2 modul 4-mavzu: Perseptiv obrazni tashkillashtirish.
Idrokning sezgidan afzalligi, uni genetik bog‘liqligi. Idrok turlari: ko‘rish, eshitish,
sezish. Obrazlarni idrok qilishning o‘ziga xosligi: predmetlilik, yaxlitlik, konstantlik,
kategoriallik. Perseptiv obrazlarni predmetliligi, idrokning yaxlitligi va o‘zgarmasligi. Idrokning
konstantligi, idrokning konstantlik nazariyasi. Yorug‘likni, shaklni, o‘lchamni idrok qilishda
konstantlik. Idrokning tushunilganligi. Ma’lum bir predmetlar uchun so’zlarning ahamiyati.
Persivtiv obrazlarni tashkillashtirish mexanizmlari. Fon ichidan figurani ajratish. Perseptiv
obrazlarni kontur va strukturaning axamiyati. Perseptiv obrazlarni tashkil qilishda assosiativ va
geshtal’t psixologiyaning o’rni. Idrok illyuziyalari. Illyuziyani vujudga keltiruvchi omillari.
5-mavzu: Idrokning murakkab turlari.
Fazoni idrok qilish. Monokulyar va binokulyar ko’rish. Fazoni eshitish orqali idrok
qilish. Musiqani va nutqni idrok qilish. Rangni idrok qilish. Vaqtni idrok qilish. Xatti-harakatni
idrok qilish. Ekstrasensor idrok.
6-mavzu: Perseptiv rivojlanish.
Sensor tizimni rivojlanishi, yangi tu’gilgan chaqaloqlarda idrok. Bolalikni turli davrlarida
perseptiv motor koordinasiyalarini, sezuvchanlikni rivojlanishini o’ziga xosligi. Idrokning
murakkab shakllari va qarilik.
3-modul. 7 –mavzu: Diqqat haqida tushuncha.
Diqqat aniqlashning ketma-ketligi. Diqqat so’zining etimologiyasi. Diqqat boshqa psixik
xodisa va jarayonlar bilan taqqoslash. Perseptiv,intellektual va ijro etuvchi diqqat. Diqqatning
psixik o’rni hakidagi baxslar va uning tabiati. Diqqatning mustaqil faoliyat ekanligi yoki bu
boshqa psixik faoliyat uchun xam xosligi.
8 –mavzu: Diqqatning psixofiziologik indikatorlari va mexanizmlari.
N.N.Lange, I.M.Sechenov, K.N.Kornilov tadqiqotlarida diqqatning perseptiv jabxalari.
E.Titchener, G. Myullerning tadqiqotlarida diqqat sezgining xususiyati sifatida fiziologik talqin
qilinishi.T.A.Ribo, N.N.Lange tadqiqotlarida diqqatning motor komponentlari. Ch.Shyerrington
«voronkasi» yoki umumiy harakat maydoni nazariyasi. Optimal qo’zgalish o’chog’i va
I.P.Pavlovning oriyentirovka refleksi. A.A.Uxtomskiyning dominantlik tamoyili.
Do'stlaringiz bilan baham: |