Urganch innavatsion universiteti


Download 46.26 Kb.
bet2/3
Sana15.02.2023
Hajmi46.26 Kb.
#1201272
1   2   3
Bog'liq
11. Masharipova Mehribon- O\'rta osiyadagi bronza davri ibtidoiy manzilgoxlar haritasini tuzish

Bronza davruboshlangan. Insoniyat jamiyat taraqqiyotida xalq xo'jaliri, texnika va madaniyat sohasidagi erishilgan yutuqlar ana shu davr bilan bog'liqdir. Zarafshonning quyi oqimidagi Zamonbobo ko'lida va Sarazmda o'tkazilgan arxeologiyaga oid tadqiqot natijalari yuqoridagi fikrlar haq ekanligiga guvoh lik beradi. Zamonbobo ko'li atrofidagi qabrlar ochib, qo'rilgan. Ularda bittadan, ikkitadan va hatto uchtadan ko'milgan mayit qoldiqlari naqshli sopol idishlar va har xil buyumlar topilgan. Erkaklarning qabrlarida chaqmoqtoshdan ishlangan qurollar, pichoqsimon yapasqi buyumlar topilgan. Ayollarning qabrlarida esa qizil va sariq oxra, surma uvoqlari, misdan ishlangan kichik-kichik kurakchalar ham da lojuvarddan, aqiqdan, firuzadan ishlangan bezaklar; tosh bezaklari va hatto oltindan yasalgan marjonlar bo’lgan.
Kuzatish natijasida Zamonbobo manzilgohidagi aholi dehqonchilik_bilan, chorvachilik bilan ham shug'ullangan, degan xulosaga kelingan. Bunday madaniyat yodgorliklari O'zbekistonning Surxondaryo (Sopollitepa, Jarqo'ton), Xorazm (Tozabog'yob), Toshkent (Achikul, Yangier tumani, Toshkent kanali atrofi, Burg'yluq), Namangan (Buvana mozor), Andijon (Dalvarzin tepa), Qashqadaryo (Yerqo'rg'on, To'rtko'ltepa) va boshqa viloyatlarida ham kuplab topilgan.
So'nggi bronza davri yodgorliklari Farg'ona va Surxondaryo viloyatlari hududida devorlar bilan o'ralgan qishloqlar paydo -bo’lganligiga guvoxlik beradi. Bu Markaziy Osiyoda qadimgi shahar larning vujudga kela boshlash jarayoni edi. Bu qadimgi xo'jaliklarning taraqqiy etganlimi, Ko’p oilaviy jamoalarning boyliklari oshib borganligi, jamiyatda sinfiy tabaqalanish jarayoni boshlanganligini ko'rsatadi.
Rivojlanib borayotgan dehqonchilik va chorvachilik madaniyati va iqtisodi zaminida katta ilali jamoalarda erkaklarning mavqeyi Osha borgan va matriarxat yemirilib, ota-huquqi, patriarxat qaror topgan. Endi qarindoshchilik otaga qarab olib boriladigan bo’lgan. Bolalar ham ota mulki xisoblanib merosni otadan ola boshlagan. Jamoalarning mol-mulklarini qo'riqlash extiyoji harbiy qabila ittifoqlarini qujudga keltirgan.
Ibtidoiy jamoa tuzumi yillar va asrlar osha rivojlana borib, o'z o'rnini sinflardan tashkil topgan davlat hokimiyati hukmron bo’lgan jamiyatga bo'shatib berdi. Bu taraqqiyot davomida urug'chilik jamoasi ikki bosqichni bosib o’tdi. Birinchi bosqichda urug' ijtimoiy ishlab chiqarishga asoslangan edi. Bu davrda jamoa onalar hukmronligi -matriarxatga asoslangandi. O'sha davrning urf-odatlariga ko’ra bir jamoa atzolari o'rtasida oila qurish, ya’ni er-xotin bo’lish mumkin emasdi. Albatta bir jamoa erkaklari boshqa bir jamoa ayollari bilan «oila» qurishlari lozim edi. Ammo ayol bilan «oila» qurgan erkak bamisoli mehmon edi, ishi bitgach o'z jamoasiga qaytib ketardi. «Oila»ni boshqarish, uni boqish, bola tarbiyasi va taqdiri bilan uning ishi bo’lmasdi. Bu ishlar bilan asosan ona shug'yllanar edi. Tug'ilgan bola xolasini, tog'asini taniganu, ammo otasini tanimagan. Shu boisdan bola oldida ota nufuziga qaraganda tog'a mifuzi e’tiborliroq va qimmatliroq bo’lgan. Chunki, tog'a ona urug'i jamoasini nafaqat moddiy jihatdan, balki barcha sohalarda himoya qiluvchi va qo'uriqlovchi shaxs bo’lgan. Bunday tartib-qoida natijaeida urug' jamoasida ortiqcha iste’molchilar Ko’paygan va barcha qiyinchiliklar ona zimmasiga tushgan. Jamoani boqish, ularni oziq-ovqat bilan tatminlash albatta oson ish emas edi. Buning ustiga dehqonchilik va chorvachilik ixtiro etilgan, onalar uchun xo'jalikni boshqarishda yana ham katta qiyinchiliklar kelib chiqardi. So'zsiz, bunday tartib uzoq davom etishi mumkin emas edi. Sabr-toqatlari to'lib-toshgan onalar farzandlarining otalari oldiga o'z talablarini qo'yganlar va haqiqiy oila muammolari bilan shug'ullanish, bolalarni boqish ho'jalik ishlarini bajarishni ulardan talab qilganlar. Ana shu tariqa ikki jamoa urug'idan er-xotindan iborat juft oila shakllanadi. Bu hodisa jamiyat hayotida o'ziga xos burilish nuqtasi bo’ldi. Chunki juft oilaning tashkil topishi bilan jamoa mulkchiligiga asoslangan ibtidoiy urug'chilik jamoasi zaminiga zil ketdi. Nega deganda urug' jamoasidan tash qarida tashkil topgan bu oilaning iqtisodiy zamini xususiy mulkchilikka asoslanar edi. Oila manfaati bilan urug' jamoasi manfaati o'rtasida o'ziga xos kelishmovchilik nomuvofiqlik va ziddiyat paydo bo’lardi. Urug' jamoalaridan tashqarida juft oilalar jamoasi tarkib topdi. Ularni o'zaro birlashtiradigan manfaat omili albatta ishlab chiqarish edi. Shu sababdan bo’lsa kerak, olimlar bunday juft oilalarni «oilalar jamoasi» yoki «ishlab chiqarish jamoasi» deb ataganlar. Shunday qilib, taraqqiyotning bu bosqichiga kelib urug' jamoasi yemirilish sari yo’l tutdi, u o'zining tub matnodagi ishlab chiqarish va jamoa mulkchiligiga asoslangan qiyofasini yo'qota bordi.
O’rta Osiyo sarhadlarida kishilik tarixi eneolit davri jamoalariga tegishli madaniyat kam o’rganilgan. Bu holat mis rudasining mazkur mintaqada bir zaylda uchramasligidan kelib chiqib mutaxassislar tomonidan tushuntiriladi. Tadqiqotlardan ma‘lumki, ibtidoiy odamlar doimiy ravishda o’z turmushlarini yaxshilashga intilib mehnat qilishgan. O’zlari yashab turgan joyning tabiati sirlarini bilishga harakat qilishgan, mehnat jarayonida to’plagan tajribalari va bilim ko’nikmalarini ishgasolib ixtiro, kashfiyotlar qilishganki, bular o’sha davr uchun o’ziga xos mazmun kasb etuvchi innovasiyalar edi. Shunday ixtirolardan biri misga qalayni qo’shib bronzani kashf qilinishi hisoblanadi. Eneolit davri metallurglari vaqt o’tishi bilan qalayni misga qorishtirib, bronza olishni yo’lga qo’ydilar. Ma‘lumki, bronza egiluvchan va mustahkam metall bo’lib chiqdi. Shu bois qisqa davr ichida bronza ibtidoiy davr xo’jalik hayotning turli sohalariga kirib bordi va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim o’rin tuta boshlagan. Xuddi shu metallning ishlab chiqarishda qo’llanila boshlashi jamiyat ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotida, ishlab chiqarish kuchlari, vositalarida muhim, tub o’zgarishlarga olib kelgan. Bronzaning kashf qilinishi natijasida iqtisodiyotning barcha sohalarida mehnat unumdorligi oshdi, ehtiyojdan ortiqcha mahsulot paydo bo’ldi. Bronzadan nafaqat mehnat qurollari yasalgan, balki turli bezaklar, uy-xo’jalik buyumlari ham yasalib, shuningdek harbiy qurol-aslahalar yasaydigan maxsus temirchilik, 148 zargarlik ustaxonalari vujudga keldi, harbiy qurollarning xilma-xilligi va jangavorligi ortdi. Hunarmandchilikning ixtisoslashuvi ro’y berdiki, natijada viloyatlararo iqtisodiy tovar ayraboshlash ancha kuchaydi, madaniy viloyatlarni iqtisodiy jihatdan bog’lab turuvchi tabiiy aloqa yo’llari, tronsport vositalari paydo bo’ldi. Quruqlikdagi transport vositasi sifatida hayvon kuchidan (ot, tuya, qaromol) keng foydalanish boshlandi. Hayvonlar qo’shilgan g’ildirakli aravalar vujudga keldi. Xullas, metallning kashf etilishi ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot jarayoni ilk shaharsozlik – urbonik sivilizasiyaning vujudga kelishiga tarixiy shart-sharoit yaratdi. Ammo mehnat qurollari ishlab chiqarish uchun bironza nodir va kamchil metall bo’lib qolaverdi. Shuning uchun ham mehnat qurollarini tayyorlash uchun avvalgidek tosh va yog’ochlardan keng foydalanildi. Bronza faqat temirning kashf qilinishi va xo’jalikda foydalanishga kirishilishi tufayli turmushdan siqib chiqarilishiga olib kelgan. Ilmiy va o’quv adabiyotlarda metallurgiyaning rivojida bir-biridan farqlanuvchi 4 ta bosqich bo’lganligi haqida ma‘lumotlar mavjud. Birinchi bosqichda misga xuddi turli toshlarga ishlov berilganidek, unga ham ikki yon tomoniga ishlov berish texnikasi qo’llanilgan. Misdan dastlab zeb-ziynat va taqinchoqlar, keyinchalik kichik o’lchamli, mayda mehnat qurollari yasalgan. Ikkinchi bosqich metallni ochiq usulda eritish va undan kichik o’lchamli narsapredmetlar quyish, ya‘ni qadimgi metallsozlik bilan xarakterlanadi. Uchinchi bosqich o’ta muhim ixtiro, yani rudani eritib, misni ajratib olish bilan izohlanadi. Bu mil.avv. VI- ming yillikda sodir bo’lgan. To’rtinchi bosqich so’zsiz, mis asosida sun‘iy ravishda bronzani quyish ixtiro qilinganligi bilan xarakterlanadi. Metall buyumlar turmushda juda qadrlangan. Sababi, metall hamma hududlarda ham bir zaylda uchramagan. Shu bois metallning tovar sifatida ming kilometrlarga cho’zilgan masofadagi savdosi, almashinuvi ro’y bergan. Be‘jizga g’ildirak kashf etilmagan. Bronza davrida ishlab chiqarish xo’jaligi yanada rivojlangan. Sug’orma dehqonchilik takomillashgan, yangi-yangi yerlar o’zlashtirilgan. Hunarmandchilik sohasi ko’paygan va rivojlangan. Ayniqsa, metallsozlikda yangi ixtirolar bo’lgan. O’rta Osiyo bronza davri jamoalarining moddiy madaniyati o’rganilishi tarixi mavjud. Ilmiy adabiyotlarda bronza davri yodgorliklarining tadqiqoti 3 bosqichga bo’linadi. Bunda XIX asrning oxiri - XX asrning 80- yillarini o’z ichiga olgan tadqiqotlarning dastlabki yillarida davrga oid yodgorliklar topilgan va lokalizatsiya qilingan. R.Pompelli, G.Shmidt, B.A.Kuftin, V.M.Masson, I.N.Xlopin, V.I.Sarianidi, A.A.Asqarovlarning tadqiqotlari bu davrda amalga oshirilgan. XX asrning 60- yillaridan e‘tiboran Namozga, Sopolli va Dashli, Tazobog’yob, Zamonbobo, Chust, Vaxsh bronza davri jamoalarining madaniyati tadqiq etilgan.Bu tadqiqotlarda jamoalar moddiy madaniyati, me‘morchiligi, 149 xo’jaligi, hunarmandchilik asoslari, diniy e‘tiqodlari, qabrlari, antropologiyasi tahlil etilgan. Ayniqsa, Namozga, Sopolli va Dashli madaniyatlarining o’rganilishi katta kashfiyotlarga olib kelgan. V.I.Sarianidi 1976 yildan boshlab bu tadqiqotlar natijalarini umumlashgan nom bilan Baqtriya-Marg’iyona arxeologik kompleksi (BMAK) deb atadi. BMAK arxeologik kompleksi tadqiqotida V.I.Sarianidi, A.Asqarov, T.Sh.Shirinov, N.A.Avanesova, Sh.Shaydullaevlarning izlanishlari muhim ahamiyat kasb etdi. Ta‘kidlash joizki, XX asrning 90- yillari o’rtalaridan boshlab, Markaziy Osiyoning janubi, Shimoliy Eron va Afg’oniston hududlarida bronza davrida BMAK negizida alohida sivilizatsiya o’chog’i shakllanganligi haqida ilmiy qarashlar yuzaga kela boshladi. U adabiyotlarda Oks sivilizatsiyasi, Turon, Janubiy O’zbekiston, Baktriya, Oks-Amudaryo, Marg’iyona, Amudaryo kabi nomlar bilan ataldi. Xorijiy adabiyotlarda ham bu masala ma‘lum ma‘noda o’z aksini topdi (K.Lamberg-Karlovski, A.P.Frankfor, K. Kaniut, M.Tosi, N.M.Vinogradova va boshq.). Ayni kunda, bu materiallarga murojaat etilib, ―Oks va Xarappa sivilizatsiyalarining madaniy aloqalari‖ (G.Sh.Shaydullaeva), ―Oks sivilizatsiyasining ijtimoiy xarakteri‖ (A.A.Boqiev) kabi fundamental tadqiqotlar yuzaga keldi.Shu o’rinda, Vatanimiz janubiy sarhadlari bronza davri jamoalari moddiy madaniyatiga taalluqli dissertatsion tadqiqotlarni keltirish lozim. Bular A.A. Asqarov ―Bronzovqy vek Yujnogo Uzbekistana (k probleme razvitiya lokalnыx ochagov drevnevostochnыx sivilizatsii)‖, V.I. Ionesov ―Stanovlenie i razvitie ranneklassovыxotnosheniy v osedlozemledelcheskom obщestve Severnoy Baktrii‖, L.B. Kircho Formirovanie drevneyshego protogorodskogo sentra bronzovogo veka Sredney Azii (protsessы kulturnoy kulturnoy i texnikotipologicheskoy transformatsii), T.Sh. Shirinov. Ranyaya gordskaya kultura epoxi bronzы yuga Sredney Azii‖, Sh.B.Shaydullaev ―O’zbekiston hududida davlatchilikning paydo bo’lishi va rivojlanishi bosqichlari‖, U. Raxmonov Keramicheskoe proizvodstvo epoxi bronzы Yujnogo Uzbekistana‖, K.Rahimov ―Sopolli madaniyati yodgorliklarida olov bilan bog’liq qurilmalar va oshxona idishlari idishlari tipologiyasi, J,E. Tog’aev ―Bronza davri tarixiy rekonstruksiyasi masalalari (Janubiy O’zbekiston misolida), A.Sh.Shaydullaev ―Sopolli madaniyati gliptikasi va sfragistikasi‖ kabilar hisoblanadi. Bronza tosh asriga nisbatan juda qisqa davrni o’z ichiga oladi. O’rta Osiyoda uning taxminiy xronologik chegarasi mil. avv. III minginchi yillikning o’rtalari – II minginchi yillikning oxiriga to’g’ri keladi. Bronza davrining xo’jalik sohasida erishgan eng katta yutuqlaridan biri dehqonchilikning yangi yerlarga yoyilishi va mil.avv. II minginchi yillikning ikkinchi yarmida chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishidir. 150 Bronza davrda xo’jalikning, asosan, yaylov chorvachiligi va dehqonchilikka asoslangan ishlab chiqarish shakli qaror topdi. Amudaryo va Zarafshonning quyi kismi, Farg’ona vodiysining shimoliy-sharqiy qismi va janubiy Surxon vohasi tabiiy geografik jihatdan qadimgi dehqonchilikning kelib chiqishi va rivojlanishi uchun qulay bo’lgan. Atrofdagi cho’l va dashtlarda, asosan, chorvador qabilalar yashagan. O’zbekistonda uchta asosiy dehqonchilik vohasi — Sherobod, Sho’rchi va Bandixon shakllangan. Bu joylarda qadimgi ilk shahar madaniyati shakllana boshlagan. Jez davriga mansub Sopollitepa, Mirshodi, Mo’lali, Jarqo’ton kabi urug’ jamoasining turar joylari - qishloq qo’rg’onlari, ilk shaharlari va qabrlar topilgan. Ularning ba‘zilari qal‘ali, mustaqkamlangan va ayrimlari mustahkamlanmagan. Dehqonlar vohalarda bug’doy, arpa, so’li, paxta yetishtirganlar. Uylardan don omborxonalari, yorg’uchoqlar, ketmoncha, hovoncha dastalari topilgan. Kulolchilikda charxdan foydalanganlar. Sopollitepadan topilgan ashyolar aholining o’sha davrdagi hunarmandchiligi, turmushi, san‘ati haqida boy material berdi. Bu yerda murakkab va o’ziga xos 3 qatorli mudofaa devori bo’lgan, maydoni qariyib 1 gektar bo’lgan kvadrat shakldagi qo’rg’on qazib ochilgan. Qo’rg’ondagi mahallalar ko’chalar bilan bo’lingan. Uylardan mo’rili o’choq, ayrim xonalarda sandal o’rni, ganch suvoq qoldiklari topildi. Topilmalar hunarmandchilik, xususan, metallurgiya, kulolchilik, to’qimachilik, yog’ochsozlik kabilar rivojlanganligini ko’rsatdi. Shuningdek, kulolchilik xumdonlarining ko’plab ochilishi, hunarmandchilikning bu tarmog’i yuksak rivojlanganligini ko’rsatadi. Xorazmda mil. avv. 2-ming yillikning 2-yarmida jez davrining Tozabog’yop madaniyati mavjud bo’lgan va u Burgut qal‘a vohasidagi Tozabog’yop kanali yaqinida tadqiq etilgan. Ushbu madaniyat dehqonchilik va sug’orish inshoatlari ancha rivojlanganligi bilan farq qiladi (Ongqa-2, Qavat-3 makonlari, Ko’kcha-3 va boshqa mozorqo’rg’onlar). Aholi, asosan, cho’l, zonalarida tomi qamish bilan yopilgan kulba va yarim yerto’lali chaylalarda yashagan, xonaki chorvachilik, zaxkash va nam yerlarda obikor dehqonchilik bilan shug’ullangan. Bu davrda metall quyish texnikasi yuksak bo’lgan. Yassi tubli chizma boshoqsimon naqshlangan idishlar topilgan. Jez metallurgiyasi keng rivojlangan. Xorazmda so’nggi jez — ilk temir davriga oid Suvyorgan (mil. av. 2-ming yillik) va Amirobod (mil. av. 1-ming yillik boshi) madaniyatlari mavjud. Suvyorgan madaniyati qabilalari yog’och ustunli to’g’ri burchakli chaylalarda yashagan. O’choq atrofidan sirti qizil rangga bo’yalgan sopol idishlar topilgan. Topilmalar ichida mikrolitlar ko’p uchraydi. Bu madaniyat 3 bosqich (Qamishli, Bozor qal‘a, Qovunchi) ga bo’lingan. Urug’ jamoalari ovchilik, podachilik va dehqonchilik bilan shug’ullangan. Ijtimoiy hayotda dastlab ona urug’i an‘analari 151 kuchli bo’lgan, lekin keyingi ikki bosqichda erkaklarning jamoadagi mavqyei ortgan. Endi qarindoshlik otaga qarab belgilandi, urug’lar ichidagi munosabatlar otaning iqtisodiy va huquqiy hukmronligi asosida qurilib, bolalar ota mulkiga merosxo’r bo’la boshladi. Amirobod madaniyati odamlari yarim yerto’la uylarda yashagan, uylarning markazida katta o’choq bo’lgan. Sopol idishlari tagi yassi, dag’al ishlanib, boshoqsimon naksh berilgan. Aholi urug’ jamoalariga birlashib dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan. Sug’orish tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Yakkaporson-2 dan jez igna, o’roq, suyak dastali bigiz, o’q-yoy paykonlari topilgan. Farg’ona vodiysida so’nggi jez davriga mansub Chust madaniyati aholisining asosiy mashg’uloti dehqonchilik, chorvachilikdan iborat bo’lgan. Xom g’ishtdan uylar qurilgan, mudofaa inshootlari qad ko’targan (qadimgi Dalvarzintepa). Quyi Zarafshonning Zamonbobo madaniyati so’nggi jez davrining Andronovo madaniyatita juda yaqindir. Andronovo madaniyatining yuqori bosqichiga mansub yodgorliklar Xorazmda, Toshkentdagi Ko’kcha mozorida, Buxoro viloyati Qorako’l tumanida, Urgut tumanining Mo’minobod qishlog’ida, Chirchiq daryosi bo’yida - Achchiqko’l va Sergeli tepalarida topilgan. Toshkent vohasida so’nggi jez - ilk temir davri Burganli madaniyatida aksini topgan. Bu vaqtda ibtidoiy jamoa davri shiddat bilan yemirilib, qabilalar o’rtasida dastlabki sinfiy munosabatlar vujudga keldi. Tadqiqotlar ko’rsatishicha, bronza davrida aholi migrasiyalari ham bo’lgan. Xususan, mil. avv. II minginchi yillarning o’rtalarida shimoliy va shimoliy-sharqiy tomondan «Andronova madaniyati» namoyondalari dastlab O’rta Osiyoning shimoliy tumanlariga, so’ng esa uning to janubiy chegaralarigacha - eng qadimgi dehqonchilik markazlarigacha kirib borishgan. Andronova chorvadorlarining sopol idishlari, jezdan yasalgan ba‘zi bir taqinchoq va mehnat qurollari Murg’ob vohasi, Sherobod cho’li, Kopetdog’ yonbag’irlarida qad ko’targan qadimgi dehqonchilik qishloqlarida hamda Zarafshon vodiysidagi Urgut tog’i Mo’minobod qishlog’da o’rganilgan qabrlarda va yodgorliklarida uchraydi. Miloddan avvalgi II minginchi yillik oxirgi choragida cho’l va dashtlarda yashovchi chorvadorlarning janubiy sarhadlarga tomon migrasiyasi kuchayadi. Bu esa O’rta Osiyo aholisi etnik tarkibida turli antropologik tip vakillarining aralashish jarayonini keltirib chiqaradi. Migrasion jarayonlar O’rta Osiyoning janubiy-g’arbiy viloyatlarida, ya‘ni Kopetdog’ tog’ oldi tumanlarida ancha avval, ya‘ni neolit davrida boshlanib, eneolit davriga kelganda yanada keng ko’lamga ega bo’ladi. Tadqiqotlar ko’rsatishicha, mil. avv. II minginchi yillikning birinchi yarmida, balki undan ham oldinroq qadimgi dehqon jamoalarining O’rta Osiyoning janubiy-g’arbiy 152 mintaqalaridan sharqiy hududlar tomon ko’chishi kuzatilingan. Bronza davrining boshlang’ich davrida Murg’ob vohasini o’zlashtirgan qadimgi dehqonlar mil. avv. II minginchi yillikning o’rtalariga kelib, Qadimgi Baqtriya yerlarigacha borib yetadi. Bu jamoalarning qishloqlari Murg’ob vohasida, Shimoiy Afg’oniston va Janubiy O’zbekiston hamda Janubiy Tojikiston hududlarida qad ko’taradi. Qishloqlar atrofida esa ekin maydonlari, dehqonchilik dalalari paydo bo’la boshlaydi. Qadimgi dehqonchilik bilan mashg’ul bo’lgan qabilalarning chorvador qabilalar mintaqalari chegarasiga yetib borishi natijasida ular o’rtasidagi madaniyxo’jalik aloqalarining yanada rivojlanishiga, chorvador qabilalar yashayotgan joylarda ham dehqonchilik madaniyati ta‘sirida asta-sekin yangi dehqonchilik o’choqlarining paydo bo’lishiga olib keldi. Ushbu dehqonchilik vohalarining markaz qishloqlari zamirida asta-sekin shaharmanond aholi yashaydigan punktlar tashkil topdi. Bronza davri ijtimoiy tuzumi masalasiga kelganimizda, urug’chilik tuzumi bo’lganligi, lekin uning so’nggi bosqichlarida urg’chilikning ijtimoiy tamoyillari buzila boshlaganini ko’ramiz. Bronza davrining har ikki xo’jalik, ya‘ni dasht chorvadorlari va qadimgi o’troq dehqonchilik madaniyati sohiblari yashayotgan hududlarda migrasion jarayonlar, qabila va urug’ jamoalarining bir-birlariga yaqinlashish, iqtisodiy, etnomadaniy qorishuvlar ro’y beradi. Jamoada katta patriarxal oila doirasida monogomik nikox, juft oila tarkib topadi. Monogomik oila yerga, chorvaga, savdoga xususiy egalik qilish tartibini keltirib chiqaradi. Juft oilalar o’zlashtirgan yerlarning sohiblari bo’lishadi va shu tariqa yerga nisbatan xususiy mulkchilik mexanizmi yuzaga keladi, mulkiy tabaqalanish shakllanadi. Harbiylar, yetakchi lashkarboshilarning ijtimoiy hayotda nufuzi oshib ketadi. Ushbu toifa vakillari rahbarligida dasht chorvador qabilalarining o’troq dehqonchilik xo’jaligi bilan shug’ullanuvchi aholi yashaydigan joylarga suqilib kirishlari sodir bo’ladi. Bu esa mazkur o’troq aholilar o’z yashash joylarida mudofaa inshoatlarini barpo etishlariga olib keladi. Shu asosda mudofaa inshoatlari bilan muhofaza qilingan qal‘a-shaharlar paydo bo’ladi. Sopollitepa, Jarqo’ton kabi protashaharlar shular jumlasidan hisoblanadi. Ularda mafkuraviy markaz - monumental otashparastlik ibodatxonalari paydo bo’ladi. Xullas, ibtidoiy jamoa tuzumi zaminida mis, bronzaning kashf qilinishi, jamiyat siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etib, sug’orma dehqonchilik zamirida urbonik jarayonlarga asos bergan.
Mil. avv. 3-ming yillik oxirlari – 2 ming yillikka oid manzilgohlardan biri Zarafshon daryosi havzasidagi Zamonbobo ko‘li yaqinidan topilgan (Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani). Xorazm vohasida ham bronza davriga oid manzilgohlar o‘rganilgan. Arxeologlar Surxondaryo vohasidan qadimgi ziroatchilar manzilgohlaridan biri bo‘l gan Sopollitepani topishdi (Muzrabod tumani). Qazishmalar davomida bu yerdan xom g‘ishtdan qurilgan uy-joylar, sopol buyumlar, bronzadan yasalgan mehnat qurollari va zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari, shuningdek, yirik xumlarda saqlangan bug‘doy va arpa doni topilgan.

Download 46.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling