Урганч давлат университети


Download 326.15 Kb.
bet15/17
Sana06.11.2023
Hajmi326.15 Kb.
#1752680
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
услубий қўлланма 1

AMALIY TAVSIYALAR
Talaba-kurashchilarning yillik tayyorgarlik sikli bosqichlarida mashg‘ulotlar yuklamalarini me’yorlash uchun dastlab quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish lozim:

  • mas’uliyatli musobaqalarni o‘tkazishning kalendar (yilnoma) muddatlari va kurashchilarning sport natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularning yoshi va sport darajalarini hisobga olish;

  • talaba sportchilar orasida o‘tkazilgan pedagogik tajribalar bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar yuzasidan guruhlar tomonidan olib borilgan tahlilar natijalari ko‘rsatkichlari;

  • tayyorgarlik makrotsikllari rejasiga asosan mashg‘ulotlarni olib borish.

Yil davomida mashg‘ulot yuklamalarini me’yorlashni, albatta, sportchilarning toliqishlari tashqi belgilarini, optimallashgan mashg‘ulot yuklamalari ta’siridan so‘ng kurashchilarning tiklanish diamikasini aniqlash yordamida amalga oshirish lozim.
Bitta yo‘nalishdagi (anaerob-alaktat, anaerob-glikolitik va aralash anaerob-aerob) mashg‘ulotlar vazifalarini olib borish jarayonida mashqlar seriyalarini almashtirish paytida S.P.Letunovning yangilangan sinovidan foydalanishni tavsiya qilamiz, ushbu sinov sportchilar tomir urishining (YuQS) 1 daq. ichida 120 zaob/daq.gacha tiklanishini aniqlab beradi. Yuklama yo‘nalishi tartibi o‘zgarganda tomir urishining (YuQS) 4-5 daq. ichida dastlabki holatgacha tiklanishi hisobga olinadigan sinovilardan foydalanishni taklif etamiz. Agar belgilangan vaqt ichigacha tomir urishi tiklanmasa, dam olish vaqtini uzaytirish yoki vazifani o‘zgartirish lozim.
Texnik-taktik tuzilmalarni takomillashtirish jarayonida shu narsaga e’tibor qaratish lozimki, bitta oddiy tuzilmadan ikkinchisiga o‘tish paytida suratmarom tuzilmasida to‘xtalishlar bo‘lmasligi kerak, ya’ni butun harakat tuzilmasini yaxlit holda bajarish zarur.
Tayyogarlik davrining umumiy va maxsus tayyorgarlik bosqichlarida ko‘proq ixtisoslashgan murakkab darajadagi optimallashgan mashg‘ulot yuklamalarni, musobaqa davrining maxsus va bevosita tayyorgarlik
bosqichlarida esa ko‘proq murakkab darajadagi yuklamalarni qo‘llash zarur.
Musobaqa oldi tayyorgarlik bosqichida maksimal shiddatdagi yuklama zonasida musobaqa shiddati bilan bajariladigan vositalarni yuklamaning umumiy hajmidan 10-12%gacha rejalashtirish kerak.
Mashg‘ulotlar hajmi va shiddatining muntazam oshib borishini hisobga olayotib, yuklamalar me‘yorini talaba-kurashchilarning tayyorgarlik darajasini tavsiflash maqsadida o‘zgartirib turish mumkin.

Download 326.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling