- Amaliy mashg‘ulot:
- “Urug‘ unib chiqadimi?”.
- 5-6-sinf
- Mavzu sohasi: Meva va urug‘larning tarqalishi. Urug‘larning unib chiqishi.
- Urug‘ unib chiqadimi?
- Savol 1/4
- Matnni o‘qing.
-
- Quyidagi sharoitlarning qaysilari urug‘ unib chiqishi uchun zarur?
-
- Uchta to‘g‘ri javobni belgilang.
-
- Kislorod
- O‘g‘itlar
- Suv
- Karbonat angidrid
- Issiqlik
- Maxmudni har doim kuchli va katta o‘simliklarning hayoti mittigina urug‘dan boshlangani hayron qoldiradi. Bunday mo‘jiza sodir bo‘lishi uchun nimalar zarur? Hamma urug‘ ham unib chiqmasligini Maxmud o‘zining dala hovlisida ko‘rgan edi.
- Topshiriq tavsifi:
- Mazmun sohasi: tirik sistemalar
- Kompetensiya: hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish
- Kontekst: shaxsiy
- Kognitiv daraja: quyi
- Savol formati: bir nechta javob tanlanadigan
- Baholash obyekti: hodisani tushuntirish uchun tegishli tabiiy-ilmiy bilimlarni yodga olish va qo‘llash
- Baholash mezoni:
| | | - 3ta to‘g‘ri javob:
- 1 (kislorod), 3 (suv), 5 (issiqlik) belgilangan bo‘lsa
| | - Boshqa javoblar YOKI javob yo‘q bo‘lsa
| - Urug‘ unib chiqadimi?
- Savol 2/4
- Matnni o‘qing.
-
- Urug‘larni ekishda nimalarga alohida e’tibor qaratish kerak?
-
- Uchta to‘g‘ri javobni belgilang.
-
- Ekish chuqurligi
- Sutkaning vaqti
- Ekish muddatlari
- Shamol yo‘nalishi
- Tuproqning sifati
- Urug‘larning unib chiqishi uchun muayyan sharoitlar bo‘lishi zarur. Bu esa urug‘larni tuproqqa ekish vaqtida ma’lum qoidalarga amal qilinishiga bog‘liq.
- Topshiriq tavsifi:
- Mazmun sohasi: tirik sistemalar
- Kompetensiya: ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish
- Kontekst: shaxsiy
- Kognitiv daraja: o‘rta
- Savol formati: bir nechta javob tanlanadigan
- Baholash obyekti: tahlil qilish, ma’lumotlarni talqin qilish va xulosa chiqarish
- Baholash mezoni:
| | | - Tanlangan javoblar:
- 1 (Ekish chuqurligi), 3 (Ekish muddatlari), 5 (Tuproq sifati)
| | - Boshqa javoblar YOKI javob yo‘q bo‘lsa
| - Urug‘ unib chiqadimi?
- Savol 3/4
- Matnni o‘qing.
-
- Urug‘ unib chiqish davrida murtak ildizcha nima uchun murtakning boshqa organlaridan tezroq o‘sadi?
-
- Javobingizni yozing.
- Maxmud urug‘ning unib chiqish, urug‘ning tinim davridan o‘tish, undan murtak rivojlanish jarayonlari bilan tanishdi.
- Bir urug‘pallali o‘simlik urug‘ining tuzilishi
- (bug‘doy)
- Urug‘ning unib chiqish bosqichlari
- Topshiriq tavsifi:
- Mazmun sohasi: tirik sistemalar
- Kompetensiya: ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish
- Kontekst: shaxsiy
- Kognitiv daraja: o‘rta
- Savol formati: batafsil javob yoziladigan
- Baholash obyekti: tahlil qilish, ma’lumotlarni talqin qilish va xulosa chiqarish
- Baholash mezoni:
| | | - To‘g‘ri javob: murtakdagi boshlang‘ich ildizcha ko‘chatni tuproqqa mustahkamlashi yoki o‘simlikni suv va minerallar bilan ta’minlash uchun o‘sishda boshqa murtak qismlaridan ustunlik qilishi ifodalangan bo‘lsa (o‘simlikni oziqlantirishni ta’minlash uchun).
| | - Boshqa javoblar YOKI javob yo‘q bo‘lsa
| - Urug‘ unib chiqadimi?
- Savol 4/4
- Matnni o‘qing.
-
- Maxmud o‘z tajriba natijalaridan qanday xulosaga keldi?
-
- Javobingizni yozing.
- Maxmud tajriba o‘tkazishga qaror qildi. U ikkita idish olib, ularning tubiga sochiqcha qo‘ydi, sochiq ustiga loviya urug‘larini soldi va ozroq suv quydi. So‘ng bitta idishni qorong‘i joyga, ikkinchisini deraza tokchasida qoldirdi. Oradan 5 kun o‘tgach Maxmud qorong‘i joydagi va deraza tokchasidagi idishlarda bir xil miqdorda loviya urug‘lari unib chiqqanini aniqladi.
- qorong‘i joydagi
- urug‘lar
- deraza tokchasidagi
- urug‘lar
- Topshiriq tavsifi:
- Mazmun sohasi: tirik sistemalar
- Kompetensiya: ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish
- Kontekst: shaxsiy
- Kognitiv daraja: o‘rta
- Savol formati: batafsil javob yoziladigan
- Baholash obyekti: tahlil qilish, ma’lumotlarni talqin qilish va xulosa chiqarish
- Baholash mezoni:
| | | - To‘g‘ri javob: yorug‘lik loviya urug‘larining unib chiqishiga ta’sir qilmasligini ifodalagan bo‘lsa;
| | - Boshqa javoblar yoki javob yo‘q bo‘lsa.
| - Mavzu sohasi: Prokariotlar va eukariotlar. Bakteriyalar. Protistalar. Zamburug‘lar. Lishayniklar
- Ko‘rinmas sut kislotalari
- Ko‘rinmas sut kislotalari
- Savol 1/4
- Matnni o‘qing.
-
- Sutni ivitishda nima uchun yangi sut qatiq bilan aralashtiriladi?
-
- Bitta to‘g‘ri javobni belgilang.
-
- Qatiq sutning ivishiga yo‘l qo‘ymaydi.
- Qatiq tarkibida sut kislotasi bakteriyalari mavjud.
- Sut qatiq bilan quyuqlashadi.
- Qatiq sutga nordon ta’m beradi.
- Malika va Ikrom ota-onasi bilan dala hovlida yashaydi. Kechqurun tasodifan elektrda uzilish sodir bo‘ldi. Onasi: "Ertalabgacha muzlatgichning muzi erib ketadi, sutni saqlashimiz kerak",– dedi.
- Ko‘rinmas sut kislotalari
- Malika va Ikrom sutni qanday qilib saqlashni so‘rashganda, onasi: "Biz sutni ivitib, qatiqqa aylantiramiz. Buni qilish uchun sut kislotasi bizga yordam beradi", – deb javob berdi. Keyin u ko‘zadagi sutni muzlatgichdan olib, unga katta qoshiqda bir necha marta qatiq qu‘ydi.
- Topshiriq tavsifi:
- Mazmun sohasi: tirik sistemalar
- Kompetensiya: hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish
- Kontekst: shaxsiy
- Kognitiv daraja: quyi
- Savol formati: bitta javob tanlanadigan
- Baholash obyekti: hodisani tushuntirish uchun tegishli tabiiy-ilmiy bilimlarni yodga olish va qo‘llash
- Baholash mezoni:
| | | - To‘g‘ri javob:
- Qatiq tarkibida sut kislotasi bakteriyalari mavjud.
| | - Boshqa javoblar YOKI javob yo‘q bo‘lsa
| - Ko‘rinmas sut kislotalari
- Ko‘rinmas sut kislotalari
- Ko‘rinmas sut kislotalari
- Savol 2/4
- Matnni o‘qing.
-
- Nima uchun stakandagi sut ivimadi?
-
- Javobingizni yozing.
- Malika qolgan sutni qaynatdi va issiq sutga qatiq qo‘shdi. Ertalab ma’lum bo‘lishicha, stakandagi sut ivimagan.
- Ko‘rinmas sut kislotalari
- Bolalar nima uchun bunday bo‘lganini aniqlash uchun sut kislotasi bakteriyalari haroratga bog‘liq ravishda qanday ko‘payishi haqida ma’lumot izlashdi. Bu ma’lumotlar quyidagi grafikda ko‘rsatilgan.
- Sut kislotasi bakteriyalari(Lactobacterium)
- ko‘payish tezligining atrof-muhit haroratiga
- bog‘liqlik grafigi
- Ko‘rinmas sut kislotalari
- Topshiriq tavsifi:
- Mazmun sohasi: tirik sistemalar
- Kompetensiya: ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish
- Kontekst: shaxsiy
- Kognitiv daraja: o‘rta
- Savol formati: batafsil javob yoziladigan
- Baholash obyekti: tahlil qilish, ma’lumotlarni talqin qilish va xulosa chiqarish
- Baholash mezoni:
| | | - To‘liq javob: chunki harorat ko‘tarilganda, sut kislotasi bakteriyalari nobud bo‘lgan, shuning uchun sut achitilmagan ya’ni ivimaganligi ifodalangan, grafikka ishora qilingan bo‘lsa
| | - Qisman javob: issiq sutda sut kislotasi bakteriyalari nobud bo‘lgan (sabab ko‘rsatilgan, lekin natija haqida aytilmagan) grafikka ishora qilinmagan bo‘lsa
| | - Boshqa javoblar yoki javob yo‘q bo‘lsa
| - Ko‘rinmas sut kislotalari
- Ko‘rinmas sut kislotalari
- Savol 3/4
- Matnni o‘qing.
-
- Nima uchun sutni qatiq (sut kislotasi) qo‘shilmasdan ivitish maqbul emas?
-
- Bitta to‘g‘ri javobni belgilang.
-
- Sutga faqat chirituvchi bakteriyalar tushadi.
- Sutda juda ko‘p turli xil bakteriyalar paydo bo‘ladi.
- Sutdagi mavjud bakteriyalar nobud bo‘ladi.
- Sutda sut kislotasi bakteriyalari bo‘lmaydi.
- Bolalar internetdan sut kislotasidan tashqari sirka kislotasi, chirituvchi va boshqa ko‘p bakteriyalar mavjudligini bilib olishdi. Chirituvchi bakteriyalar mahsulotlarning buzilishiga olib keladi. Albatta, bu bakteriyalarning barchasini oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi, lekin ular hamma joyda: havoda, suvda, tuproqda mavjud.
- − Agar sutni stol ustiga qo‘yib, unga hech narsa qo‘shmasak, sut iviydimi, − deb so‘rashdi bolalar.
- Onasi esa:
- − Sut iviydi, lekin bu ivitish usuli unchalik ham maqbul emas, − deb javob berdi.
- Ko‘rinmas sut kislotalari
- Sut kislotasi bakteriyalari Sirka kislotasi bakteriyalari Chirituvchi bakteriyalar
- Ko‘rinmas sut kislotalari
- Topshiriq tavsifi:
- Mazmun sohasi: tirik sistemalar
- Kompetensiya: ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish
- Kontekst: shaxsiy
- Kognitiv daraja: o‘rta
- Savol formati: bitta javob tanlanadigan
- Baholash obyekti: tahlil qilish, ma’lumotlarni talqin qilish va xulosa chiqarish
- Baholash mezoni:
| | | - To‘g‘ri javob:
- Sutda juda ko‘p turli xil bakteriyalar paydo bo‘ladi.
| | - Boshqa javoblar YOKI javob yo‘q bo‘lsa
| - Ko‘rinmas sut kislotalari
- Ko‘rinmas sut kislotalari
- Ko‘rinmas sut kislotalari
- Savol 4/4
- Matnni o‘qing.
-
- Bolalar tajriba natijasida nimani bilib olmoqchi bo‘lishdi?
-
- Javobingizni yozing.
- Bolalar tajriba o‘tkazishga qaror qilishdi. Ular ikkita bir xil bankaga sut quyishdi va har bir bankada bir qoshiq qatiq qo‘shishdi. Bir idishdagi sutni xona haroratida saqlashdi, ikkinchisini esa muzlatgichga qo‘yishdi. Bolalar 12 soatdan keyin nima hosil bo‘lganini tekshirib ko‘rishdi
- Ko‘rinmas sut kislotalari
- Topshiriq tavsifi:
- Mazmun sohasi: tirik sistemalar
- Kompetensiya: Ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash
- Kontekst: shaxsiy
- Kognitiv daraja: yuqori
- Savol formati: batafsil javob yoziladigan
- Baholash obyekti: muammoni ilmiy tadqiq qilish usulini taklif qilish va baholash
-
- Baholash mezoni:
| | | - To‘liq javob: Tajribaning maqsadi ma’lum bir vaqt ichida muzlatgichda sut ivishini tekshirish
| | - Qisman javob: Tajribaning maqsadi muzlatgichda sut ivishini tekshirish
- (biror vaqt davomida sut tekshirilganligi ko‘rsatilmagan.)
| | - Boshqa javoblar yoki javob yo‘q bo‘lsa
| - Amaliy mashg‘ulot:
- “Yashil hududlar”.
- 9- sinf
- Mavzu sohasi: Tugamaydigan va tiklanadigan
- tabiiy resurslar geografiyasi
- Yashil hududlar
- Kirish
-
- Shaharlardagi yashil ekinzorlar yoki huquqshunoslarning aytishlaricha, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish uchta asosiy toifaga bo‘linadi:
- a) umumiy foydalanish uchun ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar – istirohat bog‘lari, xiyobonlar, bog‘lar;
- b) turar-joy binolari hovlilari, maktablar, bolalar bog‘chalari, kasalxonalar, sanoat korxonalari hududidagi foydalanish cheklangan ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar;
- d) maxsus maqsadlarda ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar – sanitar himoyalangan suv omborlari, himoyalangan meliorativ zonalar, qabristonlar, avtomobil va temir yo‘l bo‘ylaridagi ekinzorlar, pitomniklar.
- Yashil hududlar
- Savol 1/3
- Matnni o‘qing.
- Megapolislardagi xiyobonlar va bog‘lar holati haqidagi maqola muallifi daraxt va butalarning mavjud bo‘lish shartlaridan birini muhokama qilish orqali shunday xulosaga keldi: “Katta shaharlardagi o‘simliklar yarimcho‘llarda yashaydi deb hisoblash mumkin”.
-
- Quyidagi bayonotlardan qaysi biri maqola muallifining fikrini qo‘llab-quvvatlaydi?
- Bitta to‘g‘ri javobni belgilang.
-
- Qoidaga ko‘ra yirik shaharlar shimoliy va janubiy yarim sharlarning mo‘tadil yarim cho‘l zonalarida joylashgan.
- Shahardagi asfalt va suv oqova tizimi yashil ekinzorlarning ildizini namlikdan mahrum qiladi.
- Iqlim o‘zgarishi, xususan, o‘rtacha oylik haroratining ko‘tarilishi shaharlarni yarim cho‘lga aylantiradi.
- Shaharning tungi vaqtda yoritilishi shaharlarda quyosh hech qachon botmaydi, – degan taassurot qoldiradi.
- Havo tarkibidagi chang va yuqori ifloslanish cho‘l bo‘ronlarini eslatadi.
- Shahardagi yashil ekinzorlar
- Shahar yashilligining holati ikkita asosiy guruh omillari bilan belgilanadi. Birinchisiga vaqt o‘tishi bilan kam o‘zgaruvchi tabiiy omillar kiradi. Ular shahar geografik joylashuvining xususiyatlari − iqlimi, landshafti, relyefi, suv va shamol rejimlari, shuningdek tuproq qatlamining tabiati bilan bog‘liq. Ikkinchi guruh omillari inson faoliyati bilan bog‘liq.
- Katta shaharlar - o‘ziga xos kun tartibiga ega bo‘lgan "issiqlik orollari"dir. Shahardagi umumiy havo ifloslanishi shahar tashqarisidagiga nisbatan ancha yuqori. Tutun va changli havo tufayli atmosferaning shaffofligi pasayib, quyosh nuri tushishining kamayishiga olib keladi.
- Shaharlardagi tuproq ham odam faoliyati tufayli jiddiy o‘zgaradi. Tuproq zichligining ortishi tuproq harorati rejimi, mikroorganizmlar holati va boshqalarga salbiy ta’sir qiladi. Tuproq tarkibida turli ifloslantiruvchi moddalar: yuqori metall birikmalari, tuz konsentratsiyalari (ayniqsa qishda muzlashga qarshi vositalar ishlatilgandan keyin), qurilish chiqindilari va boshqa axlatlar tuproqdagi tabiiy jarayonlarni buzadi, tuproqdagi o‘simlik ozuqalari miqdorini kamaytiradi.
- Katta shaharda o‘simliklarni sug‘orish ham o‘ziga xosdir. Asfalt qoplamalar suv va kislorodning tuproqqa yetib borishini qiyinlashtiradi. Asfalt suvni o‘tkazmaydi, shuning uchun yomg‘ir suvi kanalizatsiya tarmog‘iga oqib tushadi, o‘simliklar esa doimiy qurg‘oqchil tuproq sharoitida qoladi.
- Daraxt ildizlari zonasidagi yer osti kommunikatsiyalari va inshootlar alohida o‘simliklar uchun ham, umumiy ekinzorlar uchun ham noqulaydir. Muhandislik kommunikatsiyalari yer ostining hamma joyini o‘rgimchak to‘rlari kabi qoplab olgan, faqat yangi yil archasigina ildizlarsiz bir haftacha yashashi mumkin.
- Topshiriq tavsifi:
- Mazmun sohasi: tirik sistemalar, ekologik muammolar
- Kompetensiya: ma‘lumotlarni baholash
- Kontekst: mahalliy
- Kognitiv daraja: o‘rta
- Savol formati: bitta javob tanlanadigan
- Baholash obyekti: berilgan ma’lumotlarning manba mazmuni(kontekst)
- ga muvofiqligini baholash
- Baholash mezoni:
| | | - To‘g‘ri javoblar:
- Shahardagi asfalt va suv oqova tizimi yashil ekinzorlarning ildizini namlikdan mahrum qiladi.
| | - Boshqa javoblar YOKI javob yo‘q bo‘lsa
| - Yashil hududlar
- Savol 2/3
- Matnni o‘qing.
- O‘quvchilar darsda o‘z shaharlarida qabul qilingan yashil ekinzorlarni muhofaza qilish qoidalari bilan tanishdilar. Alisher shunday dedi:
- "Demak, yakshanba kuni biz o‘zimiz bog‘da sayr qila turib bir nechta qoidalarni buzdik va boshqa odamlar ham ularni buzayotganini ko‘rdik".
-
- Alisher va uning do‘stlarining qanday harakatlari shahardagi yashil maydonlariga zarar keltirdi?
- Barcha to‘g‘ri javoblarni belgilang.
-
- Bolalar bog‘ga velosipedda kelib, ularni o‘g‘irlikdan himoyalaydigan maxsus to‘xtash joyida qoldirishdi.
- Alisher xiyobonda daraxtlar tagida gitara chalib qo‘shiq aytdi, bolalar uning atrofida o‘tirib, qo‘shilib kuylashdi.
- Kozim daraxt tanasi hamda o‘rindiqqa o‘z ismining bosh harfi va sanani oʻyib yozdi.
- Bolalar qahvaxonadan olib kelgan ovqatlarni yeb, plastik idishlarni bog‘dagi o‘rindiq yonida qoldirib ketishdi , chunki yaqin atrofda chiqindi qutisi yo‘q edi.
- Dilshoda va Karimaga maysazordagi gullar yoqib qoldi, Alisher esa boshqa o‘simliklarga zarar bermasdan ehtiyotkorlik bilan ularga gul uzib berdi.
- Quyosh botganda, bolalar mobil telefon bilan yo‘lni yoritib bog‘dan chiqib ketishdi.
- Yashil ekinzorlarni muhofaza qilish qoidalari.
-
- Ko‘kalamzorlashtirilgan hududlarda quyidagilar taqiqlanadi:
- 1) har qanday material va buyumlarni saqlash;
- 2) Chiqindi, qor va muz yig‘ish joylarini tashkil qilish, bog‘ va xiyobon yo‘llarini tozalashda yig‘ilgan toza qor bundan mustasno.
- 3) tomlardagi qorni ekin maydonlariga tashlayotganda daraxt va butalarning xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish;
- 4) barglarni yoqish, xazonrezgi davrida barglarni ariqlar ichiga supurish, daraxt tanasi va butalar ustiga tashlash;
- 5) qor va boshqa ifloslantiruvchi moddalarni maysazor ustiga tashlash;
- 6) avtotransport vositalari, mototsikllar va boshqa transportlarning kirishi;
- 7) gulxan yoqish va yong‘in xavfsizlik qoidalarini buzish
- 8) daraxtlarga arg‘imchoq, belanchak, kir yoyish arqonlarini osib qo‘yish, daraxt tanasiga mix qoqish, reklama taxtalari, elektr simlari, yoritish jihozlari, daraxtlarga zarar etkazadigan tikanli va boshqa simto‘siqlarni o‘rnatish;
- 9) daraxtlardan shira, smola ajratib olish, o‘yib yozish va boshqa mexanik shikastlanishlar;
- 10) gullarni uzish, daraxt va butalarning shoxlarini sindirish, yashil ekinlarni nobud qilish.
- Topshiriq tavsifi:
- Mazmun sohasi: tirik sistemalar, ekologik muammolar
- Kompetensiya: faoliyatlar va ularning oqibatlarini baholash
- Kontekst: mahalliy
- Kognitiv daraja: quyi
- Savol formati: bir nechta javob tanlanadigan
- Baholash obyekti: faoliyatlarning ma’lum bir mezonga muvofiqligini baholash
- Baholash mezoni:
| | | - 3, 4, 5 – javoblar tanlangan bo‘lsa
| | - Boshqa javoblar YOKI javob yo‘q bo‘lsa
| - Yashil hududlar
- Savol 3/3
- Matnni o‘qing.
- Post muallifi va uni qo‘llab-quvvatlagan sharhlovchilarning harakatlari odamlar hayotida qanday o‘zgarishlarga olib keladi? Mumkin bo‘lgan ikkita o‘zgarishlarga misol keltiring.
- Javobingizni yozing.
- 1-o‘zgarish:
- Bu sizga nima uchun kerak?
- Erta bahorda ijtimoiy tarmoqlarning birida post paydo bo‘ldi. Muallif ning aytishicha, u odatiga ko‘ra ko‘pqavatli uyi yonida o‘tgan yili ekilgan o‘simliklar va butalar atrofini chiqindilardan tozaladi va bir yil ichida ularning qanchasi nobud bo‘lganini hisoblab chiqdi. O‘tgan yili hashar paytida kesilgan manzarali butadan yangi novdalar o‘sib chiqqani, nargis gulining piyozchalari va uchta atirgul butasining qishdan omon qolgani uni juda quvontirdi. Unga har galgidek: “Siz buni pul uchun qilyapsizmi yoki ko‘ngillimisiz? Bu sizga kerakmi? Bu nimani o‘zgartiradi?", – deb savol berishdi.
- Bu post ko‘plab sharhlarga sabab bo‘ldi. Mana ulardan ba’zilari:
- • Omad sizga! Hamma joy chiroyli va shinam bo‘lsin!
- • Mening chiroyli hovlim bor. Har yili lolalar ekaman, ayni paytda ular unib chiqdi!
- • Bizda deyarli hamma narsani o‘g‘irlab ketishdi. Qolganlarini yangi qurilgan binoga quvur o‘tkazgan ishchilar nobud qilishdi. Va kutilmaganda baxtimizga bitta oq gul o‘sib chiqdi! U hammaga yoqadi, lekin hech kim yordam bermaydi.
- • Men butalar o‘sib chiqqanidan juda xursandman!
- • Bizda erkaklar bog‘ni tozalab, qurib qolgan shoxlarni kesishdi. Hamma o‘z uyining kiraverishiga o‘simliklar ekdi. Bu ishni mening onam boshlab berdi, hozir esa u kasal, lekin ko‘chatlarga o‘zi qaraydi.
- • Har kuni kechqurun ishdan qaytganimda o‘zimning butalarim bilan gaplashaman
- • O‘tkinchilardagi dangasalik, loqaydlik va tushkunlikni yo‘qotish kerak.
- Topshiriq tavsifi:
- Mazmun sohasi: tirik sistemalar, ekologik muammolar
- Kompetensiya: faoliyatlar va ularning oqibatlarini baholash
- Kontekst: shaxsiy
- Kognitiv daraja: yuqori
- Savol formati: batafsil javob yoziladigan
- Baholash obyekti: faoliyatlarning ma’lum bir mezonga muvofiqligini baholash
- Baholash mezoni:
| | | - To‘liq javob: Topshiriq va kontekstga mos keladigan, bir-birini mazmunan takrorlamaydigan ikkita o‘zgarish keltirilgan bo‘lsa, masalan:
- - yashash qulayligining o‘zgarishi;
- - hududni obodonlashtirish va bezatish;
- - barchani umumiy ishga jalb qilish, yashovchilarni birdamlikka chorlash;
- - hissiy (emotsional) ta’sir qilish;
- - harakat, jismoniy mehnat qilish imkoniyati;
- - kontekstga mos keladigan har qanday boshqa o‘zgarishlar.
| | - Qisman javob: kontekstga mos keladigan, bir-birini mazmunan takrorlamaydigan bitta o‘zgarish keltirilsa
| | - Boshqa javoblar yoki javob yo‘q bo’lsa
| E’tiboringiz uchun rahmat! - E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |