Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiy
Tilxat Pul, hujjat, qimmatbaxo buyumlar,yoki boshqa narsalar olinganligini tasdiqlovchi yoki rasmiy yozma hujjat tilxat
Download 26.21 Kb.
|
Mavzu
Tilxat
Pul, hujjat, qimmatbaxo buyumlar,yoki boshqa narsalar olinganligini tasdiqlovchi yoki rasmiy yozma hujjat tilxat deyiladi. Tilxat ham turmushimizda ko‘p qo‘llaniladigan hujjat turlaridan biridir. Akademik litsey, kasb-hunar kolleji yoki oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirish uchun qabul komissiyasiga hujjat topshirilgach, qabul komissiyasi mas’ul xodimi talabgorlar tomonidan ta’lim muassasasiga qanday hujjatlar topshirilganligi to‘g‘risida tilxat beradi. Ushbu tilxat o‘qishga talabgorning qayshi ta’lim muassasasiga, qachon va qanday hujjatlar topshirganligi haqida ma’lumot beribgina qolmasdan, topshirilgan hujjatlarni qaytarib olish uchun ham xizmat qiladi. Tilxat uni yozgan shaxs yoki bergan tashkilot zimmasiga ma’lum majburiyatlarni yuklaydi. Tilxat biror shaxs yoki tashkilotdan boshqa bir shaxs tomonidan hujjat, qimmatbaho buyum, pul va boshqa shu kabi narsalar olinganda ularni qachon, qancha miqdorda, qancha muddatga olganligi va qaytarish muddatlarini tasdiqlaydigan rasmiy hujjatdir. Tilxat odatda qimmatbaho buyum, hujjat yoki pulni olgan shaxs tomonidan yagona nusxada qo‘lda yoziladi. Ommaviy tarzda hujjat yoki shunga o‘xshah narsalar qabul qilinadigan hollarda avvaldan bosma holda tayyorlangan tilxat andozalaridan foydalaniladi. Tilxat guvohlar ishtirokida yozilgan hollarda unga guvohlar ham o‘z familiyasi va ismini yozib, imzo qo‘yishlari shart. Ba’zan nodir hujjatlar, ko‘proq miqdordagi pul mablag‘lari olinganda yoki olinayotgan narsa-buyumning qimmatbaholigi e’tiborga olinib, tilxat notarial idoralarda tasdiqlanishi ham mumkin. Tilxatda ko‘rsatilgan pul, narsa-buyum, mol-mulk, hujjatning miqdori raqamlar bilan berilganda, ulardan so‘ng qavs ichida so‘zlar bilan ham takror yozilishi talab etiladi. Tilxat matnidagi so‘zlarni o‘chirish, qayta yozish, ularga tuzatish kiritish, o‘zgartirish mumkin emas. Bunday o‘zgartirishlar kiritilgan tilxatlar haqiqiy hisoblanmasligi mumkin. Tilxat qanday mavzularda yozilishidan qat’iy nazar, ularning barchasi uchun umumiy bo‘lgan quyidagi zaruriy qismlar mavjud bo‘lib, hujjat yozilayotgan sahifaning o‘rtasidan tilxat sarlavhasi bilan boshlanadi. Sarlavhadan so‘ng tarjimayi hol, tavsifnoma kabi hujjatlardagidek tinish belgisi(nuqta) ishlatilmaydi. Tilxat birinchi shaxs nomidan yangi xatboshidan tilxat yozuvchi shaxsning o‘qish, ish joyi nomi yoki yashash joyi manzili, lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi yozilishi bilan davom ettiriladi. Keyin olinayotgan qimmatbaho buyum, pul, hujjat yoki boshqa shu kabi narsani beruvchi yoki topshiruvchi shaxsning ham ish, o‘qish joyi nomi yoki yashash joyi manzili, lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilib, olinayotgan narsaning to‘liq nomi, aniq miqdori va holati, olingan narsalar qaytariladigan bo‘lsa, qaytarilish muddati belgilanib, tilxat yozuvchi kishining familiyasi, ismi va hujjat yozilgan sana qayd etiladi. Tilxat guvohlar ishtirokida yozilgan bo‘lsa, ular ham o‘z familiyasi va ismini yozib, imzo qo‘yishadi. Agar tilxat notarial idora tomonidan tasdiqlanadigan bo‘lsa, uning nusxasi notarial idorada saqlanadi. Download 26.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling