Mustaqil ta’lim bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar:
Talaba mustaqil ta’limni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan
holda quyidagi shakllardan foydalanishi tavsiya etiladi:
darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish;
tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruzalar qismini o’zlashtirish;
maxsus adabiyotlar bo’yicha fan bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
masofaviy ta’lim.
Talabaga mustaqil ta’limning mavzulari beriladi, bu mavzular bo’yicha egallanishi kerak
bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar, muddati va topshirish shakli aytiladi. Ko’rsatilgan
muddatda nazariy material konspekti, referati ko’riladi, test yoki savol-javob o’tkaziladi.
***IZOH: Mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular bo’yicha talabalar tomonidan referatlar
tayyorlanadi va uni taqdimoti tashkil qilinadi.
Mustaqil ish mavzulari fan bo’limlari bo’yicha
ishchi dasturi mashg’ulotlari uchun ajratilgan soatlar hajmiga mos holda foydalanish tavsiya
etiladi.
Shuningdek, mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular bo’yicha talabalar tomonidan maqolalar,
taqdimotlar, videolavhalar tayyorlash, mavzu yuzasidan ilmiy va empirik tadqiqotlarning,
gazeta, jurnal va badiiy adabiyotlardagi ma’lumotlarning tahlillarini amalga oshirish, keyslar
bankini yaratish hamda ularni taqdimot qilish tavsiya etiladi.
V. Fanni o’qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetentsiyalar)
Fanni o’zlashtirish natijasida talaba:
psixolog kasbiy faoliyati, psixologiya fanining predmeti, maqsad vazifalari, psixologiya
zamonaviy fanlar tizimida, psixika va uning evolyutsiyasi, ong va uning taraqqiyoti,
faoliyatning psixologik tavsifi, bilish jarayonlari, shaxsning hissiy-irodaviy sohasi,
shaxsning individual psixologik xususiyatlari tasavvur va bilimga ega bo’lishi;
shaxsni o’rganishning metodologik asoslari, ongsizlik muammosi, aqliy operatsiyalarning
asosiy turlari, shaxsning bilish jarayonlar, shaxs xususiyatlarini tadqiq qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |