Uchquduq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimi I.Odilov tomonidan Uchquduq tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 2022-yil 1-iyuldagi 2022-319-5-76-OB-sonli shtat birligiga o‘zgartirish to‘g‘risidagi buyruq loyihasiga mehnat shartnomasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida qo‘shimcha kelishuv xodim tomonidan imzolanmagan bo‘lsada, ijobiy xulosa berilgan (RF14681761).
Tomdi tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimi J.Totliyev tomonidan buyruq loyihasida vaqtincha vazifa yuklanayotgan xodimga aynan qaysi lavozim bo‘yicha qo‘shimcha haq to‘lanishi belgilanmagan bo‘lsada, buyruq loyihasiga ijobiy xulosa berilgan( CV57718423).
Qiziltepa tumani 17-sonli DMTTning 2022-yil 9-avgusatdagi Y.Ne’matovaga 2022-yil 8-avgustdan 22 ish kunidan iborat mehnat taʼtili berish to‘g‘risidagi buyruq loyihasida xodim 05.09.2022-yildan ishga chiqishi lozim bo‘lsada, xodimning ishga chiqish sanasi 06.09.2022-yil etib belgilangan va mazkur hujjat loyihasiga markazi boshlig‘i S.Sharipov tomonidan ijobiy xulosa berilgan.(UN7317155780)
Qiziltepa tumani 25-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2022-yil
24-avgustdagi o‘quvchilarni 1-sinfga qabul qilish to‘g‘risidagi buyuq loyihasida bolalarni 1-sinfga qabul qilish bo‘yicha tuzilgan komissiya qarori mavjud bo‘lmasada, markazi boshlig‘i S.Sharipov tomonidan mazkur buyruq loyihasiga ijobiy xulosa berilgan. (TV3561474342)
Nurota tumani 5-sonli DMTTning 2022-yil 5-sentabrdagi DMTTga bolani qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq loyihasiga tashkilot va ariza beruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma ilova qilinmagan bo‘lsada, mazkur buyruq loyihasiga markaz xodimi Sh.Soliyev tomonidan ijobiy xulosa berilgan.( IM0125812873)
Adliya bo‘limlari tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ tusdagi qarorlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish sohasida.
“E-qaror” elektron tizimida yashirilgan qarorlar tahlil qilinganda, ularning 11 tasi asossiz ravishda yashirilganligi aniqlanib, shundan Qiziltepaga 4 ta, Nurotaga 6 ta, Navbahor va Konimex, Karmana tumanlariga 1 tadan to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari, qonunchilikka muvofiq foydalanishi cheklangan axborotlarni (mudofaa, xavfsizlik, shaxsga doir ma'lumotlar, vasiylik va homiylik hamda b.) o‘z ichiga olgan jami 112 ta qarorlar “E-qaror” elektron tizimida asossiz ravishda barchaga e'lon qilingan.
Jumladan, ushbu holatlar Zarafshonda 36 ta, Tomdida 14 ta, Uchquduqda
14 ta, Karmanada 11 ta, Navoiy shaharda 7 ta, G‘ozg‘onda 9 tadan, Navbahorda
Do'stlaringiz bilan baham: |