Urganch innovatsion university
Til va nutq Jahon tilshunosligida til va nutqning
Download 2.29 Mb.
|
5. Tilshunoslik nazariyasi. Majmua (3)
Til va nutq
Jahon tilshunosligida til va nutqning rivojlanishi 2 asosiy omil orqali amalga oshadi. Bu haqida “Tilshunoslikka kirish” , “Hozirgi o`zbek adabiy tili” , “O`zbek tilshunosligi” kurslarida atroflicha ma`lumotlar berilgan. Sotsial nuqtai nazaridan til va nutq ichki va tashqi omillar asosida shakllanib kelgan, biroq til ham ,nutq ham kishilik jamiyatida tarixiy taraqqiyot natijasida yuz bergan ijtimoiy hodisalardan hisoblanadi. XX asrning boshlarida jahon tilshunoslari tamonidan til va nutqning ajratishda urinishlar boshlanadi. Bu shvetsiaryalik tilshunos Ferdinand de Sossyur tomonidan amalga oshirilgan. U birinchilardan bo`lib til va nutqni o`zaro qarama - qarshi qo`yadi va tilni ijtimoiy hodisa ekanligini, nutqni esa, individual deb ta`kidlaydi. XXI asrning boshlariga kelib o`zbek tilshunoslarida til va nutqning o`zaro farqlarini 13tagacha yetgani ta`kidlanadi. Xullas, til va nutqni quyidagi farqlari mavjuddir: Ma`lumki til xalq uchun xizmat qiladi. Deylik boy, kambag`al bir tilda gaplashadi. Ammo undan foydalanishda ya`ni nutqda ayrim so`zlarni o`ziga ma`lum ma`noda qo`llayveradilar. Til aloqa quroli materiali, Nutq esa aloqa shakli. Tilni ko`pchilik yaratadi, nutqni esa har bir shaxs. Demak, til hamma uchun bir xil, nutq esa ijro bo`lish jihatidan har xil, chunki nutqni har bir shaxs yaratadi. Tilning hayoti uzoq-uzoq xalq hayoti bilan bog`liq. Nutqning hayoti qisqa, u nutq egasining hayoti bilan bog`liq, ya`ni u o`lsa nutq ham o`ladi. Til statik, turg`un hodisa , nutq esa dinamik faol qo`llanuvchi hodisadir. Tilning hajmi keng ( albatta chegarasiz emas ) nutqniki aniq. U dialog, monolog, matn , kitob ko`rinishga ega. Ayrim shaxsning ayni paytda bir necha tili bo`lishi mumkin , ya`ni ko`p tilli bo`lishi mumkin, ammo nutqi ayni zamonda bitta bo`ladi. Tilda fonema, nutqda tovush mavjud ya`ni fonema, til hodisasi, tovush esa nutq hodisasidir. Tilga qisqartirish xos emas , nutqda esa qisqartirish xarakterlidir. Nutq kishilarning qaysi tilda gaplashyotganini, qaysi tildan foydalanyotganini bildiradi. Har bir tilning yashashi kishilarning shu tilda gaplashib turishiga bog`liq bo`ladi, aks holda til o`ladi. 11.Binobarin, til bo`lmasa , nutq yo`q , nutq bo`lmasa , ong tafakkur yo`q. 12.Til birligi: fonema, so`z, morfema, nutq birliklari allofon, allomorf,glossa. So`z bir tomondan, til birligi sifatida, ikkinchi tomondan, nutq birligi sifatida ajratilgani uchun, bu ikki xil birlikning ikki boshqa termin bilan ifodalanishi lozim. Rus tilshunosligida so`ngi vaqtlarda til elementi bo`lgan so`z leksema termini bilan, nutq elementi bo`lgan so`z slova –forma, glossa, glossema terminlari bilan ajratilyapti. Demak, tilshunoslikda hozirgacha qo`llanib kelgan so`z termini ham leksemani, ham so`z formasi (yoki glossema )ni ifodalaydi. Nutqda til birliklarining ( lug`at tarkibi, grammatik qoidalar, fonetik imkoniyatlarning ) ma`lum qismidagina fikr ifodalash maqsadida foydalaniladi. Nutqning yaratilishi, ya`ni kishilarning gaplashishi til elementlaridan ma`lum qismining reallashishidan iborat. Shteyntalning ta`rificha nutq ( gapirish ) ,,Tilning hozirgi paytda yuz beryotgan yoki hozirgi paytda yuz beryotibdi deb fikr qilinayotgan ko`rinishidir “Demak, nutq aytilib turgan narsa bo`lishi ham, ilgari aytilgan yoki endi aytilmoqchi bo`lgan narsa bo`lishi mumkin. Ko`rinadiki, material jihatidan nutq ikki xil bo`ladi: 1) real tovush materiyasining o`zi bilan shakllangan nutq (yozuv ham shuning ifodasi) 2) real tovushlarning ongdagi obrazi bilan shakllangan nutq. Oldingisini tashqi nutq, keyingisini ichki nutq ham deydilar. Tashqi nutq chog`ida real tovushlarning psixik obrazi ham ongda mavjud bo`ladi, albatta. Ular ayni bir paytda yuzaga kelgani uchun, psixik obraz real tovush kompleksi “soyasi”da qolib ketadi. Tovush biron sabab bilan chiqmay qolganida ham nutq organlarida harakat bo`ladi,ba`zan, aksincha tovushsiz nutq beixtiyor tovushli nutqqa aylanib ketadi. Demak, tashqi va ichki nutqlar o`zaro zich bog`langan, biri ikkinchisiga o`tib turishi mumkin bo`lgan hodisadir. Nutq individual tarzda yuzaga chiqadi. Uni ayrim, yakka bir kishi amalga oshiradi. U turmush sharoitida, aloqa prosessesida yuzaga keladi. Biroq bu yakka shaxsga xoslik umumtil sistemasi qonunlari doirasida bo`lib, uni buzmaydi. Miqdor jihatidan qaraganda, tilning hajmi chegarali, chunki unga o`n va yuz minglab so`zlar, yuzlab affikslar va yuzlab, minglab qoidalar kiradi. Ammo til vositalaridan foydalanib nutq cheksiz. Masalan, Kitobni ol gapini tuzish uchun faqat ikkita so`z, bitta grammatik vosita ( kelishik affiksi ) va bitta qoida(to`ldiruvchining kesimdan oldin kelishi ) lozim. Bular til elementlaridir. Ammo shu vositalardan nutqda, ,,kitob “, ,,ol “ tushunchalaridan tashqari maslahat, iltimos, buyruq, so`roq undash-chaqirish kabi ma`nolarni anglatadigan gaplar tuzish mumkin. Til sinfiy bo`lmagan va ustqurma kategoriyasiga kirmaydigan ijtimoiy hodisa bo`lmasa , nutq ayrim individuim yoki gruppaning gapirish ( yoki yozish ) akti bo`lgani uchun, sinfiy jamiyatda sinfiy mazmunga ega bo`lishi mumkin. Masalan, oldingi adabiyotlarda bayon qilingan kommunizm qurayotgan tinchlik uchun kurashayotgan kishilar nutqining mazmuni bo`lganidan, ashaddiy ekspluatatorlarga, imperialistlarga qarshi qaratilgandir. Til sinfiy emas ekan, u qanday qilib milliy madaniyatning formasi bo`la oladi ? Axir, madaniyat, uning eng muhim qismi bo`lgan adabiyot, matbuot sinfiy-ku? Til bilan nutq aniq chegaralanishi munasabati bilan bu formulani aniqlashtirib, milliy tildagi nutq milliy madaniyatning formasidir deyish lozim. Chunki so`zlardan, masalan maqola yoki roman, leksiya yoki she`r kabilarni yozish uchun foydalanilar ekan, ular biron birikmada gapda so`z bilan ifodalangan madaniyat formasi bo`lib qoladi. Albatta, madaniyatning mazmuni faqat nutq bilangina ifodalanmaydi. Musiqa, rasm, haykal kabilar ham madaniyatning formalaridir. Vaholanki, aniq so`zlarning shakllanishi, ya`ni lozim bo`lgan grammatik formaga kirishi va aniq va aniq jumlalar (gaplar ) faqat nutqqa xos bo`lib,nutq esa aniq aloqa protsessidagina tuziladi, u xotirada saqlab yurilmaydi. Shuning uchun biz hech qachon ayrim so`zning nechta grammatik formasi borligini xotiramizda hisoblab yurmaymiz, hatto bilmaymiz ham. Ammo qaysi morfemaning boshqa qaysi morfema bilan birikib qanday forma hosil qilish hodisasi bizga ma`lum. Shu asosda nutqda fikr ifodalash talabiga binoan so`zlarning aniq grammatik formasi yasaladi. Shcherba barcha so`z formalari so`z birikmalarining normal holda nutq protsessida, shu paytning aniq sharoitida yaratiladi, deyishda haqli, albatta. Demak, nutq birligi sifatida so`z o`zining biron grammatik formasida bo`ladi. So`z , bir tomondan, til birligi sifatida, ikkinchi tomondan , nutq birligi sifatida ajratilgani uchun, bu ikki xil birlikning ikki boshqa termin bilan ifodalanishi lozim. Rus tilshunosligida ( germanistikada ham ) so`ngi vaqtlarda til elementi bo`lgan so`z leksema termini bilan, nutq elementi bo`lgan so`z (ya`ni so`z formasi) Ilova – forma , glossa , glossema terminlari bilan ajratilyapti. Demak, tilshunoslikda hozirgacha qo`llanib kelgan so`z termini ham leksemani, ham so`z formasini ifodalaydi. Ilmiy analiz uchun esa ularni ajratib qo`llash talab qilinadi. Har bir aniq olingan glossema nutq protsessida aniq negiz va ma`lum funksiya bajaruvchi affikslardan yasaladi. Masalan, leksik negizga so`z yasovchi affiks qo`shilishidan yangi so`zlar ( leksik morfemalar ), morfologik negizga forma yasovchi affikslar qo`shilishidan modal formalar ( so`z turkimi ichidagi ayrim turlardan biri ) sintaktik negizga so`z o`zgartuvchi formalari yasaladi. Masalan , ishlatmagansan formasi ishlatmagan – negiziga ( u sintaktik negiz) so`z o`zgartuvchi -san affiksini, avval sintaktik negiz vazifasida qo`llangan ishlatmagan formasi ishlatma- morfologik negizga modal forma ( sifatdosh ) yasovchi -gan affiksini, morfologik negiz vazifasini bajargan ishlatma formasi ishlat – morfologik negiziga modal ( bo`lishsiz ) forma yasovchi -ma affiksini, ishlat formasi ishla – morfologik negiziga modal forma ( orttirma nisbat yasovchi -t affiksini qo`shib yasalgan. Ishla formasi esa ish-leksik negiziga fe`l yasovchi -la affiksi qo`shib yasalgan. Bu kabi grammatik formalar (glossemalar )ma`lum gapdagina tuziladi. Shuning uchun ularning har biri nutq elementlaridir. Glossemalar birikib, so`z birikmalarini hosil qiladi. So`z birikmalari grammatik jihatdan erkin bo`lganda , ya`ni fraziologiyaga aylanmaganda nutq hodisasi hisoblanadi. Chunki ular ham glossemalar kabi nutqdan tashqarida xotirada saqlanmaydi, nutq chog`ida tuziladi va keyin tarqalib ketadi. Morfologik hodisalardan murakkab fe`llar va murakkab sonlar ham erkin birikmalarga o`xshaydi. Ular alohida leksik birliklar singari xotirada turmaydi. Masalan, o`qib ko`r,bora tur , bir yuz sakson kabilarning tarkibidagi komponentlargina til birligi bo`lib, shu ko`rinishda ular nutq birliklaridir. Glossemalar va so`zlarning erkin birikmalari yordamida gap tuziladi. Gaplar ham nutq birligidir. Aslini olganda nutq gap mavjud bo`lgani uchungina mavjuddir. Gap nutqning eng kichik birligidir. Ammo bunda aniq gaplarni ko`zda tutish kerak. Ya`ni ma`lum so`zlar va qoidalar yordamida tuzilgan gaplargina nutq birligidir. Umuman, gap tuzish qolipi nutq birligiga kirmaydi. Nihoyat, nutqda uning material qobig`i, materiyasi bo`lgan aniq, real nutq tovushlari ham nutq birligi hisoblanishi lozim. Boshqacha aytganda, fonemani variantlari nutqda yuzaga keladi. Ular fonemalarning yashash formasida iboratdir. Yuqoridagilardan ko`rinadiki, nutqning struktura elementlariga so`zning grammatik formalari (glossemalar), ularning negizlari, erkin so`z birikmalari, murakkab (yoki ”qo`shma”) fe`llar va murakkab sonlar, aniq gaplar va aniq (real) nutq tovushlari kiradi. Til bilan nutqni qiyoslaganda ularni quyidagi o`ziga xos xususiyatlar bir- biridan ajratib turadi: Til aloqa materiali- nutq esa aloqa formasidir Tilni xalq yaratadi-nutqni esa har-bir shaxs yaratadi. Tilning hayoti uzoq, xalq hayoti bilan bog`lik-nutqning hayoti qisqa, u aytilgan paytdagina mavjud (yozma nutq bundan mustasno). Ayrim shaxsning ayni zamonda bir necha tili bo`lishi mumkin; chunki u vaqt va o`rin bilan bevosita bog`lanmagan-ayrim shaxsning nutqi ayni zamonda faqat bitta bo`ladi; chunki u ma`lum vaqtda va ma`lum o`rinda yuz beradi. Tilning hajmi noaniq-nutqning hajmi aniq: u dialog, monolog,ayrim matn, kitob formalarida bo`lishi mumkin. Til turg`un, statik hodisa-nutq harakatda bo`luvchi dinamik hodisa. Shunday qilib, tilshunos lingvistik hodisalarga baho berishda mana shu til va nutq munosabatini har doim hisobga olish lozim, shundagina u hodisaga to`g`ri yondoshadi.
Download 2.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling