Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana09.02.2017
Hajmi0.61 Mb.
#49
  1   2   3   4   5   6

 

 

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI 



OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI 

TURIZM VA IQTISODIYOT FAKULTETI 

 

Abduraxmanov O’ktam Maxsudovichning 



 

5610300 – “Turizm (faoliyat yo`nalishlari bo`yicha)” 

ta’lim yo`nalishi bo`yicha bakalavr darajasini olish uchun 

 

BITIRUV MALAKAVIY ISHI 



 

“TURISTIK INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISHNING  

TURISTLAR OQIMIGA TA’SIRI (XIVA SHAXRI MISOLIDA)” 

  

Ilmiy rahbar: 

 

 

 

k.o’qt.  Bekjanоv D.Y. 

 

 

 

 

 

 

 

Urganch 2015 yil 

 

3

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI 



OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

 

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI 

 

 

TURIZM VA IQTISODIYOT FAKULTETI 

 

 

“TURIZM” kafedrasi

 

 

 

 

“TURISTIK INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISHNING  

TURISTLAR OQIMIGA TA’SIRI (XIVA SHAXRI MISOLIDA)” 

 

 

Bajaruvchi:  

 

           Abduraxmanov O’ktam Maxsudovich 

 

Rahbar: 

 

 

           k.o’qt.  Bekjanоv D.Y.   

 

 

 

 

 

Urganch shahri 

2015-yil 

 

4

 

 

KIRISH  


 

I BOB 


TURISTIK INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISHNING 

IJTIMOIY VA IQTISODIY ASOSLARI  

 

1.1. 


Turizm infrastrukturasi va uni tashkil qilish asoslari 

 

1.2. 



Turistik yo’nalishlarning paydo bo’lishi va shakllanishining 

iqtisodiy asoslari 

 

1.3. 


Xorazm viloyatida turistik infratuzilmalarni rivojlantirishning 

huquqiy asoslari 

 

II BOB 


TURISTLAR OQIMINI O’STIRISH VA 

BARQARORLASHTIRISH YO’NALISHLARI  

 

2.1. 


Turistik oqimni boshqarishda xorij tajribasidan foydalanish  

 

2.2. 



O‘zbekiston Respublikasida turizm industriyasida turistik 

resurslarni to’tgan o‘rni 

 

2.3. 


Xiva shaxri turistik majmuasi faoliyatini ratsional boshqarish va 

rivojlantirish muammolari, hamda uning echimlari 

  

 

XULOSA  VA TAKLIFLAR 



 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR  



 

 


 

5

KIRISH 

 

Mavzuning  dolzarbligi.  XXI  asr  insoniyat  hayoti  va  faoliyati  tarzu 

tarovatining hamma sohalariga ulkan o’zgarishlarni olib kelmoqda. Bu o’zgarishlar 

fan  va  ilmiy  tadqiqotlar,  texnika  va  axborot  vositalarini  rivojlantirish, 

texnologiyalar  yaratish  va  ishlab  chiqarishni  boshqarish  sohalarida  yorkin 

namoyon  bo’ldi.  Insonning  o’zi,  ya’ni  moddiy  boyliklarni  ishlab  chikaruvchi  va 

shu bilan birga ularni iste’mol qiluvchi shaxsning o’zi ham sifat jihatidan o’zgarib 

bormoqda.  Odamlarning  falsafasi,  dunyoqarashi,  fikriyu-tafakkuri  ham  tubdan 

o’zgarib bormoqda. 

Bunday  o’zgarishlar  hech  qaysi  mamlakatni  chetlab  o’tmadi.  Bozor 

munosabatlariga o’tish ob’ektiv zaruriyat bo’lishi bilan birga zamon talabi hamdir.  

Butunjaxon  turizm  tashkilotining  “Turizm-2020  yilgacha”  mavzusidagi 

statistik  ma’ruzasida  2020-yilga  borib  xalqaro  turistlarning  soni  1,6  mlrd  kishini 

tashkil  qilib,turizmdan  olinadigan    foyda  2  trln  AQSh  dollarigacha  etadi.Turistik 

oqimning turg’un ravihda o’sishi har yili 3-5 %  gacha ko’payadi

1



Barchamizga  ayonki,  xizmat  ko‘rsatish  sohasi  iqtisodiyotimizni  barqaror 



rivojlantirishning  eng  muhim  manbai  va  omili  hisoblanadi.  Jahon  tajribasi  bugun 

aynan  ushbu  soha  yalpi  ichki  mahsulotni  shakllantirish,  aholi  bandligini 

ta’minlash,  odamlarning  farovonligini  oshirishda  yetakchi  o‘rin  tutishini 

ko‘rsatmoqda. 

2014-yilda  bozor  xizmatlari  ko‘rsatish  hajmi  15,7  foizga  o‘sdi,  ularning 

yalpi  ichki  mahsulot  tarkibidagi  ulushi  esa  53  foizdan  54  foizga  oshdi.  Bugungi 

kunda  iqtisodiyotda  band  bo‘lgan  aholining  50  foizdan  ortig‘i  ushbu  tarmoqda 

mehnat  qilmoqda.  Har  yili  yaratilayotgan  yangi  ish  o‘rinlarining,  avvalambor, 

kasb-hunar  kollejlari  bitiruvchilari  uchun  tashkil  etilayotgan  ish  o‘rinlarining 

uchdan bir qismidan  ko‘prog‘i aynan  mazkur soha hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.  Bu 

borada xizmatlar tarkibi ham tubdan o‘zgarib borayotganini ta’kidlash joiz. Mobil 

aloqa,  yuqori  tezlikda  ishlaydigan  internet,  kabelli  televizion  aloqa,  masofaviy 

bank  xizmatlari,  qishloq  xo‘jaligi  texnikasi,  avtomobillar  va  texnologik 

                                                        

1

  http://www.wto-marketing.ru 



 

6

uskunalarni  ta’mirlash  va  ularga  xizmat  ko‘rsatish  kabi  zamonaviy  yuqori 



texnologiyalar  asosidagi  xizmat  turlari  aholi  o‘rtasida  tobora  ommalashib 

bormoqda. 

So‘nggi  besh  yilda  an’anaviy  maishiy  va  kommunal  xizmatlar  ulushi  16 

foizdan 9,5 foizga tushdi, yuqori texnologiyalar asosidagi xizmatlar ulushi esa 21,2 

foizga qadar ko‘tarildi

2



O’zbekturizm  milliy  kompaniyasi  ma’lumotlariga  ko’ra,  2013  yilda 

8142609  kishiga  xizmat  ko’rastilgan,  2012  yili  bu  ko’rsatgich  7 492  010  kishiga 

xizmat  ko’rsatilgan.  2012  yilda  bu  ko’rsatgich  2012  yilga  nisbatan  8,6  %  ko’p 

sayyoh  kelgan.  2011  yilda  mamlakatimizda  5  939131  kishiga  sayyohlik  xizmati 

ko’rsatilgan.  Bundan  tashqari  2013  yilda  mamlakatimiz  bo’yicha  348  turistik 

korxona va 539 mehmonxona faoliyat yuritgan. Yurtimizda ushbu sohadagi xizmat 

ko’rsatishdagi  ulushi  2012  yili  49,6  %  kichik  bizness  va  mikofirmalarga  to’g’ri 

kelgan bo’lsa. 2013 yilda bu ko’rsatgich 56,8 % kichik bizness va mikofirmalarga 

to’g’ri  keladi

3

.  XX  asrga  kelib  bunday  intilishlar  kuchaydi  va  turizm 



infrastrukturasining  rivojlanishiga  katta  turtki  bo’ldi.  O’tgan  2014  yilda  dunyo 

aholisining  har  to’rtinchisi  sayohat  qilgan.  Ayrim  mamlakatlarda  turizm 

infrastrukturasi  juda  ham  barqaror  rivojlanib  bormoqda  va  ularning  har  yillik 

o’sish  sur’ati  8  %  gacha  boradi.  Bular  albatta,    turizmning  qanchalik  darajada 

mamlakatlar  iqtisodiyoti  tizimida  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega  ekanligidan  dalolat 

beradi.  Turizm  infrastrukturasi  rivojlanishi  bilan  bir  qatorda  transport,  bozor 

infrastrukturasi,  savdo-sotiq,  oziq-ovqat  tarmoqlari,  qurilish,  xunarmandchilik  va 

boshqa  xizmat  ko’rsatish  tarmoqlari  ham  rivojlanib  boradi.  Bu  tanlangan 

mavzumizning dolzarb ekanligidan dalolat beradi. 

Bozor  iqtisodiyoti  barcha  imkoniyatga  daxldor  hodisa  bo’lib,  jahon 

tsivilizatsiyasining  rivojlanish  yo’lida  muqarrar  bosib  o’tiladigan  bir  bosqichdir. 

Bozor  iqtisodiyotining chinakam oxirgi  maqsadi avvalo  insonga  munosib  yashash 

sharoitlari  yaratish  va  respublikani  madaniyat  va  taraqqiyot  cho’qqilariga  olib 

                                                        

2

 O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I.A.Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 



yakunlari va 2015 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan 

Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. // “Xalq so’zi”, 2015 yil 17 yanvar, 1-b 

3

 Статистический сборник «Туризм в Узбекистане» Ташкент 2014 г. 



 

7

chiqishdir. Bozor munosabatlariga o’tish, qaror topib kelayotgan yangi davlatchilik 



uchun  jamiki  resurslardan  foydalanishni,  xalq  xo’jaligining  farovon  turmush 

kechirayotgan,  iqtisodiy  jixatdan  rivojlangan  mamlakatlar  qatoriga  olib  chikishni 

ta’minlab beradigan  qudratli iqtisodiy asos yaratib berishdan iboratdir.  

Muammoning 

o’rganilganlik 

darajasi. 

Turizm 


infrastukturasini 

rivojlantirish,  mehmonxonalar  ishini  tashkil  yetish,  turizmning  ijtimoiy  iqtisodiy 

rivojlanishi,  turizmda  marketingni  tashkil  yetish,  mehmonxona  va  restoran 

biznesini  boshqarish  va  boshqa  shu  kabi  muammolar  bilan  ko’pgina  olimlar 

shug’ullanishgan.  Jumladan,  Kamilova  F.K  “Xalqaro  turizm  bozori”,  Xamidov  O 

“Mehmondustlik  industriyasi”,  Mirzaev  R.  “O’zbekistonning  turistik  joylari”, 

Xamidov O. “Tarmoq raqobatbardoshligini oshirishda turistik ta’limning roli” kabi 

yo’nalishlarda  ishlanish  va  tadqiqotlar  olib  borishgan.  Olib  borilgan  ilmiy 

izlanishning  o’rganilayotgan  mavzuning  to’liq  o’rganilmaganligini,  ushbu 

yo’nalishda hali ko’p tadqiqotlar olib borilishi zarur ekanligini ko’rsatmoqda. 

Ilmiy  va  maxsus  adabiyotlar,  me’yoriy  hujjatlarning  tahlili  o’rganilayotgan 

mavzuning dolzarbligini va chuqur tadqiqot olib borish kerakligini ko’rsatdi. 



Bitiruv malakaviy ishining maqsadi turistik infratuzilmasining rivojlanishi 

va turistlar oqimini ratsional boshqarish muammolarini tadqiq yetish va uni echish 

bo’yicha taklif va tavsiya ishlab chiqishdan iborat.  

Bitiruv  malakaviy  ishining  vazifalari.  Bitiruv  malakaviy  ishining 

maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal yetish belgilab olindi: 

-  Turizm infrastrukturasi va uni tashkil qilish asoslarini  tadqiq etish; 

-  Turistik  yo’nalishlarning  paydo  bo’lishi  va  shakllanishining  iqtisodiy 

asoslarini o’rganish; 

-  Turizm  infrastrukturasini  loyihalash  va  uni  rivojlantirish  hususiyatlarini 

tahlil etish; 

- Turistik loyihalarga investitsiyalarni jalb qilish tahlili; 

- Turistik oqimni boshqarishda xorij tajribasidan foydalanish; 

           - O’zbekiston turism industriyasida turistik resurslar ta’sirini baholash; 



 

8

-  Xiva  turistik  majmuasida  faoliyatni  ratsional  boshqarish  va  rivojlantirish 



muammolarini o’rganish va uni yechish takliflarini ishlab chiqish.    

Bitiruv  malakaviy  ishining  predmeti.  Turistik  infratuzilma  va  turistlar 

oqimi ishning predmeti hisoblanadi.  



Bitiruv  malakaviy  ishining  ob’ekti.  Xorazm  viloyati  Xiva  shaxri  turistik 

infratuzilmasi ishning ob’ekti hisoblanadi  

Bitiruv  malakaviy  ishining  uslubiyoti  va  amalga  oshirish  usullari. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti  I.A.Karimovning asarlari, shuningdek,  milliy 

iqtisodiyotni  rivojlantirishning  asosiy  tamoyillari,  Oliy  Majlis  sessiyalarida  qabul 

qilingan  qonunlar,  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  Qarorlari, 

xorij  va  vatanimiz  olimlarining  mazkur  muammolarga  bag’ishlangan  ilmiy  ishlari 

tashkil qiladi. 

Ishni  yozish  jarayonida  statistik  ma’lumotlarni  qayta  ishlashda  iqtisodiy 

guruhlash,  iqtisodiy  tahlil,  qiyosiy  tahlil,  monografik  va  boshqa  usullardan 

foydalanilgan..  

Ilmiy  ishning  axborot  va  statistik  bazasini  Iqtisodiyot  vazirligi  va  Statistika 

davlat qo’mitasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti 

tadqiqotlari,  internet  materiallari,  maxsus  ilmiy adabiyotlar,  xalqaro  va respublika 

miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlar va boshqalar tashkil qiladi.  

Bitiruv malakaviy ishi natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Turistik 

firmalar va ishlab chiqarish sub’ektlari aloqalarini yaxshilashga qaratilgan takliflar 

va tavsiyalarni ishlab chiqilganligi bilan belgilanadi. 

Bitiruv  malakaviy  ishi  natijalaridan  kichik  korxonalar,  ishlab  chiqarish 

sub’ektlari,  boshqa  yuridik  shaxslar  hamda  ushbu  yo’nalishda  tahsil  olayotgan 

talabalar foydalanishlari mumkin.  

Bitiruv  malakaviy  ishi  dastlabki  himoyadan  Urganch  davlat  universitetinng 

«Turizm»  kafedrasida  o’tdi  va  Davlat  Attestatsiya  Komissiyasi  oldida  himoya 

qilishga tavsiya etildi.  

Bitiruv  malakaviy  ishining tuzilishi  va  hajmi. Mazkur bitiruv  malakaviy  ish 

kirish  kismi,  2  ta  bob,  6  ta  bo’lim,  xulosa  va  takliflar,  foydalanilgan  adabiyotlar 


 

9

shaklida  bayon  qilingan.  Ishning  I  bobi  "Turistik  infratuzilmani  rivojlantirishning 



ijtimoiy  va  iqtisodiy  asoslari"  deb  nomlanib,  bu  bobda  Turizm  infrastrukturasi  va 

uni  tashkil  qilish  asoslari,  Turistik  yo’nalishlarning  paydo  bulishi  va 

shakllanishining  iqtisodiy  asoslari,  Turizm  infrastrukturasini  loyihalash  va  uni 

rivojlantirish xususiyatlari kabi masalalar to’g’risida yoritilgan. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  II  bobi  "Turistlar  oqimini  o’stirish  va 

barqarorlashtirish  yo’nalishlari"  deb  nomlanib,  unda  Turistik  loyihalarga 

investitsiyalarni  jalb  qilish  tahlili,  Turistik  oqimni  boshqarishda  xorij  tajribasidan 

foydalanish,  Xiva  turistik  majmuasida  faoliyatni  ratsional  boshqarish  va 

rivojlantirish muammolari va uning echimlari kabi masalalar o’rganilgan.  

 


 

10

I BOB. TURISTIK INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISHNING 



IJTIMOIY VA IQTISODIY ASOSLARI 

1.1. Turizm infrastrukturasi va uni tashkil qilish asoslari 

“Turizm  infrastrukturasi”ga,  turizm  tashkilotlari,  turistlarga  ko’rsatiladigan 

joylar,  mehmonxonalar,  ovqatlanish  tarmoqlari,  transportlar,  yo’llar  va  turizm 

bo’yicha  mutaxassislar  kiradi.  Hozirgi  kunda  respublikamizdagi  turizm 

infrastrukturasini jahon andozalariga javob beradigan qilib tartibga keltirish uchun 

ancha  mablag’  sarf  qilish  kerak.  Turizm  infrastrukturasi  iqtisodiy  yoki  siyosiy 

umumiy  tuzilishni  tarkibiy  qismlarga  bo’lib,yordamchi,bo’ysunuvchi  xarakterga 

ega va umumiy tuzilmaning bir tekis ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi. Yetarli 

infrastruktura  turlarining  asosiy  nuqtalarini  quyidagicha  guruhlashimiz  mumkin: 

xududiy qo’l mehnati va kerakli (tijorat) uskuna; tunash komplekslari (otel, motel, 

kempingva 

h.k.z); 


suvning, 

asosan, 


ichiladigan 

suvning 


ta’minlanishi; 

telekommunikatsiya,  axlatlarning  yigilmasi;  yetarli 

miqdorda  oziq-ovqat 

moddalarining  ta’minlanishi;  sog’liqni  saqlash  tizimining  bo’lishi;  xavfsizlik 

jihatidan kerakli sifatlarni ta’minlaydigan transportlar; portlar, ishonchli temir yo’l; 

yodgorliklarni  va  an’analarni  himoya  qiladigan  dasturlarning  ishlab  chiqarilishi; 

atrof-muhitni  himoya  qilish;  madaniy  ko’rsatuvlar  tartibi  va  o’qish  joylari, 

kutubxona, muzey, teatr, xususiy va davlatga tegishli madaniy markazlarni qurish; 

piyodalarni  shovqinga,changga,tumanga  qarshi  tartiblarining  oldi  olinishi;  yashil 

joylarni  va  chiroyli  boglarning  barpo  qilinishi;  piyodalarga  va  velosipedchilarga 

muayyan  yo’llarni,  imoratlarni,  skameykalarni  va  dam  olish  joylarini,  ahlat 

tashlash joylarini  tartibga keltirish; turizmni kasb qilgan  insonlarga o’qish  va o’z-

o’zlarini  rivojlantiruvchi  imkoniyatlarning  yaratilishi;  tabiiy  ofatlar  qarshisida 

saqlanish tadbirlari; o’t o’chirish xizmatlari va h.k.lar.  

 

Turizm  sohasining  rivojlanishini  turizm  industriyasisiz  tasavvur  qilib 



bo’lmaydi. Chunki bu industriyasiz turizm mexanizmining ishlashi  mumkin emas. 

Turizm industriyasi XIX asr oxirlarida hozirgi mamlakatlar iqtisodiyotida endigina 

shakllanayotgan  edi.  Hozirgi  kunga  kelib  bu  industriya  dunyoning  uchinchi  ko’p 

daromad  keltirayotgan  sohasiga  aylanganligi  hech  kimga  sir  emas.  Bu  sohani 



 

11

o’rganishni  davr  tarozisi  desak  bo’ladi.  Industriya,  tabiat,  sarmoya  va  tashabbus 



kabi  ishlab  chiqarish  vositalaridan  foydalanib  mahsulot  yoki  xizmat  ishlab 

chiqarishdir

4



 



Foyda  maqsadini  ko’zlamagan  turistik  tashkilotlar,  marketing  xizmatlari, 

mehmonxona  xizmatlari,  transport  xizmatlari,  oziq-ovqat  xizmatlari,  chakana 

savdo  do’konlari  va  boshqa  turli  omillar  kabi  bir-biridan  farqli  xizmat    turizm 

industriyasining  bir  parchasi  hisoblansa,  foydasining  qanchasini  turistlardan,  

qanchasini  hamkorlik  asosida  olganligiga  bog’liqdir.  Turizm  industriyasi, 

iqtisodiyotning  agrosanoat  kabi  boshqa  industriyalariga  foyda  keltiruvchi  bir 

industriyadir.  Ushbu  xususiyati  bilan  turizm  industriyasi  investitsiya  va  foyda 

keltiradigan  bir  sektor  deb  aytiladi.  Turizm  industriyasida  boshqa  sektorlar  bilan 

xizmat qilish aloqasi mavjud: 

·

 



turizm  industriyasi  rivojlanayotgan  davlatlar  iqtisodiyoti  kreditlar  to’plamida 

juda katta yordam beruvchi bir sektor bo’lmoqda; 

·

 

turizm  industriyasi,  ish  imkoniyatlari  yetarli  rivojlanmagan davlatlar  uchun  ish 



joyi  yaratish,  ishsizlikning  o’sib  borishiga  katta  to’siq  bo’layotgan  sektorga 

aylanmoqda;  

·

 

turizm  industriyasi,  davlatlar  va  mintaqalar  o’rtasida,  ekologik  va  madaniy 



muloqat  o’rtasida  xizmatchilik  qilgan  bir  xizmat  va  mehmondo’stlik 

industriyasidir.  

·

 

nihoyat-turizm  industriyasi,  o’zining  yaratuvchi  manbalarini  buza  oladigan  bir 



industriya xarakterini ham o’zida aks ettira oladi.  

Shubhasiz  maqsad  -  turizmning  tabiiy  ijtimoiy  zaxiralarini  vayron  qilish 

emas, balki bu manbalarning hisobotli siyosatini rivojlantirish kerakdir. 

Turizm  bir  industriyadir.  Bu  industriyada  jismoniy  mahsulot  ishlab 

chiqarilmaydi,  u  faqat  xizmat  ko’rsatish  shaklida  ifodalanadi.  Turizm  industriyasi 

4 ta asosiy omildan tashkil topadi. Bular: 

   A. Transport. 

                                                        

4

 Tuxliev I.S. va boshqalar. “O’zbekistonda turizm xizmat bozorini rivojlantirishning  ijtimoiy – iqtisodiy 



muammolari” nomli monografiya. T.: “Iqtisodiyot” 2012 y 

 

12

   V. Mehmonxona. 



   G. Animatsion faoliyatlar (xordiq chiqaruvchi va dam oldiruvchi faoliyatlar). 

   D. Turistik  tashkilotlar. 

 

Makon  o’zgartirish  turizmning  asosiy  xususiyatlaridan    biridir.  Chunki 



sayohat  bo’lmasa,  turizmdan  so’zlash    mumkin    emasligi  haqiqatdir.  Shu  sababli  

transport, makon o’zgartirish harakatining ro’yobga  chiqishiga imkon berib turizm 

industriyasining paydo bo’lishini va rivojlanishini hosil qilgan asosiy  omildir. 

 

Haqiqatdan,  XVIII  asrdagi  industriya  inqilobidan  keyin  transport 



vositalaridagi  tez  rivojlanish  zamonaviy  turizmning  paydo  bo’lishiga,  uzoq  

masofada  joylashgan  turistik  markazlarning  ochilishiga  imkon  yaratdi.  Turizm 

sohasida transportning ahamiyati quyidagicha guruxlantirilgan; 

1.  Transport,  birorta  davlatda  joylashgan  turistik  markazlarning  qulay  ziyorat 

qilinishiga  imkon  yaratadi,  chunki  mintaqa  turistik  imkoniyatlarga  va  boyliklarga 

ega  bo’lsa  ham  ularni  osonlikcha  ziyorat  qilish  imkonini  beradigan  bir  vosita 

bo’lmasa,  ularni  tamosha  qilish  va  ulardan  foydalanish  mumkin  bo’lmaydi.  Shu 

sababli  turizmning  rivojlanishi  hamma  narsadan  oldin  transport  tizimining 

rivojlanishiga  bog’liqdir.  Boshqa  tomondan  olib  qarasaq  turizmning  rivojlanishi 

transport  tizimiga  ham  tasir  qiladi.  Chunki  turizm  rivojlangan  sari  mavjud 

extiyojlarni  qarshilash  uchun  transport  tizimining  ham  rivojlanishi  kerakdir.  Shu 

sababli turizm va transport tizimi orasida uzviy aloqa mavjuddir. 

2. Transport vositasi tashqi turizmdan valyuta olib keluvchi bir manbadir. 

3. Transportning rivojlanishi natijasida tezkor omma transportiga imkon beradigan 

vositalarning  qo’llanilishi,  vaqti  va  moliyaviy  ahvoli  chegarali  bo’lgan 

insonlarning  ham  turizm  harakatlariga  qatnashishini  yaratgandir.  Shunday  qilib, 

transport  tizimi  rivojlangan  sayin  turistik  harakatlar  ham  miqdor  va  sifat  jihatdan 

yaxshilangan,  natijada  o’rta  tabaqada  yashovchi  xalq  uchun  ham  sayohat  qilish 

imkoniyati yaratilgan. 

Transport turlari 4 ta guruxda jamlanadi; 

n

 

temir yo’l transporti, 



n

 

suv yo’li transporti, 



 

13

n



 

xavo yo’li transporti, 

n

 

avtomobil transporti.     



 

Turizm  industriyasini  tashkil  qiluvchi  vositalarning  yana  biri  mehmonxona 

xo’jaligidir. Mehmonxona xo’jaligi, turistlarning  vaqtinchalik tunash, ovqatlanish, 

tamosha  qilish  va  xordiq  chiqarish  kabi  ijtimoiy  extiyojlarini  qarshilovchi  bir 

muassasadir.  Bu  muassasadan  foydalangan  turistlarning  sayohat  qilish  sabablari, 

maqsadi, sayohat shakllari  va zavklari juda  farqli bo’lganligi  uchun  mehmonxona 

sektorini  hosil  qiluvchi  muassasalar  ham  bir-biridan  juda  farqlidir.  Mehmonxona 

xo’jaliklari ham o’z tuzilishiga qarab turli xil bo’ladi;  

-lyuks  mehmonxonalar,  o’rta  narxdagi  mehmonxonalar  va  arzon  narxdagi 

mehmonxonalar; 

-shahar  mehmonxonalari,  tog’  mehmonxonalari,  sanatoriya  mehmonxonalari,sohil 

mehmonxonalari; 

-yil  bo’yi  faoliyat  ko’rsatuvchi  va  ma’lum  oylarda  faoliyat  ko’rsatuvchi 

mehmonxonalar. 

-tijoriy va ijtimoiy maqsadda ishlatiluvchi mehmonxonalar. 

 

Mehmonxona  xo’jaligi  va  bu  xo’jalikni  tashkil  qiluvchi  muassasalarning 



ba’zi xususiyatlari mavjuddir. Bular; 

-mehmonxona  xo’jaligida,  sarmoyaning  80%idan  ko’pi  bino,  gilam,  mebel  va 

shunga  uxshash  vositalar  kabi  davomli  kullanishga  tasis  kilingan  vositalarga 

sarflanadi, 

-mehmonxona 

xo’jaliklarida 

ishlovchi 

personallar 

dini, 

tili,daromadlari,ishonchlari,urf-odatlari,millatlari  farkli  bulgan  mijozlarga  xizmat 



qilish  majburiyati  bulganligi  uchun  xodimlarning  yuqori  bir  tushunchaga  va 

dunyoqarashga ega bulishi kerakdir, 

-mehmonxona xo’jaliklarida xizmatlar turli xil bo’limlarda ko’rsatiladi, 

Animatsion  faoliyatlar  (tomosha  kildiruvchi  va  jonlantiruvchi  faoliyatlar). 

Bir  davlatga  turistlarning  kelishi  uchun  fakat  sayohat,  tunash  va  ovkatlanish 

imkoniyatlarining  yaratilishi  etarli  emasdir.  Turist  ma’lum  maqsadlar  uchun, 

turistik  manbalardan  foydalanish  va  ba’zi  faoliyatlarni  o’z  ko’zi  bilan  ko’rish 


 

14

uchun  sayohat qilgan  va tunagan  kishidir. Shu sababli turistning bu  xoxishlarini 



ruyobga  chiqarishga  fursat  beradigan  imkoniyatlarni  tayyorlash  kerakdir.  Bu 

imkoniyat,  turistik  mahsulotda  ba’zi  tuzatishlarni  qilish  va  tomosha  qiluvchi 

muxitning    tayyorlanishi  bilan  yaratiladi.  Tomosha  va  jonlantiruvchi  muhit  bir 

tomondan  xush  vaqt  o’tkazishga,  boshqa  tomondan  korxonaga  ahamiyatli 

qo’shimcha  daromad  yaratishga    imkon  beradi,  turistik  joyda    va  korxonada  bir  

jonlilik yaratadi. Animatsiyaning  bir qancha shaklidan so’z yuritiladi. 

-  Ijtimoiy  xususdagi    omillar.  Bular  tartibli  yoki    shaxsiy  dasturlarning  tuzlish 

sur’ati  bilan  turistlar  o’rtasida  fikr  almashishni  qulaylashtiruvchi  faoliyatlardir 

(xush kelibsiz banketi, rakslar, kokteyl banketi, rasmiy bayramlar va x.k.). 

-  Harakat  xususiyatini  tashuvchi  omillar.  Bular  turistlarga  jismoniy  faoliyatlar, 

sport va shunga uxshash uyinlarni ko’rsatuvchi omillar. 

- Madaniy va maroqli dam olishni tashuvchi omillar. Bular, turistlarning ilm olish, 

dam  olish  va  shunga  uxshash  turli  xil  ehtiyojlarini  qarshilagan,  turistlarning  ba’zi 

faoliyatlarda  ishtirok  qilishini  tashkil  qilgan  omillar.  Biror  turizm  markazi  biror 

turistik  muassasalar  mijozlarning  ehtiyojlariga  uyg’un  bir  shaklda  yuqorida 

keltirilgan animatsion faoliyatlardan hosil bo’lgani kabi turli dasturlarni turistlarga 

taqdim  qila  olishi  kerakdir  va  bu  faoliyatlarni  ta’sirchan  bir  shaklda  turistlarga 

yyetkazish kerakdir. Shunday qilib, bu faoliyat turizm industriyasining 4 chi asosiy 

omili bo’lgan tashkilot tuzilmasini hosil qiladi.  

 

Turistik  tashkilotlar  turistlarga  sayohat  qilish,  tomosha  qilish  va  shunga 



o’xshash  faoliyatlar  haqida  ma’lumot  beruvchi,  tavsiya  beruvchi  va  turli  xil 

mavzular  bo’yicha  yordam  ko’rsatuvchi  muassasalardir.  Turistik  tashkilotlar  5  ta 

guruxda to’planadi.  

n

 



Turizmning moliyaviy tashkilotlari. 

n

 



Sayohat agentliklari. 

n

 



Tur operatorlar. 

n

 



Turizmda davlat tashkilotlari. 

n

 



Turizmda xususiy tashkilotlar. 

 

15

1.Turizmda  moliyaviy  tashkilotlar,  turistik  korxonalarga  zarur  bulgan  sarmoyani 



ta’minlab beruvchi tashkilotlardir. Bunga misol qilib turistik banklarni misol qilish 

mumkin. 


Masalan 

O’zbekistonda 

“O’zbekturizm” 

MKga 


qarashli 

“O’zsayohatinvestbank”. 

2.Sayohat  agentliklari,  xaridor  bilan  turistik  mahsulot  va  xizmatlarning  egalari 

o’rtasida  vositachi  rolini  o’ynagan,  sotilgan  mahsulotdan  ma’lum  bir  foizini 

oluvchi tijoriy tashkilotdir. Sayohat agentliklarining turizmdagi roli quyidagicha; 

       Sayohat  agentliklari  turizm  talabi  va  taklifi  o’rtasida  bir  munosabat  ko’rish 

vazifasini    bajarganliklari  uchun  tijoriy  hayotda  tijoratchi  rolini  o’ynaydilar. 

Tijoriy  hayotning  rivojlanishi,  tijorat  vositalarining  ahamiyatini  oshirganidek, 

turizm  sohasida  ham  50  yildan  beri  ko’zatilayotgan  katta  bir  rivojlanish,  sayohat 

agentliklarining  ham  ahamiyatini  oshirmoqdadir.  Bu  yerda  ba’zi  statistik 

ma’lumotlarning  berilishi  bu  jihatni  izohlaydi.  Tashqi  turistlarning  50%i  bilet 

olish,  ovqat  kuponlari  to’g’rilash,  xona  rezervatsioni  qildirish  uchun  sayohat 

agentliklariga  murojaat  qilmoqdalar.  Xalqaro  turizmdagi  ish  hajmining  75%i 

sayohat 


agentliklari 

tomonidan 

ro’yobga 

chiqarilmoqdadir. 

Sayohat 

agentliklarining  turizmdagi  ahamiyatli  roli  ushbu  sabablar  tufayli  hosil 

bo’lmoqdadir. 

a)  Til  muammolari.  Ziyorat  qilinadigan  davlatning  tilini  bilmaslik  turistlarni 

sayohat agentliklariga murojaat qilishga majbur qiladi.  

b)  Moliyaviy  ahvoli  va  vaqtlari  chegarali  bo’lgan  turistlar  ijobiy  bir  narx  bilan 

ma’lum  sayohat  dasturini  ruyobga  chiqargan  agentliklarga  murojaat  qilish 

majburiyatidadirlar.  

v)  Davomli  ishlash  insonlarning  tomosha  va  sayohat  dasturlarini  tayyorlashga 

imkon bermayapti.  

Sayohat agentliklari vazifalari quyidagilardir. 

a) Ma’lumot berish ishi (informatsiya). 

b) Valyuta, pasport, viza va mashinani ijaraga olish vazifalari.  

g) Kelgan turistlarga kirish eshiklarida va bojxona nazoratida yordamchi bo’lish. 

d) Guruxli va shaxsiy sayohatlarni tashkillashtirish.  


 

16

e) Turoperatorlar tomonidan tashkillashtirilgan pekij-turlarni sotish. 



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling