Urug‘, meva tuzilishi va tiplari
Download 59 Kb.
|
Urug\'kurtak tiplari
- Bu sahifa navigatsiya:
- rug‘kurtak, uning yetilishi va tuzilishi.
Urugʻkurtak (ovulum), urugʻmurtak — yuksak oʻsimliklar urugʻchi gulida, odatda, urugʻlanishdan soʻng tuguncha ichida hosil boʻladigan boʻrtma. U. meva barg — platsenta, urugʻpoyadagi maxsus oʻsimtada bitta yoki bir nechtadan joylashgan; sharsimon yoki tuxumsimon shaklda boʻladi. U.ning markaziy qismi bir qavat yoki bir necha qavat qobiqqa oʻralgan yadro (nutsellus)dan iborat. Bu qobikdar oʻsib, bitta umumiy qobiqqa aylanishi mumkin. U.ning mikropilyar va xalazal qismlari boʻladi. Mikropilyar qism U.ning uchidagi qobiqlar tutashib ketmasdan chang naylari oʻtadigan urugʻ yoʻli yoki chang yoʻli (mikropile) hosil qiladi. Tuxumhujayra urugʻlangandan keyin U.dan urugʻ hosil boʻladi. Oʻsimliklarning tarixiy rivojlanishi jarayonida U. dastlab urugʻli qirqquloqlarda paydo boʻlgan. Yopiqurugʻlilar urugʻkurtagi eng yuksak darajada tuzilgan boʻlib, tuguncha ichida joylashgan; tashqi noqulay sharoitdan himoyalangan. Tuxumhujayra urugʻlangandan keyin qobiklari urugʻ poʻstlogʻiga aylanadi. Tugunchada bittadan bir necha mingtagacha U. hosil boʻladi. U. platsentaga nisbatan toʻgʻri (atrop), teskari (anatrop), egik (kompilatrop) boʻladi. Ularning oʻtkinchi shakllari ham bor. U tugunchada har xil holatda (markaziy qismida, tuguncha devorida va tubida) joylashadi. Urug` deb o`simliklarning tarqalishiga, ko`payishiga xizmat qiluvchi generativ organga aytiladi. Urug` urug` kurtakda ro`y bergan qo`sh urug`lanish jarayonidan keyin rivojlanib hosil bo`ladi. U o`zida bo`lg`uvchi o`simlikning barcha qismlarini ildiz, poya va bargini saqlagan bo`ladi. Bu qismlar qo`sh urug`lanish jarayonidagi tuxum hujayraning otalanishidan hosil bo`lsa, zahira oziq moddalar to`planadigan epdosperm markaziy hujayraning otalanishidan hosil bo`ladi. Urug` po`sti urug`kurtakdagi integumentning rivojlanishidan hosil bo`ladi.
Tabiatda urug`lar turli - tumandir. Ularning og`irligi milligramdan 15 kg gacha bo`ladi (palma). 2. Urug`ning shakli, o`lchami, rangi turlichadir. Har qanday urug` quyidagi qismlardan tashkil topgan bo`ladi. Urug` po`sti, murtak va zahira oziq moddalar saqlanuvchi qism. Zahira oziq moddalarning saqlanishiga qarab urug`larni uchta guruhga ajratish mumkin. rug‘kurtak, uning yetilishi va tuzilishi. Urug‘kurtak tugunchaning platsentasida joylashadi. Urug‘kurtak bu gulli o‘simliklarning hammasida hosil bo‘lib unda: a) megasporaning hosil bo‘lishi - megosporagenez; b) urg‘ochi gametofitning rivojlanishi - megogametogenez; c) urug‘lanish jarayonlari bo‘ladi. Tuxum hujayra otalangandan so‘ng urug‘kurtak urug‘ga aylanadi. Urug‘kurtak yosh rivojlanayotgan mevabarg qirralarida bo‘rtma shaklida paydo bo‘ladi. Keyinchalik bu bo‘rtma uning hujayralarining mitoz bo‘linishi natijasida o‘sib urug‘kurtak nutsellusiga aylanadi. Bo‘rtmaning ostki qismi keyinchalik o‘sib, rivojlanib funikulyus yoki urug‘kurtak oyoqchasini hosil qiladi. Nutsellus yon tomonida yashil burtmalar hosil bo‘lib bu burtma hujayralarini bo‘linib rivojlanishidan integumentlar hosil bo‘ladi. Shunday qilib urug‘kurtak shakllanadi (79-rasm). Urug‘kurtak qo‘yidagi qismlardan tashkil topgan: urug‘kurtak oyoqchasi (funikulyus), nutsellus yoki urug‘kurtak yadrosi, u tashqi tomondan bir yoki ikki qavat integument bilan qoplangan bo‘lib, u nutsellus ostidan yuqoriga qarab o‘sadi shungdek, mikropila va xalaza. Funikulyus urug’kurtakning qisqa oyoqchasi bo’lib, u yordamida platsentaga birikadi. Nutsellus urug’kurtakning o’rta qismini egallab turuvchi parenxima to’qimasidan iborat. Ko‘pchilik gulli o‘simliklarda integument ikki qavat bo‘ladi shu sababli urug‘kurtak bir qavatli va ikki qavatli bo‘lishi mumkin. Urug’kurtakning rivojlanishi (sxema): 1-nutsellusninh hosil bo’lishi; 2-arxesporial hujayraning ajralishi; 3-vegasporaning shakllanishi (meyoz); 4-uchta megasporaning nobud bo’lishi; 5-8-megasporaning ketma-ket uch marta bo’linishi (mitoz) va urg’ochili gametofit-murtak xaltasining shakllanishi. Urug‘kurtak ichida integumentlar birlashmasdan ochiq qolib kanalcha hosil qiladi, bu kanalchani mikropile deyiladi. Ana shu mikropile orqali chang naychalari urug‘kurtak va uning ichida yetilgan murtak xaltasiga kiradi. Bu kanal qisqa yoki uzun tor yoki keng bo‘ladi. Ba’zan integumentlar birlashib yagona bir qavatini hosil qilishi ham mumkin. Download 59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling