Markaziy Osiyo hududlaridan ibtidoiy kishilarning eng qadimgi tosh davri yodgorliklari topilgan. Ko`lbuloq, Uchtut, Bo`riqazigan, Tanirqazigan, Onarcha, Qoratangir, Qizqal`a, Yangaja, Takali, Kamar, Uchbuloq, Qoratog`, Havolang va ,,, boshqa makonlar arxeologlar tomonidan o`rganilgan. - Markaziy Osiyo hududlaridan ibtidoiy kishilarning eng qadimgi tosh davri yodgorliklari topilgan. Ko`lbuloq, Uchtut, Bo`riqazigan, Tanirqazigan, Onarcha, Qoratangir, Qizqal`a, Yangaja, Takali, Kamar, Uchbuloq, Qoratog`, Havolang va ,,, boshqa makonlar arxeologlar tomonidan o`rganilgan.
- Ko`lbuloq makoni Toshkent viloyati Angren shaxri yaqinida Qizilolma soyining chap sohilida joylashgan. Kulbuloq makoni fanga 1963 yildan ma`lum. Makon arxeolog M.R.Qosimov tomonidan dastlab o`rganila boshlangan. Kulbuloq 41 qatlamli yodgorlik bo`lib, uning yuqori qatlamlari so`nggi tosh va must`e davrlariga oid, quyi qatlamlari ashel` davriga mansubdir. Makondan ko`plab chaqmoqtoshlar, kvarts, slanetslardan yasalgan qurollar topilgan. Nukleuslar, parrakchalar, qo`l chopqilari, sodda tosh kirgichlari ham topilgan bo`lib, ular ishlanish texnikasi jihatidan o`ziga xos xususiyatlarga egadir. Kulbuloq makonida yashagan ibtidoiy odamlar ovchilik va terimchilik bilan shug`ullangan. Kulbuloqqa ajdodlarimiz bundan 200 ming yillar burun kelib o`rnashgan. Bu erda arxantroplar, sinantroplar va kramon`on tipidagi odamlar yashagan.
O`zbekistonda Janubiy Farg`onadagi Selung`ur va Toshkent viloyatidagi Boltag`or makonlarida ham ashel` davri tosh qurollari topilagn. Selung`ur g`ori madaniy qatlamlaridan eng qadimgi odam-arxantrop tish parchalari topilgan. Fanga Selung`ur g`ori 1958 yildan ma`lum. Dastlab g`or-makon akademik Okladnikov tomonidan o`rganilgan va u so`nggi poleolit davriga oid degan fikr bildirilgan. 1980 yilda akademik U.Islomov g`orda qayta qazish ishlarini o`tkazib, ko`plab tosh qurollar, hayvon suyaklari qoldiqlarini topadi. U.Ismoilov g`orni ashel` davriga mansubligini ilmiy asosda isbotlaydi. - O`zbekistonda Janubiy Farg`onadagi Selung`ur va Toshkent viloyatidagi Boltag`or makonlarida ham ashel` davri tosh qurollari topilagn. Selung`ur g`ori madaniy qatlamlaridan eng qadimgi odam-arxantrop tish parchalari topilgan. Fanga Selung`ur g`ori 1958 yildan ma`lum. Dastlab g`or-makon akademik Okladnikov tomonidan o`rganilgan va u so`nggi poleolit davriga oid degan fikr bildirilgan. 1980 yilda akademik U.Islomov g`orda qayta qazish ishlarini o`tkazib, ko`plab tosh qurollar, hayvon suyaklari qoldiqlarini topadi. U.Ismoilov g`orni ashel` davriga mansubligini ilmiy asosda isbotlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |