Urug`chilik-seleksiya ishlari samaradorligini oshirish
Download 58 Kb.
|
Urug`chilik-seleksiya ishlari samaradorligini oshirish
Aim.uz Urug`chilik-seleksiya ishlari samaradorligini oshirish Seleksiya va urug`chilik ishlari respublikamizning paxtachiligini rivojlantirish va sifatini oshirishda asosiy bo`g`in hisoblanadi. Chunki, mutaxassislarning fikricha, “faqat to`g`ri tanlangan nav va yuqori sifatli urug` hisobiga paxta hosildorligi 10-15 foizga oshirish va undan ham yuqoriga ko`tarish mumkin1”. Dehqonchilik urug`chilikdan boshlanadi deb bejizga aytilmagan. Chunki saralangan kondensiyaga yetkazilgan urug`likdan sog`lom va kasalliklarga chidamli paxta nihollari o`sadi. Ma’lumki, tuproq-iqlim sharoitiga mos keladigan tumanlashtirilgan paxta navlarining ijobiy xususiyatlarini saqlab qolish maqsadida respublikamizda maxsus sxema asosida urug`chilik ishlari tashkil etilgan (O`zR DST 663-96). Unga ko`ra, elita va birinchi reproduksiyali chigitni elita xo`jaliklari yetishtirsa, ikkinchi, uchinchi va to`rtinchi reproduksiyali urug`lik chigitlarni yuqori hosildorlikka ega maxsus urug`chilik xo`jaliklari yetishtiradi. Ekiladigan paxta chigitlari sifat ko`rsatkichlari davlat standartlari bo`yicha quyidagi talablarga javob berishi lozim: - unib chiqish darajasiga ko`ra: I klassli urug`lik chigitining unib chiqishi - 95-100 %, II klassniki – 90-95 %, III klassniki – 85-89 %; - nav tozaligi elitada – 100 %, I reproduksiyada 99 %, II reproduksiyada 98 %, III reproduksiyada 96 % qilib belgilangan; - chigitning shikastlanishi qo`l terimida – 5 % dan, mashina terimida – 7 % dan oshmasligi lozim; - chigit tuki qoldig`i tukli chigitlarda –0,8 %dan, tabiiy tuksiz chigitlarda – 0,4 %dan oshmasligi lozim; - chigit namligi qo`l terimida – 9 %dan, mashina terimida –10%dan ziyod bo`lmasligi lozim. Respublikamizda ekilayotgan paxta navlari asosan mahalliy navlardan iborat bo`lib, jahon bozori talablariga to`liq javob bera olmaydi. Ishlab chiqarishda 1-turga mansub navlar ekilmayapti. Paxta navlari bo`yicha olib borilayotgan urug`chilik ishlari ishlab chiqarish talablarini to`liq qondirolmayapti. Sir emaski, urug`ni etishtirib beruvchi elita va urug`chilik xo`jaliklari buning uchun katta javobgarlik his etmaydi. Ular urug`ni tarqatish ishlarida ham ishtirok etmaydi va tabiiyki uning sifati oshishidan bevosita manfaatdor emas. Iste’molchining paxta tozalash zavodlari tomonidan berilgan navlarni qabul qilishdan boshqa chorasi yo`q. Urug`chilikda ahvolning yomonlashuviga: - urug`chilik laboratoriyalari asbob-uskunalar bilan yomon ta’minlanganligi; - kichik paxta zavodlari va mini sexlarning yo`qligi; - kichik partiyadagi urug`lik paxta xomashyosining yirik paxta tozalash zavodlarida qayta ishlanishi va buning natijasida urug`larning shikastlanishi hamda mexanik aralashuvi natijasida navlarning ifloslanishi kabi omillarni misol qilib keltirish mumkin. Keyingi yillarda “urug`chilikda mutaxassi kadrlar qo`nimsizligi keskin oshdi, urug`chilik bo`yicha malaka oshirish kurslari deyarli juda kam o`tkaziladi. Rayonlashtirilgan navlar urug`ini yetishtirish ustidan mualliflik nazorati susayib ketgan. Vujudga kelgan ahvol ishlab chiqaruvchilarni ham urug` sotib oluvchilarni ham qoniqtirgan emas2. Respublikamiz hukumati tomonidan mavjud ahvolni bartaraf etish va urug`chilik ishlarini rivojlantirish borasida bir qator qonun va qarorlar qabul qilingan. O`zbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi yangi tahrirdagi “Seleksiya yutuqlari to`g`risida”gi qonuni, O`zbekiston Respublikasining 1996 yil 30 avgustdagi “Urug`chilik to`g`risida”gi qonuni, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 19-sentyabrdagi “Urug`Chilik sohasida O`zbekiston Respublikasi hukumatining siyosati to`g`risida” 328-sonli qarorlarini bunga misol qilib keltirish mumkin. Ammo har doim ham bu qonunlar ijrosi ta’minlanayotgani yo`q. Urug`chilik ishlari samaradorligini oshirish uchun bu sohaga xususiy tarmoqning kirib kelishiga keng yo`l ochish zarur. Bu holat urug`chilik sohasiga xususiy investitsiyalarni, shu jumladan chet el investitsiyalarini kirib kelishiga yo`l ochadi va urug`chilik sohasiga ilg`or texnika va texnologiyalarni olib kirishga imkon yaratadi. Natijada urug`larning sifati keskin oshishi, ekish me’yorlari kamayishi, urug`larning tannarxi keskin kamayishi mumkin. Hozirgi kunda urug`chilik sohasida yakka hokimlikning mavjudligidan urug`larning tannarxi nihoyatda qimmat bo`lmoqda. Davlat urug`chilik sohasidagi xususiy korxonalar faoliyatini urug`chilik inspektsiyasi orqali nazorat ostiga olshi mumkin bo`ladi. Urug`larni paxta tozalash zavodlari orqali sotish amaliyotidan voz kechish lozim. Bu huquqni urug` yetishtiruvchi xo`jaliklarning o`zlariga yuklash va bu sohadagi monopol holatga barham berish lozim. O`zbekiston Respublikasining “Mahsulotlarni sertifikatsiyalash va xizmat ko`rsatish” qonuni talablariga muvofiq urug`lik materiallarini sertifikatsiyalash ishlarini kuchaytirish, bu soha bilan mashg`ul inspektorlar mas’uliyatini oshirish va laboratoriyalarni asbob-uskunalar bilan ta’minlash darajasini oshirish kerak. Eng muhim vazifalardan biri urug`chilik sohasida ilmiy-tatqiqotlar olib boruvchi mutaxassis kadrlar tayyorlash ishlarini keskin yaxshilash, bu sohaga davlat budjetidan yetarli mablag`lar ajratishga erishish lozim bo`ladi. g`o`za navlarini sifatini va kasalliklarga chidamliligini oshirish borasida jahon tajribalaridan unumli foydalanish maqsadga muvofiq. Bugungi kunda qishloq xo`jalik ilmiy tadqiqotlari asosan davlat tomonidan ajratilayotgan mablag`lar hisobiga olib borilmoqda. Ilmiy tadqiqot ishlarining bunday moliyalashtirish nodavlat sektori o`rnini o`sib borayotgan bir vaqtda agrar tarmoqdagi islohotlarni jadallashtirishga katta hissa qo`sha olmayapti. Bu esa, qishloq xo`jalik ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish tizimini tubdan ko`rib chiqishni talab qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ilmiy tadqiqot ishlarini xususiy sektor subyektlarini ko`proq jal qilishni talab etadi
Download 58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling