Қурилиш материаллари, буюмлари ва конструкцияларини ишлаб чиқариш
Korxona va ishlab chiqariladigan mahsulot to’g’risida ma’lumotlar
Download 488.64 Kb.
|
БЕТОН ТЎЛ. КУРС ИШИ (лотин)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xom ashyolar to’g’risida ma’lumotlar
- Kurs loyihasi namunasi O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Farg’ona politexnika instituti
- Beton to’ldiruvchilari texnologiyasi”
- Kurs loyihasi uchun ma’lumotlar Korxonani ishlab chiqarish quvvati
- Ishlatiladigan xom ashyolar
Korxona va ishlab chiqariladigan mahsulot to’g’risida ma’lumotlar
Xom ashyolar to’g’risida ma’lumotlar
Tuzuvchi: M.A.Mirzajonov 2-ilova Kurs loyihasi namunasi O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Farg’ona politexnika instituti Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulьteti “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalari ishlab chiqarish texnologiyasi” kaferasi “Beton to’ldiruvchilari texnologiyasi” fanining K U R S L O Y I H A S I Mavzu: “Ishlab chiqarish quvvati 200 ming tonna/yil keramzit shag’ali ishlab chiqarish tsexini loyihasi” Bajardi: gurux talabasi Qabul qildi: dotsent B.Q. Mirzayev FARG’ONA - 2020 Kurs loyihasi uchun ma’lumotlar Korxonani ishlab chiqarish quvvati: 20000t/kun; Ishlab chiqariladigan mahsulot: Oliy toifadagi kerazit shag’ali Uyma zichligi 450 kg / m3 Mustahkamlik bo’yicha markasi P100 Ishlatiladigan xom ashyolar: Past ko’pchiydigan (Kk = 2) tuproq: Uyma zichligi 1600 kg / m3 FeO+Fe2O3, miqdori – 2% MUNDARIJA I. KIRISH..............................................................................................................................7 II. UMUMIY BO’LIM ........................................................................................................8 2.1 Korxona tarkibi..............................................................................................................8 2.2 Mahsulot turlari va xususiyatlari.............................................................................8 2.3 Ishlatiladigan xom ashyo xususiyatlari......................................................................10 III. TEXNOLOGIK QISM...................................................................................................11 3.1 Qabul qilingan ishlab chiqarish texnologiyasini asoslash....................................11 3.2 Texnologiyaning tavsifi.................................................................................................13 3.3 Texnologik rejimlar va ish hisob-kitoblari...........................................................15 3.4. Asosiy texnologik uskunalarni tanlash va ularni xarakteristikalari..........17 3.5 Ishlab chiqarish nazorati................................................................................................17 IV. ENERGORESURSLARGA TALABGORLIK............................................................... 19 V. XAVFSIZLIK TEXNIKASI VA MEHNAT MUHOFAZASI.................................20 Foydalaiilgan adabiyotlar..................................................................................................... K I R I SH Issiqlikni izolyatsiya qiluvchi devorbop panellar, monolit devorlar va har xil yuk ko’taruvchi konstruktsiyalar tayyorlashda yengil g’ovak to’ldiruvchilarni ishlatib samarali yengil, betonlar olish imkonini beradi. Og’ir to’ldiruvchilarni yengil to’ldiruvchilarga almashtirish natijasida , beton-ning xususiyatlarini kerakli darajada o’zgartirish, zichligini kamaytirish, issiqlik o’tkazuvchanligi va boshqalarni yaxshilash mumkin. SHuningdek ayrim g’ovak to’ldiruv-chilarning yetarli mustahkamligi asosida yuqori mustahkamlikdagi konstruktsion yengil betonlar tayyorlanadi. Respublikamizda tabiiy g’ovak to’ldiruvchilar zahirasi chegaralanganligi sababli sun’iy g’ovak to’ldiruvchilar olishga ehtiyoj seziladi. SHu sababli O’zbekistonning turli rayonlarida sun’iy g’ovak to’ldiruvchilar(keramzit, agloporit va boshqa) ish-lab chiqaruvchi korxonalar qurilgan. Sun’iy g’ovak to’ldiruvchilarni ishlab chiqarish korxonalari xomashyo (mahalliy xomashyodan foydalanish) bor joylarda va unga talab bo’lgan rayonlarda quriladi. Sun’iy g’ovak to’ldiruvchilarning tannarxi tabiiy to’ldi-ruvchilarga nisbatan yuqori, lekin chetdan keltiriladigan to’ldiruvchilarga nisbatan arzonroqdir. Sun’iy g’ovak to’ldiruvchilarning yuqori sifati va samaradorligi sababli betonlar olishda keng qo’llaniladi. Sun’iy g’ovak to’ldiruvchilarning eng ko’p ishlatiladigan turi, bu keramzitdir. Giltuproqning ba’zi turlari kuydirishda ko’pchiydi va bunday gillar asosida keramzit olinadi. Sanoatda keramzit shag’ali va keramzit qumi olinadi, kam miqdor-da keramzit chaqiq toshi ishlab chiqariladi. Keramzit shag’ali donasi yumaloq shaklda, strukturasi g’ovak va yacheykasimon bo’ladi. Keramzit donasining yuza qismi zich qatlam bilan qoplangan, rangi qo’ng’ir qora, bo’linganda qoramtir bo’ladi. Gilning ko’pchishi ikkita jarayonga bog’liq: gaz ajralishi va gilning piroplas-tik holatga o’tishidir. Gaz ajralishi–bu temir oksidlariningorganik moddalar bilan birikishidan keyingi qaytarilish reaktsiyasi bo’lib birikmalarning oksidla-nishi, gidroslyuda va boshqa suvli birikmalarni degidrotatsiyasi, karbonatlarning dissotsiatsiyasiga bog’liq. Gilning piroplastik holatga o’tishi, gilda yuqori haroratda suyuq fazaning (eritma) hosil bo’lishidir. Natijada gil yumshayadi, plastik deformatsiya qobiliyati yuzaga keladi, ajralayotgan gazlar asosida ko’pchiydi va natijada gaz o’tkazmaydigan materialga aylanadi. Download 488.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling