Urganch davlat universiteti xorijiy filologiya fakulteti
Xorijiy (fransuz) til fanidan mashg`ulotlar mavzulari, soatlar
Download 347.5 Kb.
|
Fransuz tili
Xorijiy (fransuz) til fanidan mashg`ulotlar mavzulari, soatlar.
1–SEMESTR UCHUN REJA
2–SEMESTR UCHUN REJA
MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI I SEMESTR
II SEMESTR
TALABA BILIMINI BAHOLASH I. O’QUV SOATLARI Xorijiy til fanining 2 semestr davomida o’qitilish o’quv soatlari quyidagicha:
II. Nazorat turlari. 1-SEMESTR: 1.1. Ushbu semestrda fandan talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o’tkazish orqali amalga oshiriladi. 1.2. Oraliq nazorat 3-semestrning 12-xaftasida talabaning bilim va amaliy ko’nikmalarini baholash maqsadida o’quv mashg’ulotlari davomida 1 marta o’tkaziladi. 1.3. Talabaning amaliy mashg’ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg’ulotlardagi og’zaki javoblari va faolligi fan o’qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Baholash III bo’limda nazarda tutilgan mezonlar asosida quyidagi sonda amalga oshiriladi:
1.4. Talabani oraliq nazorat turi bo’yicha baholashda 3 ta lingvistik kompetensiya bo’yicha baholanadi, yani eshitish, tushunish, yozish (III bo’limda nazarda tutilgan mezonlar asosida) hamda uning o’quv mashg’ulotlari davomida olgan baholari o’rtachasi xisoblanib yaxlitlab qo’yiladi. 1. Compréhension orale (Tinglab tushunish) bo’yicha: Kasbga yo’naltirilgan matnni tinglash va uni tushunganligini aniqlash maqsadida testlar yechish. 2. Compréhension écrite (O’qish) bo’yicha: Kasbiy yo’nalishdagi matnni o’qib, tushunganligi asosida test topshiriqlarini yechish. O’qigan matn mazmunini aniq va to’liq tushunganligini tekshirishni yozma tarjima bilan amalga oshirish mumkin. Bunda lug’atdan foydalanishga ruxsat beriladi. 3. Expression écrite (Yozish) bo’yicha: Sohaning dolzarb muammolariga bag’ishlangan esse yozish. 1.5. Yakuniy nazorat turi semestr yakunida ushbu fan bo’yicha talabaning amaliy bilim va ko’nikmalarini o’zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida 30 ta savol berish orqali test shaklida o’tkaziladi. Har bir topshiriqni baholash III bo’limda nazarda tutilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi va savollarga talaba javoblari baholangandan keyin o’rtachasini yaxlitlash orqali talabaning 1-semestr bo’yicha o’zlashtirishi chiqariladi. Yakuniy nazorat turini o’tkazish ushbu shakli kafedra tomonidan belgilanadi.
2.1. 4-semestrda fandan talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o’tkazish orqali amalga oshiriladi. 2.2. Oraliq nazorat 4-semestrning 12-haftasida talabaning bilim va amaliy ko’nikmalarini baholash maqsadida o’quv mashg’ulotlari davomida 1 marta o’tkaziladi. 2.3. Talabani oraliq nazorat turi bo’yicha baholashda 3 ta lingvistik kompetensiya bo’yicha baholanadi, yani eshitib tushunish, o’qib tushunish, yozish (III bo’limda nazarda tutilgan mezonlar asosida) hamda uning o’quv mashg’ulotlari davomida olgan baholari o’rtachasi xisoblanib yaxlitlab qo’yiladi.
2.4. Talabani oraliq nazorat turi bo’yicha baholashda 3 ta lingvistik kompetensiya bo’yicha baholanadi, yani eshitib tushunish, o’qib tushunish, yozish (III bo’limda nazarda tutilgan mezonlar asosida) hamda uning o’quv mashg’ulotlari davomida olgan baholari o’rtachasi xisoblanib yaxlitlab qo’yiladi. 1. Compréhension orale (Tinglab tushunish) bo’yicha: Kasbga yo’naltirilgan matnni tinglash va uni tushunganligini aniqlash maqsadida testlar yechish. 2. Compréhension écrite (O’qib tushunish) bo’yicha: Kasbiy yo’nalishdagi matnni o’qib, tushunganligi asosida test topshiriqlarini yechish. O’qigan matn mazmunini aniq va to’liq tushunganligini tekshirishni yozma tarjima bilan amalga oshirish mumkin. Bunda lug’atdan foydalanishga ruxsat beriladi. 3. Expression écrite (Yozish) bo’yicha: Sohaning dolzarb muammolariga bag’ishlangan esse yozish. 2.5. Yakuniy nazorat turi semestr yakunida ushbu fan bo’yicha talabaning amaliy bilim va ko’nikmalarini o’zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida 30 ta savol berish orqali test shaklda o’tkaziladi: Har bir topshiriqni baholash III bo’limda nazarda tutilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi va savollarga talaba javoblari baholangandan keyin o’rtachasini yaxlitlash orqali talabaning 1-semestr bo’yicha o’zlashtirishi chiqariladi. Yakuniy nazorat turini o’tkazish ushbu shakli kafedra tomonidan belgilanadi.
Talabalar bilimi quyidagi me’zonlar asosida baholanadi: Talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qila oladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifogalay oladi, aytib beradi hamda fan(mavzu ) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – “5” (a’lo) baho; Talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan(mavzu ) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – “4” (yaxshi) baho; Talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifogalay oladi, aytib beradi hamda fan(mavzu ) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – “3” (qoniqarli) baho; Talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan(mavzu ) bo’yicha tasavvurga ega emas deb topilganda – “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi. Amaliy (mashg’ulotlardagi og’zaki javoblar asosida) Og’zaki nutqni baholash mezonlari
Yozma ishni baholash mezonlari
Mustaqil ishni baholash mezonlari
4. Yakuniy nazorat ishini baholash mezonlari
IV. Talabalar bilimini baholashda umumiy qoidalar. 1. Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi. 2. Yakuniy nazorat, “Fakultetlararo chet tillar” kafedrasi mudiri tomonidan ishlab chiqilgan (o’quv ishlari bo’yicha prorektor tasdiqlagan) yakuniy nazorat turlarini o’tkazish jadvaliga muvofiq o’tkaziladi. 3. Yakuniy nazorat turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning bilimini baholash o’quv mashg’ulotlarini olib bormagan professor o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Tegishli fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib borgan professor o’qituvchi yakuniy nazorat turini o’tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi. 4. Agar ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi tomonidan nazorat turlarini o’tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, o’tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan o’tkazilishi mumkin. 5. Talaba tegishli fan bo’yicha yakuniy nazorat turi o’tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo’lishlari kerak. 6. Oraliq nazorat turini topshirmagan , shuningdek ushbu nazorat turi bo’yicha 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi. Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo’yicha bo’yicha 2 ( qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. 7. Talaba uzrli sabablarga ko’ra oraliq va (yoki)yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi 8. Talaba oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan o’ta olmagan taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan bo’yicha professor–o’qituvchi va soha mutaxassislari orasidan shakillantiriladi. Ikkinchi marta oraliq va yakuniy nazorat turini o’tkazish va talabani baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi. 9. Berilgan muddat davomida mavjud bo’lgan qarzdorlikni topshira olmagan talaba bo’yicha fakultet dekani bildirgi bilan oliy ta’lim muassasasi rektorini (boshlig’ini filial direktorini) habardor qiladi va ushbu talaba rector (boshliq, filial direktori) buyrug’i asosida kursdan qoldiriladi. 10. Talaba baholash natijasidan norozi bo’lgan taqdirda , baholash natijasi e‘lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin.Talaba tomonidan berilgan apellatsiya fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan Apellatsiya komissiyasi tomonidan 2 kun ishida ko’rib chiqiladi.Talabaning apellatsiyasini ko’rib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega. Apellatsiya komissiyasi talabaning apellatsiyasini ko’rib chiqib, uning natijasi bo’yicha ushbu semestrda fanni o’zlashtirgani yoki o’zlashtira olmagani ko’rsatilib qaror qabul qiladi, qarorni fakultet dekani va talabaga yetkazilishini ta’minlaydi. 11. Nazorat turi bo’yicha talabaning bilimi «3» (qoniqarli) yoki «4» (yaxshi) yohud «5» (a’lo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo’l qo’yilmaydi. Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni Xorijiy til fanidan mustaqil ishlarining maqsadi - talabalarning kasbiy kommunikativ faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish, ularning ijodiy faoliyatini o’stirish, va chet tili ustida mustaqil ishlay olish malaka va ko’nikmalarini hosil qilish va rivojlantirishdan iborat. Ushbu umumiy maqsadga erishish uchun quyidagi bir necha vazifalarni bajarish nazarda tutiladi: - talabalarning til tayyorgarlik sifatini oshirib borish, til va mutaxassislik bo’yicha adabiyotlar ustida ishlay olish ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish; - o’z kasbiy bilim va malakalarini keyinchalik mustaqil to’ldirib va yangilab turish extiyojlarini yaratish va saqlab qolish, chet tili bo’yicha yaratilgan malaka va ko’nikmalarni o’stirib, rivojlantirib borish; - talaba bajarishi kerak bo’lgan ishlarni to’g’ri tashkil qilish, kelib chiqadigan qiyinchiliklarni oldindan bila olish, his etish va ularni bartaraf qilish yo’llarini topa olish.
Xorijiy tili fanini o’qitish jarayonida ta’limning zamonaviy interfaol usullaridan, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalaniladi. Amaliy mashg’ulotlarda aqliy hujum, klaster, blits-so’rov, kichik guruhlarda ishlash, insert, prezentatsiya, keys stadi kabi usullarning mavzuga mos tanlanishi va qo’llanilishi dars samarasini oshirishga katta hissa qo’shadi. VI. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari Asosiy adabiyotlar 1. Boqiyeva G.H., Rashidova F.M. va boshqalar. Scale up. Student’s book. Course 1, 2, 3. - T.: G‘afur G‘ulom, 2015. 2. Boqiyeva G.H., Rashidova F.M. va boshqalar. Scale up. Workbook. Course 1,2,3. - T.: G‘afur G‘ulom, 2015. 3. Shirinova R.X. Fransuz tili // Darslik. - T.: Sano standart, 2015 (ikkinchi nashr, 2017) 4. Abdullaev M. Manual Espanol: Libro de Ejercicios, Libro de Estudiante, Libro de Profesor //Darslik. - T.: “Fan va texnologiya”, 2017 5. Ute Koithan, Helen Schmitz, Tanja Sieber. Aspekte B1+.- Stuttgart: Klett Verlag, 2017. 6. Perlmann-Balme Michaela, Susanne Schwalb. Sicher B1+. - München: Hüber Verlag, 2012. 7. Sandra Evans, Angela Pude, Anna Breitsameter, Julia Braun-Podeschva Franz Specht u.a. Menschen. Deutsch als Fremdsprache A1-B1. Kurs-und Arbeitsbuch mit Audio DVD- Rom. 2012-2016. Hueber Verlag GmbH tr Co. KG, 85737 Ismaning, Deutschland
1. Mirziyoyev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, №11. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 8 maydagi “Chet tillar bo‘yicha ta’limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi 124-sonli qarori. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi 610-sonli qarori 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarori 5. “British Council - EQUALS Core inventory for general English”. -Copyright British Council/EAQUALS, ISBN: 978-086355-653-1, 2010. 6. Boqieva G.H., Rashidova F.M. va boshqalar. Scale up. Teacher’s book. Course 1,2,3. - T.: G‘afur G‘ulom, 2015 7. Alovitdinova X., Radjabova D. va b. English for ESL and ESP learners. - T.: TMU, 2012. 8. Ibragimova R.S. Fransuz tili // O‘quv qo‘llanma. - T.: Fan va texnologiya, 2010. 9. Ishmuxamedov R. Abduqodirov A. Pardaev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). T.: Iste’dod, 2008. 10. Kerr P., Jones C. Straightforward. Intermediate. Student's Book. 2nd edition. — Macmillan, 2007. 11. Scrivener J., Bingham C., Tennant A., Wasserman S. Straightforward Intermediate. Teacher's book - Macmillan, 2007. 12. Tilbury A., Hendra L. A. English Unlimited. Upper Intermediate B2. Student's Book. - Cambridge University Press, 2011. 13. Tilbury A., Hendra L. A. English Unlimited. Upper Intermediate B2. Teacher's Book. - Cambridge University Press, 2011. 14. Michèle B., Beajouin P. Expression Orale 2 - B1. - CLE International, 2005. 15. Perlmann-Balme M., Schwalb D., Weers S. EM neu Hauptkurs (Kursbuch) - Hueber Verlag, 2008. 16. Ilse Sander, Birgit Braun, Margir Doubek u.a. DaF kompakt A1-B1 Kursbuch mit 3 Audio -CDs .Ernst Klett Sprachen. Stuttgart, 2011. 17. Birgit Braun, Margir Doubek, Andrea Frater -Vogel u.a. DaF kompakt A1-B1 Übungsbuch mit 3 Audio -CDs .Ernst Klett Sprachen. Stuttgart, 2011. 18. DaF kompakt A1-B1 Grammatik. Deutsch als Fremdsprache für Erwachsene. Ernst Klett Sprachen. Stuttgart, 2012 19. Usmanova G., Mansurova G., Ishankulova N. Deutsch. Uchebnik nemetskogo yazыka. - T.: Fan, 2013. 20. Jordan, R. English for Academic Purposes. - Cambridge University Press, 1997 21. “Kirkham L., Iriskulov A., Rashidova F. A Handbook for teachers of FL with reference to the CEFR. - Tashkent, 2013. Internet saytlari 1. http://www.teachingenglish.org.uk/think/articles/listening 2. http://www.usc.edu/dept/education/CMMR/CMMR BTSA home.html#Resources Beginning Teachers 3. http://www.teachermentors.com/MCenter%20Site/BegTchrNeeds.html 4. http://www.inspiringteachers.com/ 5. http://teachnet. org/ntpi/research/prep/Cooper/http://www. alt-achercert.org/Mentoring.htm1 6. http://www.examenglish.com 7. http://www. education.gouv.fr 8. http://www. educnet.education.fr 9. http://www. educationprioritaire.education.fr 10. http://www. elodil.com/historique. 11. http://www. edufle.net 12. http://www.francparler.info/accueil 13. http://www.francparler.info/accueil 14. http://www.leplaisirdapprendre.com 15. http://www.enseigner.tv(Enseigner avec TV5) 16. https://www.dw.com/de/deutsch-lernen/s-2055 17. https://www.goethe.de/de/spr/ueb.html 18. https://deutschlernerblo g. de/tipps -zum-deutschlernen/ 19. http://www.learn-german-online.net/learning-german-resouces/deutsch-via-internet.htm 20. https://www. alumniportal-deutschland. org/deutsche-sprache/online-deutsch-lernen/videos- und-interaktive-uebungen/ Download 347.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling