Urgqnch davlat universiteti filologiya fakulteti 201-guruh talabasi Boltaboyeva Mahliyoning Umumiy psixologiya fanidan taqdimoti Mavzu: Xotira haqida tushuncha. Uning nerv fiziologik asoslari. Xotira jarayonlari va turlari
Download 86.65 Kb.
|
4-xotira
Urgqnch davlat universiteti filologiya fakulteti 201-guruh talabasi Boltaboyeva Mahliyoning Umumiy psixologiya fanidan taqdimoti Mavzu: Xotira haqida tushuncha. Uning nerv fiziologik asoslari. Xotira jarayonlari va turlari Reja: 1. Xotira haqida tushuncha va uning nerv fiziologik asoslari. 2. Xotiraning psixologik nazariyalari. 3 Xotira jarayonlari va turlari. 4. Xotirani o`rganish metodlari va amaliy tavsiyalar. Hotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki hotirlash jarayonidir. Professor E.Qoziev tomonidan hotira tushunchasiga quyidagicha ta'rif beriladi. «Hotira atrof-muhitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ihtiyoriy va ihtiyorsiz ravishda, passiv va faol holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mehanik yo'l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, unutish hamda tanish hissidan iborat psihik jarayon. Alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa barcha taassurotlarni ijobiy qayta ishlashga yo'naltirilgan mnemik faoliyatdir». SHunday qilib, xotira – bu inson tomonidan o‘tmish tajribasini esda olib qolish, saqlash va keyinchalik eslashning psixik jarayoni. Inson hayotida xotiraning o‘rni beqiyosdir. Xotirasiz inson «abadiy go‘daklik holatida» qolgan bo‘lar edi (I.M. Sechenov). S.L. Rubinshteyn ta’kidlaganidek: «Xotirasiz daqiqa mavjudotlari bo‘lar edik. O‘tmishimiz kelajak uchun o‘lik bo‘lardi. Hozirgi zamon kechmishiga ko‘ra o‘tmishda badar yo‘qolardi».
Hotiraning nerv fiziologik asosini assotsiatsiyalar tashkil qiladi. Assotsiatsiya bizning hotiramizda mustahkamlangan va ongimizda qayd qilingan ayrim voqea hodisalarning o'zaro bog’lanishidir. Biror buyumni esda olib qolish, boshqa buyumlar bilan bog’lash orqali amalga oshiriladi.. «Muvaqqat nerv bog’lanishlari – deb yozadi I.P. Pavlov hayvonot olamida va bizning o'zimizda ham bo'ladigan eng umumiy fiziologik hodisadir. Shu bilan birga u psihik hodisa hamdir, turli-tuman harakat, taassurot bo'lmasa harflar, so'zlar va fikrlar o'rtasida paydo bo'ladigan bog’lanishlar-ki, bu bog’lanishlarni psihologlar assotsiatsiyalar deb ataydilar». O’tkazilgan tekshirishlarga ko’ra, biror narsa esda olib qolinganda, asosan nerv hujayralarining (neyronlarning) dendrit shoxlari tarkibida o’zgarish yuzaga keladi. Ular qandaydir boshqacharoq tuzilishga kirib oladilar. Dendritlar tuzilishidagi hosil bo’lgan o’zgarish darrov o’tib ketadigan bo’lmay, ancha mustahkam bo’ladi. SHu sababli esda olib qolgan narsa uzoq vaqt xotirada saqlanib turadi.[2] [2] Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan 134р Inson hotirasidagi assotsiatsiyalar 3 turga ajratiladi: Yondoshlik assotsiatsiyasi- bir necha narsa yoki hodisalarni ayni bir vaqtda yoki ketma-ket idrok qilishdan hosil bo'ladi O'hshashlik assotsiatsiyasi- hozirgi paytda idrok qilinayotgan narsa bilan ilgari idrok qilingan narsa o'rtasida ma'lum o'hshashlikka aytiladi Download 86.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling