Kvadrat kataklarni yasash
Nivelirlash, nivelirlarning turlari
Yer yuzidagi nuqtalarning balandligini aniqlash uchun nivelirlash bajariladi.
Nuqtalarning balandligi joyning rel’efini o’rganish, uni karta va planlarda
tasvirlash uchun kerak.
Geometrik nivelirlash nivelir va nivelir reykalari yordamida bajariladi.
Geometrik nivelirlashda bajariladigan asbob nivelirning teodolitlardan farqi
shuki, uning qarash trubasi zenit bo’yicha aylanmaydi, chunki u gorizontal
vizirlashga moslashgan. Qarash trubasining vizir o’qini yonidagi slindrik adilak
hamda ko’tarish vintlari yordamida gorizontal holatga, ya’ni ishchi holatga
keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: