Urganch tumanidagi 20-sonli maktabning 8b


Download 1.33 Mb.
Sana23.12.2022
Hajmi1.33 Mb.
#1050037
Bog'liq
8b nuromiylar


Urganch tumanidagi 20-sonli maktabning 8b-sinfida 13.05.2022-yilda sinf soatida “Nuroniylar tarbiyaviy soati” mavzusida o`tkazilgan
Davra suhbati
Maktabimiz zalida “Nuroniylar tarbiyaviy soati” mavzusida davra suhbati o`tkazildi.Unda 7-8-9-10-sinf o’quvchilariva sinf rahbarlari,taklif etilgan nuroniylardan Gulsara ona,Yusupova Oyshajon opa,Rajabova Bekposhsha opa,Rajabov Zarifboy ustozlar qatnashdilar. Ular o`quvchilarga hayot tajribalaridan saboq berishdilar va o`tgan davrdagi ta`lim va hozirgi yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida gapirdilar.Yusupova Oyshajon opa so`zga chiqib o`quvchilarga o`qituvchi kasbining mashaqqatli ekanligini ,shuning bilan birga eng sharafli kasb ekanligi va bu kasbning mevasi yillar davomida yuzaga chiqishi haqida gapirdi.Rajabova Bekposhsha opa esa hali yurtimizda o`quvchilarga bunday imkoniyatlar berilmaganligi, ularga shu imkoniyatlardan oqilona foydalanish kerakligini uqtirdi. Gulsara ona o`zi aslida dehqon bo`lgan .U hayotda ustoz kasbini tanlamagan bo`lsa-da, ustozlarni ardoqlash ,hurmatini joyiga qo`yish kerakligini ta`kidladi.U kelajagimiz tayanchi bo`lmish yoshlarga qarata,tinchligimizni qadriga yetishni,ota-onani hurmat qilishni, bunday imkoniyatlarni qo`ldan bermay, vatanning koriga yaraydigan avlod bo`lishni nasihat qildi.Davra suhbati so`ngida maktabimiz MMIBDO`si A.Yakubova o`quvchi yoshlarga ustozlarni otadek ulug` bo`lishini, ularning o`git va nasihatlariga amal qilish ularni yuksaklarga eltishini uqtirdi.


Sinf rahbari: D.Atayeva
Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling