Urinib ko‘rmasdan befoyda dema!


Download 19.1 Kb.
Sana29.01.2023
Hajmi19.1 Kb.
#1137331
Bog'liq
Urinib ko‘rmasdan befoyda dema!


Urinib ko‘rmasdan befoyda dema!

Muvaffaqiyat uni izlashga tushilgandagina bo‘y ko‘rsatadi. Maqsadingizga erishishingiz yo muvaffaqiyat qozonishingiz uchun barcha savollarning javobini oldindan bilishingiz shart emas. Eng muhimi, maqsadingiz haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishingizdir.


Muammolar bilan yuzlashganda ulardan qochmang. Muammoyingizni qismlarga bo‘lib tashlang va birma-bir hal qiling.
Ishga kirishayotib, tashlaydigan qadamlaringizni chamalab oling. Hozirning o‘zida ham nimadir qilishingiz mumkin. Birinchi qadamni o‘sha zahoti tashlang.
Mashhur fizik olim Tomas Edisonning shunday gaplari bor: “Bizning eng katta kamchiligimiz shuki, biz juda tez taslim bo‘lamiz. Vaholangki, muvaffaqiyat uchun har doim yana bir bor urinib ko‘rish kerak”.
Har bir narsaga erishishda ozmi-ko‘pmi mehnat talab qilinadi. Inson Xudoga tavakkul va duo qilib, rizq talabida harakat qilsa, albatta, noumid qaytmaydi, mehnatlari besamar ketmaydi.
E’tibor berganmisiz, biz ko‘p hollarda ayrim narsalarni inkor etishni yaxshi ko‘ramiz, biz “bu noo‘rin”, “bu yomon” yoki “bu meniki emas” deymiz, o‘zimiz esa nimani inkor qilayotganimizni o‘zimiz ham tushunmaymiz. Axir, biz buni sinab ko‘rmadik-ku hali! Balki siz buni o‘zingizda sezmagandirsiz, lekin o‘z muhitingizda shunday odamlarni uchratganmisiz?
Biror bir maqsadga erishish uchun bo‘lgan kuchli xohish yoki istak bormi demak sizda o‘zingizga bo‘lgan ishonch va o‘zgalarga o‘tkazadigan ta’sir kuchingiz ijobiy. Siz qarshingizdagi insonga bir so‘z bilan ruhlantirib o‘ziga ishonch uyg‘ota olasiz.
“Baribir befoyda” sindromini yengish uchun quyidagilarga amal qiling: 

  • ijobiy bo‘ling (faqat har bir qilayotgan ishingizga ijobiy yondoshing)

  • o‘zingizdan kuchliroq va bilimliroq odamlar davrasida bo‘ling;

  • maqsadlaringizga erishganingizni xayolingizda tasavvur qilib ko‘ring;

  • umuman harakat qilmagandan ko‘ra bir bor urinib ko‘rgan yaxshiroqligini yodda tuting

Shu o‘rinda bir hikoyaga quloq tutsak:
XIX asr boshlarida yashagan londonlik bir yigit yozuvchi bo‘lishni orzu qilardi. Lekin atrofdagi barcha narsa unga qarshidek edi go‘yo. Otasi qarzlarini to‘lolmagani uchun qamoqqa tashlangan edi. Yigitchaning o‘zi esa maktabda bor-yo‘g‘i to‘rt yil o‘qigan edi. Yigitcha buning ustiga ochlik iskanjasida qolgan edi. Nihoyat u bankalarga yorliq yopishtiruvchi bo‘lib ishga kirdi. Ish joyi kalamushlarga to‘la edi. Yigitcha katalakdek xonada londonlik yana ikki boshpanasiz bolalar bilan uxlardi. U o‘zining yoza olish qobiliyatiga ishonmagani uchun dastlabki qoralamasini konvertga solib, ustimdan birov kulmasin deya, yarim kechasi pochta orqali gazeta idorasiga yubordi. U hikoyalarini gazetalarga jo‘natishda davom etar va ulardan rad javobini olishdan charchamasdi.
Kunlarning birida, nihoyat uning hikoyasi qabul qilindi.
U hikoyasiga qalam haqi olmagan bo‘lsa-da, muharrir uni maqtab qo‘ydi. Uni maqtashdi! U shunchalik ta`sirlanganidan ko‘chalarda quvonch ko‘zyoshlari bilan maqsadsiz kezib yurdi. Birgina hikoya tufayli olingan olqish va e`tirof uning butun hayotini o‘zgartirib yubordi. Hikoyamiz qahtramoni mashhur yozuvchi Charlz Dikkens edi.
Unutmang, minglab kilometrga cho‘zilgan sayohatlar birgina qadam bilan boshlanadi. Qani, boshlang!
Download 19.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling