarining tarangligini, shkivlarning va taranglash qurilmasi roliklarining holatini rostlash. PTMning asosiy parametrlari: 1. Shpindelning aylanish tezligi:
Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling